II. Yo‘l infratuzilmasini takomillashtirish, yo‘llar sifatini yaxshilash, transport vositalari va yo‘lovchilarning xavfsiz harakatlanishi uchun ishonchli shart-sharoitlar yaratish
13.
Tranzit va davlat ichkarisida t�shish uchun maqbul shart-sharoitlar yaratilishini nazarda tutgan holda xalqaro avtomobil yo‘llarining infratuzilmasini takomillashtirish.
1. Osiyo avtomobil yo‘llari to‘g‘risidagi Hukumatlararo bitim ijrosi borishini tahlil qilish va Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritish.
2. M-39, M-37, M-34, M-41, A-373, A-376, A-380 xalqaro avtomobil yo‘llarining jihozlangan uchastkalarini quyidagilarni hisobga olgan holda jihozlash dasturlarini ishlab chiqish va tasdiqlash:
nur qaytaruvchi yo‘naltirgichlar va yo‘l belgilariga ega ajratadigan to‘siqlar o‘rnatish;
o‘tish qismini aholi punktlari bo‘ylab joylashgan qismlardan ajratish vositalari.
3. Qishloq xo‘jaligi ishlari mavsumlari vaqtida yirik gabaritli qishloq xo‘jaligi, qurilish va boshqa maxsus texnikaning xalqaro yo‘lovchi transporti harakatlanadigan uchastkalarga va xalqaro avtomobil yo‘llariga chiqmay turib, yakka tartibda harakatlanish vaqtini va yo‘nalishlarini kelishish.
4. Yirik gabaritli yuk avtotransport vositalari tomonidan yuklarni shaharlarning markaziy tumanlari orqali tashish tartibini tanqidiy o‘rganish.
2018-yil sentyabr
2018-yil oktyabr
muntazam
2018-yil oktyabr
Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yo‘l-qurilish ishlari sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi, TIV,
IIV, LBMA
14.
Shaharlar va aholi punktlarining ko‘cha-yo‘l tarmog‘i tizimini takomillashtirish, ularning yo‘l-transport hodisalariga chidamliligi oshirilishini nazarda tutish.
1. Avtomobil qo‘yish joylarini va ko‘p qavatli avtomobil to‘xtab turish joylari qurilishini tashkil etish bo‘yicha quyidagilarni nazarda tutadigan chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish va tasdiqlash:
tashkilotlar va korxonalar transporti to‘xtab turish joylari uchun joylarni majburiy tarzda hisobga olishga qaratilgan qo‘shimchalarni Qurilish normalari va qoidalariga kiritish;
yirik savdo markazlariga tashrif buyuruvchilar uchun ko‘p qavatli avtomobil to‘xtab turish joylarini qurish, yirik bozorlar, istirohat bog‘lari va turar joy massivlari yonida bepul avtomobil to‘xtab turish joylarini jihozlash;
har bir muassasada avtomobil to‘xtab turish joylari, shu jumladan xodimlarning shaxsiy transport uchun obyekt perimetri ichkarisida avtomobil to‘xtab turish joylari borligini o‘rganish;
avtomobil to‘xtab turish joylarini videokameralar bilan bosqichma-bosqich jihozlash;
savdo, umumiy ovqatlanish obyektlari, madaniy-ko‘ngilochar muassasalar yaqinida avtotransport vaqtincha to‘xtab turadigan joylarni tashkil etish;
yirik bozorlar va fuqarolar to‘planadigan joylarda yo‘lovchi avtotransporti yo‘laklari va to‘xtash joylarini xususiy avtomobillar kirishini cheklovchi tizimlar (masalan, masofadan boshqariladigan shlagbaumlar) bilan qayta jihozlash.
2. Katta harakatlanish mavjud chorrahalarni hamda uchta va undan ortiq harakatlanish polosasiga ega yo‘llarni chetdagi o‘ng polosadan o‘ngga to‘siqsiz burilishni nazarda tutadigan belgilar va yo‘l ishoralari bilan jihozlash.
3. Velosiped yuradigan yo‘llarni, yo‘laklar va hokazolarni nazarda tutgan holda o‘tish qismiga tutash hududni to‘sish chora-tadbirlari dasturini ishlab chiqish.
4. Xalqaro ahamiyatga ega yo‘llar bo‘ylab joylashgan tadbirkorlik subyektlari (umumiy ovqatlanish obyektlari, do‘konlar va hokazolar) faoliyatini tartibga solish, shu jumladan yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha talablarni nazarda tutish.
5. Shoshilinch xizmatlarning maxsus avtotransporti, shu jumladan tez tibbiy yordam transporti to‘siqsiz harakatlanishi uchun qo‘shimcha polosalarni tashkil etish to‘g‘risida takliflar kiritish.
2018-yil sentyabr
2018-yil oktyabr
2019-yil yanvar
2019-yil yanvar
Qurilish vazirligi,
QR Vazirlar Kengashi, Toshkent shahar va viloyatlar hokimliklari,
IIV,
Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasi
QR Vazirlar Kengashi, Toshkent shahar va viloyatlar hokimliklari, IIV
15.
Yo‘l-transport hodisalari sodir etilishi xavfi yuqori bo‘lgan avtomobil yo‘llari uchastkalarida yo‘l infratuzilmasini rivojlantirish.
1. Shaharlardagi avtohalokat sodir bo‘lish xavfi yuqori bo‘lgan joylarda va aholi punktlarida tezda quriladigan yerosti yo‘lovchilar o‘tish joylarini qurish.
2. O‘tkazish qobiliyatini oshirish va yo‘l harakati tashkil etilishini takomillashtirish maqsadida chorrahalar va avtomobil yo‘llari ostin-ustun o‘tadigan chorrahalar qurish, rekonstruksiya qilish va texnik qayta qurollantirish.
3. Shaharlar va aholi punktlari ko‘cha-yo‘l tarmog‘ining uchastkalarini yo‘lovchilarning harakatlanish kuchli bo‘lgan yo‘llar uchastkalariga to‘siqsiz chiqishiga imkon bermaydigan yo‘lovchilar to‘siqlari bilan jihozlash.
4. Tartibga solinmaydigan yo‘lovchilar o‘tish joylarini, shu jumladan bevosita maktabgacha ta’lim va umumta’lim muassasalariga tutashadigan yo‘lovchilar o‘tish joylarini yoritish vositalari, sun’iy notekis joylar, svetoforlar, shuningdek, videokameralar bilan modernizatsiyalash.
5. Tormoz tizimi nosoz avtotransport vositalarini majburlab to‘xtatish uchun tik qiya yo‘l uchastkalarida tarmoqlangan ulama yo‘llar qurish.
6. Yo‘llarning tik buriladigan, orqaga qayriladigan va torayadigan/kengayadigan uchastkalar�ni nur qaytaruvchi harakatlanish ko‘rsatkichlari bilan jihozlash.
2020-yil yanvar
QR Vazirlar Kengashi, Toshkent shahar va viloyatlar hokimliklari, Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasi
16.
Belgilangan tezlikni oshirish orqali sodir etiladigan yo‘l-transport hodisalarining oldini olishga doir chora-tadbirlarni takomillashtirish.
1. “Xavfsiz yo‘l” ADK loyihasini amalga oshirish doirasida tezlik rejimi buzilishini qayd etuvchi masofaviy avtomatlashtirilgan vositalar joriy etilishini hisobga olib, avtomobil yo‘llarida va shaharlarning ko‘cha-yo‘l tarmog‘ida Yo‘l harakati qoidalari �uzilishini avtomatik nazorat qilish va aniqlash tizimlari, shu jumladan mamlakatimiz kompaniyalarining innovatsion ishlanmalari bilan qo‘shimcha ravishda jihozlash dasturini ishlab chiqish va tasdiqlash.
2. Aholi punktlari hududlari bo‘ylab o‘tadigan avtomobil yo‘llari uchastkalarida yo‘l-transport hodisalari ko‘p uchraydigan joylarni qurish, rekonstruksiya qilish va texnik qayta qurollantirish (sun’iy yoritish vositalari bilan jihozlash).
2018-yil
sentyabr
2018-yil oktyabr
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, LBMA, IIV, manfaatdor vazirliklar va idoralar
QR Vazirlar Kengashi, Toshkent shahar va viloyatlar hokimliklari, IIV, manfaatdor vazirliklar va idoralar
17.
Avtomobil transportini ishlab chiqarishda ularni, shu jumladan axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish orqali zamonaviy xavfsizlik tizimlari bilan jihozlash.
1. Quyidagilarni nazarda tutadigan Hukumat qarorini qabul qilish:
mamlakat avtotransport vositalarini javobgar tuzilmalarni favqulodda vaziyatlardan avtomatik tarzda ogohlantiruvchi SOS tizimi, shuningdek, ruxsat etilgan tezlikni oshirganda haydovchini ovozli ogohlantirish tizimi bilan bosqichma-bosqich jihozlash (to‘ldirish);
avtomobil salonlarida Yo‘l harakati qoidalarida nazarda tutilgan zarur usk�na va kerak-yarog‘ni (o‘t o‘chirgich, tibbiyot qutichasi, avariya holatida to‘xtaganligini bildiruvchi belgi va nur qaytargichli kamzulni) sotish.
2. M1 toifasidagi ilk marotaba sertifikatsiya qilinayotgan avtotransport vositalarini quyidagilarni ta’minlaydigan elektron tizim komponentlari bilan bosqichma-bosqich texnik jihozlash:
tormozlashning antiblokirovka tizimi (ABS);
barqarorlikni nazorat qiladigan elektron tizim (ESC) va shoshilinch tormoz bosilganda haydovchiga yordam beradigan tizim (BAS);
shinalar bosimini nazorat qiladigan tizim (TPMS).
2019-yil dekabr
““O‘zavtosanoat”“, SSP, Avtomobil transporti agentligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, FVV, IIV, Sog‘liqni saqlash vazirligi
18.
Nosoz transport vositasi tomonidan yo‘l-transport hodisalari sodir etilishining oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlarni takomillashtirish.
1. Quyidagilarni nazarda tutadigan normativ-huquqiy hujjatni ishlab chiqish:
avtotransport vositalarini ta’mirlash bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish tartibini takomillashtirish, shuningdek, fuqarolarni avtoremont ustaxonalariga ishga joylashtirish;
avtotransport vositalarini yorituvchi qurilmalar, tayyorlovchi zavod tomonidan belgilangan foydalanish ko‘rsatkichlariga rioya qilinmagan holda boshqaril�digan avtotransport vositalarining kuch agregatlari quvvatini oshiradigan uskuna bilan qayta jihozlash bo‘yicha texnik reglamentni tanqidiy tahlil qilish va qayta ko‘rib chiqish;
xavfsizlikni ta’minlash talablariga muvofiq avariya holatidagi, ma’muriy tartibda to‘xtatilgan va yo‘l-transport hodisalarini sodir etgan vosita hisoblangan avtotransport vositalarini vaqtinchalik saqlash joylarini jihozlashga (yaratishga) qaratilgan chora-tadbirlar kompleksini ishlab chiqish va bosqichma-bosqich amalga oshirish.
2019-yil sentyabr
IIV, “O‘zavtotexxizmat” MChJ (kelishuv bo‘yicha), Avtomobil transporti agentligi, “Sanoatgeokontexnazorat” DI, “O‘zstandart” agentligi, SSP, QR Vazirlar Kengashi, Toshkent shahar va viloyatlar hokimliklari
19.
Transport vositalari xavfsiz harakatlanishi uchun shart-sharoitlar yaratishni nazarda tutadigan respublika va mahalliy ahamiyatga ega yo‘llar tizimini rivojlantirish bo‘yicha bir qator chora-tadbirlarni amalga oshirish.
1. Respublika va mahalliy ahamiyatga ega bo‘lgan yo‘llar, shu jumladan yo‘lovchilar o‘tish joylari va odamlar to‘planishi mumkin bo‘lgan joylarga tutash uchastkalar (bozorlar, muassasalar, istirohat bog‘lari va hokazolar) yo‘l uchastkalarida ruxsat etilgan eng yuqori tezlikni o‘rnatadigan ajratuvchi jiyaklar (notekislik yaratuvchi maxsus yo‘l belgisi) bilan jihozlanishini hisobga olib, buni tanqidiy o‘rganib chiqish va mazkur yo‘llar uchun mo‘ljallangan yangi davlat �tandartini tasdiqlash.
2. Mahalliy ahamiyatga ega avtomobil yo‘llarini o‘rganish, mazkur yo‘llarda:
relyefning tabiiy sharoitlari tufayli tezlik keskin kamayishi yoki keskin oshishi mumkin bo‘lgan;
tog‘ va do‘ngliklardan, atmosfera holatiga ta’sir qiladigan mahsulot ishlab chiqaruvchi sanoat korxonalari yonidan, yo‘l o‘tkazgichlar va ko‘priklardan o‘tadigan;
yo‘llar kesishgan joylarda, qiyaliklarda, tutashadigan joylarda, o‘tish-tezlik polosalarida transport oqimlari qo‘shiladigan, ajraladigan yoki ko‘ndalang kesishadigan;
kichik aholi punktlari orqali o‘tadigan yoki servis obyektlari, avtobus bekatlari, dam olish maydonlari va hokazolar hududida joylashgan;
tungi vaqtda muntazam yoritilmaydigan uchastkalarni aniqlash.
3. Yo‘l-transport hodisalari sodir etilishiga olib keladigan shart-sharoitlar bartaraf etilishini hisobga olib, mahalliy ahamiyatga ega avtomobil yo‘llarini bosqichma-bosqich rekonstruksiya qilish dasturini ishlab chiqish va tasdiqlash.
2019-yil mart
2019-yil iyun
2019-yil sentyabr
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yo‘l-qurilish ishlari sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi, Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasi, QR Vazirlar Kengashi, Toshkent shahar va viloyatlar hokimliklari, IIV, “O‘zstandart” agentligi
20.
Yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlashning intellektual tizimlarini joriy etish.
1. Yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlovchi viloyat bo‘linmalarini yo‘l-transport hodisalari va YPX qismlari joylashuvi to‘g‘risidagi axborotni aks ettiruvchi geolokatsion vositalar bilan jihozlash.
2. Yo‘l-transport hodisalari sodir etilgan holatlarni hisobga olishning yagona avtomatlashtirilgan bazasini elektron xaritada yo‘l-transport hodisalari o‘choqlari to‘g‘risidagi axborot aks etishini hisobga olgan holda jihozlash.
3. Quyidagi imkoniyatlarga ega bo‘lgan mobil ilova ishlab chiqish:
yo‘l-transport hodisalari o‘choqlari, avtomobil yo‘llarining ayrim uchastkalarida harakatlanishni vaqtinchalik to‘xtatish haqida qabul qilingan qarorlar to‘g‘risida axborot olish;
foydalanuvchilar uchun Yo‘l harakati qoidalari buzilgan va yo‘l infratuzilmasi shikastlangan holatlar to‘g‘risida axborot joylashtirish;
Yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun jarimalar to‘lash bo‘yicha tranzaksiya xizmatlarini ko‘rsatish.
2019-yil sentyabr
2019-yil noyabr
2019-yil dekabr
IIV, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi,
manfaatdor vazirliklar va idoralar
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi,
IIV, Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi
21.
Avariya ko‘p uchraydigan avtomobil yo‘llari uchastkalarida yo‘l-transport hodisalarida jarohat olganlarga yordam ko‘rsatilishini tashkil etish.
1. Mobil qutqaruv guruhlarini tashkil etish to‘g‘risida quyidagilarni nazarda tutadigan normativ-huquqiy hujjat loyihasini tayyorlash:
yo‘l-transport hodisalarida jarohatlanganlarga dastlabki yordam ko‘rsatish uchun IIV Yong‘in xavfsizligi bosh boshqarmasi kuchlarini va vositalarini jalb qilish;
FVV va IIVni zamonaviy qutqaruv texnikasi, asbob-uskunalar va tibbiy mulk bilan jihozlash bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”ni tasdiqlash;
zarur hollarda, Respublika sanitariya aviatsiyasi kuchlarini jalb qilish, shuningdek, jarohat olganlarga o‘z vaqtida shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatish uchun ixtisoslashgan qutqaruv vertolyotlarini bosqichma-bosqich xarid qilish;
FVV tarkibida qutqaruv-paramediklar guruhini tashkil etish, shu jumladan Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining O‘quv markazi bazasida qutqaruv-paramediklari tayyorlanishini nazarda tutish;
yo‘l-transport hodisalarida jarohatlanganlarga shoshilinch yordam ko‘rsatish uchun avariya yuz berish ehtimoli katta bo‘lgan avtomobil yo‘llari uchastkalarida ekipajlar joylashtirish;
yo‘l-transport hodisalari yuz berganda ekipajlarni yagona telefon raqami bilan ogohlantirish mexanizmini yaratish.
2. Yo‘l-transport hodisasi yuz berganda jarohatlangan shaxsni davolash uchun budjetdan sarflanadigan xarajatlarni avariyada aybdor bo‘lgan shaxs tomonidan qoplash mexanizmini ishlab chiqish.
2019-yil dekabr
IIV, FVV, Sog‘liqni saqlash vazirligi,
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, manfaatdor vazirliklar va idoralar
22.
Davlat-xususiy sherikligi mexanizmlari joriy etilishini hisobga olgan holda yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash tizimini rivojlantirish.
Yo‘l infratuzilmasini rivojlantirish va yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash uchun xususiy kapitalni jalb qilish bo‘yicha quyidagilarni nazarda tutadigan maqsadli dasturlarni ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritish:
infratuzilma obyektlari, shu jumladan haydovchilar va yo‘lovchilar dam oladigan joylar, kempinglar, motellar, transport vositalariga texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash joylari, avtomobilga yoqilg‘i quyish shoxobchalari va hokazolar qurish hamda ulardan foydalanish uchun imtiyozli shart-sharoitlar yaratish;
yo‘l harakati ustidan monitoring o‘tkazuvchi integratsiyalashgan tizimlarni hamda shaxsni va avtomobilning davlat tomonidan ro‘yxatdan o‘tkazilgan raqamini aniqlovchi intellektual videokameralarni joriy etish bo‘yicha loyihalarni amalga oshirish uchun xususiy kapital mablag‘larini jalb qilish;
yo‘llarning ayrim uchastkalarini tungi vaqtda yoritish uchun ularni quyosh panellari bilan jihozlash masalasini ishlab chiqish.
2019-yil sentyabr
Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasi,
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Adliya vazirligi, LBMA, Avtomobil transporti agentligi, Innovatsiya vazirligi,