III. Yo‘l harakatining barcha ishtirokchilarining huquqiy madaniyatini va zarur malakasini oshirish, ularning intizomini mustahkamlash
23.
|
Yo‘l harakati xavfsizligi sohasidagi huquqbuzarliklarning oldini olish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar qabul qilish.
|
1. Haftaning har juma kunini “Yo‘l harakati xavfsizligi kuni” etib belgilash, bunda shu kuni profilaktika tadbirlarini amalga oshirish uchun alohida e’tibor qaratish.
2. Quyidagilarni nazarda tutadigan qo‘shma tadbirlar rejasini ishlab chiqish:
yo‘l harakati xavfsizligi qoidalariga rioya qilmaslik oqibatlarini va yo‘lovchilarning bu boradagi javobgarligi masalalarini yoritib berish maqsadida respublika va mahalliy tele- va radiokanallarda ichki ishlar organlari mas’ul xodimlarining chiqishlari va intervyularini tashkil etish;
yo‘lovchilar aybi bilan yuz bergan yo‘l-transport hodisalari bo‘yicha ommaviy intervyularni ichki ishlar organlarining mas’ul xodimlari va jarohatlanganlar ishtirokida o‘tkazib, keng jamoatchilikka profilaktik ta’sir ko‘rsatish;
“O‘zbekiston”, “Yoshlar”, “O’zbekiston 24”, “Toshkent” telekanallarida (“Avtopatrul”, “Poytaxt yo‘llari”, “Mobil reporter” kabi teleko‘rsatuvlarga o‘xshash) maxsus tele- va radioko‘rsatuvlar tashkil etish, yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash masalalari bo‘yicha DYHXX mas’ul xodimlarining muntazam chiqishini nazarda tutish.
3. Ijtimoiy tarmoqlarga yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash masalalari bo‘yicha tashviqot-targ‘ibot materiallarini joylashtirish.
4. Xorij tajribasini (Belgiya, Indoneziya, Rossiya, Belarus) o‘rganish asosida har oyda “Avtomobilsiz kun” aksiyasini o‘tkazish (22-sentabr — Butunjahon avtomobilsiz kuni).
|
2018-yil iyul
muntazam
har oyda
|
IIV, MTRK, EOAVMA, Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasi, Avtomobil transporti agentligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika kengashi, Yoshlar ittifoqi, manfaatdor vazirliklar va idoralar
|
24.
|
Jamoatchilik va fuqarolik jamiyati institutlari vakillarini yo‘l harakati xavfsizligiga doir tashviqot-targ‘ibot chora-tadbirlariga keng jalb qilish.
|
1. O‘tkaziladigan profilaktika kunlari doirasida DYHXX tomonidan yo‘l-transport hodisalarini, shuningdek, ularni keltirib chiqaradigan sabablar va shart-sharoitlarni tanqidiy muhokama qilish.
2. Yo‘l-transp�rt hodisalari eng ko‘p sodir etiladigan hududlarda fuqarolik jamiyati institutlarini jalb qilib tushuntirish ishlarini o‘tkazish.
3. DYHXX yordamchilari institutini jamoat asosida joriy etish (avtokorxonalar vakillarini, DYHXX va mehnat faxriylarini, jurnalistlarni va boshqa shaxslarni uning tarkibiga kiritish), ularning zimmasiga ta’lim muassasalarida, avtokorxonalarda, mahallalarda Yo‘l harakati qoidalariga rioya qilish zarurligi haqida tashviqot va targ‘ibot olib borish, shuningdek, yo‘lovchilarga Yo‘l harakati qoidalari asoslarini tushuntirish vazifalarini yuklash.
|
har oyda
har haftada payshanba kunlari
2018-yil avgust
|
MTRK, IIV, O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi, EOAVMA, Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika kengashi, Yoshlar ittifoqi, manfaatdor vazirliklar va idoralar
|
25.
|
Ilg‘or xorij tajribasini tahlil qilish asosida sug‘urta kompaniyalarini yo‘l harakati qoidalarini targ‘ib qilishga jalb qilishning sifat jihatidan yangi mexanizmlarini joriy etish, shuningdek, mobil aloqa va reklama kompaniyalari operatorlarini yo‘l harakati xavfsizligi bo‘yicha tadbirlarni targ‘ib qilishga jalb qilish.
|
1. Sug‘urta tashkilotlarini quyidagilarni amalga oshirishga jalb qilish amaliyotini joriy etish:
axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yordamida yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash loyihalari;
yo‘l harakati xavfsizligini targ‘ib qilish tadbirlari, shu jumladan o‘quv qo‘llanmalari, ko‘rgazmali plakatlar, bukletlar chop etish va ta’lim muassasalarida tarqatish.
2. DYHXX ishtirokida qo‘shma tadbirlar, shu jumladan Yo‘l harakati qoidalarini targ‘ib qilish bo‘yicha qo‘shma tadbirlar o‘tkazish vazifasini Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish bo‘yicha to‘lovlarni kafolatlash jamg‘armasining vazifalaridan biri sifatida belgilab qo‘yadigan “Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni loyihasini ishlab chiqish.
3. Avtomatlashtirilgan maxsus foto- va video qayd etish texnik vositalari tomonidan qayd etilgan Yo‘l harakati qoidalari buzilgan holat haqida transport vositalari egalarini SMS orqali xabardor qilish xizmatini keng joriy etish, mobil aloqa operatorlariga Yo‘l harakati qoidalariga rioya qilishni targ‘ib qiluvchi SMS-xabar limiti ajratilishini nazarda tutish.
4. Yo‘l-transport hodisasini DYHXX ishtirokisiz hodisa ishtirokchilari tomonidan mustaqil rasmiylashtirish mexanizmini bu boradagi xalqaro tajribani keng o‘rganish asosida joriy etish bo‘yicha takliflarni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritish.
5. Reklama tashkilotlariga mazkur mavzu bo‘yicha ijtimoiy reklama uchun maydonlar va vositalarni taqdim etish tartibini belgilash.
|
2018-yil sentyabr
2018-yil oktyabr
2019-yil
iyun
2018-yil
dekabr
2019-yil sentyabr
|
Moliya vazirligi, IIV, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi,
manfaatdor vazirliklar va idoralar
|
26.
|
Eng avvalo, yo‘l-transport hodisalari eng ko‘p yuz beradigan umumiy foydalaniladigan xalqaro va respublika ahamiyatiga ega yo‘llarda yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlashning tashviqot vositalarini (reklama-axborot plakatlari, shitlarni) va boshqa vositalarni o‘rnatish.
|
1. Haydovchilarni foto va video-radarlar borligidan ogohlantiruvchi qo‘shimcha belgilar o‘rnatish.
2. Yo‘llarda, eng avvalo, xalqaro va respublika ahamiyatiga ega yo‘llarda haydovchilarni joyning o‘ziga xos xususiyatlari, yo‘l ko‘rsatkichlari va ularning holati to‘g‘risida xabardor qiluvchi elektron tablolar o‘rnatish.
3. Mast holatda boshqarish, tezlikni oshirish, mobil aloqadan foydalanish, xavfsizlik kamarini taqmay boshqarish natijasida sodir etilgan yo‘l-transport hodisalari oqibatlarini aks ettirib turad�gan plakatlar, bannerlar va boshqa tashviqot materiallarini joylashtirish, ularni shu jumladan, jamoat transportida joylashtirish.
|
2019-yil dekabr
2019-yil yanvar
|
Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasi,
QR Vazirlar Kengashi, Toshkent shahar va viloyatlar hokimliklari, IIV, Moliya vazirligi
Avtomobil transporti agentligi, Moliya vazirligi, QR Vazirlar Kengashi, Toshkent shahar va viloyatlar hokimliklari
|
27.
|
Yo‘lovchilarda Yo‘l harakati qoidalariga rioya qilish madaniyatini oshirish.
|
1. Yo‘l harakati qoidalarini buzgan yo‘lovchilarga nisbatan ma’muriy chora-tadbirlar qo‘llangan hollarni keng yoritish.
2. “Diqqat, yo‘lovchi!”, “Diqqat, bolalar!” deb nomlangan profilaktika kampaniyalarini o‘tkazish.
3. Respublika aholisi o‘rtasida tashviqot o‘tkazishga doir chora-tadbirlarning qo‘shma dasturlarini ishlab chiqish va qo‘llash.
4. Yo‘lovchilar tomonidan Yo‘l harakati qoidalariga rioya qilish madaniyatini oshirishga qaratilgan bannerlar, plakatlar va boshqa ko‘rgazmali materiallarni jamoat joylarida (vokzallar, bekatlar, metropoliten bekatlari va boshqa joylarda) joylashtirish.
5. Stendlar tayyorlash va ularni ta’lim muassasalarida va odamlar ko‘p to‘planadigan joylarda joylashtirish.
|
muntazam
bir yil davomida
2018-yil sentyabr
bir yil davomida
2018-yil avgust
|
MTRK, EOAVMA, IIV, O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi,
Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika kengashi, Yoshlar ittifoqi, QR Vazirlar Kengashi, Toshkent shahar va viloyatlar hok�mliklari
|
28.
|
Yo‘l harakati qoidalariga rioya qilish madaniyatini oshirishga qaratilgan ijtimoiy roliklar tayyorlash hamda respublika va mahalliy telekanallar efirlarida namoyish etish.
|
1. Qisqa metrajli roliklar bazasini yaratish. Mazkur roliklar:
dvigatelni ishga tushirgandan boshlab to avtomobilni to‘g‘ri joylashtirishgacha bo‘lgan yo‘l harakati elementlarini aks ettiruvchi tarbiyalash va o‘qitish xususiyatiga ega bo‘lishi;
Yo‘l-patrul xizmati xodimlarining haydovchilar va yo‘lovchilar bilan muloqot qilish qoidalarining mohiyatini tushuntirib berishi;
qarindoshlari va yaqin insonlari suratlaridan foydalanilgan ruhiy-emotsional mazmunda bo‘lishi lozim.
2. O‘zbekiston Yoshlar ittifoqining roliklar yaratish va ta’lim muassasalarida (maktablar, litseylar, kollejlar, oliy ta’lim muassasalarida, mehnat jamoalarida) namoyish etish bo‘yicha ishlarini, ayniqsa poytaxtda faollashtirish.
3. Yaratilgan roliklarni yoshlar orasida ommabop bo‘lgan feysbuk, instagram va telegram kabi ijtimoiy tarmoqlarda joylashtirish va ko‘rsatish.
|
2019-yil
mart
muntazam
bir yil davomida
|
MTRK, EOAVMA, IIV, Madaniyat vazirligi, QR Vazirlar Kengashi, Toshkent shahar v� viloyatlar hokimliklari,
O‘zbekiston yoshlar ittifoqi, boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar
|
29.
|
Maktab o‘quvchilarida xavfsiz va qonunga itoatkor xulq-atvor bo‘yicha bilim, mahorat va ko‘nikmalarni shakllantirish.
|
1. Maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalarga yo‘l harakati xavfsizligi asoslarini o‘qitish tizimini yo‘lga qo‘yish.
2. Yo‘l harakati xavfsizligi, yong‘in xavfsizligi, shuningdek, favqulodda vaziyatlarda harakatlanish asoslarini o‘rgatuvchi dasturlarni o‘z ichiga olgan “Hayotiy faoliyat xavfsizligi” majburiy fanini umumta’lim maktablarida joriy etish, ichki ishlar organlari va FVVda katta obro‘ va tajribaga ega bo‘lgan pensionerlarni jalb qilish imkoniyatini nazarda tutish.
3. Bolalarga Yo‘l harakati qoidalarini, shu jumladan velosiped haydash ko‘nikmalarini va yo‘llardan o‘tish tartibini o‘rgatish (Norvegiya tajribasi).
4. Bolalarga Yo‘l harakati qoidalari o‘rgatilishini tashkil etish uchun maxsus jihozlangan avtoburchaklar yaratish.
5. O‘zbekiston yoshlar ittifoqining boshlang‘ich tashkilotlari tomonidan nur qaytaruvchi qurilmalarni maktabgacha yoshdagi bolalar va ta’lim muassasalarining kichik sinf o‘quvchilari orasida bepul tarqatish.
6. 18 yoshga to‘lgan, ta’lim olgan va imtihonni belgilangan tartibda muvaffaqiyatli topshirgan shaxslarga “A” va “V” toifasidagi haydovchilik guvohnomalarini olish huquqini beradigan shahodatnomalarni ta’lim muassasalarida berish to‘g‘risidagi takliflarni o‘rganish va kiritish.
7. Umumta’lim maktablaridagi “Yo‘l harakati xavfsizligi� faniga doir o‘qitish uslubi bo‘yicha o‘quv kurslarini shu sohaga ixtisoslashgan oliy ta’lim muassasalarida o‘qituvchilar uchun tashkil etish.
8. Umumta’lim maktablari, kollejlar va litseylar o‘quvchilari orasida “Yashil rang”, “Yo‘l harakati qoidalari bilimdoni”, “Eng namunaviy yo‘lovchi” kabi viktorinalarni har yili o‘tkazish.
|
2019-yil
sentyabr
o‘quv yili davomida
muntazam
2019-yil
sentyabr
2019-yil
oktyabr
muntazam
muntazam
|
MNO, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi, QR Vazirlar Kengashi, Toshkent shahar va viloyatlar hokimliklari
|
30.
|
Haydovchilar madaniyatini oshirish bo‘yicha ta’sirchan chora-tadbirlar ko‘rish.
|
1. Avtomaktablarning o‘quv dasturlarida haydovchilik madaniyatini va odobini yuksaltirishga qaratilgan soatlar sonini (haydovchilik nazariyasi umumiy kursining 10 foizigacha) oshirish, shuningdek, ularning sifati va ta’sirini oshirish choralarini ko‘rish.
2. O‘quv kurslari tarkibini yo‘l xavfsizligini ta’minlash sohasida AKTni joriy etish bo‘yicha respublikada olib borilayotgan tadbirlar, shuningdek, transport vo�italari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish doirasida haydovchilarning huquqlari va majburiyatlari to‘g‘risidagi mavzular bilan to‘ldirish.
3. Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar tuman markazlarida, shu jumladan haydovchilarni tayyorlovchi tashkilotlar qoshida yo‘l harakati qoidalari bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazish uchun avtoshaharchalar tashkil etish.
|
2018-yil
oktyabr
2018-yil
dekabr
2019-yil fevral
|
IIV, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, MTRK, “Vatanparvar” tashkiloti, QR Vazirlar Kengashi, Toshkent shahar va viloyatlar hokimliklari
IIV, “Vatanparvar” tashkiloti, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, MTRK, QR Vazirlar Kengashi, Toshkent shahar va viloyatlar hokimliklari
|
Izohlar. 1. Huquqiy munosabatlarning predmetidan va ularni tartibga solish sohasidan kelib chiqib, tadbirlarni amalga oshirish shakllari o‘zgartirilishi, ishlab chiqilayotgan normativ-huquqiy hujjatlar va boshqa hujjatlar esa birlashtirilishi mumkin.
2. Ikki va undan ortiq punkt ijro etish muddati bilan birlashtirilsa, birlashtirilayotgan punktlar uchun belgilangan eng oxirgi muddat o‘rnatiladi.
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 19-maydagi 377-son qaroriga
3-ILOVA
Faoliyati tugatiladigan yo‘l-patrul xizmati statsionar postlari va patrul-post xizmati postlari
RO‘YXATI
Do'stlaringiz bilan baham: |