Bulardan tashqari, tovush o'zgarishlarining yana quyidagi ko’rinishlari mavjud


So‘zlovchining o‘z fikriga munosabati



Download 2,1 Mb.
bet343/413
Sana07.09.2021
Hajmi2,1 Mb.
#167841
1   ...   339   340   341   342   343   344   345   346   ...   413
Bog'liq
HO'AT(20)

So‘zlovchining o‘z fikriga munosabati

Shu munosabatni ifodalashga xoslangan so‘zlar

Misollar

1.

Ishonch

Albatta, shubhasiz, shaksiz

Bu iltimosingizni, albatta, bajaraman.

2.

Gumon

Balki, ehtimol, chamasi

Balki, kelib qolar.

3.

Tasdiq

To‘g‘ri, darhaqiqat, haqiqatan

To‘g‘ri, bu Litsey binosi.

4.

Achinish

Afsuski, attang

Afsuski, men yordam berolmadim.

5.

Fikrga yakun yasash

Xullas, demak

Xullas, o‘qishlar yaxshi.

6.

Fikrning kimga qarashli ekanligi

Menimcha, uning ta’kidlashicha, fikri ojizimcha, aytishlaricha

Menimcha, eng yaxshisi shu.

7.

Fikrning tartibi

Birinchidan, ikkinchidan, avvalo, avvalambor

Avvalo, men bunday demoqchi emasman.

Kirish so‘zlarning uslubiy xususiyatlari

Kirishlar ham uslubiy xoslanish xususiyatiga ega. Shuning uchun so‘zlovchi o‘zi qo‘llayotgan nutq uslubiga muvofiq keladiganini tanlab qo‘llaydi. Masalan, shaksiz, shubhasiz, darhaqiqat, demak so‘zlari kitobiy uslubga xos. Kitobiy uslubga xos bu so‘zlar o‘z ichida ichki xoslanishga ega: shaksiz, fikri ojizimcha - badiiy uslubga xos; bayon qilinishicha - publitsistik uslubga xos. Shuning uchun har qaysi kirish so‘zni o‘z o‘rnida ishlatish madaniy nutq belgisi sanaladi.

Kirishlar quyidagicha ifodalanadi:



1) Ma’lum so‘z turkumlaridan ajralib chiqqan so‘zlar: birinchidan, afsus, modomiki, shekilli, esiz, demak, darhaqiqat, baxtimizga.

2) Ma’lum so‘z turkumidan chiqmagan kiritma vazifasida ham, gap bo‘lak vazifasida ham qo‘llanuvchi so‘zlar: to‘g‘ri, rost, shubhasiz, so‘zsiz, aftidan, qisqasi, albatta, oxiri.

Kiritmalar barcha bo‘laklar kabi sodda va murakkab bo‘ladi. Sodda kiritmalar so‘zlar va so‘z-gaplar bilan, murakkab kiritmalar esa so‘z birikmalari, kengaygan birikmalar va gaplar bilan ifodalanadi. Masalan, Menimcha, oqil va sodiq er o‘z rafiqasi uchun eng bebaho bezakdir (sodda kiritma). Dunyoda hech bir xalq to‘g‘ri kelolmas, Mening bilishimcha, sening elingga (H.O.) (murakkab kiritma).

Kiritma gaplar va ularning uslubiy xossalari

Nutq jarayonida so‘zlovchi muayyan tushuncha yoki fikrga bog‘liq qo‘shimcha ma’lumot bergisi kelishi mumkin. Ana shu qo‘shimcha ma’lumot ifodalovchi qism gapning asosiy qismidan to‘xtam va pastroq ohang bilan talaffuz qilinadi.

Masalan, Uni tanishsa kerak (Farg‘onada bir-birini tanimaydigan odam kam), bir bola kosada yaxna choy olib chiqdi.

Yuqoridagi gapda asosiy axborot uni tanishsa kerak, bir bola kosada yaxna choy olib chiqdi qismi orqali ifodalanadi. Farg ‘onada bir-birini tanimaydigan odam yo‘q qismi esa gapning asosiy qismi tarkibidagi tanishsa kerak bo‘lagi bilan bog‘liq qo‘shimcha ma’lumotni ifodalaydi.



Juda muhim. Bu qo‘shimcha ma’lumot ifodalovchi qism gapda tushirib qoldirilsa ham, gapning asosiy ma’nosiga ziyon yеtmaydi. Qo‘shimcha ma’lumot beruvchi qism gapning asosiy qismlarida past ohang bilan ajralib turibdi.

Eslab qoling. Gapning asosiy mazmuniga qo‘shimcha axborot qo‘shuvchi va alohida ohang bilan ajralib turuvchi qismga kiritmalar deyiladi.

Kiritma gaplar asosan, kitobiy uslub (badiiy va publitsistik) ga xos. Kiritma gaplar fikrga qo‘shimcha ma’lumot berganligi uchun, asosan, gap o‘rtasida keladi va yozuvda doimo gapning boshqa qismlaridan qavs bilan ajratiladi.

SODDA GAP TAHLILI

Tahlil tartibi

Sodda gap bo‘yicha to‘liq sintaktik tahlil 3 bosqichda amalga oshiriladi:

1. Gapda so‘zlarning bog‘lanishi (so‘z birikmasi) bo‘yicha.

2. Gap bo‘laklarini aniqlash bo‘yicha.

3. Gap qurilishi bo‘yicha.

Gapda so‘zlarning bog‘lanishi bo‘yicha tahlilda:

a) birikmaning teng bog‘lanishi yoki tobe bog‘lanishidagi turi;

b) tobe bog‘lanish bo‘lsa, tobelanish turi (moslashuv, boshqaruv, bitishuv);

d) teng yoki tobe bog‘lanishni yuzaga keltirgan vositalar ( bog‘lovchilar, ohang, so‘z shakllari, ko‘makchilar, so‘z tartibi) aniqlanadi.

Gap bo‘laklarini aniqlash bo‘yicha tahlilda:

a) gap bo‘laklari belgilanadi, uyushiq yoki ajratilgan bo‘laklar bor yoki yo‘qligi izohlanadi;

b) gap bo‘laklari bilan munosabatga kirishmagan “bo‘laklar” (kiritma, undalmalarning mavjud yoki mavjud emasligi) ko‘rsatiladi;

d) gap bo‘laklarining joylashuv tartibi ( me’yoriy tartibda yoki o‘zgargan tartibda) izohlanadi.

Gap qurilishi bo‘yicha tahlilda:

a) gapning ifoda maqsadiga ko‘ra turi (darak, so‘roq, buyruq, istak);

b) gapning his-hayajonning ifodalashiga ko‘ra turi [his-hayajonsiz yoki his-hayajonli (undov) gap];

d) yig‘iq yoki yoyiq sodda gapligi, to‘liq yoki to‘liqsiz gapligi, egali yoki egasiz gap ekanligi; egali gap bo‘lsa: uning egasi ma’lum gap yoki egasi umumlashgan gapligi; egasiz gap bo‘lsa, uning shaxsi noma’lum gapligi, atov yoki so‘z-gapligi izohlanadi.

Tahlil namunasi

Shubhasiz, inson ilm va mehnat bilan baxtli bo‘ladi.
1. Gapda so‘zlarning bog‘lanishi:

1) inson baxtli bo‘ladi – tobe bog‘lanish, moslashuv, kesim va eganing shaxs-sonda mosligi (III shaxs, birlik);

2) ilm bilan va mehnat bilan – teng bog‘lanish, va teng bog‘lovchi orqali bog‘langan;

3) ilm bilan baxtli bo‘ladi – tobe bog‘lanish, boshqaruv, bilan ko‘makchisi orqali bog‘langan;

4) mehnat bilan baxtli bo‘ladi – tobe bog‘lanish, boshqaruv, bilan ko‘makchisi orqali bog‘langan.

2. Gap bo‘laklarini aniqlash:

Shubhasiz, inson ilm va mehnat bilan baxtli bo‘ladi.

Uyushiq bo‘lagi bor: ilm bilan, mehnat bilan.

Ajratilgan bo‘lagi - yo‘q.

Kiritma bor: shubhasiz.

Undalma yo‘q.

Gap bo‘laklarinig joylashuvi – me’yoriy.

Gap qurilishi tahlili:

1. Ifoda maqsadiga ko‘ra – darak gap.

2. His-hayajonning ifodalanishiga ko‘ra – his-hayajonsiz gap.

3. Tuzilishiga ko‘ra – sodda gap, yoyiq sodda gap, to‘liq gap, egali gap.

Download 2,1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   339   340   341   342   343   344   345   346   ...   413




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish