115
foizlarda)
24
№
yillar
ko‘rsatkichlar
2008
2009
2010
2011
2012
2013
2014
2015
2016
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
1
Budjet taqchilligi
-
-
-
-
-
-
-
-
-
2
Budjet profitsiti
1,5
0,2
0,3
0,4
0,4
0,3
0,2
0,1
0,1
Yuqoridagi jadvaldan hulosa qilishimiz mumkinki, mamlakatimizda
iqtisodiyotni isloh etish va modernizatsiya qilish bo‘yicha olib
borilayotgan
iqtisodiy siyosat natijasida milliy iqtisodiyotimizning barqaror va jadal
rivojlanishi, aholining turmush darajasi izchil oshib borayotganligining guvohi
bo‘lishimiz mumkin. Mamlakat iqtisodiyotini barqaror rivojlanishi iqtisodiy
siyosatni samarali ijrosini talab etadi. Iqtisodiy siyosatning eng muhim
dastaklaridan
biri esa, mamlakatda oqilona olib borilayotgan moliyaviy
siyosatdir.
Haqiqatan ham izchil olib borilayotgan moliyaviy siyosat natijasida har yili
budjet defitsiti yalpi ichki mahsulotga (YaIM) nisbatan 1% miqdorida
rejalashtirilsa-da, so‘nggi yillarda moliya yili budjet profitsiti bilan
yakunlanayotganligini ko‘rishimiz mumkin.
Shunday bo‘lsa-da, budjet taqchilligini nazarda tutish hamda uni
moliyalashtirish manbaalarini takomillashtirib borish muhim vazifa hisoblanadi.
Shu o‘rinda budjet taqchilligi tushunchasiga to‘xtalib o‘tsak, O‘zbekiston
Respublikasi Budjet Kodeksining 3-moddasiga muvofiq, davlat budjeti
taqchilligi
–
muayyan davrda davlat budjeti xarajatlarining uning
daromadlaridan oshib ketishini bildiradi.
Iqtisodiy adabiyotlarda, budjet taqchilligining quyidagi shakllari
farqlanadi:
24
Manba:
www.mf.uz
. O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi rasmiy web-sayti ma’lumotlari asosida
tayyorlandi.
116
- tarkibiy budjet taqchilligi – hukumatning iqtisodiy rivojlanishini amalga
oshirish maqsadida davlat xarajatlarini oshirish va soliqlarni
pasaytirish
choralarining qo‘llanilishi natijasida yuzaga keladigan taqchillik bo‘lib, u
ijtimoiy jarayonlar inqirozining ifodasi emas, balki davlatning ijtimoiy takror
ishlab chiqarish tarkibida ilg‘or siljishlarni amalga oshirishi natijasidir.
- davriy budjet taqchilligi – ishlab chiqarishning tsiklli
davriy natijasida
kelib chiqadigan va iqtisodiyotdagi inqiroz holatlarini, hukumatning moliyaviy
holatni nazorat qila olmasligini ifoda etadigan taqchillik.
Budjet taqchilligi vujudga kelishining eng umumiy sabablari,
fikirimizcha, quyidagilardan iborat bo‘lishi mumkin:
- yirik davlat kapital quyilmalarini amalga oshirishning zarurligi;
- budjet mexanizmining to‘g‘ri tashkil etilmaganligi va boshqa sabablar.
- moliya-kredit munosabatlarining yetarli
darajada samarali emasligi;
- ishlab chiqarish samaradorligining pastligi;
- tashqi iqtisodiy aloqalarning samarasizligi;
- budjet xarajatlari tarkibining real jarayonlarga nomutanosibiligi;
- qarzlar evaziga xarajatlarning salmoqli qismini moliyalashtirish.
Davlat budjeti defitsitining YaIMga nisbatan 3%gacha bo‘lishi,
boshqarish mumkin bo‘lgan defitsit hisoblanib, moliya-kredit tizimiga va
iqtisodiyotga salbiy ta’sir ko‘rsatmaydi.
Shunday bo‘lsa-da, moliya yili yakuniga yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan
budjet taqchilligini qoplash manbalari amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq
ko‘zda tutiladi. “O‘zbekiston Respublikasi budjet tasnifini qo‘llash bo‘yicha
yo‘riqnoma”ga muvofiq budjet taqchilligini moliyalashtirish quyidagicha
tasniflanadi.
Markaziy bank kreditlari ya’ni pul belgilari emissiyasi, taqchillikni
qoplashning birmuncha oson yo‘liga o‘xshab ko‘rinsa-da, uning natijasida
muomalada tovar bilan qoplanmagan yoki boshqacha aytganda, o‘zini
oqlamaydigan pul massasining ortishiga olib kelishi mumkin.
117
Taqchillikni qoplash maqsadida, tovar yoki xizmatlar
bilan qoplanmagan
pul massasining muomalaga chiqarilishi birinchi o‘rinda tovar yoki xizmatlar
narxining keskin ko‘tarilishiga olib keladi. Ushbu xolatni Amerika iqtisodiyot
assosatsiyasi prezidenti (1918 yil) Irving Fisherning muomaladagi pul massasi
hamda tovarlar narxining o‘zaro bog‘liqligi ko‘rsatuvchi quyidagi formulasi
orqali ko‘rishimiz mumkin.
Bu yerda,
M - muomaladagi pul massasi,
V - pulning
muomalada aylanish
tezligi,
P - o‘rtacha narx,
T - tovar yoki xizmatlar miqdori.
O‘zbekiston Respublikasi Budjet kodeksi bo‘yicha davlat qarzi –
O‘zbekiston Respublikasining ichki va tashqi mablag‘larni jalb qilish natijasida
vujudga kelgan majburiyatlari hisoblanadi.
Davlat tomonidan ichki mablag‘ni jalb qilish – aktivlarni ichki
manbalardan (rezident yuridik va jismoniy shaxslardan) jalb etish hamda buning
natijasida O‘zbekiston Respublikasining qarz oluvchi sifatidagi yoki qarz
oluvchi rezidentlarning o‘z kreditlarini (qarzlarini) to‘lashiga kafil sifatidagi
majburiyatlari vujudga kelishi bo‘lib, uning natijasida davlat ichki qarzlari
paydo bo‘ladi.
Davlat tomonidan xorijdan mablag‘ jalb qilish – aktivlarni xorij
manbalaridan (xorij davlatlaridan, norezident yuridik
shaxslardan va xalqaro
tashkilotlardan) jalb etish hamda buning natijasida O‘zbekiston
Respublikasining qarz oluvchi sifatidagi yoki qarz oluvchi rezidentlarning o‘z
kreditlarini (qarzlarini) to‘lashiga kafil sifatidagi majburiyatlari yuzaga kelishi
bo‘lib, uning natijasida davlat tashqi qarzlari paydo bo‘ladi.
Davlat qarzining cheklangan miqdori har yili O‘zbekiston Respublikasi
Oliy Majlisining palatalari tomonidan navbatdagi yil uchun Davlat budjeti va
davlat maqsadli jamg‘armalarining budjetlari qabul qilinayotganda belgilanadi.
𝑴 ∗ 𝑽 = 𝑷 ∗ 𝑻
118
Qarz majburiyatlarining quyidagi turlari mavjud:
Do'stlaringiz bilan baham: