Bulardan tashqari, tovush o'zgarishlarining yana quyidagi ko’rinishlari mavjud



Download 2,11 Mb.
bet222/253
Sana16.04.2022
Hajmi2,11 Mb.
#556792
1   ...   218   219   220   221   222   223   224   225   ...   253
Bog'liq
Bulardan tashqari, tovush o\'zgarishlarining yana quyidagi ko’rin

Havola bo‘lakli ergashgan qo‘shma gaplar
Ergash gap tarkibida qo‘llanuvchi kim, nima, qancha, qanchalik, qanday, qayer kabi so‘roq olmoshlari va bosh gap tarkibida unga javob bo‘lib keluvchi shu, o‘sha, shuncha, shunchalik, shunday kabi olmoshlar bir-biriga nisbatan qo‘llanganligi, biri ikkinchisini taqozo etganligi uchun nisbiy so‘zlar hisoblanadi. Ergash gapning kesimi shart mayli shaklidagi fe’llar bilan ifodalanadi.
1) Kim.... -sa, u.......... -di.
2) Kim .... sa, uni........-di.
Esda saqlang. Qo‘shma gap tarkibida faqat ergash gapgina bosh gapga ma’lum bog‘lovchi vositalar yordamida bog‘lanib qolmaydi. Ko‘pincha bosh gap tarkibida ham ergash gapni taqozo etadigan, uning mavjud bo‘lishiga ishora (havola) qiladigan ko‘rsatish olmoshlari ishtirok etadi. Ergash gap shu olmoshning ma’nosini izohlaydi, uning ma’nosiga teng keladi.
Masalan, Shunday odamlar borki, odamlarning naqshidir. Toleyim shulki, Vatanda bir guliston tanladim. Kim ko‘p kitob o‘qisa, o‘sha ko‘p biladi.
Havola bo‘lakli qo‘shma gaplarda havola bo‘lak qanday gap bo‘lagi vazifasida kelsa, ergash gap ham shunday gap bo‘lagi nomi bilan yuritiladi.
Eslab qoling. Yuqoridagi gaplarda shunday, shulki, o‘sha bo‘laklarining mazmuni ergash gap orqali izohlanadi. Ular ergash gapga ishora qiladi. Shuning uchun bunday bo‘laklar havola bo‘laklar sanaladi. Bunday bo‘laklar qatnashgan qo‘shma gaplar esa havola bo‘lakli qo‘shma gaplar deyiladi.
Havola bo‘lakli qo‘shma gaplarda ergash gap bosh gapga havola bo‘lakdan tashqari, -ki va -sa shakllari yordamida bog‘lanadi. Bulardan -ki bosh gap kesimi oxiriga, -sa esa ergash gap kesimi oxiriga qo‘shiladi. Solishtiring.
1) shu... -ki, ... -di
2) kim...-sa, ...-di
Juda muhim. Havola bo‘lakli qo‘shma gaplarni doimo sodda gapga aylantirish mumkin, chunki qo‘shma gapning ergash gap qismi bosh gap tarkibidagi ko‘rsatish olmoshining umumiy mavhum ma’nosini konkretlashtirish, izohlash vazifasini bajaradi. Shuning uchun ergash gapni bosh gap tarkibidagi ko‘rsatish olmoshi o‘rniga qo‘yish mumkin bo‘ladi. Natijada, ergash gap bosh gap tarkibidagi ko‘rsatish olmoshi bajargan gap bo‘lagi vazifasini bajaradi. Qo‘shma gap esa sodda gapga aylanadi.
Masalan, Kim mehnatdan qochmasa, unga tole kulib boqadi.______ Mehnatdan qochmaganga tole kulib boqadi; Shunga aminmanki, ertamiz bugungidan porloqroq bo‘ladi.______ Ertamiz bugungidan porloqroq bo‘lishiga aminman.
Juda muhim. Ko‘rinadiki, bir axborotni ikki xil gap - sodda va qo‘shma gap orqali ifodalash mumkin bo‘ladi.
Garchi gapning bu ikki turi bir xil mazmun ifodalash jihatdan umumiylikni tashkil etsa ham, lekin ular ma’noni ta’kidlash, uslubiy xoslanish jihatidan farq qiladi. Havola bo‘lakli qo‘shma gaplar ko‘proq kitobiy uslubga xos va sodda gaplardagiga nisbatan ma’no ta’kidlangan bo‘lsa, sodda gaplar uslubiy betaraflik xususiyatiga ega bo‘ladi.

Download 2,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   218   219   220   221   222   223   224   225   ...   253




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish