NEFT-GAZ KORXONALARNING INNOVATSION-TEXNOLOGIK
JARAYONINI TAKOMILLASHTIRISH
Toshkent Davlat iqtisodiyot universiteti
Kucharov A.S.-professor
Tayanch doktorant
Ishmanova D. N.
Respublikamizda barcha sanoat tarmoqlarini raqobatbardoshligini va
eksport
potensialini
kuchaytirishda
innovatsiyalardan
foydalanishni
20
rivojlantirish zaruriyatligini hisobga olgan holda bu masalalarning yechimini
topishda mazkur jarayonni amalga oshirishning zamonaviy tashkiliy-iqtisodiy va
boshqaruv mexanizmlarini shakllantirish o‘ta muhim o‘rinni egallaydi.
Jumladan,
neft-gaz
sanoat
korxonalarida
investitsiya-innovatsiya
bo‘limlarini tashkil etish, hamda uni faoliyatini rivojlantirish uchun barcha
qulayliklarni yaratish katta iqtisodiy samara beradi. Bu bo‘limning faoliyatini
rivojlantirishda quyidagi qulayliklarning yaratilishi zarurligini taqozo etadi:
− neft-gaz korxonalarida yuqori malakali ilmiy-texnik kadrlarni, ya’ni
mutaxassislikka doir yangiliklarni yarata olish, uni o‘zlashtirish va amalga
oshirish qobiliyatlariga ega mutaxassislarni tanlov asosida jalb etish;
− jalb etilgan kadrlarga ularni qoniqtiradigan darajada moddiy va ijtimoiy
shart-sharoitlar yaratish;
−xalqaro net-gaz kompaniyali bilan innovatsiyalarni rivojlantirishda
hamkorlikni yo‘lga qo‘yishni kuchaytirishni davlat tomonidan qo‘llab-
quvvatlash.
Ushbu amalga oshiriladigan faoliyat respublikamizning iqtisodiyotini
barqaror rivojlantirishda katta ahamiyatga ega bo‘lgan neft-gaz korxonalari
faoliyatlarining quyidagi iqtisodiy mexanizmlarini ishga soladi:
− neft-gaz korxonalaridagi mavjud texnologiyalarni yuqori modernizatsiya
qilish uchun qulay imkoniyatlar yaratiladi;
− real sektorlardagi investitsiya oqimlarini samarali o‘zlashtiriladi;
− neft-gaz korxonalari yuqori darajada iqtisodiy rivojlanadi;
− sanoat korxonalarining ishlab chiqarish faoliyati natijasida tabiiy muhitga
ko‘rsatayotgan zararning oldi olinadi yoxud kamaytiriladi;
− mamlakatimizdagi sanoat tarmoqlarining import ulushini kamaytirish
barobarida eksport ulushini ko‘paytiradi.
Iqtisodiyotni diversifikatsiyalash sharoitida respublikada investitsiya-
innovatsiya milliy Dasturi yagona maqsadga yo‘naltirilgan holda, izchillik bilan
amalga oshirilmoqda. Mazkur Dasturda yaqin yillarga mo‘ljallangan ustuvor va
strategik ahamiyatga ega loyihalar belgilangan bo‘lib, Dastur iqtisodiyotning
yoqilg‘i-energetika, mashinasozlik, tog‘-konchilik, kimyo, yengil sanoat hamda
qishloq xo‘jaligi mahsulotini qayta ishlash sohasi kabi deyarli barcha sohalarini
qamrab olgan.
Neft-gaz sohasida hali amalga oshirilishi zarur bo‘lgan vazifalar ko‘p.
Jumladan, iqtisodiyotni diversifikatsiyalash sharoitida innovatsiya loyihalarini
moliyalashtirish mexanizmini takomillashtirishni taqozo etadi.
Iqtisodiyotni
diversifikatsiyalash
sharoitida
innovatsion
faoliyat
markazlashtirilgan va markazlashtirilmagan turda moliyalashtiriladi.
Birinchi usulda pul mablag‘lari, davlat byudjeti, ilmiy-texnik rivojlanish
davlat Dasturiga kiritilgan loyihalarni maqsadli moliyalashtirish amalga
oshiriladi:
- tanlov ishlarini bajarish bo‘yicha jamg‘armalar;
21
- muayyan loyiha uchun ajratilgan va qaytarilishi kutilmaydigan grantlar
hamda subsidiyalar;
-
hokimiyatlar
va
boshqaruv
organlari
maxsus
buyurtmalarini
moliyalashtirish;
- davlat banklarining kreditlari hisobidan taqdim etiladi.
Moliyalashtirishning markazlashtirilmagan usuli korxonalarning xususiy
mablag‘lari, xorijiy investorlar, xususiy shaxslar, maxsus moliya yoki hayriya
jamg‘armalari hamda kredit mablag‘laridan foydalanishga asoslangan. Masalan,
AQSHda sanoat kompaniyalari va banklari universitetlar, kollejlar, federal
hukumat idoralari hamda mahalliy boshqaruv organlari, sohalar va ularning
uyushmalari, xususiy shaxslar ilmiy jamg‘armalarini tashkil qilishda faol
qatnashadilar.
O‘zbekistonning Davlat investitsiya siyosati birinchi navbatda
iqtisodiyotda tuzilmaviy o‘zgarishlarni chuqurlashtirish, korxonalar investitsiya
faoliyatini jadallashtirish hamda chet el investitsiyalarini keng miqyosda jalb
qilish, shuningdek, investitsiya loyihalari tanlovi asosida ijtimoiy masalalarni
hal etishga yo‘naltirilgandir.
Rivojlangan bozor iqtisodiyotiga ega mamlakatlar tajribasiga ko‘ra,
innovatsiya
korxonalari
uchun
respublikada
qabul
qilingan
hamda
iqtisodiyotning ustuvor sohalarida amal qilayotgan barcha imtiyozlarni qo‘llash
maqsadga muvofiqdir. Bundan tashqari, ilmiy izlanishlarni bajarayotgan
innovatsiya korxonalari tadqiqot ishlari uchun ilmiy-texnik asbob-uskunalar
sotib olgan yilning o‘zidayoq, 50 foizli amortizatsiya huquqiga,qolgan asosiy
mablag‘lar hisobidan esa jadallashgan amortizatsiya huquqiga ega bo‘lishlari
lozim.
Shunday qilib, innovatsiya va investitsiya siyosatining asosiy vazifalari:
- iqtisodiy faoliyatda barqarorlikning ta’minlanishi (soliqlar, foiz stavkalari,
amortizatsiya me’yorlari);
- ustuvor sohalarda salohiyatli, istiqbolga ega korxonalarni qo‘llab-
quvvatlash hamda ichki va tashqi investitsiyalarni ishlab chiqarish sohalariga
jalb qilishdan iborat bo‘lishi zarur.
Neft-gaz korxonalarida foydalanadigan texnologik asbob-uskunalarning
normativ-texnik hujjatlarini tarmoqni rivojlantirishning uzoq muddatli
konsepsiyasini hisobga olgan holda zamonaviy raqobatbardosh mahsulotlar
ishlab chiqarish imkoniyati bo‘yicha o‘rganish;
•
tarmoq ishchi guruhlariga ekspertiza o‘tkazish va eng maqbul qarorlar
ishlab chiqish uchun korxonalar va xo‘jalik birlashmalari mablag‘lari hisobiga
ixtisoslashtirilgan loyiha institutlari, injiniring va konsalting kompaniyalari,
asbob-uskunalar, texnologiyalar, jihozlar va vositalar ishlab chiqaruvchi
zavodlarning mutaxassislari va ekspertlarini jalb etish.
Milliy iqtisodiyotni modernizatsiyalashning jahon tajribasi tahlili
ko‘rsatishicha, mamlakatni modernizatsiyalash uchun dastlab mamlakat
22
iqtisodiyotini, shu jumladan, neft-gaz sanoatning hozirgi holatini chuqur va
konkret baholash lozim.
Yuqorida qayd etilgan tamoyillarda mo‘ljallangan strategik vazifalarni
amalga oshirish o‘rta muddatda quyidagi natijalarga erishish imkonini beradi:
•
makroiqtisodiy rivojlanishni boshqariladigan modeli asosida barqaror,
yuqori iqtisodiy o‘sish sur’atlarini saqlab qolish;
•
to‘xtovsiz iqtisodiyotni modernizatsiyalash, ishlab chiqarishni texnik va
texnologik jihatdan yangilashni amalga oshirish;
•
ishlab chiqarish, transport va kommunikatsiya infratuzilmasini barqaror
iqtisodiy o‘sish va aholini ehtiyojlarini qondirish talablariga muvofiq
rivojlantirish;
Yuqorida keltirilgan tahlillardan shuni xulosa qilish mumkinki, bugungi
kunda strategik ahamiyatga ega neft-gaz tarmoq korxonalarida eskirgan
texnologik asbob-uskunalar va texnologiyalarning salmog‘i yuqoriligicha
qolmoqda. Bu esa,iqtisodiyotni va uning yetakchi tarmoqlarini modernizatsiya
qilish, texnik va texnologik yangilashni jadallashtirish va ko‘lamlarini
kengaytirish, ishlab chiqarishni diversifikatsiyalash masalasini yanada dolzarb
ahamiyat kasb etayotganligidan dalolat beradi. Istiqbolda iqtisodiyotni va uning
yetakchi tarmoqlarini modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilash
bo‘yicha islohotlarni bosqichma-bosqich amalga oshirish va bu yo‘nalishda
maxsus dasturlarni tayyorlashni taqazo etadi.
Innovatsion strategiya nazariy va empirik (amaliy) tadqiqotlar olib
borishning muhim yo‘nalishi bo‘lib, uni amalga oshirishda qabul qilgan qarorlar
yangiliklardan foydalanish darajasi bo‘yicha strategik va moliyaviy
samaradorligi o‘sib boradi. SHuning uchun rahbariyat yangiliklarni qabul
qilishiga ijobiy munosabatda bo‘lsa, uni joriy etish ehtimoli yuqori bo‘ladi va
belgilangan strategik maqsadga erishiladi.
Strategik maqsadga erishishda avval maqsad aniq va to‘g‘ri ifodalanishi,
tashqi omillarning (mavjud imkoniyatlar, xavf-xatar, raqobatchilarning kuchli va
zaif tomonlari) tahlillarini aniq olib borish, shundan so‘ng innovatsiya
strategiyasini
tanlash
zarur.
Hozirgi
vaqtda
zamonaviy
innovatsiya
strategiyalardan, ya’ni yuqori samaraga ega bo‘lgan hujumkor, mudofaa,
immitatsion (o‘xshash) strategiyalardan foydalanish korxonalar uchun zarurdir.
Innovatsion faoliyatni, shu jumladan venchur biznesni qo‘llab-quvvatlash
maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni
muvofiqlashtirish bo‘yicha qo‘mita huzurida Innovatsion ilmiy-texnikaviy
faoliyatni moliyalashtirish fondi tashkil etilgan. Ushbu fond tomonidan
innovatsion loyihalar tanlov asosida saralanib, ularni davlat, shuningdek
manfaatdor tomonlarning mablag‘lari hisobiga amalga oshirish mexanizmi
ishlab chiqilgan. Lekin ushbu mexanizm kichik innovatsion korxonalar
faoliyatini rag‘batlantirish uchun u qadar mukammal emas. Ekspertlarning
fikricha, bu quyidagilar bilan izohlanadi:
23
-birinchidan, tanlov topshiriqlari yirik, asosan davlat korxonalarining
muammolarini hal etishga yo‘naltrlgan va bu yo‘nalishda kichik biznes
sub’ektlarining ishtirok etishini nazarda tutmaydi;
-ikkinchidan, ajratilayotgan mablag‘lar chegaralangan va yirik innovatsion
loyihalarini amalga oshirish uchun mutlaqo etarli emas;
-uchinchidan, byudjetdan tashqari jalb etilayotgan mablag‘lar uchun soliq
va boshqa imtiyozlar ko‘zda tutilmagan.
O‘z navbatida, kichik biznes sub’ektlarining innovatsion salohiyatiga
etarlicha baho berilmaydi.
Ta’kidlash joizki, mazkur muammolarni hal etish uchun, quyidagi chora-
tadbirlarni amalga oshirish maqsadga muvofiqdir:
-birinchidan,
xususiy sektorning innovatsion faoliyatini qo‘llab-
quvvatlashning huquqiy asoslari yanada takomillashtrilishi lozim (bu, yuqorida
qayd qilingandek, yangi “Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik to‘g‘risida”gi
Qonunda o‘z ifodasini topib, mustahkamlab qo‘yilishi lozim;
-ikkinchidan, ishbilarmon muhitni (sertifikatsiyalashni, standartlashni,
eksport-import operatsiyalarini yanada soddalashtirish) takomillashtirish lozim;
-uchinchidan, kichik biznes sub’ektlarini qo‘llab-quvvatlashning moliyaviy
mexanizmlarini joriy etish (innovatsiya sohalaridagi kichik biznes sub’ektlarini
qo‘llab-quvvatlash fondini tashkil etish, qo‘shimcha soliq imtiyozlarini berish,
byudjet mablag‘lari hisobiga moliyaviy lizingni joriy etish va hokazolar);
-to‘rtinchidan,
innovatsion infratuzilmalarni (texnoparklar, biznes
inkubatorlari, innovatsion-texnikaviy markazlarni) rivojlantirish va h.k.
Bizning
mamlakatda
bugungi
kunda
neft-gaz
korxonalarida
innovatsiyalarni qo‘llash darajasini oshirish talab etiladi. Buning uchun davlat
siyosatida innovatsiyalarni joriy etishga yo‘naltirilgan chora-tadbirlar ustuvorlik
qilmoqda. Buning uchun uning motivatsiyasi yaxshi yo‘lga qo‘yilmoqda. Eng
muhimi mamlakatimizda huquqiy, iqtisodiy va tashkiliy baza tobora
takomillashib bormoqda. Shuning uchun korxonalarda innovatsion faoliyat
motivatsiyasiga jiddiy e’tibor berilmoqda. Ammo ba’zi korxonalarda hamon
innovatsion faoliyat motivatsiyasining muammolari haqida so‘z yuritish
mumkin, aniqrog‘i ayrim korxonalarni innovatsiyalarni qo‘llash jarayonlari
juda sust.
Xulosa qilib aytganda, innovatsion strategiyalarnini to‘g‘ri va oqilona
tanlash korxonaning iqtisodiy samaradorligini oshiradi, shu bilan birga eksport
potensialini ko‘taradi va raqobatbardoshligini mustahkamlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |