Vazifadoshlik asosida ma’no ko‘chishiga misollar:
Qon tomiri - daraxt tomiri, qush qanoti - samolyot qanoti, ko‘ylak tugmasi - eshik tugmasi.
Vazifadoshlik asosida ma’no ko‘chishi, asosan, ot turkumida ko‘p uchraydi.
Qanot, yurak, oyoq, ko‘z, bosh so‘zlarini vazifadoshlik asosida ham ko‘chma ma’noda ishlatish mumkin.
Atama va atamashunoslik
Ona tili (5-sinf)
Ma’lum bir fan yoki kasb-hunar doirasida aniq bir ma’noni ifodalash uchun qo‘llanilgan so‘zlarga atama deyiladi.
Atamalar qo‘llanishiga ko‘ra ilmiy atamalar va kasbiy atamalarga bo‘linadi. Ma’lum bir fan doirasida qo‘llaniladigan atamalar ilmiy atamalar hisoblanadi.
Atamalar ikki yo‘l bilan orqali hosil bo‘ladi.
1. Umumxalq tilidagi so‘zlardan ma’nosini maxsuslashtirish orqali hosil qilinadi. Natijada bunday so‘zlar umumxalq tilida bir ma’noni, fan tilida esa boshqa ma’noni bildiradi. Masalan: ot, ildiz, hol, fe’l.
Do'stlaringiz bilan baham: |