2. Budjet taqchilligini moliyalashtirish manbalari turlari.
Budjet taqchilligi vaqtinchalik hisoblanadi, agarda uni zabt etish uchun
imkoniyatlar va sharoitlar yetarli bo‘lsa. Jaxon tajribasida iqtisodiyotni barqaror
rivojlanishi sharoitida passiv budjet taqchilligi YaIMga nisbatan 2-3 % bilan
chegaralanadi, milliy daromadga- 5%, budjetnin xarajatlar qismiga nisbatan – 8-
10%.
110
Davomiyligiga ko‘ra budjet taqchilligi surunkali va vaqtinchalik bo‘lishi
mumkin. Surunkali budjet taqchilligi yildan yilga uzoq davr mobaynida yuzaga
keladi va “qiyin davolanadigan” hisoblanadi. Uning paydo bo‘lishining asosiy
sabablari bo‘lib iqtisodiy krizisning uzoq muddatli sikli, uzoq davom etadigan
urushlar, favqulotda hodisalar, tinch davrda harbiy sohaga haddan ziyod
xarajatlar va boshqa shu kabi sabablar bo‘lishi mumkin. Surunkali budjet
taqchilligidan farqli o‘laroq vaqtinchalik taqchillik unchalik xavfli va bartaraf
etish juda ham mushkul hisoblanmaydi. Uning davomiyligi bir necha oyga teng
bo‘lishi mumkin. Uning asosida qoidaga ko‘ra iqtisodiyotdagi chuqur
bo‘lmagan krizis hodisalari yotadi, balki bir qator ob’ektiv (tabiiy ofatlar va
boshqalar) va sub’ektiv (rejalashtirish va prognoz qilishdagi xatolar, jaxonda
tovar va fond bozorlaridagi narxlarning tebranishi va boshqalar) sabablar
hisoblanadi.
Budjet taqchilligini yana bir qator kriteriyalar bo‘yicha turlarga
bo‘lishimiz mumkin. Vujudga kelish xarakteriga qarab budjet taqchilligini
tasodifiy va haqiqiy bo‘lishi mukin. Tasodifiy (kassaviy) budjet taqchilligi
daromadlarni tushishi va xarajatlarni amalga oshirilishidagi vaqtinchalik
uzilishlarida paydo bo‘ladi. Tasodifiy budjet taqchilligi asosan mahalliy
budjetlarga xos, chunki ular ko‘pincha yagona moliyalashtirish manbasiga
bo‘g’liq bo‘ladilar. Haqiqiy budjet taqchilligi budjet daromadlarining o‘sishi
budjet xarajatlari o‘sishidan ortda qolishi sababli vujudga keladi. Shunday qilib
budjet taqchilligi – bu tasodifiy hodisa emas, u iqtisodiyotni rivojlanishida qator
faktorlar orqali siklli jarayonlarda vujudga keladi.
Budjet barqaroqligini ta’minlash va budjet taqchilligiga yo‘l
qo‘ymaslikning asosiy yo‘nalishlaridan biri bu budjetni to‘g’ri rejalashtirish
hisoblanadi. Budjet barqaroqligiga erishish uchun budjetni rejalashtirishda qator
usullar qo‘llaniladi:
1. Budet xarajatlarini limitlash, aniqrog’i har bir budjet muassasasi uchun
har bir xarajat turi bo‘yicha chegara miqdorini belgilash;
111
Do'stlaringiz bilan baham: |