Kirish
Bugungi kunda kо‘plab rivojlangan va jahon iqtisodiyotida yetakchi о‘rin
tutadigan mamlakatlar tajribasi shuni sо‘zsiz isbotlab bermoqdaki, raqobatdoshlikka
erishish va dunyo bozorlariga chiqish, birinchi navbatda, iqtisodiyotni izchil isloh
etish, tarkibiy jihatdan о‘zgartirish va diversifikatsiya
qilishni chuqurlashtirish,
yuqori texnologiyalarga asoslangan yangi korxona va ishlab chiqarish
tarmoqlarining jadal rivojlanishini ta’minlash, faoliyat kо‘rsatayotgan
quvvatlarni
modernizatsiya qilish va texnik yangilash jarayonlarini tezlashtirish hisobidan
amalga oshirilishi mumkin.Buning negizlaridan biri ishlab chiqarish korxonalarida
ketayotgan texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish va mavjud bo’lgan
avtomlashtirish tizimlarini shakllantirish muhim ahamiyatga egadir.
Jadal texnika
taraqqiyoti tufayli “yangi” ishlab chiqarish ma’lum davrdan so’ng “eskiradi” va
yangilanishni talab qiladi, shu juladan amaldagi avtomatlashtirish
tizimlari va
vositalarni yanada zamonaviy hamda takomillashganlari bilan almashtirishni talab
qiladi. Amaldagi ishlab chiqarish korxonalaridagi avtomatlashtirish tizimlarini
takomillashtirishda,
shuningdek, texnologiya va jihozlarni modernizatsiyalashda
mustaqil iqtisodiy baxolashlar bo’lishi mumkin.
Qishloq xo’jaligi uchun zarur bo’lgan mineral o’g’itlar
jumladan Ammiak
selitrasi ishlab chiqarish jarayonini avtomatlashtirish va uni modernizatsiya qilish
haqida so’z yuritishdan avval xomashyoning qanday tayyorlanishi haqida to’xtalib
o’tsak.
Azotli о‘g‘itlar ishlab chiqarish yо‘lga qо‘yilguncha faqatgina Chili selitrasi
— NaNOz qishloq xо‘jaligida о‘simliklar uchun mineral
ozuqa sifatida ishlatib
kelingan.
Xozirgi paytda kimyo sanoati korxonalarida turli xildagi azotli о‘g‘itlar ishlab
chiqarilmokda.
Azotli о‘g‘itlarning asosiy turlari: ammiakli (ammiak), ammoniyli (ammoniy
tuzlari — fosfat, sulfat, xlorid va boshqalar), ammoniy nitratli, nitratli (nitrat
kislotaning
kalsiyli, kaliyli, natriyli selitralari) va amidli (karbamid — (NN
2
)
2
SO,
kalsiy sianamid — Sa(SN)
2
va boshqalar) о‘g‘itlar xisoblanadi.
Bundan tashqari bu tuzlar asosida aralash va murakkab о‘g‘itlar, suyuq azotli
о‘g‘itlar — ammiak va ammiakli suv, aminlar va boshqa tuzlarning suvli eritmalari
ishlatiladi.
Ushbu bobda ozuqa sifatida faqatgina bir komionentli — azotli о‘g‘itlar
xaqida sо‘z yuritiladi.
Ammmoniyli va nitratli tuzlarning kо‘pchiligi hamda karbamid suvda yaxshi
eriydi. Ulardagi azot о‘simliklarga yaxshi о‘zlashadi (ayniqsa, N0
3
-
ning tuproqda
xarakatchanligi yuqori bо‘ladi).
Ammoniyli о‘g‘itlar uchun xom ashyo sifatida ammiak, nitratli о‘g‘itlar
uchun esa nitrat kislotasidan foydalaniladi. Ular
esa atmosferadagi bexisob
miqdordagi azotdan olinadi.