Bugungi kunda kо‘plab rivojlangan va jahon iqtisodiyotida yetakchi о‘rin



Download 1,69 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/24
Sana09.07.2022
Hajmi1,69 Mb.
#762884
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24
Bog'liq
diplom ishi

 
 


Fuqaro muxofazasi 
 
Vatanimiz Prezidenti tomonidan olib borilayotgan odilona siyosat tufayli 
inson manfaati, inson qadriyati eng oldingi о‘rindadir. Asosiy Qomusimiz bо‘lgan 
О‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining asosini ham inson, uning qadr-
qiymati, salomatligi tashkil etadi. Insonning hayoti, yashashga bо‘lgan huquqi 
Konstitutsiya bilan muhofaza qilinadi. 
Asosiy Qomusimizda xavfsizlik, fuqarolar muhofazasi masalalariga ham о‘rin 
berilgan. О‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 93-moddasida shunday 
deyiladi: 
О‘zbekiston respublikasi prezidenti SH.Mirziyoyev О‘zbekiston Respublikasini 
rivojlantirish bо‘yicha о‘z takliflarini kiritib о‘tdilar. 2017 — 2021 yillarda 
О‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yо‘nalishi bо‘yicha 
harakatlar strategiyasida:ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va 
texnologik jihatdan yangilash, ishlab chiqarish, transport-kommunikatsiya va 
ijtimoiy infratuzilma loyihalarini amalga oshirishga qaratilgan faol investitsiya 
siyosatini olib borish;yuqori texnologiyali qayta ishlash tarmoqlarini, eng avvalo, 
mahalliy xomashyo resurslarini chuqur qayta ishlash asosida yuqori qо‘shimcha 
qiymatli tayyor mahsulot ishlab chiqarishni jadal rivojlantirishga qaratilgan sifat 
jihatidan yangi bosqichga о‘tkazish orqali sanoatni yanada modernizatsiya va 
diversifikatsiya qilish;iqtisodiyot tarmoqlari uchun samarali raqobatbardosh muhitni 
shakllantirish hamda mahsulot va xizmatlar bozorida monopoliyani bosqichma-
bosqich kamaytirish;prinsipial jihatdan yangi mahsulot va texnologiya turlarini 
о‘zlashtirish, shu asosda ichki va tashqi bozorlarda milliy tovarlarning 
raqobatbardoshligini 
ta’minlash;ishlab 
chiqarishni 
mahalliylashtirishni 
rag‘batlantirish siyosatini davom ettirish hamda, eng avvalo, iste’mol tovarlar va 
butlovchi 
buyumlar 
importining 
о‘rnini bosish, tarmoqlararo sanoat 
kooperatsiyasini 
kengaytirish;iqtisodiyotda 
energiya 
va 
resurslar 
sarfini 
kamaytirish, ishlab chiqarishga energiya tejaydigan texnologiyalarni keng joriy 
etish, qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanishni kengaytirish, 


iqtisodiyot tarmoqlarida mehnat unumdorligini oshirish;faoliyat kо‘rsatayotgan 
erkin iqtisodiy zonalar, texnoparklar va kichik sanoat zonalari samaradorligini 
oshirish, yangilarini tashkil etish;xizmat kо‘rsatish sohasini jadal rivojlantirish, yalpi 
ichki mahsulotni shakllantirishda xizmatlarning о‘rni va ulushini oshirish, 
kо‘rsatilayotgan xizmatlar tarkibini, eng avvalo, ularning zamonaviy yuqori 
texnologik turlari hisobiga tubdan о‘zgartirish; xaqida sо‘z yuritildi.О‘zbekiston 
Respublikasi Prezidenti favqulodda vaziyatlar (real tashqi xavf, ommaviy 
tartibsizliklar, yirik halokat, tabiiy ofat, epidemiya) yuz bergan taqdirda 
fuqarolarning xavfsizligini ta’minlashni kо‘zlab, О‘zbekiston Respublikasining
butun hududida yoki uning ayrim joylarida favqulodda holat joriy etadi, qabul qilgan 
qarorini uch kun mobaynida О‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining tasdig‘iga 
kiritadi. Favqulodda holat joriy etish shartlari va tartibi qonun bilan belgilanadi. 
О‘zbekistonda FVV tashkil etilgandan sо‘ng о‘tgan davr mobaynida 
Respublika aholisini, hududlarini yirik obyektlar va moddiy-ma’naviy boyliklarini 
turli FVlardan himoya qilishga qaratilgan qonun, qarorlar va kо‘rsatmalar ishlab 
chiqildi va joriy etildi.
Fuqaro muxofazasi tug‘risida (2000 yil 26 may) – 4 ta bо‘limi va 23 
moddadan iborat. Ushbu qonun fuqaro muhofazasi sohasidagi asosiy vazifalarni, 
ularni amalga oshirishning huquqiy asoslarini, davlat organlarining, korxonalar, 
muassasalar 
va 
tashkilotlarning 
vakolatlarini 
О‘zbekiston Respublikasi 
fuqarolarning huquqlari va majburiyatlarini, shuningdek fuqaro muhofazasi kuchlari 
va vositalarini belgilaydi. 
Tabiat va inson о‘zaro muomo va muayan qonunyatlar asosida munosabatda 
bо‘ladi. Bu qonunyatlarni buzish о‘nlab ekologik faolyatlarga olib keladi. Afsuski 
bu jarsayonlar О‘bekistonni xam chetlab о‘tadi . Bu yerda mutaxasislarning 
baxolashicha juda murakkab ,aytish mumkinki ,xavf vaziyat vujudga kelmoqda.
Yuqoridagi kabi xavfli vaziyatni vujudga keltirilgan muommalarni xal qilish uchun 
uchun davlatimiz tomonidan bir qator qonunlar qabul qilinib, ular Respublikadagi 
ekologik axvolni yaxshilashga qaratilgan 1992 yil 9-dekabr О‘zbekiston Respublika 


“tabiatni muhofaza qilish “ ,1993- yil 8 –mayda “Suv va suvdan foydalanish “,2000 
yil 25 mayda “yekologik ekspirtiza” 2002 yil 5 –aprelda “Chiqindilar tо‘g‘risidagi” 
qonunlar qabul qilindi .
Har yili respublikaning atmosfera xafosiga 4 mln tonnagacha zaxarli moddalar kelib 
tushmoqda. Shularning yarmi uglerod oksidi tо‘g‘ri keladi. 15% ni uglivodorod 
chiqindilari ,14% ni SO
2
oltingugurt (IV) oksidi,9%(NO
2
) –azot (IV) oksidi ,8% 
chang va 4%ni о‘ziga xos о‘tkir zararli moddalarga tо‘g‘ri keladi.
“Maksam-Chirchiq”OAJ О‘zbekistondagi yirik sanoat korxonalaridan biridir. 
Korxona О‘zbekiston xududida Toshkent shaxridan 33 km uzoqlikda Toshkent 
viloyatining Chirchiq shaxrida, Chirchiq daryosining chap qirg‘og‘oda joylashgan. 
Korxona azotli mineral о‘g‘itlar (karbomid, sulfat amoniy, nitrat amoniy va boshqa) 
maxsulotlar ishlab chiqaradi, Korxona maxsulotlarini xorijga eksport qiladi.
 
Obyektda texnogen, tabiiy va ekologik favqulotda vaziyatlar rо‘y berishi mumkin. 
Texnogen tusdagi FVga texnologik jarayonlarni tо‘liq bajarmaganligi, yirik 
xavfli obyektlar va ishlab chiqarish bilan bog‘liq yong‘in va portlashlar, ekstremistik 
xarakatlar, ishchilarni texnologik jarayonlarga yaxshi tushunmasligi misol bо‘lishi 
mumkin. Turg‘un ZM (V-gazlar, zamon- zarin, iprit va boshqalar) bilan zararlangan 
har xil obyektlar kimyoviy, fizik-kimyoviy va mexanik usullarda degazatsiya 
qilinadi. 
Kimyoviy 
usulda 
degazatsiya 
qilinganda 
zararlangan 
obyekt 
degazatsiyalovchi modlalar eritmasi bilan tozalanadi, bunda u zaharlovchi modda 
bilan kimyoviy reaksiyaga kirishib, ZM ximiyaviy neytrallanadi. Degazatsiyaning 
fizik-kimyoviy usuli erituvchilar (benzin, kerosin va boshqalar) bilan yuvish, 
bug‘lantirish, faollashtirish kо‘mir bilan adsorbsiya qilish (masalan, suvni filtrlash), 
zararlangan yumshoq narsalarni 
2 %
li kir soda eritmasida qaynatishdan iborat. 
Yozgi issiq kunlarda degazatsiya qilinishi kerak bо‘lgan har xil 
predmetlardagi ZM shamolda kо‘tarilib ketishi va bug‘lanishi uchun ularni 
arqonlarga osish kerak. Degazatsiyaning mexanik usuli tuproq, oziq-ovqat va yem -
xashakning zararlangan qismini olib tashlashdan iborat bо‘ladi. 


Degazatsiyalovchi moddalar va eritmalar. Degazatsiyalovchi eritma №1-u 
geksaxlormelamning 5% li eritmasi yoki dixloraminning dixloretandagi 10% li 
eritmasi. Iprit va V-gazlar bilan zararlangan predmetlarni degazatsiya qilish uchun 
ishlatiladi: Bu eritma odam uchun zaharli; odamning ichiga tushganida о‘lim bilan 
tugaydigan zaharlanishiga olib keladi, teriga tushganida va uzoq muddat nafas 
olinganida odamni zararlantiradi. Shuningdek, u metallarni zanglatadi. 
Degazatsiyalovchi 
eritma 
№2 
natriy 
ishqori 
(2%), 
monoetanolamin 
(5%) 
va 
suvdagi 
ammiak 
(20%) 
eritmalarining 
aralashmasi. 
Zamon-zarinni 
degazatsiya 
qilish 
maqsadida 
va 
metall 
asboblar 
zanglashining 
oldini 
olish 
maqsadida 
№1 eritmadan keyin 
ishlatiladi. 
Shuningdek, 
№2 
(ammiak-ishkorsiz) 
eritma 
xam 
ishlatiladi. 
DTS- GK (kalsiy gipoxlorit tuzi) xlor xidiga ega bо‘lgan oq kukun. V- gazlar va 
iprit bilan zararlangan joylarni, predmetlarni degazatsiya qilish uchun suvdagi 1 -
1,5% li eritmasi yoki suspenziyasi ishlatiladi. 
Xlorli oxak -yirik yog‘och va metall predmetlarni degazatsiya qilish uchun 
suspenziya shaklida 1:10 (bir qism xlorli oxakka 10 kism suv) nisbatidagi eritma 
holida ishlatiladi. 
Xloramin-iprit va -gazlar bilan zararlangan har xil obyektlarni degazatsiya qilish 
uchun 1% li suv - spirt eritmasi shaklida ishlatiladi. 
Zararlangan obyektlarni degazatsiya qilish uchun gidropult, avtomakslar, chо‘tka, 
latta va suv sepib yuvuvchi mashinalardan foydalaniladi. 
Suvni dezaktivatsiya va degazatsiya qilish kamdan- kam qо‘llanadi, chunki yangi 
suv manbai (quduq, skvajina va boshqalar) kurish yengilroqdir. quyida suvni 
dezaktivatsiya kilish usullarining ba’zilari bilan tanishamiz. 
Ionlanish smolalari (kationit va anionit) orqali suvni filtrlash. Bular suvni hatto 
erigan holatdagi moddalardan ham tozalaydi. Qatlami qalin va har qaysi ionit 
qatlamining qalinligi 40-50 sm dan kam bо‘lmasligi kerak. Filtrlash qо‘l nasoslari 


yordamida yoki mexanizatsiyalashtirish avto iltratsion stansiyalarda amalga 
oshiriladi. 
Suvdagi shо‘rni maxsus tozalaydigan apparatlardan (avtomashinalarda 
joylashgan kо‘chma yoki statsionar) foydalanib suvni haydash.Suvni tindirish va 
keyin tuzima kо‘mir filtrlar, bir qatlam qum va boshqa materiallar orqali filtrlash- 
bu usul unchalik foydali emas. 
FZM va ipritdan suvni degazatsiya kilish uchun ion almashinish smolalari yoki 
faollashtirilgan kо‘mir (karboferrogel) orqali filtrlab, keyin qaynatish zarur. 
Suvni dezaktivatsiya va degazatsiya qilgandan keyin albatta undan namuna 
olib, sanepidstansiya laboratoriyalariga ekspertiza uchun jо‘natiladi. quduqlarni RM 
va 3 m dan zararsizlantirish uchun avvalo uning atrofidagi territoriya tozalanadi. 
Keyin undan 5- 10 m uzoqlikda suv yig‘adigan chuqurga quduq suvi oqiziladi va 
quduq tagida zaharlangan tuproq olib tashlanadi. quduqda yangidan yig‘ilgan suv va 
dezaktivatsiya yoki degazatsiyalovchi eritmalar bilan quduq devorlari yaxshilab 
yuviladi, suv yangidan oqiziladi, shundan keyin quduq suvini tekshirib kо‘rib, 
iste’mol qilishga ruxsat berish mumkin. 
Oziq-ovqatni dezaktivatsiya va degazatsiya qilish, ular saqlanadigan idishlarning 
turiga bog‘lik. Agar oziq-ovqatning ozgina miqdori RM va ZM bilan zaxarlangan 
bо‘lsa, ularni chuqurga kо‘mib, ustidan xlorli ohak sepiladi. Kо‘p miqdordagi oziq-
ovqat mahsulotlari zaxarlangan bо‘lsa, dezaktivatsiya qilingan maxsus maydoncha 
tashkil etiladi, eng oldin u zararsizlantiriladi, keyin toza va iflos qismlarga bо‘linadi. 
Shundan keyin oziq-ovqat uchga bо‘linadi: sinchiklab tozalash yoki yо‘qotish 
kerak bо‘lgan yoki RM ning о‘z-о‘zidan tarqalishi yoki ZM ning aynishi va 
bug‘lanishigacha konservatsiya qilish kerak bо‘lgan aniq va kuchli zaxarlangan 
oziq-ovqat mahsulotlari (koplarning tashki katlami, yashiklar, sabzavotlar).Tabiiy 
ofatlarga geologik xavfli vaziyatlar (zilzila, suv toshqini), gidrometrologik xavfli 
xodisalarga (kuchli shamol,sel)lar misol bо‘lishi mumkin. 
Ekologik FV larga xavoga korxonadan ba’zi bir sabablar bilan chiqayotgan 
zaxarli gazlar misol bо‘lishi mumkin. 


Korxonadagi bino va inshoatlar 10 balli zilzilaga chidamli zilzila bardosh 
materiallardan ya’ni temir-beton konstruksiyaga asoslangan, kontoralar pishiq 
g‘ishtlardan qurilgan.
Gazsimon ammiyak- YQBK-20 mg/m
3
. U shilliq qavatlarni yallig‘lanishiga, 
kо‘zni yoshlanishiga va о‘pkani shishiga olib keladi. Xidini sezish chegarasi 
0,035g/m
3
ga tengbо‘lib xayot uchun xavfli konsentratsiyasi 0,35-0,7 g/m
3
. Xavflilik 
darajasiga kо‘ra 4- sinfga kiradi. 
NNO
3
- YQBK-2mg/m
3
. U zaxarli modda bо‘lib agar teriga va shilliq qavatlarga 
tegsa kuchli kuyishga olib keladi., bug‘lari esa nafas olish yо‘llarini yalig‘lantirib, 
umumiy xolsizlik, bosh aylanishi kо‘ngil aynishi oyoqlarni uvishib qolishiga olib 
keladi.
Korxonada favqulotda vaziyat rо‘y berishi mumkin xodisalardan:
Kuyish tо‘qimalarning yuqori harorat, kimyoviy moddalar, nurlanish hamda 
elektr toki ta’sirida shikastlanishiga aytiladi. Kuyishning kelib chiqishi sababiga 
kо‘ra, termik, kimyoviy, nur hamda elektr toki ta’siridagi kuyish turlari qayd etiladi. 
Badan terisi va shilliq pardalarga radio faol moddalarning tuxshshsh oqibatida 
radiatsion kuyuk, yaralar ham paydo bо‘ladi. 
Qaynoq suv va turli issiq suyuqliklardan kuyishda eng yuhori harorat 100 S dan 
oshmaydi va qisqa vaqt ta’sir etadi. Shuning uchun ham bunday xollarda yuza 
kuyishlar rо‘y beradi. Issiq bug‘dan kuyganda esa, jarohat asosan teri yuzasida sodir 
bо‘ladi. Kuyishlar issiq va yelimsimon yopishqoq moddalar (issiq yelim, bitum va 
boshqalar) tasirida ham yuz berishi mumkin. Bunday issiq massalar badanga 
yopnshib, uzoq vaqt mobaynida jarohatning tubidagi tо‘qimalarga ham salbiy tasir 
kо‘rsatadi. 
Shuningdek, yong‘in ta’sirida kelib chiqadigan kuyishlar eng og‘ir shi-
kastlanishlar turkumiga kiradi. Bunday holatlarda kuygan kishining nafaqat kiyim-
boshi, balki teri, suyak tо‘qimalari, hatto ichki a’zolari ham kuyib, jarohat yanada 
kengayishi va ahvolni jiddiylashtirishi mumkin Erigan me-tallar ta’siridagi 
kuyishlar ham chuqur jarohatlanishlardan bо‘lib, bunda faqat teri emas, balki teri 


ostidagi biriktiruvchi tо‘qimalar, paylar, mu-shaklar, hatto suyaklar ham qattiq 
shikastlanadi. Kuygan odamga birinchi navbatda nimtatir qilib biroz osh tuzi 
qо‘shilgan iliq suv ichirish zarur. Kuygan odamga birinchi tibbiy yordam 
kо‘rsatishda eng avvalo uning ustidagi yonib turgan kiyim-boshini о‘chirish zarur. 
Buning uchun uning ustiga biror kiyim yoki kо‘rpacha, adyol yopiladi. Iloji boricha, 
tananing kuygan qismi kiyim-boshdan xoli qilinadi. Kiyimning kuygan joyga 
yopishgan qismi о‘rnida qoldirilib, jarohatning atrofidagi mato asta qirqib olinadi. 
Voqea sodir bо‘lgan joyda kuygan jarohatga bog‘lam qо‘yish mumkin emas. 
Agar kimyoviy kuyish rо‘y bergan bо‘lsa, zudlik bilan shikastlangan joy katga 
miqdordagi sovuq oqar suv bilan 10-15 daqiqa mobaynida yuviladi. Kuygan yara 
ustini quruq salfetka yoki steril mato bilan berkitish joiz. Kuygan jarohat ustiga biror 
dori-darmon ayniqsa, surtmalar, yog‘simon moddalar qо‘yish mumkin emas. 
Zaharlanish biror zaharli kimyoviy moddaning me’da-ichak, nafas yо‘llari 
orqali organizmga kirgani, teridan sо‘rilgani, teri osti, mushaklar orasi yoxud vena qon 
tomiriga yuborilganida sodir bо‘ladigan kasallik holatidir.Zaharlanish ikki guruhga 
bо‘linadi: tasodifiy va qasddan zaharlanish. Tasodifiy zaharlanishlar hayotda kо‘p va 
tez uchrab, umumiy zaharlanishlarning deyarli 80% ini tashkil etadi. Turli dorivor 
vositalarni shifokorlarning maslahatisiz, о‘z holicha meyoridan ziyod katta miqdorda 
iste’mol qilish, sifatsiz kimyoviy modda yoki dorini ichimlik о‘rnida ichib qо‘yish 
tasodifiy zaharlanishlar turkumiga kiradi. Qasddan zaharlanish hayotda kam 
uchrasada, biror ruhiy kasallikka chalingan yoki beqarorroq odamlarga xosdir. Bunday 
kimsalar biror kuchli ta’sir etuvchi dorivor moddani katta miqdorda iste’mol qilib, 
zaharlanadilar, о‘z hayotlariga suiqasd qiladilar.Rо‘y beradigan joyiga qarab, о‘tkir 
zaharlanishlar kundalik turmushda va ishlab chiqarish jarayonida sodir bо‘lishi 
mumkin. Barcha kimyoviy moddalar organizmga turlicha ta’sir kо‘rsatadi. Shunga 
kо‘ra, ular yuz-kо‘z, terini achish-tiradigan, kuydiradigan, kо‘zdan yosh oqizadigan, 
terini zararlab yiringlata-digan nafas yо‘lini bо‘g‘adigan, ruhiyatga ta’sir etib bezovta 
qiladigan uxla-tadigan, mushaklarni tirishtiradigan va boshqa xususiyatli guruhlarga 
bо‘linadi. Tanlab ta’sir etishga kо‘ra, qon xujayralari, tanachalariga ta’sir etadigan 


zaharlar (is gazi, selitra va h.k); markaziy va periferik asab tizimini zaharlaydigan 
toksik zaharlar (spirtli ichimliklar, giyohvand moddalar va b); buyrak va jigarlarning 
ish faoliyatini buzadigan zaharlar (og‘ir metallarning birikmalari, ba’zi 
zamburug‘larning zaharlari va b); yurak zaharlari (ba’zi alkoloidlarga mansub 
о‘simliklar zaxari); me’da va ichakni zaharlaydigan (kislota va ishqorlar, ularning 
kuchli eritmalari) moddalar qayd etiladi. 
Favqulotda vaziyat rо‘y berganda ishchi-xizmatchilarga va axoliga xabar 
berish uchun korxonaga signalizatsiyalar о‘rnatilgan. Telefonlar, xabar berish 
vositalari о‘rnatilgan. 


FM ni tashkil etish sxemasi 
Korxonada ishchilarga bepul maxsus shaxsiy ximoya vositalari: ximoya 
kastyumlari, maxsus kiyimlar, maxsus oyoq kiyimlar, nafas olish organlarini 
ximoyalash vositalari gazniqoblar KD,yoki M, respiratorlar “Lepestok”, F-
62SH,kama va boshqalar, kaska, shlem, kо‘z oynaklar, shovqindan ximoya 
vositalari bilan taminlanadi. 
Tinchlik va harbiy vaqtlarda yuzaga kelgan favqulotda vaziyatlar davrida 
aholini qutqarish va boshqa kechiktirib bо‘lmaydigan ishlarni amalga oshirish FH 
organlarining asosiy vazifalaridan biridir. Bunday tadbirlarni rejalashtirish va 
amalga oshirishdan maqsad aholini ommaviy qirg‘in qurollaridan himoyalash, 
Korxona ra
h
bari 
ФМ бошли
ғ
и 
FM shtab boshli
g‘

Xizmatlarni tashkil 
q
ilish 
Yon
g‘
inga 
q
arshi
Q
idiruv 
Alo
q

Avariyaviy texnika 
Tartibni sa
q
lash 
Umumiy ozi
q
ov
q
at 
ta’minoti 
Tibbiy xizmat 


shoshilinch tibbiy xizmat kо‘rsatish, avriya oqibatlarini qisqartirish hamda 
vayronalardan odamlarni olib qichishga qaratilgandir.
Avariya qutqaruv ishlari quyidagi vazifalar orqali amalga oshiriladi.
FV xududlarida razvedka ishlarini olib borish hamda xarakatlanish marshrutlarini 
rejalashtirish; 
Bino qismlari, vayrona uyumlari orasidan shuningdek yonayotgan, suv bosgan, 
tutun qoplagan bino, inshootlardan odamlarni qidirib topish va olib chiqish; 
Axvoliga kо‘ra jabrlanganlarni guruxlarga ajratgan xolda birlamchi tibbiy xizmat 
kо‘rsatish hamda ambulatoriyaga yetkazish. 
Evakuatsiya – odamlarni xavfsiz joylarga kо‘chirish sanitar ishlov berish va zaruriy 
ashyolar bilan taminlash. 
Xom-ashyo, yarim maxsulot va tayyor maxsulotlar maxsus ajratilgan 
omborlarda saqlanadi.Omborlarda xavfsizlik choralari kо‘riladi Tayyor maxsulotlar 
granulalar kо‘rinishida omborlarda uyum-uyum bо‘lib saqlanadi. Gazlar maxsus 
pо‘latdan tayyorlangan idish, sig‘im va balonlarda saqlanadi. Suyultirilgan va bosim 
ostida saqlanadigan gazlar yonish, portlashga xavflidir shuning uchun ularni kamroq 
miqdorda saqlab boshqa korxonalarga quvurlar orqali jо‘natishga xarakat qilinadi. 
NN
4
NO
3
yaxshi germetiklangan polietilenli qoplarga qadoqlanadi. 
FVlar xavfi sezilganda va sodir bо‘lganda shu tuzilmalarning kuch va 
vositalaridan foydalaniladi. Gurux raxbarlari va tuzilma a’zolari о‘z vazifalarini anih 
bilishlari va bajarishlari lozim 
Korxonada zaxarli moddalar germetiklangan xolda saklanadi. Oborlarda uz-
uzidan alangalanuchi vositalardan uzokrok, kuyosh nuri tushmaydigan joyda 
saklanadi. Sanoat korxonalarida siqilgan, suyultirilgan, eritilgan gazlarni saqlash, 
tashish, tо‘ldirish uchun xar xil ballonlar ishlatiladi. Ballonlardan notо‘g‘ri 
foydalanish, ularni suyultirilgan gazlar bilan tо‘ldirib yuborish, tushib ketishi, 
quyosh nurini ta’siri va boshqa tashqi sabablar ishtirokida portlash, avariya bо‘lish 
sharoiti vujudga keladi.



Download 1,69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish