106
taqozo qiladi. Lekin ko‘pchilik hollarda davlat budjeti xarajatlarining
daromadlardan ortiqchaligi kuzatiladi, buning oqibatida budjet taqchilligi tez
sur'atlar bilan o‘sadi. Bu holning sabablari ko‘p bo‘lib, ularning ichida,
davlatning jamiyat hayottining barcha sohalaridagi rolining uzluksiz o‘sib
borishi, uning iqtisodiy va ijtimoiy vazifalarining kengayishi alohida o‘rin
tutadi. Budjet taqchilliganing o‘zgarishi xo‘jalik konyukturalariga joriy
tebranishlar, ishlab chiqarishdagi davriy inqiroz va rsjalanishlarni ham aks
ettiradi, krizislar davrida davlat budjetga mablag‘lari hisobidan
iqtisodiyotning
ma'lum sektorlari ishlab turishga, umumdavlat ahamiyatiga ega bo‘lgan
tarmoqlarda
, investitsiyalar hajmini saqlab turishga majbur bo‘ladi. Budjet
taqchilligini moliyalashtirish (qoplash) ning muhim sharoiti davlat krediti bo‘lib
chiqadi. Davlat krediti deganda, mavlat qarz oluvchi yoki kreditor sifatida
chiqadigan barcha moliyaviy iqtisodiy munosabatlar yig‘indisi tushuniladi.
Moliyaviy resurslarni davlat qarz olishning asosiy shakli bu davlat zayomlarini
chiqarish hisoblanadi.Ularni joylashtirish jarayonida davlat aholi, banklar, savdo
va sanoat kompaniyalarining vaqtincha bo‘sh turgan pul mablag‘larini jalb
qiladi. Davlat o‘z majburiyatlarini nafaqat xususiy sektorda joylashtirishi, balki
ularni Markaziy bankda hisobga olishi ham mumkin. Bunda bank muomalaga
pulning tovar hajmining ko‘payishi bilan bog‘liq bo‘lmagan qo‘shimcha
massasini chiqaradi. Mazkur holda, davlat budjeti
moliyalashtirish pul
muomalasiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri inflyatsion ta'sir ko‘rsatadi. Pul massasining
o‘sishi
jamiyat haqiqiy boyligining ko‘payishi bilan birga bormaydi. Davlat
qarzlarining to‘xtovsiz ko‘payib borishi, milliy daromadni foiz to‘lovlari
shaklida, tobora ko‘proq qayta taqsimlanishga olib keladi. Katta budjet
taqchilligi va davlat majburiyatlari bo‘yicha foiz to‘lovlari o‘sish
sharoitida
,
davlat qarzlarini to‘lash vaqtini imkon darajada cho‘zishga harakat qiladi.
Buning uchun turli xil usullardan foydalanish mumkin. Jumladan davlat o‘zining
qisqa muddatli majburiyatlarini, o‘rta va uzoq muddatli zayomlarga
almashtiradi. U o‘zining qisqa muddatli majburiyatlarini, ancha yuqori foiz
bo‘yicha yangi, uzoq muddatli zayomlar chiqarish
hisobiga ham sotib olish
107
mumkin. Bunday turdagi tadbirlar qisqa davrli samara berish va vaqtincha
davlatnin moliyaviy ahvolini yengillashtirish mumkin, chunki u odatda
kelgusida foiz stavkasining oshiish va qarzlar umumi miqdorining o‘sishi bilan
bog‘liq. Xo‘jalik hayoti baynalminallashuv jarayonlarining tez o‘sishi, xalqaro
kreditning jadal rivojlanishi natijasida davlat o‘ziga zarur bo‘lgan moliyaviy
resurslarni jalb qilish uchun, bo‘sh pul mablag‘larining milliy
chegaradan
tashqaridagi manbaalaridan faol foydalanadi. Buning natijasida
tashqi qarz
vujudga keladi. Shunday qilib, davlat zarur moliyaviy resurslarini ham ssuda
kapitallarining milliy bozoridan va ham tashqi bozoridan qarz oladi. Xalqaro
kreditning tez o‘sishi kapitalning mamlakatlarar»
migratsiyasi
, mamlakat va
regionlar iqtisodiy o‘zaro bog‘liqligining chuqurlashuvining muqarrar natijasi
hisoblanadi. Xalqaro kredit moliyaviy resurslarni ham xususiy sektorning
extiyojlarini qondirish, ham davlat budjei taqchilligini qoplash
uchun jalb qilish
imkoniyatini sezilarli kengaytiradi. Shu bilan birga tashqi qarzlarning o‘sishi bir
qator boshqa muammolarni keltirib chiqaradi. Ulardan asosiy milliy vositalar
bilan nazorat qilib bo‘lmaydigan ham kreditor va ham debitor mamlakatlar
iqtisodiyotini kuchayib boruvchi bog‘liqligi hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Budjet kodeksining 152-moddasida Davlat
tomonidan mablag‘ jalb qilish tartibi keltirilgan. Unga ko‘ra davlat tomonidan
mablag‘ jalb qilish ichki va xorijdan mablag‘ jalb qilishdan iborat.
Davlat tomonidan ichki mablag‘ni jalb qilish O‘zbekiston Respublikasi
rezidentlaridan mablag‘larni jalb etish bo‘lib, bu mablag‘lar bo‘yicha
O‘zbekiston Respublikasining qarz oluvchi yoki qarz oluvchi-rezidentlarning
kreditlarini (qarzlarini) to‘lashga kafil sifatidagi majburiyatlari yuzaga keladi.
Chet el manbalaridan (chet davlatlar, xalqaro
tashkilotlardan, xalqaro moliya va
iqtisodiy institutlardan, chet el hukumatlarining moliya tashkilotlari va
O‘zbekiston Respublikasining boshqa norezidentlaridan) mablag‘larni jalb etish
davlat tomonidan xorijdan mablag‘ jalb qilish bo‘lib, bu mablag‘ bo‘yicha
O‘zbekiston Respublikasining qarz oluvchi yoki qarz oluvchi-rezidentlarning
kreditlarini (qarzlarini) to‘lashga kafil sifatidagi majburiyatlari yuzaga keladi.
108
Davlat tomonidan mablag‘ jalb etish bo‘yicha qarorlar
belgilangan
tartibda qabul qilinadi.
Davlat tomonidan mablag‘ jalb qilish:
iqtisodiyotni rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini, shu jumladan
davlat investitsiya dasturlarini moliyalashtirish;
davlat qarzini qayta moliyalashtirish;
Davlat budjeti taqchilligini qoplash uchun amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: