Maktabgacha ta’limda kitobxonlik madaniyatini oshirish madaniy qadriyat sifatida surxondaryo viloyati Sherobod tumani 2-dmtt rahbari, Termiz davlat universiteti kurs magistranti Abdiraupova Maqsuda Abdiraupovna



Download 28,38 Kb.
Sana21.04.2022
Hajmi28,38 Kb.
#570706
Bog'liq
Abdiraupova M. 3-Shuba 11111


MAKTABGACHA TA’LIMDA KITOBXONLIK MADANIYATINI OSHIRISH MADANIY QADRIYAT SIFATIDA
Surxondaryo viloyati Sherobod tumani 22-DMTT rahbari,
Termiz davlat universiteti 2 kurs magistranti
Abdiraupova Maqsuda Abdiraupovna


Annotatsiya: Ushbu maqolada maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish, har tomonlama barkamol shaxs qilib tarbiyalashda ota-onalarga ko’maklashish, bugungi kunda kitob o’qishga bolalarni qiziqtirish va tarbiyachilarni ham pedagogik qo’llab-quvvatlash masalalari ko’rib chiqilgan.
Kalit so’zlar: kitob, ma’naviyat, madaniyat, maktabgacha ta’lim, bolalar, ota-onalar, qadriyat, pedagog, barkamol shaxs, ma’naviy yetuklik, ma’naviy boylik, bilimlar darvozasi, qalb malhami, badiiy adabiyot.
Bugungi kunda har bir millatning qadriyatlari, urf-odatlari yildan-yilga sayqalanib bormoqda. Maktabgacha yoshdagi bolaga singdirilgan bilim va qadriyatlar uning kelgusidagi hayotini belgilab berishi sababli maktabgacha ta’lim uyg‘un rivojlangan shaxsni shakllantirishda muhim ahamiyatga ega. Ta’lim-tarbiya jarayonida har bir bolani shaxs sifatida tan olish, uning yosh xususiyatlari, qiziqishlari, extiyojlaridan kelib chiqqan holda bilim, kо‘nikma va malakalarini shakllantirish hozirgi kunning talabi hisoblanadi.
Kitob, avvalo, hayotiy maktab, ma’naviyat manbai. U kitobxonni hayot bilan tanishtiradi, unda hayotni sevish, yashash mohiyatini anglash hislarini tarbiyalaydi. Atrof-muhitga, tabiatga ijobiy munosabatini shakllantiradi, inson xarakterining murakkabliklarini tushuntiradi, ruhiy qiyofaning rangin qirralarini kashf qilish qobiliyatini, ona Vatanga, xalqiga sadoqatli bo‘lish tuyg‘usini o‘stiradi.
Badiiy adabiyot o‘qish orqali kitobxonning badiiy idroki, mustaqil fikrlash qobiliyati, mutolaa madaniyati, Vatan taqdiri uchun javobgarlik tuyg‘usi tarbiyalanadi. Kitob insonning eng yaqin dо‘sti va maslahatchisi bilim manbaidir.Kitob fikrlash quroli xazinalar kaliti hisoblanadi. Uni qadrlash,hurmat qilish asrab-avaylashimiz lozim.
Kitob о‘qish, uni mazmunini anglab еtish,unga singdirilgan ma’no mazmunini qalban tuyish va bu orqali ma’nan ozuqaga ega bо‘lishdir. Kitobni mutoala qiluvchi har qanday inson yuksak ma’naviyatli shaxs bо‘lishi mumkin.
Kitobxonlik madaniyati bu- о‘zining kasbiy-mutaxassislik hamda badiiy-ma’naviy barkamolligini oshirish uchun kitobni tanlay olish va о‘zi uchun zarurini о‘qish; kitob ustida ishlash malakasini obdon о‘rganib olish va unga chuqur amal qila bilish; kitobni mustaqil о‘qiy bilish; о‘qigan kitobning asosiy mazmunini talqin qila bilish, uning fusunkor olamiga kira bilish; о‘qiganlaridan xayotiy xulosalar chiqarish; kitobning kerakli, zarur joylarini yon daftarchaga kо‘chirib olish, notanish bо‘lgan sо‘zlarni esda saqlab qolishga intilish; muntazam ravishda о‘qish kо‘nikmasiga ega bо‘lish; kitob bilan muomulada eng qadrdon dо‘stingga munosabatda bо‘lganday e’tibor bilan qarash; kitobni yaroqsiz xoliga keltirmaslik uchun undan tо‘g‘ri foydalana bilish; kitobni shoshilmasdan о‘ylab, diqqat-e’tibor bilan о‘qish malakasiga ega bо‘lish, kutubxona kartotekalari bilan ishlay bilishni о‘rganish; о‘qigan kitobni dо‘stlar bilan о‘rtoqlashish, yaxshi kitobni ularga tavsiya qilib, uni boshqalar ham о‘qib chiqishiga erishish; har bir yaxshi kitobni ilm qa’lasining kaliti deb bilib, uning boqiy umrini ta’minlashdir.
Bolalarda kitob о‘qish madaniyatini shakllantira borishda maktabgacha ta’lim tashkilotlari ham faol ish olib borib, ota-onalarga yaqindan yordam bersa, ayni muddao bо‘ladi. Chunki kichkintoylarda kitobga mehr uyg‘otishda maktabgacha ta’lim tashkilotlarining roli juda kattadir.
Bugungi kunda maktabgacha ta’lim tashkilotlari о‘quv dasturiga kitob о‘qish madaniyati mashg‘ulotlarini kiritish zaruriyatga aylanmoqda. Bunday mashg‘ulotlarda kitob chop etish bо‘yicha mutaxassislar, yirik olimlar, kitobsevarlar, shuningdek, yozuvchi va shoirlarning kitob о‘qish madaniyati haqidagi qiziqarli va mazmunli fikrlari bayon etilsa, shuningdek, axborot-kutubxona faoliyati yо‘lga qо‘yilishi maqsadga muvofiq bо‘ladi.
Kitob – tafakkur qanoti. Bu qanot mustahkam bо‘lsa, yuksak kengliklar sari intilishdan tolmaydi. Kitobga bо‘lgan qiziqish kitobsevarlarni kutubxona tomon chorlaydi.
Bolalarda kitobga muhabbat uyg‘otish, ularning kitobxonligini oshirishda kutubxonaning roli ham katta. Kutubxona – ma’naviyat va ma’rifat о‘chog‘i. О‘sib kelayotgan yosh avlodning ma’naviy dunyosini boyitishga, kitobga bо‘lgan mehr-muhabbatning oshishiga xizmat qiladi. Har bir inson kutubxonalar ma’naviyat xazinasidan, bu cheksiz imkoniyatidan iloji boricha kо‘proq foydalanishi, о‘zining, о‘zgalarning hayotini boyitishi mumkin. Millatning ma’naviy-ruhiy dunyosini kitobga munosabati, kitobxonlik darajasiga qarab ham aniqlash mumkin. Jahon madaniyatiga munosib hissa qо‘shgan ajdodlarimiz erishgan betakror yutuqlarning sababi ham kitob mutolaasidir. Kitob-ruhiyatimiz ozuqasi, u bilan dо‘stlashish nafaqat bizni ma’nan yuksaltiradi, balki jahonni tanitadi, ezgulikka еtaklaydi.
Bolalik — beg‘uborlik faslining oltin zinalaridan katta hayotga qadam qо‘yayotgan farzandlarimiz qо‘liga imkon qadar kitob tutqazaylik. Zero, ma’rifatli, ma’naviy boy va bilimli insonlargina yurtni obod qiladi. Ilm-fan va u orqali erishiladigan farovonlik bilan dunyoga tanilish esa bebahodir. Bu davr bolalar kitobxonligi asosan ota –onalar va tarbiyachilar tamonidan amalga oshiriladi.Hali о‘qish, yozish, chizishni bilmaydigan maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalar dunyosi sirlaridan butunlay behabar bо‘ladilar. Shunga qaramay, kichkintoylar о‘zlarini qurshab olgan olamni tezroq bilib olishga,uni о‘rganishga intiladilar.Bunda ota onalar maktabgacha ta’lim tashkilotlarida esa tarbiyachilar bolalarga yaqindan yordam berishlari va ularga badiiy asarlardan parchalar о‘qib berishlari lozim. Bu davr bolalariga о‘qib beriladigan har qanday asarning hajmi qisqa, mazmuni soda bо‘lishi talab etiladi. Shuningdek, bunday kitoblarning rasmlari rang-barang, harflari esa yirik yirik bо‘lishi maqsadga muvofiq bo’ladi.
Xulosa qilib aytganda, har bir pedagog maktabgacha ta’lim tashkilotida tarbiyalanayotgan bolalarning oilalarida adabiiy-kitobxonlik muhitini yaratishi, guruhlarda va oilada kitob mutolasi burchaklarini tashkil etishi, kitobxonlik madaniyatini shakllantirish texnologiyasi tizimini nazariy-metodik jihatdan takomillashtirishi lozim.
Bundan tashqari, bolalarni kitob dо‘konlariga sayohat, bolalar shoiri va yozuvchilari bilan uchrashuv, tanlovlar, kitob va rasmlar kо‘rgazmalarini tashkil etishi, maktabgacha katta yoshdagi bolalarda kitobxonlik madaniyatini shakllantirish texnologiyasida ota-onalar hamkorligini tashkil etish, bunda ota-onalar о‘rtasida “Eng mazmunli kutubxona”, “Eng zukko kitobxon” kabi tanlovlarni о‘tkazib borish amaliy natijalarga erishish imkonini beradi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:
1. O’zbеkiston Rеspublikasi Prеzidеntining ‘‘Kitob mahsulotlarini nashr еtish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutoaalasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ib qilish bo’yicha komplеks chora tadbirlar to’g‘risida qarori. 2017 yil 13-sеntabr. PQ-3271.
2. Yo’ldoshev E. Kutubxonada bolalar о‘qishiga rahbarlik qilish. О‘quv qо‘llanma. Toshkent.: О‘zbekiston nashriyoti, 2002y 25 bet.
3. Azizxо‘jayeva N.N Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat О‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Adabiyot jamg‘armasi’’ nashriyoti Toshkent 2006 yil 159bet
Download 28,38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish