Bulardan tashqari, tovush o'zgarishlarining yana quyidagi ko’rinishlari mavjud



Download 2,11 Mb.
bet205/253
Sana16.04.2022
Hajmi2,11 Mb.
#556792
1   ...   201   202   203   204   205   206   207   208   ...   253
Bog'liq
Bulardan tashqari, tovush o\'zgarishlarining yana quyidagi ko’rin

Sodda gaplar va ularning turlari
To‘liq va to‘liqsiz gaplar
Ona tili (8-sinf)
Bilib oling. Gaplar o‘z bo‘laklarining to‘la ifodalangani yoki ifodalanmay qolganiga (tushib qolganiga) ko‘ra ikkiga bo‘linadi: to‘liq gaplar, to‘liqsiz gaplar.
Biror bo‘lagining ifodalanmaganligi sezilmaydigan, fikr ifodalash uchun zarur bo‘lgan hamma bo‘laklari saqlangan gaplar to‘liq gaplar deyiladi: Shoira o‘zi yozgan she’rni o‘qidi.
Qiyoslaylik: -Shoira nimani o‘qidi?
-O‘zi yozgan she’rni. (Bu to‘liqsiz gap)
Suhbat nutqida, matn ichida qo‘llanilib, biror bo‘lagi tushirilib qoldirilgan va u nutq sharoitidan anglashilib turadigan gaplar to‘liqsiz gaplar deyiladi. To‘liqsiz gap uchun zaruriy umumiy qoida, qonuniyatlar xos emas. Qaysi bo‘lakning qoldirilishi kerakligi va qaysi bo‘lakni tushirish mumkinligini faqat nutq sharoiti belgilaydi.
Bilib oling. To‘liqsiz gaplarda quyidagi gap bo‘laklari tushirilishi mumkin:
1. Kesim va unga oid so‘zlar: - Seni qurol ushlashga qaysi nomard majbur qildi! Vijdonim, xalqimning amri. (M.Qoriyev) 2. Ega: - Siz she’r ham yozyapsizmi, Oydin? Yozyapman. (M.Qoriyev) 3. Ega va kesim: - Ishni men kimdan qabul qilib olayotibman?.. Qo‘mita a’zosidan…(A.Q.) 4. Ikkinchi darajali bo‘laklar: - Kim muzeyga bormoqchi? Hammamiz boramiz.
Dialogik nutqda fikr ifodalash uchun kerak bo‘lgan barcha bo‘laklar ishtirok eta bermaydi. So‘zlashish jarayoni doimo ixchamlikka, ortiqcha so‘zlardan qutilishga amal qiladi. Shuning uchun so‘zlashish jarayonida oldingi gaplardan yoki so‘zlashish vaziyatidan bilinib turgan so‘zlar ko‘pincha ishlatilmaydi, lekin uning mazmuni oldingi gaplardan va nutq vaziyatidan bilinib turadi. Masalan,
-Isming nima?
- Yodgor.
Keyingi gapda mening ismim so‘zlarining qo‘llanilishi ortiqcha. Chunki uning mazmuni yuqoridagi gapdan bilinib turadi.
Nutq jarayonida fikr ifodalash uchun kerak bo‘lgan so‘zlarning qo‘llanilish yoki qo‘llanilmasligiga ko‘ra gaplar ikki turga bo‘linadi. 1) to‘liq gaplar. 2) to‘liqsiz gaplar.
Fikr ifodalash uchun kerak bo‘lgan barcha bo‘laklar ishtirok etgan gaplar to‘liq gaplar deyiladi.
Masalan, Yurtimiz kundan kun go‘zallashib bormoqda.
Fikr ifodalash uchun kerak bo‘lgan so‘zlarning ba’zilari matn yoki nutq vaziyati taqozosi bilan ishlatilmagan gaplar to‘liqsiz gaplar deyiladi.
Masalan,
-Gulni kimga terding?
-O‘qituvchimga.
Undalmali va kirish so‘zli gaplar
Nutqda gap bo‘laklari bilan grammatik bog‘lanmaydigan so‘zlar qatnashadigan gaplar ham qo‘llanadi. Bunday so‘zlar ma’no jihatdan butun gapga yoki uning biror bo‘lagiga aloqador bo‘ladi. Bular undalma, kirish so‘z, kirish birikma va kirish gaplardir. Bunday birliklarga sintaktik aloqa amal qilmaydi, ya’ni ular boshqa gap bo‘laklari bilan sintaktik jihatdan bog‘lanmaydi.

Download 2,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   201   202   203   204   205   206   207   208   ...   253




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish