Bulardan tashqari, tovush o'zgarishlarining yana quyidagi ko’rinishlari mavjud



Download 2,11 Mb.
bet223/253
Sana16.04.2022
Hajmi2,11 Mb.
#556792
1   ...   219   220   221   222   223   224   225   226   ...   253
Bog'liq
Bulardan tashqari, tovush o\'zgarishlarining yana quyidagi ko’rin

KO‘CHIRMA GAPLI QO‘SHMA GAPLAR
Ona tili (5-sinf)
Birovning aynan keltirilgan gapi ko‘chirma gap deyiladi.
Ko‘chirma gap doimo so‘zlovchi gapi bilan birga keladi. So‘zlovchi gapi muallif gapi hisoblanadi. Ko‘chirma gap bilan muallif gapi birikib ko‘chirma gapli qo‘shma gapni hosil qiladi. Yozuvda ko‘chirma gap qo‘shtirnoq ichiga olinadi.
Ko‘chirma gap muallif gapidan oldin, uning o‘rtasida, oxirida, ikki chekkasida kelishi mumkin. Shunga ko‘ra yozuvda ular orasida turlicha tinish belgilari ishlatiladi.
Muallif gapi ko‘chirma gapdan oldin kelsa, undan so‘ng ikki nuqta qo‘yiladi, ko‘chirma gap qo‘shtirnoqqa olinib, bosh harf bilan yoziladi.
Masalan: Xalqimiz shunday deydi: “ Hunar – zar, hunarsiz-xor”.
Ko‘chirma gap so‘roq yoki his-hayajon gap bo‘lsa, qo‘shtirnoq yopilishidan oldin so‘roq yoki undov belgisi qo‘yiladi.
Masalan: Men undan so‘radim: “Mehringni qo‘yib, bunchalar saralab gul terding kimga?” Bulbul der: “Ochil, g‘uncha!” (Mirtemir)
Ko‘chirma gap darak gap bo‘lsa, qo‘shtirnoqdan so‘ng nuqta qo‘yiladi.
Masalan: Donolar deydi: “Aql boylik bilan o‘lchanmas”.
Muallif gapi ko‘chirma gapdan keyin, uning o‘rtasida yoki ko‘chirma gap muallif gapining o‘rtasida kelsa, tinish belgilari quyidagicha ishlatiladi.
Misollar: 1. “ Aqlli kishi sabr etar har nafas”,- deydi Sa’diy Sheroziy. 2. “ Jaholat o‘lim,-deb aytadi Nosir Xisrav,- bilim esa tiriklikdir”. 3. Alisher Navoiy: “Oz-oz o‘rganib dono bo‘lur, Qatra-qatra yig‘ilib daryo bo‘lur”,- deb aytgan edi.
Ko‘chirma gapli qo‘shma gap tuzilishini quyidagicha ifodalash mumkin: M: “K”. “K”, -m. “K,-m, -k”. M: “K”, -m. M,m belgilari muallif gapini, K,k belgilari ko‘chirma gapni ifodalash uchun qo‘llanilgan.
Ona tili (5-sinf)
Ikki kishi o‘rtasidagi suhbat dialog sanaladi.
Dialogdagi har bir gap tire bilan boshlanadi. Bir kishining nutqi monolog sanaladi.
Ona tili (9-sinf)
Bilib oling. So‘zlovchi ba’zan o‘z nutqida birovning gapini aynan keltiradi. Birovning aynan keltirilgan gapi ko‘chirma gap, so‘zlovchining gapi esa muallif gapi deyiladi. Muallif gapi va ko‘chirma gapdan tashkil topgan qo‘shma gapga ko‘chirma gapli qo‘shma gap deyiladi. “Hali ko‘nglingiz g‘unchaday yosh, ota”, - dedi Sayramov (Oybek).
Ko‘chirma gapli qo‘shma gaplar doimo ikki qismdan – muallif gapi va ko‘chirma gapdan tashkil topadi. “Intilganga tole yor”, - deydi xalqimiz.
Bilib oling. Muallif gapi (M) va ko‘chirma gap (K) bir-biriga nisbatan turlicha joylashishi mumkin, bunda tinish belgilari quyidagicha ishlatiladi.

  1. M: “K”. M: “K?” M: “K!”

  2. M: “K”, - m. M: “K?” – m. M: “K!” – m.

  3. “K”, - m. “K?” – m. “K!” – m.

  4. “K, - m, - K”.

Nutq jarayonida so‘zlovchi o‘zi bevosita kuzatgan, bilgan voqea va hodisalar haqida axborot beribgina qolmasdan, o‘zgalardan eshitgan voqea-hodisalarni ham bayon qiladi. Ko‘pincha so‘zlovchi nutq jarayonida o‘z fikrini dalillash uchun buyuk shaxslarning gaplarini aynan keltiradi. Yoki ma’lum shaxs xarakterini ochish uchun shu shaxs bayon qilgan gaplardan foydalanadi. Bunday gaplar o‘zganing gapi sanaladi.
Ba’zan o‘zganing gapi aynan keltirilsa, ba’zan u so‘zlovchi tomonidan shaklan qayta tuzilib, o‘zganing gapi shaklida beriladi. O‘zganing gapidan ikki xil yo‘l bilan foydalaniladi: 1) o‘zganing gapi hech o‘zgarishsiz nutqqa tayyor holda olib kiriladi; 2) o‘zga gapning mazmuni saqlangan, ammo shakli o‘zgartirilgan holda nutqqa olib kiriladi. Ularning birinchisi ko‘chirma, ikkinchisi o‘zlashtirma gap sanaladi.
Hech bir o‘zgarishsiz nutqqa olib kirilgan o‘zganing gapi ko‘chirma gap, mazmuni saqlanib, shakli o‘zgartirilgan o‘zganing gapi esa o‘zlashtirma gap hisoblanadi.
O‘zganing gapi ko‘chirma gap orqali ham, o‘zlashtirma gap orqali ham berilishi mumkin. Bunday vaqtda ko‘chirma gap va o‘zlashtirma gap ma’nodosh bo‘ladi.
Ko‘chirma gap quyidagi shakily o‘zgarishlar yo‘li bilan o‘zlashtirma gapga aylantiriladi:
a) darak gap shaklidagi ko‘chirma gap kesimi tushum kelishigidagi sifatdosh yoki harakat nomi bilan ifodalangan to‘ldiruvchiga, egasi qaratuvchi aniqlovchiga aylantiriladi. Muallif gapining kesimi vazifasidagi dedi so‘zi aytdi so‘zi bilan almashtiriladi. Muallif gapining egasi o‘zlashtirma gap egasi bo‘lib gap boshida keladi. Masalan, “Yoshlarimiz istiqboli porloq”, - dedi o‘qituvchimiz. // O‘qituvchimiz yoshlarimiz istiqbolining porloqligini aytdi.
b) so‘roq, buyruq shaklidagi ko‘chirma gaplar darak shakliga aylantiriladi. Masalan, “Salima qanday o‘qiyapti?” – deb so‘radi onasi. // Onasi Salimaning qanday o‘qiyotganligini so‘radi.
d) ko‘chirma gap tarkibidagi undov, kirishlar tushirib qoldiriladi. Undalma chiqish kelishigidagi to‘ldiruvchiga aylantiriladi.

Download 2,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   219   220   221   222   223   224   225   226   ...   253




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish