Ona tili (8-sinf)
Ravishlar: zo‘rg‘a, kecha, uzoqda, sal, mardlarcha, boya, unda-bunda, g‘oyat, olg‘a, endi, tez, ozgina, yuqoridan, ertalab, ko‘p, to‘satdan, avval, to‘g‘riga, juda, do‘stona.
Ravishlarning yasalishi
Ravishlar tub va yasama ravishlarga bo‘linadi. Yasama ravishlar qo‘shimchalar qo‘shish, asos qismni juft va takror qo‘llash yo‘li bilan hosil qilinadi.
Tuzilishiga ko‘ra ravishlarning sodda, qo‘shma, juft va takroriy turlari farqlanadi.
-cha, -lab, -larcha, -ona, -an, -chasiga qo‘shimchalari ot, sifatga qo‘shilib ravish yasaydi.
Bu kabi ravishlarda –dan,-ga kelishik,-(s)i egalik qo‘shimchalari asos qism bilan mustahkam birikib, hozirgi kunda ajralmas holga kelgan.
AL va KHK darsligidan:
Ravishlarning uslubiy xususiyatlari
Bugun, kecha, hozir singari so‘zlar qachon? so‘rog‘iga javob bo‘lib, harakatning bajarilish paytini, olisda, yaqinda, pastda singari so‘zlar qayerda? qayerdan? kabi so‘roqlarga javob bo‘lib, ish – harakatning bajarilish o‘rnini, sekin, tez, arang, zo‘rg‘a kabi so‘zlar qanday? so‘rog‘iga javob bo‘lib, harakatning qay tarzda bajarilishini, oz, ko‘p, ancha singari so‘zlar qancha? so‘rog‘iga javob bo‘lib, harakatning daraja – miqdorini, atay, qasddan singari so‘zlar harakatning maqsadini bildiradi.
Harakatning belgisini (payt, o‘rin, holat – tarz, miqdor, maqsad kabi belgilarni) bildirgan so‘z turkumiga ravish deyiladi.
T/r
|
Ravishlarning ma’no turlari
|
Ma’nosi va qoidasi
|
Sinonimik so‘rog‘i, vazifasi
|
Misollar
|
1.
|
Holat ravishi
|
Harakatning qay tarzda bajarilishini bildirgan ravishlarga holat ravishi deyiladi.
|
qanday?
qanaqa?
|
qo‘qqisdan, bexosdan, sekin, tez(-da, -dan), yayov, piyoda, darhol kabilar
|
2.
|
Payt ravishi
|
Harakatning bajarilish paytini bildirgan ravishlarga payt ravishi deyiladi.
|
qachon?
qachongacha?
qachondan?
|
bugun, kecha, avval, hozir, doim, erta-indin, yaqinda kabilar
|
3.
|
O‘rin ravishi
|
Harakatning bajarilish o‘rnini bildirgan ravishlarga o‘rin ravishi deyiladi.
|
qayer?
qayerda?
qayerga?
|
oldinda, olisda, uzoqdan, yaqindan, yuqoriga, pastga
|
4.
|
Miqdor - daraja ravishi
|
Harakatning miqdor – darajasini bildirgan ravishlarga miqdor - daraja ravishi deyiladi.
|
qancha? qanchacha?
|
ancha, picha, sal – pal kabilar
|
5.
|
Maqsad ravishi
|
Harakatning bajarilish maqsadini bildirgan ravishlarga maqsad ravishi deyiladi.
|
nimaga?
nahot?
nega?
|
atay, ataylab, qasddan, o‘rtacha kabilar
|
Holat ravishlari tarkibiga kirgan qo‘qqisdan,to‘satdan, birdaniga, birdan singari ravishlar harakatning kutilmagan paytda tez yuzaga kelganini ifodalaydi.
To‘satdan ravishi ayrim shevalarda to‘sindan holida ham talaffuz qilinadi. Bunda u dialektal variant sanaladi.
Yoki yaqinda, uzoq ravishlari harakatning bajarilish payti yoki o‘rni ma’nolarini ifodalaydi.Yaqinda keldi-yaqinda joylashgan so‘zlaridagi yaqinda so‘zi ikkita mustaqil leksema sanaladi.
Ravishlar tub va yasama ravishlarga bo‘linadi.
Hech qanday yasovchi qo‘shimchalarsiz qo‘llaniladigan ravishlarga tub ravishlar deyiladi. Masalan, qo‘qqis, doim, birpas va boshq.
Do'stlaringiz bilan baham: |