“ХОТИН-ҚИЗЛАР СПОРТИ: ИМКОНИЯТЛАР ВА ИСТИҚБОЛЛАР”
112
faolligini oshirish borasida bir qator ijobiyishlar amalga oshirilmoqda.
Jumladan mahallalarda, maktabgacha ta’lim muassasalarida va boshqa soha vakillari orasida targ’ibot,
tashviqot ishlarining jadal olib borilishi natijasida jismoniy tarbiya va sport bilan shug’ullanayotgan hamda
sport tadbirlarida ishtirok etayotgan xotin-qizlar soni yildan yilga ko’payib bormoqda. Mamlakatimizning
barcha
hududlarida, jumladan chekka qishloqlarda ham zamonaviy sport majmualari bunyod etishga aholi
orasida jismoniy tarbiya va sport ko’lamini yanada oshirishga ayniqsa xotin-qizlarni jalb etish, mashg’ulotlar
jarayoni uchun yuqori malakali ayol kadrlar tayyorlashga katta e’tibor qaratilmoqda.
Xotin-qizlarni, ayniqsa qishloq joylaridagi qizlarni sport bilan shug’ullanishiga faol jalb etish uchun
zarur shart-sharoitlarni yaratish lozim.Umumiy o’rta ta’lim maktablarida o’quvchi qizlar sportinirivojlantirish
uchun turli xildagi musobaqalarni o’tkazish maqsadga muvofiqdir. Qizlarimizni sport va jismoniy tarbiyaga
kengroq jalb etish evaziga qizlar o’rtasida musobaqalar o’tkazilishi hamda
ularda yuqori natijalarni
ko’rsatishida namoyon bo’lmoqda.Bu natijalar orqali qizlarimiz xalqaro turnirlarda ham faol ishtirok etib
kelishmoqda.
“To’maris qizlari”, “sog’lomjon-polvonjon”, “oilaviy kross”, kabi musobaqalar muntazam o’tkazilishi
bunga misol bo’la oladi.Respublikamizda oilaviy sport, ayollar va bolalar sportini rivojlantirish ham davlat
siyosati darajasiga ko’tarilgan.Aholini jumladan xotin-qizlarni ommaviy va sog’lomlashtiruvchi sport turlariga
jalb etish, sport orqali sog’lom turmush tarzini keng targ’ib etish uchun maxsus “SPORT” telekanali ochilishi
ham bunga yaqqol misol bo’la oladi.
So’ngi yillar davomida mamlakatimizda ustuvor sport turlaridan volleybol,gimnastika va boshqa sport
turlari sekin-asta xalqaro sport maydonlariga kirib bormoqda.Shu boisdan chekka qishloqlarda ham yuqorida
keltirilgan sport turlariga ko’proq e’tibor berish lozim.O’quvchi qizlarni ommaviy
jismoniy tarbiyaga jalb
etishda ularni nazariy tayyorgarliklari,o’zlari qiziqqan sport turidan ortirgan ko’nikma,malakalarini hisobga
olish, darsdan tashqari mashg’ulotlarni o’tkazish vaqtiga qizlar sharoitiga moslash zarur.
Avvalambor o’rta ta’lim maktablarida tarbiyalanayotgan qizlarga sog’lom turmush tarzi haqida
ma’lumot berish lozim.
- Oqilona
ovqatlanish;
-Jismoniy faollik;
-Organizmning umumiy gigiyenasi;
-Chiniqish;
- Tozalikka rioya qilish;
Mamlakatimizda jismoniy tarbiya va sportni rivijlantirishni xotin-qizlar ongiga singdirish masalalariga
qarata juda ko’p ommaviy ishlar bilan bilan birgalikda nazariy ahamiyatga ega qonunlar,Vazirlar
mahkamasining
qarorlari,Prezident farmonlari va sportning istiqbolli rejalari bilan yosh sportchi qizlarimizni
tanishtirib borishimiz lozim.Umumiy o’rta ta’limda jismoniy tarbiyaning maqsadi o’quvchi yoshlar tanasidagi
barcha a’zolarning sog’lom o’sishini ta’minlash hamda ularni aqliy va jismoniy mehnatga, shuningdek vatan
mudofasiga tayyorlashdir.Ulug’ mutafakkir Abdulla Avloniy ta’kidlaganidek, sog’lom fikr, yaxshi axloq va
ilm ma’rifatga ega bo’lmoq uchun eng avvalo badanni tarbiya qilish zarur.Maktab o’quvchilari jismoniy
tarbiyasining vazifalarini amalga oshirish maxsus uyushtirilgan mashg’ulotlar
orqali jismoniy tarbiyaning
uslubi va metodik tamoyillari, tarbiya va ta’limning vositalarini aniqlashtiriladi.Bizning maktablar uchun
mashg’ulotlarning xilma-xil shakllari hosdir.Shu bilan birga uslubiy manbalar qatorida faqat jismoniy tarbiya
mashg’ulotlarining davom etish vaqtini ko’paytirish zaruriyatdan kelib chiqqan holda o’quvchilarning
ehtiyojlari qondiriladi. Shu asosda barcha shakldagi mashg’ulotlar tahlili ularni maktabda,
maktabdan
tashqarida oilada o’tkazishning shart-sharoitlari shuni ko’rsatadiki, o’quvchilar jismoniy tarbiyasini
uyushtirishga majmuali yondashuvdan hech bo’lmaganda bitta halqa chiqarib tashlansa, pedagogik
jarayonning
uzluksizligi buzuladi, jismoniy tarbiyaning barcha vazifalari sifatsiz yechim topadi. Jismoniy
tarbiya katta amaliy ahamiyatga ega. Jismoniy tarbiya darslarida qo’llaniladigan jismoniy mashqlar ichida
hayotiy muhim, kundalik turmushda qo’llaniladigan mashqlar ko’p. Maktabning vazifasi o’quvchilarni
jismoniy tarbiya vositalaridan har kuni o’qish, mehnat, dam olishning turli sharoitlarida foydalanishga
odatlanishdir.
Do'stlaringiz bilan baham: