Budjet tashkilotlarida asosiy vositalar hisobi quyidagi ikkinchi
tartibli schyotlarda (subschyotlarda) olib boriladi:
010-«Binolar» subschyoti;
01 l-«Inshootlar» subschyoti;
012-«Uzatkich qurilmalari» subschyoti;
013-«Mashinalar va uskunalar» subschyoti;
015-«Transport vositalari» subschyoti;
016-«Asboblar, ishlab chiqarish (jihozlari bilan birga) va xo‘jalik
inventarían» subschyoti;
017-«Ishchi va mahsuldor hayvonlar» subschyoti;
018-«Kutubxona fondlari» subschyoti;
019-«Boshqa asosiy vositalar» subschyoti.
Asosiy vositalar hisobi uchun xizmat qiladigan
barcha subschyotlar
aktiv subschyotlardir.
010-«Binolar» subschyotida ishlab chiqarish, m a’muriy, ijtimoiy-
maishiy, uy-joy binolari (binolar tarkibiga ulardan m e’yorida foydalanish
uchun zamr b o ‘lgan barcha kommunikatsiyalar kiradi).
011-«Inshootlar»
subschyotida stadionlar,
basseynlar, y o ‘llar,
k o ‘priklar, yodgorlik haykallari, parklar, xiyobonlar va jam oat
bog‘larining to ‘siqlari va boshqalar hisobga olinadi.
012-«Uzatkich qurilmalari» subschyotida elektr uzatish tarmoqlari,
transformatsiya va energiya o ‘tkazish uchun hamda suyuq va gazsimon
moddalami truboprovodlar bo'yicha iste’molchilargacha
bir joydan
boshqa joyga o ‘tkazish uchun kerakli bo‘lgan tegishli barcha oraliq
moslamalari bilan birga transmissiyalar va truboprovodlar hisobga
olinadi.
013-«Mashinalar va uskunalar» subschyotida kuchlanish mashina-
lari va uskunalar, ish mashinalari va uskunalar, o ‘lchov asboblari, mun-
tazamlashtirib turuvchi asboblar va qurilmalar,
laboratoriya uskunalari,
meditsina uskunalari, boshqa mashinalar va uskunalar. Boshqa
mashinalar va uskunalarga: stadionlar, sport maydonlari va sport binolari
jihozlari; o ‘quv yurtlaridagi kabinetlar va ustaxonalaming jihozlari;
musiqa asboblari, videoapparaturalar, videoikkiliklar, videopleyerlar,
televizorlar,
radioapparaturalar, uyali aloqa apparatlari, radiotelefonlar,
peydjerlar, ilmiy ishlar bilan shug'ullanuvchi ilmiy-tadqiqot tashkilotlari
va boshqa tashkilotlaming maxsus uskunalari, ATs jihozlari, o ‘t o'chirish
mashinalari, o ‘t o ‘chiruvchi avtotsistemalar, o ‘t o ‘chirishda ishlatiladigan
mexanik narvonlar, kir yuvadigan va tikuv mashinalari, muzlatkichlar,
chang yutgichlar, konditsionerlar, m ikroto‘lqinli
pechkalar va boshqalar
kiradi.
015-«Transport vositalari» subschyotida odamlami va yuklami
tashishga m o'ljallangan barcha turdagi vositalar hisobga olinadi.
016-«Asboblar, ishlab chiqarish (jihozlari bilan birga) va xo'jalik
inventarían» subschyotida uskunalar, ishlab chiqarish inventarían va
jihozlari hamda xo‘jalik inventarían hisobga olinadi.
017-«Ishchi va mahsuldor hayvonlar» subschyotida ishchi kuchi
sifatida ishlatiladigan hayvonlar (otlar, tuyalar, eshaklar va boshqa
ishchi hayvonlar) va mahsulot (bola, sut, jun va boshqalar) beradigan
hayvonlar (sigirlar, xo‘kizlar, zotdor biyalar, qo‘ylar va boshqalar)
hisobga olinadi.
018-«Kutubxona fondlari» subschyotida kitoblaming ayrim nusxalari
qiymatidan qat’iy nazar, ilmiy, badiiy va o ‘quv adabiyotlari, adabiyotning
maxsus turlari va boshqa nashrlar hisobga olinadi.
019-«Boshqa asosiy vositalar» subschyotida ko‘p yillik daraxtlar va
ekinlar (ko‘kalamzorlashtirish,
dekorativ, mevali daraxtlar, o ‘tqazilgan
daraxat va jonli izgorodlar), erlami yaxshilashga oid kapital xarajatlar,
qiymati va xizmat qilish muddatidan qat’iy nazar, qishloq ho‘jalik
mashinalari va qurollari, muzey qiymatliklari (muzey eksponatlaridan
tashqari), hayvonot bog‘lari va shunga o ‘xshash tashkilotlardagi
hayvonat olami eksponatlari, namunaviy loyihalash b o ‘yicha hujjatlar
va boshqalar yuqorida keltirilgan asosiy
vositalami hisobga oluvchi
subschyotlarda hisobga olinishi ko‘rsatilmagan asosiy vositalar hisobga
olinadi.
Yangi asosiy vositalami sotib olish va ulaming eskirganini qayta tiklash
bilan bog‘liq barcha xarajatlar budjetdan olingan mablag‘lar hisobidan
amalga oshiriladi. Asosiy vositalaming boshlang‘ich (qayta tiklash) qiymati,
hisoblangan eskirish summasi va asosiy vositalaming qoldiq qiymati
balansning uzoq muddatli aktivlar qismidagi tegishli moddalarda qayd
qilinadi. Asosiy vositalaming qoldiq qiymati deganda asosiy vositalaming
boshlang'ich (qayta tiklash) qiymatidan yig‘ilgan eskirish summasini
chegirish natijasida hosil bo‘lgan qiymat tushuniladi.
Budjet tashkilotlarida asosiy vositalar qiymatiga teng miqdorda fond
tashkil etiladi, bu fondni hisobga olish uchun ikkinchi tartibli passiv 250-
«Asosiy vositalardagi fond» schyoti (subschyoti) qo ‘llaniladi. «Asosiy
vositalar» schyotlarida k o ‘rsatilgan asosiy vositalaming summasi,
asosiy vositalaming eskirishi
summasini hisobga olgan holda, 250-
«Asosiy vositalardagi fond» subschyotining summasiga hamma vaqt
teng b o ‘lishi kerak.
Asosiy vositalar budjet tashkilotiga (omborga) kelib tushganda
moddiy javobgar shaxs mol yetkazib beruvchining hujjatida yoki qabul
qilib olish dalolatnomasida ana shu qiymatliklami qabul qilib olgani
haqida imzo ehekishi kerak.
Asosiy vositalar sotib olinganida ulami sotib olish qiymatlariga
quyidagi buxgalteriya provodkasi tuziladi:
D e b e t 010-013, 015-019 -« A so siy vositalar» subschyotlari;
K redit 178 - «B o sh q a
debito rlar
va
kreditorlar
bilan
hisob-kitoblar»
subschyoti.
Bir vaqtning o ‘zida quyidagi ikkinchi buxgalteriya provodkasi
tuziladi:
D e b e t 2 00 - «T ashkilotni saq lash g a v a boshqa ta d birlarga budjet b o 'y ic h a
xarajatlar» su b sc hyoti
Do'stlaringiz bilan baham: