His-hayajonsiz gaplar His-hayajon (undov) qaplar
1. Poyezd keldi. Keldi poyezd!
2. Uyingiz nurga to‘lsin. Nurga to ‘lsin uyingiz!
3. Dalaga chiqmaysizmi? Chiqmaysizmi dalaga?!
4. Vatanim bog‘larga burkansa. Eh, bog‘larga burkansa Vatanim!
Eslab qoling. His-hayajon bilan aytilgan gaplar undov gap deyiladi.
Juda muhim. His-hayajon (undov) gaplarda kesim ko‘pincha gapning oldida keladi, tarkibida ko‘pincha eh, oh singari undov so‘zlari ishtirok etadi va kuchli hayajon bilan talaffuz qilinadi. Shuning uchun yozuvda undov gapdan so‘ng undov belgisi qo‘yiladi.
Agar his-hayajon so‘roq gapga qo‘shilib, uni undov gapga aylantirsa, avval so‘roq belgisi, undan so‘ng undov belgisi qo‘yiladi. Masalan, Qo‘shiqdan kim bahra olmaydi?!
Do'stlaringiz bilan baham: |