Budjet hisobi


M ateriallar va oziq-ovqat m ahsulotlari hisobi



Download 10,46 Mb.
Pdf ko'rish
bet120/246
Sana01.02.2022
Hajmi10,46 Mb.
#424247
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   246
Bog'liq
budjethisobi

M ateriallar va oziq-ovqat m ahsulotlari hisobi
Reaktivlar va ximikatlar, oyna va kimyoviy idishlar, metallar, elektr 
va radio materiallari, radiolampalar, fotobuyumlar, o'quv dasturlari 
hamda qo‘llanma va ilmiy ishlami nashr qilish uchun qog'ozlar, tajriba 
qilinadigan hayvonlar hamda o ‘quv maqsadlari va ilmiy-tadqiqot ishlari 
uchun mo'ljallangan boshqa materiallar 0 6 0 -« 0 ‘quv, ilmiy va boshqa 
maqsadlar uchun materiallar» subschyotida hisobga olinadi.
Smetalarida ovqatlanish xarajatlariga m ablag‘lar ko‘zda tutilgan 
budjet 
tashkilotlarida 
oziq-ovqat 
mahsulotlari 
061-«Oziq-ovqat 
mahsulotlari» subschyotida hisobga olinadi. Kelib tushgan oziq-ovqat 
mahsulotlar 300-shakldagi oziq-ovqat mahsulotlarining kirimi bo‘yicha 
yig ‘ma vedomostda yuritiladi. Vedomost har bir moddiy javobgar shaxs 
bo'yicha alohida tuziladi. Oziq-ovqat mahsulotlarining sarflanishi hisobi 
399-shakldagi oziq-ovqat mahsulotlarining sarflanishiga doir yig‘ma 
vedomostda yuritiladi. Bu vedomost moddiy javobgar shaxslar b o ‘yicha 
tuziladi. Oy tugagandan keyin vedomostda sarflangan oziq-ovqat 
mahsulotlarining qiymatini aniqlash uchun xizmat qiladigan jamlamalar 
hisoblanadi. Oziq-ovqat mahsulotlarining analitik hisobi ulaming nomlari, 
navi, miqdori, bahosi va moddiy javobgar shaxslar bo‘yicha M-44 
shakldagi aylanma vedomostlarda yuritiladi. Aylanma vedomostlarga 
yozuvlar 300-shakldagi va 399-shakldagi yig‘ma vedomostlar va oziq- 
ovqat mahsulotlarining kirim va chiqimiga doir boshqa hujjatlar asosida 
amalga oshiriladi. Har oyda aylanma vedomostlarda aylanmalar hisoblab 
chiqiladi va oy boshiga qoldiq chiqariladi.


Smetalarida dori-darmonlar va yara bog'lash vositalarini xarid 
qilishga 
m ab la g ia r 
ko‘zda 
tutilgan 
kasalxonalarda, 
davolash- 
profilaktika, davolash-veterinariya va boshqa tashkilotlarda dori- 
darmonlar, komponcntlar, bakteriyali preparatlar, zardoblar, vaktsinalar, 
qon va yara b o g ia s h vositalari 062-«Dori-darmonlar va yara b og‘lash 
vositalari» subschyotida hisobga olinadi.
Tashkilotning kundalik ehtiyojlari uchun foydalaniladigan x o ‘jalik 
materiallari va idora buyumlari, joriy va kapital ta’mirlash uchun 
m oijallangan qurilish materiallari 063-«Xo‘jalik materiallari va idora 
buyumlari» subschyotida hisobga olinadi. Bu qiymatliklaming xarid 
qilinganligini va olinganligini tasdiqlovchi hujjatlarda shu materiallami 
oigan shaxsning imzosi bo‘lishi kerak.
Omborlardagi, shuningdek, bevosita material javobgar shaxslarda 
turgan barcha turdagi yonilg‘i, yoqilg'i va moylash materiallari 064- 
«Yonilg'i, yoqilg‘i va moylash materiallari» subschyotida hisobga 
olinadi.
Chorva mollari va va hayvonlar uchun pichan, suli va yem-xashak 
va boshqa ozuqa turlari 065-«0zuqa va yem-xashak» subschyotida 
hisobga olinadi. Bu subschyot yordamchi qishloq xo‘jaligi bo'lgan 
budjet tashkilotlarida qo‘llaniladi.
Qaytariladigan yoki almashtiriladigan idishlar, ichi bo‘sh yoki 
material qiymatliklari borligidan qat’iy nazar, 066-«Idishlar» subschyotida 
hisobga olinadi.
Urug‘lar, o ‘g ‘itlar va boshqa materiallar 067-«Boshqa materiallar» 
subschyotida hisobga olinadi. Budjet tashkilotida budjet bo'yicha 
xarajatlar smetasi hisobidan saqlanadigan ishchi otlar bo‘lganda 
toychoqlar ham bu subschyotda hisobga olinadi.
Tashkilotlarda 060, 0 6 3 -0 6 7 subschyotlar b o ‘yicha materiallaming 
analitik hisobi 296-a -shakldagi kartochkalar(kitob)da ulaming nomlari, 
miqdori, bahosi va qiymati hamda material javobgar shaxslar b o ‘yicha 
yuritiladi. Kartochkalar har bir subschyot uchun alohida yuritiladigan 
279-shakldagi Kartochkalar reestrida ro‘yxatga olinadi. Kartochkalar 
kartotekada, unda ular subschyotlar bo ‘yicha ulaming ichida esa material
715


javobgar shaxslar b o ‘yicha bo‘linib saqlanadi. Material zaxiralar 
hisobining kartochkalari har yili yoki ikki yilda bir marta kartochkalar 
reestri, registrlar va boshqa buxgalteriya hujjatlari bilan birgalikda 
tikilgan holda arxivga topshiriladi.
Boshqa shaharda joylashgan mol yetkazib beruvchilar tomonidan 
tashkilot nomiga yuborilgan, ammo tashkilot omboriga oyning oxirida 
kelib tushmagan materiallar 068-«Yo‘ldagi materiallar» subschyotida 
hisobga olinadi. Yo‘ldagi materiallaming analitik hisobi alohida-alohida 
mol yetkazib beruvchilar bo'yicha 296-a shakldagi kartochkalarda 
yuritiladi.
Mashinalar, 
uskunalar, 
traktorlar, 
kombaynlar 
va 
transport 
vositalaridagi eskirgan qismlarni ta’mirlash va almashtirish uchun 
m o ‘ljallangan ehtiyot qismlar 069-«Mashina va uskunalar uchun 
ehtiyot qismlar» subschyotida hisobga olinadi. Ehtiyot qismlaming 
analitik hisobi 296-a-shakldagi kartochkalar(kitob)da ulaming nomlari, 
rusumlari, zavod raqamlari, baholari, miqdori va qiymati hamda material 
javobgar shaxslar bo‘yicha yuritiladi.
Maxsus m ablag1 hisobidan sotib olinadigan material zaxiralaming 
analitik hisobi budjet m ablag1 lari hisobidan sotib olinadiganlarining 
analitik hisobi yuritiladigan hisob registrlarida, ammo budjet bo'yicha 
operatsiyalardan alohida, yuritiladi.
Materiallar va oziq-ovqat mahsulotlari sotib olinganida ularni sotib 
olish qiymatiga quyidagi buxgalteriya provodkasi tuziladi:
D ebet 060-069 -« M ateriallar va oziq-ovqat m ahsulotlari» subschyotlari;
K redit 178 - «B osh q a d ebitorlar va kreditorlar bilan hisob-kitoblar» sub- 
schyoti.
Materiallar va oziq-ovqat mahsulotlari mol yetkazib beruvchilardan 
keltirish bilan bog‘liq xarajatlar summasiga quyidagi buxgalteriya 
provodkasi tuziladi:
D ebet 200 - «T ash k ilo tn i saq lashga va boshqa tadbirlarga bu d je t b o 'y ic h a
x arajatlar» subschyoti 

Download 10,46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   246




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish