Budjet hisobi


B I R I N C H I B O ‘L I M



Download 10,46 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/246
Sana01.02.2022
Hajmi10,46 Mb.
#424247
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   246
Bog'liq
budjethisobi

B I R I N C H I B O ‘L I M  
M U Q A D D I M A
B I R I N C H I B O B .
B U D J E T H I S O B I N I N G P R E D M E T I V A U S L U B I
1. B U D JE T H IS O B IN IN G P R E D M E T I
Davlat budjcti har yili mamlakat Oliy Majlisining sessiyasida ko'rib 
chiqiladi va tasdiqlanadi. Davlat budjetida milliy daromadning katta qismi 
markazlashtiriladi. U taqsimlanadi va ishlab chiqarishni kengaytirish va 
boshqa ijtimoiy ehtiyojlami qondirish uchun yo'naltiriladi. Bularning 
hammasi davlat budjeti daromadlari o ‘z vaqtida to‘la kelib tushishini va 
budjet m ablagiarining maqsadli sarflanishini taqozo qiladi. Buni to‘g ‘ri 
tashkil qilingan davlat budjeti ijrosi jarayonining buxgaltcriya hisobigina 
ta’minlashi mumkin.
Budjet hisobi davlat budjeti ijrosining buxgalteriya hisobidir. 
Budjet hisobi davlat budjcti ijrosi bilan b o g ‘liq b o ‘lgan ham m a 
operatsiyalarni qamrab oladi va m azkur ijro jarayonida budjetning 
holatini tavsiflashni ta ’minlaydi. Budjet hisobi orqali xalq x o ‘jaligi 
hamma tarm oqlarining davlat budjeti bilan o ‘zaro aloqasi aks 
ettiriladi. Buxgalteriya hisobi vositasida bank m uassasalaridagi 
hisobvaraqlarda budjetning pul m ablag 'lari, darom adlari va xara- 
jatlari, hisob-kitoblardagi m a b la g ia r, budjet ijrosi jarayonida tashkil 
qilinadigan fondlar va zaxiralar ham da budjet tashkilotlarining moddiy 
qiymatliklari aks ettiriladi. Budjetning darom adlari, xarajatlari va 
pul m ablag‘lari, budjet ijrosi jarayonida ularning harakati hamda 
budjetdan m oliyalashtiriluvchi tashkilotlarning m oddiy qiym atliklari 
budjet hisobining bevosita obyektlari hisoblanadi.
Mahalliy budjetlami, respublika \ budjetini va mamlakatning
umuman davlat budjetini d a ro m a d la rva xarajatlar bo‘yicha rejasining 
bajarilishini o ‘z vaqtida, to‘la va aniq qayd qilishni ta’minlash budjet 
hisobining vazifasi hisoblanadi. 
'
Budjet ijrosi jarayo n i-dav lat budjeti ijrosi buxgalteriya hisobining 
predmetidir. Davlat budjeti ijrosinirig buxgalteriya hisobi yordamida


mam lakat barcha mustaqil budjetlarining ijrosi hisobi va budjet 
tashkilotlari xarajatlari smetalari ijrosining hisobi amalga oshiriladi.
2. B U D JE T H ISO B IN 1N G O B Y E K T L A R I
Budjetning daromadlari va xarajatlari budjet hisobining asosiy 
obyektlari bo‘lib hisoblanadi. Shuning uchun ham ulaming budjet ijrosi 
jarayonining ayrim bosqichlaridagi hisobi muhim ahamiyatga ega.
Davlat budjeti daromadlari iqtisodiy mazmuni bo‘yicha:
1) yuridik shaxslardan tushgan mablag‘lar;
2) jismoniy shaxslardan tushgan mablag‘larga bo‘linadi.
Davlat budjeti daromadlari budjetga tushish tavsifi bo‘yicha:
1) soliqlar sifatidagi tushumlar;
2) nosoliq tushumlarga bo ‘linadi.
Davlat budjeti daromadlari ulaming hisoblanish va kelib tushish 
davrlari bo‘yicha:
1) hisoblangan daromadlar;
2) kassa daromadlariga bo ‘linadi.
D a v la t b u d je tin in g h iso b la n g a n d a ro m a d la r i. Budjetning 
k assa organiga kelib tushguniga qadar davlat soliq hamda moliya 
organlari tom onidan hisoblanishi kerak b o ‘lgan daromadlar d a v la t 
b u d je tin in g h iso b la n g a n d a ro m a d la r i, deb ataladi. Davlat soliq va 
m oliya organlarida hisoblangan darom adlarning faqat tezkor hisobi 
olib boriladi.
Davlat budjetining kassa darom adlari. Budjetning bankdagi 
schyotlariga haqiqatda kelib tushgan daromadlar davlat budjetining kassa 
darom adlari, deb ataladi. Kassa daromadlari budjetning daromad qismining 
bajarilish darajasini belgilaydi. Shuning uchun ham budjet daromadlarining 
tushumida faqat kassa daromadlari bo‘yicha baho beriladi.
D av lat b u d jetin in g kassa x a ra ja tla ri. Budjetning bankdagi 
schyotlaridan budjetda ko ‘zda tutilgan xarajatlargagina mablag1 beriladi. 
Budjet mablag‘lari naqd pul sifatida hamda pulsiz hisob-kitoblar y o ‘li 
bilan berilishi mumkin. Budjetning bankdagi schyotlaridan bank 
muassasalari tomonidan berilgan summalar dav lat budjetining kassa 
x a ra ja tla ri, deb ataladi.


Davlat budjetining haqiqiy xarajatlari. Budjet mablag'lari 
hisobidan haqiqatda qilingan xarajatlar summasi hamda hisoblangan 
yoki haqiqatda qilingan, ammo hali to'lanmagan xarajatlar davlat 
budjetining haqiqiy xarajatlari deb ataladi. Budjetning haqiqiy 
xarajatlari moliya organlarida hisobga olinmaydi. Haqiqiy xarajatlar 
hisobi faqat bu xarajatlaming paydo boMish joylaridagina, ya’ni budjet 
tashkilotlarida va xo‘jalik yurituvchi subyektlarda olib boriladi.
Moliya organlari kassa xarajatlari haqidagi ma’lumotlami bank 
muassasalaridan, haqiqiy xarajatlar haqidagi ma’lumotlami esa budjet 
tashkilotlaridan va xo‘jalik yurituvchi subyektlardan oladi.
Hisoblangan va kassa daromadlar, kassa va haqiqiy xarajatlar budjet 
ijrosi jarayonining turli bosqichlarini tavsiflaydi. Moliya organlari budjet 
ijrosini kassa daromadlari va xarajatlarida qayd etadi.
3. B U D J E T T A S N I F I N I N G A N A L I T I K
H I S O B D A G I A H A M I Y A T I
Davlat budjeti ijrosida qatnashuvchi barcha organlarda davlat 
budjetining daromadlari va xarajatlarini hisobga olish asosida budjet 
tasnifi yotadi. Budjet tasnifi davlat budjetini tuzish, ko‘rib chiqish, qabul 
qilish hamda ijro etish maqsadida budjet ma’lumotlarini bir tizimga solish 
uchun foydalanish va u budjet ma’lumotlari xalqaro tasnif tizimlarining 
aynan shunday ma’lumotlari bilan qiyoslanishini ta’minlash maqsadida 
davlat budjeti tuzilmasiga kiruvchi budjetlar daromadlari va xarajatlarini, 
shuningdek uning taqchilligini moliyalashtirish manbalarini guruhlash 
hisoblanadi. Budjet tasnifi hamma budjetlami bir yagona davlat budjetiga 
jamlash imkoniyatini yaratadigan asosiy tashkiliy ftmksiyani amalga 
oshirishuvchi hujjatgina bo'lib qolmay, u katta iqtisodiy ahamiyatga 
ham egadir. Tasnifda davlat budjeti daromadlari va xarajatlari bir xil 
alomatlari bo‘yicha guruhlanadi va ular bo‘linmalar deb yuritiladi. 
Boiimlar, paragraflar, boblar va moddalar budjet tasnifi bo'linmalari 
hisoblanadi.
Budjet tasnifi qonunchilikda belgilangan tartibda 0 ‘zbekiston 
Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi. 
Turli darajadagi budjetlar yagona budjet tasnifi ko‘rsatkichlari doirasida


shakllantiriladi va ijro etiladi, y a ’ni tasnif obyektlariga berilgan 
guruhlashtirish kodlari bo‘yicha daromadlar va xarajatlar guruhlanadi.
Budjet tasnifi:
1) budjet daromadlari;
2) budjet xarajatlarining vazifa jihatidan;
3) budjet xarajatlarining tashkiliy;
4) budjet xarajatlarining iqtisodiy;
5) davlat budjeti taqchilligini moliyalashtirish manbalari tasniflarini 
o ‘z ichiga oladi.

Download 10,46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   246




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish