Bulardan tashqari, tovush o'zgarishlarining yana quyidagi ko’rinishlari mavjud



Download 2,11 Mb.
bet126/253
Sana16.04.2022
Hajmi2,11 Mb.
#556792
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   253
Bog'liq
Bulardan tashqari, tovush o\'zgarishlarining yana quyidagi ko’rin

AL va KHK darsligidan:
Egalik shakllarining uslubiy xususiyatlari
Bir shaxsga mansub bo‘lgan egalik qo‘shimchalari birlik va ko‘plikni ifodalash bo‘yicha o‘zaro farqlanadi.
Egalik qo‘shimchalarining birlik va ko‘plik ma’nolari asosida yuqoridagi kabi zidlanish ayrim vaqtlarda buziladi. Bunday vaqtda ko‘plik shakli o‘zi qo‘llanayotgan narsa-hodisaning birdan ortiqligini emas, balki hurmat ma’nosini bildiradi. Masalan, Onamiz dam olgani ketdilar.
II shaxs egalik qo‘shimchasining ko‘plik shakli ko‘pincha „siz“lash ma’nosida qo‘llanadi. Masalan, opang („sen“siraganini bildiradi) - opangiz („siz“lashni bildiradi)
Bunday hodisa III shaxs egalik qo‘shimchalarining birlik va ko‘plik shakliga ham daxldordir. Masalan, opasi („sen“lash) – opalari („siz“lashni bildiradi)
Badiiy uslubda tilimizning bunday imkoniyatdan personajlar xarakterini ochishda ustalik bilan foydalanadilar. Masalan, Xo‘jayinning itlari.(A.Qahhor) It hurmatga sazovor emas. Lekin xo‘jayiniga laganbardorlik shunday kuchliki, uning itiga ham ana shunday munosabat bildiriladi.
Otlarning kelishik shakllari
Ona tili (5-sinf)
Otlarga qo‘shilib, ularni o‘zidan keyin kelgan boshqa so‘zlarga tobelashtirib bog‘lab keladigan qo‘shimchalarga kelishik qo‘shimchalari deyiladi.
Tilimizda 6 ta kelishik mavjud bo‘lib, ulardan beshtasining qo‘shimchasi bor: 1) bosh kelishik (-); 2) qaratqich kelishigi (-ning); 3) tushum kelishigi (-ni); 4) jo‘nalish kelishigi (-ga,-ka,-qa); 5) o‘rin-payt kelishigi (-da); 6) chiqish kelishigi (-dan).
Ona tili (7-sinf)
Ismlarni boshqa so‘zlarga tobelantirib bog‘lash uchun xizmat qiluvchi qo‘shimchalar kelishik shakllari sanaladi.
Kelishik shakllari doimo tobe so‘zga qo‘shiladi.
O‘zbek tilida oltita kelishik mavjud bo‘lib,ularning har qaysisining o‘z nomi va shakli bor.

Kelishik nomlarii

Qo‘shimchalari

Misollar

Bosh kelishik

-

It hurar, karvon o‘tar (Maqol)

Qaratqich kelishigi

-ning, -n

Kitobning varag‘i.

Tushum kelishigi

-ni, -n

Vataningni sev, tuprog‘ini o‘p. (E.Vohidov)

Jo‘nalish kelishigi

-ga( -ka, -qa)

Betga aytganning zahri yo‘q.(Maqol)

O‘rin-payt kelishigi

-da

Yosh ko‘nglimda orzularim mo‘l.(E.Vohidov)

Chiqish kelishigi

-dan

Kutubxonadan keldim.

Ismlarning egalik qo‘shimchalari bilan shaxs va sonda hamda kelishik qo‘shimchalari bilan o‘zgarishi turlanish deyiladi.


Ismlarning bosh kelishik shakli maxsus qo‘shimchaga ega emas. Bu shakl kim?, nima?, qayer? so‘roqlarining biriga javob bo‘ladi va gapda ko‘pincha ega, ot kesim, undalma vazifalarida keladi. Masalan, 1. O‘zbekistonning poytaxti – Toshkent. 2. Men 7-sinf o‘quvchisiman. 3. Toshkent, munchaar go‘zalsan!
Qaratqich kelishigi shaklidagi so‘z – qaratqich, qaratqich bog‘lanib kelgan so‘z esa qaralmish deyiladi.
Qaratqich kelishigi qaratqichni qaralmishga tobelashtirib bog‘lab keladi va qaralmishda ifodalangan narsa-hodisa, belgi-xususiyat, harakt-holatlarning qaratqich shaklidagi ismlarga qarashli ekanini bildiradi.
Qaratqich va qaralmish yonma-yon kelganda ko‘p hollarda qaratqich kelishigi tushib qolishi mumkin. Lekin qaratqich va qaralmish o‘rtasida boshqa so‘z qo‘llanilsa, qaratqich qo‘shimchasi tiklanadi. Masalan, Maktabimizning chiroyli bog‘i.
Shuningdek qaratqich kelishigi atoqli otlar, olmoshlar va sifatdoshlarga qo‘shilganda, tushib qolmaydi.
Tushum kelishigi shaklini olgan so‘z doimo o‘timli fe’lga bog‘lanadi.
Tushum kelishigidagi so‘z bilan o‘timli fe’l yonma-yon turganda, ko‘pincha tushum kelishigi qo‘shimchasi tushib qoladi. Masalan, Kitobni o‘qidim – Kitob o‘qidim.
Tushum kelishigidagi so‘z bilan o‘timli fe’l o‘rtasida boshqa bir so‘z ishlatilsa, tushum kelishigidagi so‘z atoqli ot, olmosh yoki sifatdosh bo‘lsa, tushum kelishigi qo‘shimchasi tushib qolmaydi.
Tushum kelishigidagi so‘z gapda doimo to‘ldiruvchi vazifasida keladi.
Egalik qo‘shimchasini olgan ismlarga bog‘lanuvchi so‘z qaratqich kelishigi shaklida, o‘timli fe’llarga bog‘lanuvchi so‘z tushum kelishigi shaklida keladi.
Jo‘nalish kelishigi qo‘shimchasi o‘rin-joy otlariga qo‘shilib, qayerga? so‘roq’iga javob bo‘ladi va gapda o‘rin holi vazifasida keladi.
Payt otlariga qo‘shilib qachon? so‘roq’iga javob bo‘ladi va gapda payt holi vazifasini bajaradi.
Shaxs va narsa otlariga qo‘shilib, kimga?, nimaga? so‘rog‘iga javob bo‘ladi va gapda to‘ldiruvchi vazifasida qo‘llanadi.
Jo‘nalish kelishigi qo‘shimchasi k, q tovushlari bilan tugagan so‘zlarga qo‘shilganda, ­-ka, -qa holida talaffuz qilinadi va shunday yoziladi.
G‘ tovushi bilan tugagan so‘zlarga qo‘shilganda ­–qa holida talaffuz qilinsa ham, -ga tarzida yoziladi.
O‘rin-payt kelishigi qo‘shimchasi o‘rin-joy otlariga qo‘shilib, qayerda? so‘rog‘iga javob bo‘ladi va hokim qismdan ifodalangan harakatning o‘rnini bildiradi. Bunday otlar gapda o‘rin holi vazifasida keladi.
Payt otlariga qo‘shilib, qachon? so‘rog‘iga javob bo‘ladi va hokim qismdan ifodalangan harakatning paytini bildiradi. Bunday so‘zlar gapda payt holi vazifasida keladi.
Shaxs va narsa otlariga qo‘shilib, kimda? nimada? so‘roqlariga javob bo‘ladi. Bunday otlar gapda to‘ldiruvchi vazifasida keladi.
Chiqish kelishigi qo‘shimchasi o‘rin-joy otlariga qo‘shilib, qayerdan? so‘rog‘iga javob bo‘ladi va o‘rin holi vazifasini bajaradi.
Payt otlariga qo‘shilib, qachon? so‘rog‘iga javob bo‘ladi va hokim qismda ifodalangan harakatning paytini bildiradi. Bunday so‘zlar gapda payt holi vazifasida keladi.
Shaxs va narsa otlariga qo‘shilib, kimdan? nimadan? so‘roqlariga javob bo‘ladi va to‘ldiruvchi bo‘lib keladi.
Ba’zan ayrim otlar, sifatdoshlar va boshqa so‘zlarga qo‘shilib, nima sababdan? so‘rog‘iga javob bo‘ladi va sabab holi vazifasida keladi.
Ba’zan tushum kelishigi o‘rnida chiqish kelishigi shakli qo‘llanilishi mumkin. Lekin ularning ma’nosida ma’lum farq bor.

Download 2,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   253




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish