TILSHUNOS OLIMLAR HAQIDA QISQACHA MA'LUMOT
Mazluma Asqarova (1924-2011)
O‘zbek tilining ravnaqi uchun munosib hissa qo‘shgan olimlardan biri filologiya fanlari doktori, professor Mazluma Asqarovadir.
Olima turli yillarda yaratgan «Ravishdosh», «Qo‘shma gap sintaksisi», «Hozirgi zamon o‘zbek tilida qo‘shma gaplar» (akad. G‘. Abdurahmonov bilan hamkorlikda) kabi darsliklar hozirgi kungacha oliy o‘quv yurtlari uchun asosiy manba vazifasini o‘tab kelmoqda.
Prof. M. Asqarova hammuallifligida yozilgan IV, V, VI, VII, VIII sinflarining «Ona tili» darsliklari to hanuz o‘zining ahamiyatini yo‘qotgani yo‘q.
Bir so‘z bilan aytganimizda, prof. Mazluma Asqarova Respublikamiz xalq ta'limi tizimining barcha bo‘g‘inlarida ona tili fani o‘qitilishini tubdan yaxshilash, yangi, zamonaviy kadrlarni tarbiyalab-yetishtirish ishlariga bosh-qosh bo‘lgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |