Shu bilan birga, ko‘rilayotgan chora-tadbirlarga qaramasdan, o‘limga olib kelgan huquqbuzarliklar soni hali ham yuqoriligicha qolmoqda o‘rtacha 100 ming kishiga 8,3 holat



Download 278,91 Kb.
bet1/9
Sana03.08.2021
Hajmi278,91 Kb.
#137068
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
yBQ25rMfsid4R5gYx3l8




O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining

qarori

O‘zbekiston Respublikasi yo‘l xavfsizligini ta’minlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 11-iyuldagi PQ-3127-son qaroriga muvofiq yo‘l harakati xavfsizligini ishonchli ta’minlash sohasida kompleks tashkiliy-amaliy chora-tadbirlar amalga oshirilgan holda salmoqli ishlar qilindi.



Jumladan, yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash, yo‘l-transport hodisalari profilaktikasi tizimini takomillashtirish, nazoratning yuqori samaradorligini, huquqbuzarliklarni o‘z vaqtida aniqlash va ularga barham berishni ta’minlaydigan yo‘l harakatini avtomatlashtirilgan tartibga solish tizimini kengaytirish bo‘yicha ichki ishlar organlari ishini tashkil etishning sifat jihatidan yangi tartibi belgilandi.

Shu bilan birga, ko‘rilayotgan chora-tadbirlarga qaramasdan, o‘limga olib kelgan huquqbuzarliklar soni hali ham yuqoriligicha qolmoqda — o‘rtacha 100 ming kishiga 8,3 holat.

Manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda prokuratura organlari tomonidan o‘rganib chiqish davomida shaharlar va tumanlarning infratuzilmasi yo‘l harakati xavfsizligini ishonchli ta’minlash talablariga, ayniqsa, yo‘lovchilar uchun zarur shart-sharoitlar yaratish yuzasidan to‘liq javob bermasligi, ushbu sohada qoida buzishlarning barvaqt profilaktikasiga yo‘naltirilgan aholini xabardor qilish va axborot berishning samarali tizimi yo‘lga qo‘yilmaganligi aniqlandi.

Yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash tizimini yanada takomillashtirish, yo‘l infratuzilmasini tubdan yaxshilash, yo‘llar sifatini oshirish, shuningdek, yo‘l harakati barcha ishtirokchilarining xavfsiz harakatlanishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:

1. Quyidagilar:

2018 — 2022-yillarda O‘zbekiston Respublikasida yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash konsepsiyasi (keyingi o‘rinlarda Konsepsiya deb ataladi) 1-ilovaga muvofiq;

2018 — 2022-yillarda O‘zbekiston Respublikasida yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash konsepsiyasini 2018-2019-yillarda amalga oshirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” (keyingi o‘rinlarda Yo‘l xaritasi deb ataladi) 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

2. Manfaatdor vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlarning rahbarlariga Konsepsiyaning asosiy yo‘nalishlari va Yo‘l xaritasida nazarda tutilgan tadbirlar o‘z vaqtida, sifatli va samarali amalga oshirilishi uchun shaxsiy javobgarlik yuklansin.

3. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati huzurida Jamoatchilik kengashini tashkil etish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin. Quyidagilar Jamoatchilik kengashining asosiy vazifalari etib belgilansin:

yo‘l harakati qoidalariga rioya qilish va ushbu sohada xavfsizlikni ta’minlash masalalari bo‘yicha jamoatchilik fikrini tizimli asosda o‘rganish;

Konsepsiyaning, Yo‘l xaritasida nazarda tutilgan tadbirlar amalga oshirilishining borishi va natijalari monitoringini olib borish;

yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha ichki ishlar organlari faoliyatining qonunchilik bazasini yanada takomillashtirishga yo‘naltirilgan takliflarni tayyorlash va kiritish.

4. Shunday tartib amaliyotga joriy etilsinki, unga muvofiq:

har haftada juma kuni “Yo‘l harakati xavfsizligi kuni” o‘tkaziladi, uning doirasida barcha vazirliklar va idoralar hamda boshqa tashkilotlar tomonidan yo‘l harakati qoidalariga so‘zsiz rioya qilishni ta’minlash va yo‘l-transport hodisalari profilaktikasini ta’minlash bo‘yicha faol chora-tadbirlar ko‘riladi;

yo‘llarda xavfsizlik muammosiga jamoatchilik e’tiborini jalb etishga, avtotransport vositalarisiz harakatlanish mumkinligi va zarurligini namoyish qilishga, uning barcha qatnashchilari tomonidan yo‘l harakati qoidalariga rioya etishga ommaviy chaqirishga yo‘naltirilgan “Avtomobilsiz kun” oylik aksiyasi muntazam asosda respublikaning barcha hududlarida tashkil etiladi.

5. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi:

a) O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati huzuridagi Jamoatchilik kengashi tarkibini bir oy muddatda tasdiqlasin;

b) quyidagilar:

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda uch oy muddatda piyodalarda yo‘l harakati qoidalariga rioya qilish madaniyatini oshirishga, axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda piyodalar qoidalarini buzuvchilarning shaxsini aniqlash mexanizmini va ular tomonidan sodir etilgan huquqbuzarliklar to‘g‘risida elektron protokollarni rasmiylashtirish tartibini joriy etishga yo‘naltirilgan amaliy chora-tadbirlar ko‘rsin;

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan birgalikda 2018-yil 1-dekabrgacha bo‘lgan muddatda ilg‘or xorijiy tajribani o‘rganish asosida o‘z ichiga birinchi navbatda transport vositasini boshqarish madaniyatiga permanent rioya qilmaslikda, yo‘lda o‘zini nomuqobil tutishning boshqa shakllarida — harakatning egallab turilgan polosasini bu haqda burilish signali bilan ogohlantirmasdan keskin o‘zgartirgan holda tajovuzkorona haydashda, xavf to‘g‘risida ogohlantirmasdan baland tovush signalidan bunga hojat bo‘lmasa ham foydalanishda namoyon bo‘ladigan ataylab qasddan harakatlarni sodir etganlik uchun huquqiy ta’sir ko‘rsatish choralarini o‘z ichiga oladigan yo‘llardagi bezorilik uchun ma’muriy javobgarlikni joriy etish to‘g‘risida taklif kiritsin;

Milliy teleradiokompaniya, O‘zbekiston Milliy axborot agentligi, Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi, O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi va Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish respublika kengashi bilan birgalikda xorijiy tajribani chuqur o‘rganish asosida ijtimoiy roliklar turkumi muntazam tayyorlanishini va efirga uzatilishini, shuningdek, birinchi navbatda, shu jumladan, butunjahon Internet axborot tarmog‘ining imkoniyatlaridan foydalangan holda yo‘l harakati barcha qatnashchilarining madaniyati va ongliligini oshirishga yo‘naltirilgan tadbirlar o‘tkazilishini ta’minlasin.

6. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining:

3-ilovaga muvofiq tugatiladigan yo‘l-patrul xizmatining statsionar postlari va patrul post xizmati postlari ro‘yxatini;

4-ilovaga muvofiq faoliyatni davom ettiradigan yo‘l-patrul xizmatining statsionar postlari va patrul post xizmati postlari ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.

7. Belgilansinki:

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda faoliyat ko‘rsatayotgan yo‘l-patrul xizmatining statsionar postlari va patrul post xizmati postlari faoliyati ustidan doimiy monitoring olib boradi va nazorat qiladi;

tugatilayotgan yo‘l-patrul xizmatining statsionar postlari va patrul post xizmati postlarining binolari va inshootlariga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar organlarida operativ boshqarish huquqi saqlanib qoladi.

8. Vazirlar Mahkamasining “Yo‘l-patrul xizmati statsionar postlarini bosqichma-bosqich qurish, rekonstruksiya va modernizatsiya qilish tadbirlari dasturini tasdiqlash to‘g‘risida” 2017-yil 23-oktabrdagi 862-son qaroriga 5-ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin.

9. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi:

Davlat yo‘l harakati xizmatining yo‘l-patrul xizmati naryadlarining yagona joylashishini bir oy muddatda tanqidiy qayta ko‘rib chiqsin, yo‘l harakati xavfsizligini tashkil etish va ta’minlash tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha aniq amaliy chora-tadbirlar amalga oshirilishini nazarda tutsin;

Davlat yo‘l harakati xavfsizligi huzuridagi Jamoatchilik kengashi to‘g‘risidagi nizomni bir oy muddatda ishlab chiqsin va tasdiqlasin;

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Respublika yo‘l jamg‘armasi bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 11-iyuldagi PQ-3127-son qarorining 7-bandini amalga oshirishning holatini bir oy muddatda tanqidiy tahlil qilsin. Puxta tahlil qilish yakunlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarorini bajarishda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga aniq chora-tadbirlar to‘g‘risida takliflar kiritsin;

Yo‘l-transport hodisalarini kompleks tahlil qilsin, uning yakunlari bo‘yicha yo‘l-transport hodisalari yuz berishining darajasi yuqori bo‘lgan yo‘llarning xavfli uchastkalari vaziyatli xaritasini, ularning asosiy sabablari va xavf omillari statistikasini ikki oy muddatda tuzsin, yo‘l-transport hodisalari yuz berishining eng ko‘p uchraydigan sabablariga e’tiborni qaratsin va ularni bartaraf etish yuzasidan amaliy chora-tadbirlar ko‘rsin;

uch oy muddatda jismoniy va yuridik shaxslarning avtotransport vositalarida o‘rnatilgan videoregistratorlaridan olinadigan videoyozuvlarni tezkor to‘plashning markazlashtirilgan tizimini joriy etish, sodir etilgan huquqbuzarlik holatlari to‘g‘risida taklif kiritsin, shaxsiy ma’lumotlarning maxfiyligini saqlab qolish imkoniyati ta’minlangan holda ularni rag‘batlantirish mexanizmlarini joriy etishni nazarda tutsin;

uch oy muddatda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda yo‘l-patrul xizmatining barcha tugatiladigan va faoliyat ko‘rsatuvchi statsionar postlarida o‘rnatilgan videokuzatish qurilmalari tezkor xatlovdan o‘tkazilishini, shuningdek, ularning keyinchalik “Ma’muriy amaliyot” kompleks avtomatlashtirilgan axborot tizimiga ulanishini ta’minlasin.

10. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari — “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ boshqaruvi raisi A.J. Ramatov va O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri P.R. Bobojonov zimmasiga yuklansin.

O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV

Toshkent sh.,

2018-yil 19-may,

377-son

Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 19-maydagi 377-son qaroriga


1-ILOVA

2018 — 2022-yillarda O‘zbekiston Respublikasida yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash

konsepsiyasi

1-bob. Asosiy qoidalar



1. Yo‘l harakati xavfsizligini ishonchli ta’minlash shaxs xavfsizligini ta’minlash choralari tizimida yanada dolzarb ahamiyat kasb etmoqda.

Masalan, BMT Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining ma’lumotlariga ko‘ra og‘ir jarohatlarga olib keladigan shikastlanishlar orasida kriminal jarohatlardan so‘ng yo‘l-transport hodisasi ikkinchi o‘rinni egallaydi. Har yili 1,2 millionga yaqin odam yo‘l-transport hodisasi qurbonlari bo‘lmoqda, qariyb 50 million kishi turli og‘irlikdagi jarohatlar olmoqda.

Transport vositalarining tezligini oshirish, ishtirokchilarning yo‘l harakati qoidalarini bilmasligi, shuningdek, mensimaslik mamlakat yo‘llarida ro‘y berayotgan bunday fojiali statistikaning asosiy sabablari hisoblanadi. Yo‘l harakati qoidalarining yo‘lovchilar tomonidan buzilishi faqat ularning salomatligiga xavf solsa, transport vositalari haydovchilarining bunday xatti-harakatlari ham o‘zlari, ham yo‘l harakatining boshqa ishtirokchilari — boshqa transport vositalarining egalari, yo‘lovchilar va ayniqsa, piyodalar uchun og‘ir oqibatlarga olib kelishi bilan xavflidir.

2. 2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasiga muvofiq, respublikada yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash, transportni boshqarish va avtomobil yo‘llarining piyodalar o‘tish joylarida ularning o‘zini tutish madaniyatini oshirish sohasida keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda.

Shu bilan birga, statistika ma’lumotlari shundan dalolat beradiki, respublika hududida har yili o‘rtacha 9-10 mingta yo‘l-transport hodisasi ro‘y beradi. Ularning 2 mingdan ortig‘i odamlar qurbon bo‘lishiga olib kelmoqda.

Yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash sohasida amalga oshirilayotgan kompleks chora-tadbirlarni batafsil o‘rganish natijalari avtomobil yo‘llarida ayrim talablarni me’yoriy tartibga solish borasida qator muammolar mavjudligidan va ular transport vositalari hamda piyodalarning xavfsiz harakatlanishini ta’minlash uchun mas’ul davlat organlarining kuch va vositalarini boshqarish samaraligining pasayishiga sabab bo‘layotganidan dalolat beradi.

Xususan, xalqaro, respublika va mahalliy ahamiyatga ega avtomobil yo‘llariga nisbatan talablarni aniq belgilash, shuningdek, ulardan xavfsiz foydalanish uchun zamonaviy, har tomonlama qulay infratuzilmani yaratish masalasi hal etilmay qolmoqda.

3. Shu munosabat bilan 2018 — 2022-yillarda O‘zbekiston Respublikasida yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash konsepsiyasini (keyingi o‘rinlarda Konsepsiya deb ataladi) hayotga tatbiq etish orqali yo‘l harakatini tashkil qilish va ta’minlash sohasida davlat boshqaruvi samaradorligini oshirish vazifasiga mutlaqo yangicha yondashuvlarni shakllantirish alohida ahamiyat kasb etmoqda. Ushbu Konsepsiya quyidagi asosiy yo‘nalishlarni o‘z ichiga olgan:

yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash sohasidagi normativ-huquqiy bazani yanada takomillashtirish, shu jumladan Yo‘l harakati qoidalarini qo‘pol buzganlik uchun javobgarlik choralarini yanada kuchaytirish;

yo‘l infratuzilmasini kompleks takomillashtirish, yo‘llar sifatini yaxshilash, transport vositalarining xavfsiz harakatlanishi uchun ishonchli sharoitlar yaratish;

yo‘l harakati ishtirokchilarining huquqiy madaniyati, zarur bilimlari va malakasini oshirish, intizomini mustahkamlash.

2-bob. Yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash sohasida normativ-huquqiy bazani mustahkamlash

4. Jismoniy va yuridik shaxslarning avtotransport vositalarini videoregistratorlar bilan jihozlash, yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash sohasida qoidabuzarliklarning oldini olish maqsadida ularni qo‘llash bo‘yicha normativ tartibni belgilash tadbirlarini tashkil qilish.

5. Yo‘l harakati xavfsizligi davlat xizmati xodimlarining xizmat faoliyati natijalarini baholash mezonlarini ishlab chiqish va joriy qilish.

6. Yo‘l harakati qoidalarini qasddan buzganlik uchun javobgarlikni kuchaytirish.

7. Belgilangan harakat tezligini oshirish, shuningdek, nosoz transport vositasidan foydalanish oqibatida sodir etiladigan yo‘l-transport hodisalarining oldini olish borasidagi chora-tadbirlarni takomillashtirish.

8. Piyodalarni Yo‘l harakati qoidalarini buzganligi uchun javobgarlikka tortishning huquqiy mexanizmlarini takomillashtirish.

9. Avtomobil yo‘llarida transport vositalarini to‘xtatish va maxsus tadbirlarni o‘tkazish tartibini takomillashtirish hamda buning uchun asoslar ro‘yxatini aniqlash.

10. Yo‘l harakati sohasidagi ma’muriy qoidabuzarliklar to‘g‘risidagi materiallarni zudlik bilan rasmiylashtirish va ko‘rib chiqishning elektron tizimini yaratish.

11. Qidiruv e’lon qilingan shaxslar va transport vositalarini tanishning elektron tizimini tezkor tashkil qilish va undan keyinchalik samarali foydalanishni ta’minlaydigan amaliy mexanizmni joriy etish.

12. Yo‘l harakati qoidalariga yo‘l harakati xavfsizligining sifat darajasi va ishonchliligini oshirishga yo‘naltirilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish.

13. Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati ishini tashkil etish samaradorligini, shu jumladan Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar hududlarini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha sektorlarga bo‘lish tamoyillari hisobga olingan holda, yo‘l-patrul xizmatining kuch va vositalarini oqilona taqsimlash yo‘li bilan oshirish yuzasidan amaliy chora-tadbirlar ko‘rish.

14. Transport vositalarini majburiy texnik ko‘rikdan o‘tkazish tartibini takomillashtirish.

15. Jarima maydonchalari normativlarini ishlab chiqish va belgilash, davlat-xususiy sheriklik mexanizmlari joriy etilishini hisobga olgan holda ular faoliyatini takomillashtirish.

16. Davlat-xususiy sheriklik mexanizmlarini yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash tizimiga joriy etish.

17. Davlat yo‘l harakati xizmatining ilmiy, kadrlar va moddiy-texnik salohiyatini mustahkamlash bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish, uning xodimlarining xizmat faoliyati natijalarini baholash mezonlarini joriy etish.

3-bob. Yo‘l infratuzilmasini takomillashtirish, yo‘llar sifatini yaxshilash, transport vositalari va piyodalarning xavfsiz harakatlanishi uchun ishonchli shart-sharoitlar yaratish

18. Tranzit va davlat ichki transport oqimini amalga oshirish uchun maqbul shart-sharoitlar yaratishga yo‘naltirilgan xalqaro avtomobil yo‘llari infratuzilmasini takomillashtirish.

19. Transport vositalarining xavfsiz harakatlanishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratilishini nazarda tutuvchi respublika va mahalliy ahamiyatga ega bo‘lgan yo‘llar tizimini rivojlantirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish.

20. Yo‘l-transport hodisalari sodir etilishi xavfini pasaytirishni ta’minlaydigan shaharlar va aholi punktlari ko‘chalari — yo‘llari tarmog‘i tizimini takomillashtirish.

21. Yo‘l-transport hodisalari tez-tez sodir bo‘lishi xavfi eng yuqori darajada bo‘lgan avtomobil yo‘llari uchastkalarida yo‘l infratuzilmasini rivojlantirish.

22. Yo‘l harakati xavfsizligini boshqarish va ta’minlashning intellektual tizimlarini joriy etish.

23. Transport va piyodalarning harakatni to‘xtatishi va boshlashi to‘g‘risida ogohlantirishning zamonaviy signal beruvchi tizimlarini joriy etish, piyodalar uchun yangi o‘tish joylarini tashkil etish.

24. Jamoat va maxsus transport uchun alohida harakatlanish yo‘l polosasi va zamonaviy velosiped yo‘lkalari tashkil etish.

25. Qoniqarsiz holati yo‘l-transport hodisasiga, ayniqsa, o‘limga olib kelgan yo‘l yoki muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasi obyektlari tasarrufida bo‘lgan tashkilotlar yoki organ rahbarlaridan moddiy ziyonni undirish tartibini joriy etish.

4-bob. Yo‘l harakati barcha qatnashchilarining huquqiy madaniyatini va zarur malakasini oshirish, intizomini mustahkamlash

26. Yoshlarda, eng avvalo, umumta’lim muassasalari o‘quvchilarida yo‘l harakati doirasida zarur bilimlar, o‘quvlar, xavfsiz va qonunga itoat qilish xulq-atvori ko‘nikmalarini shakllantirish.

27. Yo‘l harakati barcha qatnashchilarining madaniyati va fuqarolik ongini oshirish yuzasidan amaliy chora-tadbirlar ko‘rish.

28. Respublika va mahalliy telekanallarda ichki ishlar organlari mas’ul xodimlarining yo‘l harakati xavfsizligi qoidalariga amal qilmaslikning sabablari va oqibatlarini, shu jumladan, yo‘l harakati doirasida piyodalarning mas’uliyati masalalarini professional va tushunarli yoritishni ta’minlashga yo‘naltirilgan chiqishlar, intervyu va uchrashuvlarni tashkil etish.

29. Yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash sohasida targ‘ibot-tashviqot chora-tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazishga jamoatchilik va fuqarolik jamiyati institutlari vakillarini keng jalb etish.

30. Yo‘l harakati qoidalari buzilishining guvohlarini ichki ishlar organlariga ko‘maklashishga, shu jumladan, Internet-texnologiyalar va ijtimoiy tarmoqlar vositasida faol jalb etish mexanizmlarini joriy etish.

31. Ilg‘or xorijiy tajribani tahlil qilish asosida yo‘l harakati xavfsizligi bo‘yicha o‘tkaziladigan tadbirlarning muhimligini va qo‘llab-quvvatlash zarurligini targ‘ib qilishga sug‘urta, uyali va reklama tashkilotlarini jalb etishning sifat jihatidan yangi mexanizmlarini joriy etish.

32. Targ‘ibot-tashviqot ishlarini tashkil etish sohasida Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmatining moddiy-texnik va kadrlar salohiyatini mustahkamlash.

33. Mavzuli reklama-tashviqot vositalarini (plakatlar, bannerlar, stendlar va shu kabilar), yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlashga mo‘ljallangan boshqa vositalarni birinchi navbatda, transport vositalari jadal harakatlanadigan joylarda, umumiy foydalaniladigan, xalqaro va respublika ahamiyatiga molik yo‘llarda o‘rnatish.

34. Yo‘l harakati madaniyatini, yo‘l harakati qatnashchilarining o‘zaro bir-birini hurmat qilishini va birdamligini oshirishga yo‘naltirilgan ijtimoiy roliklarni tayyorlash hamda ommaviy axborot vositalarida va butunjahon Internet axborot tarmog‘ida uzatish.

5-bob. Faoliyatni baholash va Konsepsiyani amalga oshirishdan kutilayotgan natijalar

35. 2018-2019-yillarda yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha faoliyat samaradorligini baholash maqsadida quyidagi asosiy ko‘rsatkichlarni hisobga olish va tahlil qilish tashkil etiladi:

yo‘l harakati sohasida yo‘l-transport hodisalari va ma’muriy huquqbuzarliklar soni;

piyodalar ishtirokida sodir etilgan yo‘l-transport hodisalari va ma’muriy huquqbuzarliklar soni;

bolalar ishtirokida sodir etilgan yo‘l-transport hodisalari va ma’muriy huquqbuzarliklar soni;

odamlarning o‘limiga yoki jarohat olishiga olib kelgan yo‘l-transport hodisalari soni;

yo‘l qoplamasining qoniqarsiz holati, shuningdek, yo‘l belgilari va chiziqlar mavjud emasligi sababli sodir etilgan yo‘l-transport hodisalari soni;

yo‘lovchilar va yuk tashish sohasida avtotashuvchilar tomonidan sodir etilgan yo‘l-transport hodisalari soni;

yo‘l infratuzilmasi obyektlariga yetkazilgan zarar miqdori;

transport va yo‘l infratuzilmasi obyektlarida foydalaniladigan xavfsizlikni ta’minlash tizimlari va vositalari soni;

yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash uchun mas’ul bo‘lgan davlat organlari mutaxassislarining umumiy soni.

36. 2018-2019-yillarda Konsepsiya amalga oshirilishini har tomonlama tahlil qilish, shuningdek, yo‘l harakati sohasida yo‘l-transport hodisalari va ma’muriy huquqbuzarliklarni, yo‘l va transport infratuzilmasini rivojlantirishning dinamikasi va sifat parametrlarini chuqur o‘rganib chiqish yakunlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda 2020 — 2022-yillarda vaziyatni yaxshilash, amaliy mexanizmlarni, ish usullari va metodlarini takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqiladi.

37. Mamlakatning butun hududida yo‘l harakatining umumiy e’tirof etilgan normalari va qoidalariga, yo‘l harakati ishtirokchilarining huquqlari va qonuniy manfaatlariga, aynan:

sifatli, xavfsizlikning zamonaviy talablariga javob beradigan yo‘l va transport infratuzilmasidan foydalanishga;

yo‘l va transport infratuzilmasining holati to‘g‘risida huquqni muhofaza qilish organlari va o‘z oilasini xabardor qilish maqsadida aloqa vositalaridan tezkor foydalanishga;

sifatli ma’muriy, tibbiy va avariya xizmatidan tezkor foydalanishga erishish yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash borasidagi faoliyatning natijalari bo‘lishi kerak.

38. Yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlashning jahon standartlariga javob beradigan tizimini yaratish, tranzit, yo‘lovchilar va yuk tashishni rivojlantirish, ushbu sohada davlat-xususiy sheriklikni kengaytirish Konsepsiya qoidalarini amalga oshirishning yakuniy natijasiga aylanishi darkor.

Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 19-maydagi 377-son qaroriga


2-ILOVA

2018 — 2022-yillarda O‘zbekiston Respublikasida yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash konsepsiyasini 2018-2019-yillarda amalga oshirish bo‘yicha

“Yo‘l xaritasi”

T/r


Download 278,91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish