Matnni qisqartirish yo‘llari:
-matnning asosiy fikrini ifodalovchi gaplarni ajrata olish;
-gaplardagi uyushiq va ajratilgan bo‘laklarni, kiritma va ilova qurilmalarni qisqartirish;
-birikmalarni ma’nodosh so‘zlarga, sodda yoyiq gaplarni yig‘iq gaplarga, qo‘shma gaplarni sodda gaplarga, ko‘chirma gaplarni o‘zlashtirma gaplarga aylantirish;
-matnning qo‘shimcha fikr ifodalovchi gaplarini, sintaktik parallellar va takrorlarni qisqartirish;
-matnni qisqa mazmunli tarkibiy qismlarga ajratish;
-birikmali sifatdosh, o‘xshatish va boshqa tasviriy ifodalarni sodda va ixcham shaklga keltirish.
Do'stlaringiz bilan baham: |