(G'aznachilikka
o'tish sharoitida: 293-«Tekshirish natijalari bo'yicha aniqlangan
materiallar va moddiy qiymatliklarning ortiqchalari bo'yicha
kelib tushgan summalar» subschyoti) yoki
K redit 230 - «T ashkilot xarajatlari va bosh q a ta d b irlar uchun budje td an
m oliyalashtirish» subschyoti
(G'aznachilikka o'tish sharoitida:
293-«Tekshirish natijalari bo ‘yicha aniqlangan materiallar va
moddiy qiymatliklarning ortiqchalari bo ‘yich a kelib tushgan
summalar» subschyoti).
Budjet tashkilotlarining tarkibiy bo'linmalari o ‘z asosiy vositalarini
qonunda k o‘zda tutilgan tartibda tegishli yuqori tashkilotlaming roziligi
bilan sotish huquqiga egadir.
Budjet tashkilotlari uchun asosiy vositalami sotishdan olingan
mablag‘lar, amaldagi m e’yoriy hujjatlarda boshqacha tartib o‘matilmagan
b o ‘lsa, ulaming ixtiyorida qolishi mumkin va yangi asosiy vositalami sotib
olishga yoki foydalanishdagi asosiy vositalami ta’mirlash uchun ishlatiladi.
Budjet tashkilotlari tarkibiy bo‘linmalarining asosiy vositalari qonunda
ko'zda tutilgan tartibda tegishli yuqori tashkilotlaming buyrug‘i, farmoyishi
yoki qaroriga muvofiq boshqa tashkilotlarga bepul berilishi mumkin.
Budjet tashkilotlarida asosiy vositalar boshqa tashkilotlarga bepul
berilishi munosabati bilan ulaming balansdan chiqarilishi buxgalteriya
hisobida quyidagi tartibda qayd qilinadi:
Eskirishi
umuman
hisoblanmagan
asosiy
vositalar
boshqa
tashkilotlarga bepul berilganida, belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan
asosiy vositalami bepul berilishi haqidagi hujjatlarga asosan, quyidagi
buxgalteriya provodkasi tuziladi:
D ebet 250 - « A so siy vositalardagi fond» subschyoti;
K redit 010-013, 015-019 -« A so siy vositalar» subschyotlari.
Eskirishi qisman hisoblangan asosiy vositalar boshqa tashkilotlarga
bepul berilganida, belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan asosiy
vositalami bepul berilishi haqidagi hujjatlarga asosan, quyidagi ikkita
buxgalteriya provodkasi tuziladi:
1) asosiy vositalaming boshlang‘ich (qayta tiklash) qiymatiga:
D eb et 250 - « A so siy vositalardagi fond» subschyoti;
K redit 010-013, 01 5 -0 1 9 -« A so siy vositalar» subschyotlari.
2) asosiy vositalaming eskirish summasiga:
D ebet 020 - « A so siy vositalam in g eskirishi» subschyoti;
K redit 2 50 - « A so siy vositalardagi fond» subschyoti.
Eskirishi to ‘la hisoblangan asosiy vositalar boshqa tashkilotlarga
bepul berilganida, belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan asosiy
vositalaming bepul berilishi haqidagi hujjatlarga asosan, quyidagi
buxgalteriya provodkasi tuziladi:
D eb et 02 0 - « A so siy v o sitalam in g eskirishi» subschyoti;
K red it 010-0 1 3 , 0 1 5 -0 1 9 -« A so siy vositalar» subschyotlari.
Budjet tashkilotlarida asosiy vositalaming kamomadi yoki nobudgarchilik
sodir boiganligi aniqlanganligi munosabati bilan ulaming balansdan
chiqarilishi buxgalteriya hisobida quyidagi tartibda qayd qilinadi.
Eskirishi umuman hisoblanmagan asosiy vositalaming kamomadi
yoki nobudgarchilik sodir boiganligi aniqlanganida, belgilangan tartibda
rasmiylashtirilgan asosiy vositalaming kamomadi yoki nobudgarchilik
sodir boiganligi aniqlangani haqidagi hujjatlarga asosan, quyidagi
buxgalteriya provodkasi tuziladi:
D ebet 250 - «A so siy vositalardagi fond» subschyoti;
K redit 010-013, 015-019-«A sosiy vositalar» subschyotlari.
Eskirishi qisman hisoblangan asosiy vositalaming kamomadi yoki
nobudgarchilik sodir bo‘lganligi aniqlanganida, belgilangan tartibda
rasmiylashtirilgan asosiy vositalaming kamomadi yoki nobudgarchilik
sodir bo‘lganligi aniqlangani haqidagi hujjatlarga asosan, quyidagi ikkita
buxgalteriya provodkasi tuziladi:
1) asosiy vositalaming boshlang‘ich (qayta tiklash) qiymatiga:
D ebet 250 - «A so siy vositalardagi fond» subschyoti;
K redit 010-013, 015-019-«A sosiy vositalar» subschyotlari.
2) asosiy vositalaming eskirish summasiga:
D ebet 020 - «A so siy vositalam ing eskirishi» subschyoti;
K redit 250 - « A sosiy vositalardagi fond» subschyoti.
Eskirishi to‘la hisoblangan asosiy vositalaming kamomadi yoki
nobudgarchilik sodir bo ‘lganligi aniqlanganida, belgilangan tartibda
rasmiylashtirilgan asosiy vositalaming kamomadi yoki nobudgarchilik
sodir b o ‘lganligi aniqlangani haqidagi hujjatlarga asosan, quyidagi
buxgalteriya provodkasi tuziladi:
D ebet 020 - «A so siy vositalam ing eskirishi» subschyoti;
K redit 010-013, 015-019-«A sosiy vositalar» subschyotlari.
3. B U D JE T T A S H K IL O T L A R ID A A SO SIY
V O S IT A L A R N I IJ A R A G A B E R IS H H IS O B I
Budjet tashkilotlari o ‘zlarining vaqtincha foydalanilm ayotgan mol-
mulkini boshqa tashkilotlarga ijaraga berishlari mumkin. V aqtincha
foydalanilm ayotgan binolar, inshootlar (ularning ayrim qism lari
ham), ishlab chiqarish uskunalari, xonalar, transport vositalari va
207
boshqa uzoq m uddatli aktivlam i, agar qonun bilan ulam i ijaraga
berish man qilinm agan b o ‘lsa, ijaraga beriladi. Agar m ol-m ulkni
ijaraga berish ko'rsatiladigan xizmatlarning hajm i kam ayishiga yoki
sifati yom onlashishiga sabab b o ‘lsa yoki asosiy faoliyati b o ‘yicha
xarajatlar k o ‘payishiga yoki bu ko‘zda tutilgan m oliyalashtirish
limiti k o ‘tarilishiga olib kelsa, budjet tashkilotlarining balansidagi
m ol-m ulkini ijaraga berish mumkin emas.
Ijaraning
subyektlari:
ijaraga
b eru v c h i-b u
yuridik
shaxs
maqomiga ega b o ‘lgan, o ‘zining balansida hisobda turgan vaqtincha
foydalanilmayotgan ijara obyektini ijaraga berishi mumkin bo'lgan
budjet tashkilotidir, ijarachi e s a - b u mol-mulkini vaqtincha foydalanish
uchun haq to‘lash, qaytarib berish va butligini ta’minlash sharti bilan
m a’lum muddatga ijaraga oigan yuridik shaxsdir.
Ijaraga beruvchi ijarachiga mulkni shartnomada ko‘rsatilgan
muddatga ijaraga berish, ijarachi esa ijara muddati tugagandan so‘ng
mulkni shartnomada k o ‘rsatilgan aniq muddatda va shartnomaning
tegishli shartlariga muvofiq va mulkni tayinlanishi bo‘yicha holatida
qaytarishga majburdir. Ijara shartnomasi tuzilganda va uning amal qilish
muddati tugaganda mulkni qabul qilib olish va berish tomonlarning
vakolatli vakillari qatnashuvida ikki nusxada ikki tomonlama topshirish
dalolatnomasi tuzib amalga oshiriladi.
Turar joy bo'lm agan binolar va inshootlaming ijara shartnomasi
ko‘chmas mulk davlat kadastri xizmatlarida davlat ro‘yxatidan
o ‘tkaziladi. Turar jo y binolari va inshootlarining ijara shartnomasi
esa texnik inventarizatsiya byurosida davlat ro ‘yxatidan o ‘tkaziladi.
Ijara haqi ijarachi tomonidan ijaraga beruvchiga davriy yoki birato'la
faqat pul shaklda to ‘lanadigan aniq to ‘lov summasi ko‘rinishida
belgilanadi. Turar jo y b o ‘lmagan xonalar uchun ijara haqi miqdori
Qoraqalpog‘iston Respublikasining Vazirlar kengashi, viloyatlaming
va Toshkent shahrining hokimliklari tomonidan ijaraga beriladigan
davlat va kommunal mulkning turar joy bo ‘lmagan xonalar bo ‘yicha
aniqlanadigan m e’yoridan kam bo'lmasligi kerak. Shartnomada ijara
haqini to'lash davriyligi va muddati, har chorakda eng kamida bir
marta qilib, belgilanadi. Ijara to ‘lovlari bo‘yicha hisob-kitoblar ijarachi
tomonidan har bir ijara to'lovi muddatida ijaraga beruvchining talab
qilib olgunga qadar depozit hisobvarag‘iga 100 foiz miqdorida avvaldan
to ‘lash shaklida amalga oshirilishi kerak.
Ijara shartnomasiga asosan to ‘lov muddati boshlanadigan hisobot
davrida ijara summasiga ijaraga beruvchi budjet tashkilotining
buxgalteriya xizmati quyidagi buxgalteriya provodkasini tuzadi:
D ebet 178 - «B o sh q a debitorlar v a k reditorlar bilan hiso b -k ito b lar» sub-
schyoti;
K redit 4 0 0 - « M axsus va budjetdan tashqari m a b la g 'la r b o 'y ic h a daromadlan>
subschyoti.
Odam yashamaydigan xonalar bo'yicha ijara haqi miqdoriga
kommunal va foydalanish xizmatlari qiymati qo‘shilmaydi. Kommunal
va foydalanish xizmatlari qiymati ijarachi tomonidan ijaraga beruvchiga
ijara bo‘yicha to ‘lovlardan tashqari alohida qoplanadi. Bunda, agar
ijarachi binoni yoki inshootni to ‘la ijaraga olsa yoki elektr cnergiyasi,
gaz va suv sarf qilish bilan bog'liq ishlab chiqarish yoki boshqa faoliyat
bilan shug‘ullansa, kommunal xarajatlami ijarachi maxsus o ‘matilgan
elektrsubschyotchiklar, suv o'lchagichlar va gaz o ‘lchagichlarning
ko'rsatuvlari b o ‘yicha to‘laydi. Agar ijarachi binoni yoki inshootni bir
qismini ijaraga olsa va noishlab chiqarish faoliyati bilan shug‘ullansa, u
holda maxsus elektr o'lchagichlar, suv o ‘lchagichlar va gaz o ‘lchagichlar
o'matilishi talab qilinmaydi va ijaraga beruvchining kommunal va
foydalanish xizmatlari bo'yicha xarajatlari ijarachi tomonidan band qilgan
maydoniga mutanosib ravishda qoplanadi. Ijaraga beruvchi kommunal
va foydalanish xizmatlarini bajaruvchi tashkilotlar bilan hisob-kitob
qilganda kommunal va foydalanish xarajatlarini moliyalashtirish limiti
doirasida ajratilgan budjet mablag‘laridan, haqiqatda iste’mol qilingan
kommunal va foydalanish xizmatlari qiymatidan ijarachilar tomonidan
iste’mol qilingan kommunal va foydalanish xizmatlarining qiymati
ayirib tashlangan holda to‘laydi. Qolgan qismini ijaraga beruvchi
ijarachidan kommunal va foydalanish xizmatlarining to ‘lovi sifatida
olgan m ablag'lar hisobidan to‘laydi.
Budjet tashkiloti vaqtincha foydalanilmayotgan mol-mulkini ijaraga
berishdan olingan mablag‘laming 50 foizini tegishli mahalliy budjetga
yo ‘naltirishi kerak. Qolgan qismini, ya’ni vaqtincha foydalanilmayotgan
mol-mulkni ijaraga berishdan olingan mablag‘laming 50 foizini esa
budjet tashkiloti o ‘zining rivojlantirish fondiga yo'naltirishi kerak.
Ijarachidan ijaraga beruvchining bank muassasasidagi maxsus
m a b la g ia r bo‘yicha talab qilib olgunga qadar depozit hisobvarag‘iga
ijara haqi kelib tushganida, bank muassasasining ko'chirmasiga asosan
quyidagi buxgalteriya provodkasi tuziladi:
D e b e t 114 - « B udjet tashkilotini
rivojlantirish
f o n d i - b u d j e td a n tashqari
m a b la g 'la r b o 'y ic h a talab qilib o lgunga q ad ar depozit hisob-
v arag ‘i» subschyoti;
K red it 178 - «B osh q a
debito rlar
va
kreditorlar
bilan
hisob-kitoblar»
subschyoti.
Bir vaqtning o ‘zida, vaqtincha foydalanilmayotgan mol-mulkni
ijaraga berishdan olingan m ablag‘laming 50 foizini tegishli budjctga
y o ‘naltirish kerak bo‘lgan summaga, quyidagi ikkinchi buxgalteriya
provodkasi tuziladi:
D eb et 4 00 - «M axsus va b u d je td an tashqari m a b lag ‘lar b o 'y ic h a darom adlar»
subschyoti;
K red it 173 - «B udjet to 'lo v ia rig a d o ir hisob-kitoblar» subschyoti.
Ijaraga beruvchining talab qilib olgunga qadar depozit hisobvarag‘iga
ijara to io v lari tushgandan so‘ng, ijaraga beruvchi 5 bank kuni
mobaynida xizmat k o ‘rsatuvchi bank muassasasiga tegishli budjetga
o ‘tkazilishi kerak b o ig a n summaga to‘lov topshirig‘ini taqdim etishi
kerak. Budjetga, budjet tashkilotiga kelib tushgan ijara haqining 50 foizi
o ‘tkazib berilganida, bank muassasasining ko'chirmasiga asosan, budjet
tashkilotining buxgalteriya xizmati quyidagi buxgalteriya provodkasini
tuzadi:
D e b e t 173 - « B u d jet to 'lo v ia rig a d oir hisob-kitoblar» subschyoti;
K red it 114 - « B udjet tashkilotini
rivojlantirish
f o n d i - b u d j e td a n
tashqari
m a b la g 'la r b o 'y ic h a talab qilib olgunga q ad ar depozit h is o b v a ra g 'i»
subschyoti.
Ijara toiovlarining to ia n ish i 30 kalendar kundan ortiq muddatga
kechiktirilganda ijaraga beruvchi ijarachining nomiga yozma bildirish
xatini yuborishi kerak. Bildirish xatida ijara toiovlarini amalga oshirish
zarurligi eslatiladi va ijarachidan (ijara toiovlarining toianishini
kechiktirish 60 kundan ortib ketsa) tegishli zararlami qoplatib, bir
tomonlama tartibda ijara shartnomasini bekor qilish mumkinligi haqida
ogohlantiriladi.
Shuni hisobga olish kerakki, mulkni ijarachiga berishga tayyorlashga
ijaraga beruvchi to‘la javob beradi, mulkni ijaraga beruvchiga qaytarishga
tayyorlashga esa ijarachi to ‘la javob beradi.
Davlat mulki ijara shartnomasini rasmiylashtirishda va tuzishda
qonunchilik talablariga rioya qilinishiga budjet tashkilotining rahbari
va bosh buxgalteri javobgardir. Ijara shartnomalari b o ‘yicha ijara
to‘lovlarining o ‘z vaqtida kelib tushishini ta’minlashga ijaraga beruvchi
budjet tashkilotining rahbari javobgardir.
4. B U D JE T T A S H K IL O T L A R ID A M A T E R IA L
Z A X IR A L A R H ISO BI
Budjet tashkilotining material zaxiralari tarkibiga qurilish materiallari,
o‘matiladigan uskunalar, materiallar, oziq-ovqat mahsulotlari, yoqilg‘i
va yonilg‘ilar, ozuqa, yem-xashak, idishlar, mashina va uskunalar uchun
ehtiyot qismlar, yordamchi xo'jalik mahsulotlari va buyumlari, yosh
hayvonlar va boquvdagi mollar, o ‘quv, ilmiy va boshqa maqsadlar uchun
mo‘ljallangan materiallar hamda laboratoriya sinovida bo‘lgan va uzoq vaqt
foydalaniladigan materiallar, xo‘jalik shartnomasi asosida bajarilayotgan
ilmiy-tadqiqot ishlarida qoMlaniladigan maxsus uskunalar kiradi.
Ishlab chiqarish (o‘quv) ustaxonalarining buyumlari haqiqiy tannarxi
bo‘yicha hisobga olinadi, yordamchi xo‘jaliklaming mahsulotlari va
buyumlari esa yillik kalkulatsiyasi tuzilganiga qadar rejadagi tannarxi
bo'yicha hisobga olinadi. 0 ‘zining xo'jaligidagi nasldor hayvonlardan
olingan yosh chorva mollari rejadagi baholarda hisobga olinadi, keyingi
yilga o ‘stirish va bo‘rdoqiga boqish uchun o'tkazilayotgan yosh chorva
mollari, shuningdek, hisobot yilida asosiy podaga o ‘tkazilayotgan yosh
chorva mollari haqiqiy tannarxi bo‘yicha baholanadi. Materiallar va
oziq-ovqat mahsulotlari ulami sotib olish qiymati b o ‘yicha hisobga
olinadi. Materiallar va oziq-ovqat mahsulotlari chakana ulgurji savdo
qiluvchi baza va magazinlardan sotib olinganda belgilangan tartibda
savdo chegirmasi berilganda bunday chegirmalar alohida hisobga olinadi,
211
balansda esa chegirma summa chiqarib tashlangan chakana baholari
b o ‘yicha k o ‘rsatiladi. Materiallami va oziq-ovqat mahsulotlarini tashib
keltirish uchun yollangan transport bo‘yicha xarajatlar sotib olingan
qiymatliklaming qiymati ko‘payishiga kiritilmaydi, balki bu qiymatliklar
qaysi m a b la g ia r hisobidan sotib olingan b o isa , o ‘sha xarajatlar moddasi
bo ‘yicha hisobdan chiqariladi.
T o io v talabnomalarining schyotlarini aksept qilishdan rad etilishi
yoki boshqa sabablar natijasida m as’ul saqlashga qabul qilingan material
qiymatliklaming qiymati tegishli hujjatlarda ko‘rsatilgan baholar
bo‘yicha balansdan tashqari schyotda hisobga olinadi.
0 ‘quv ustaxonalarida va yordamchi qishloq xo‘jaliklarida ishlab
chiqarish qoldiqlari xo'jalikning baholovchi komissiyasi tomonidan
o ‘rtacha bozor baholari asosida aniqlaniladigan ulardan foydalanilishi
mumkin b o ig a n belgilangan tartibda tasdiqlanadigan baholar b o ‘yicha
komissiya tomonidan baholanadi.
Barcha material qiymatliklaming butligini ta ’minlash hamda
ishlatilishi va to ‘g ‘ri foydalanilishi ustidan nazorat, ta’minlash, zaxiralar
va xarajatlaming belgilangan m e ’yorlariga qat’iy rioya qilish, belgilangan
tartibda sotilishi lozim b o ig a n foydalanilmayotgan materiallami o ‘z
vaqtida aniqlash, tashkilot omborlarda mavjud b o ig a n qoldiqlar haqida
aniq m a iu m o t olish budjet tashkilotlarining material zaxiralar hisobi
b o ‘yicha asosiy vazifalari hisoblanadi.
Material qiymatliklaming butligini va hisobini to‘g ‘ri y o i g a qo'yish
maqsadida ombor hisobini tegishli tartibda tashkil qilish kerak b o iad i.
Material qiymatliklami saqlash maxsus moslashtirilgan bino (ombor)
larda amalga oshirilishi kerak. Material qiymatliklami qabul qilib olish,
saqlash va berish javobgarligi tashkilotning rahbari b u y ru g i bilan
tayinlangan material javobgar shaxslarga yuklatiladi. Bu shaxslami
almashtirish omborlami inventarizatsiya qilish va tashkilotning rahbari
tomonidan tasdiqlanadigan qabul qilish-topshirish dalolatnomasini tuzish
orqali amalga oshiriladi.
Buxgalteriya xizmatida material qiymatliklaming hisobi miqdor va
summa ifodasida materiallaming nomlari va javobgar shaxslar bo‘yicha
yuritiladi. Material qiymatliklar ulami sotib olish qiymati bo'yicha yoki
chakana baholar bo‘yicha hisobga olinadi. Omborda material qiymatliklar
hisobi material javobgar shaxs tomonidan materiallarni omborda 17-
shakldagi hisobga olish kitobida faqat nomlari, navlari, bahosi va
miqdori bo'yieha yuritiladi. Buxgalteriya xizmati omborga material
qiymatliklaming kelib tushishi va ombordagi material qiymatliklaming
sarflanishi ustidan muntazam nazorat o ‘matadi, shuningdek, material
qiymatliklaming hisobi b o ‘yicha o ‘zining yozuvlarini omborda qayd
ctilgan yozuvlar bilan solishtirib turadi.
Material zaxiralar joriy buxgalteriya hisobi subschyotlarida va
balansda ulami sotib olish baholari bo ‘yicha hisobga olinadi.
Materiallarni ombordan bcrish tashkilotning rahbari tomonidan
tasdiqlangan hujjatlar bo‘yicha amalga oshiriladi.
Qaytariladigan yoki almashtiriladigan idishlaming (bochkalar,
bidonlar, yashiklar, butilkalar va shunga o ‘xshashlar) bo‘shlari ham,
material qiymatliklar bilan band bo‘lib turganlari ham tegishli gumh
va turlari bo'yicha mol yetkazib bcruvchining schyotlarida ko‘rsatilgan
baholarda hisobga olinadi. Idishlar qaytarilganda yoki sotilganda ulami
sotib olish bahosi bilan ulami sotish bahosi o ‘rtasidagi farq tashkilotning
haqiqiy xarajatlariga qo'shiladi.
Material zaxiralar hisobini olib borish uchun quyidagi ikkinchi
tartibli schyotlar (subschyotlar) tayinlangan:
040 - « 0 ‘matiladigan uskunalar» subschyoti;
041 - «Kapital qurilish uchun qurilish materiallari» subschyoti;
043 - «Ilmiy-tadqiqotlarda va laboratoriya sinovlarida uzoq vaqt
foydalaniladigan materiallar» subschyoti;
044 - «Shartnoma asosida bajariladigan ilmiy-tadqiqot ishlari uchun
maxsus uskunalar» subschyoti;
050 - «Yosh chorva mollari va b o ‘rdoqiga boqilayotgan mollar»
subschyoti;
060 - « 0 ‘quv, ilmiy va boshqa maqsadlar uchun materiallar»
subschyoti;
061 - «Oziq-ovqat mahsulotlari» subschyoti;
062 - «Dori-darmonlar va yara bog'lash vositalari» subschyoti;
063 - «Xo‘jalik materiallari va idora buyumlari» subschyoti;
064 - «Yonilg‘i, yoqilg‘i va moylash materiallari» subschyoti;
065 - «Ozuqa va yem-xashak» subschyoti;
066 - «Idishlar» subschyoti;
067 - «Boshqa materiallar» subschyoti;
068 - «Y o'ldagi materiallar» subschyoti;
069 - «Mashina va uskunalar uchun ehtiyot qismlar» subschyoti.
Material zaxiralaming hisobini olib borish uchun tayinlangan hamma
subschyotlar aktiv subschyotlardir.
Do'stlaringiz bilan baham: |