Bu esa har yerda, deyarli har kuni sodir bo‘lmoqda. Masalan


Uchinchi sabab. Yerni xususiy mulk qilib olish imkoniyati yo‘qligi



Download 34,11 Kb.
bet5/7
Sana06.01.2022
Hajmi34,11 Kb.
#322287
1   2   3   4   5   6   7
Uchinchi sabab. Yerni xususiy mulk qilib olish imkoniyati yo‘qligi. Yerga nisbatan xususiy mulk institutining joriy etilishi oddiy insonlar va tadbirkorlarga o‘z huquqlari va manfaatlarini himoya qilish uchun muhim baza yaratilishiga, yerdan foydalanish samaradorligi oshishiga sabab bo‘lar edi.

Biroq, shuni tushunish kerakki, xususiy mulkning formal e'lon qilinishi uning haqiqatda ham paydo bo‘lishini anglatmaydi. Avvalgi ikki punktda tilga olib o‘tilgan (ya'ni, mulk huquqini amalga oshirish protseduralarini tartibga solish hamda iqtisodiyotni ma'muriy tartibga solishdan voz kechish) masalalarni yechmasdan, yerga nisbatan har qanday xususiy mulk da'vosi osongina uydirmaga aylanadi.

Boshqa tomondan, toki yerning xususiy mulk qilib berish jarayoni boshlanmas, yangi mulkdorlar jamoat diskussiyalari, deputatlarga so‘rovlar, prezidentga shikoyat, ko‘plab sud jarayonlari doirasida o‘z huquq va manfaatlarini himoya qilmas ekan, shu ongacha mulk huquqini himoyalashning real mexanizmlari paydo bo‘lmaydi. Faqatgina mulkdorlarning o‘zi o‘zining faol fuqarolik pozitsiyasi orqali hokimiyatni mulk huquqini himoyalovchi huquqiy va siyosiy institutlarni shakllantirishga majburlay oladi.

Shuning uchun ham qishloq xo‘jaligiga daxldor bo‘lmagan, ham qishloq xo‘jaligiga taalluqli bo‘lgan yerlarning xususiy mulki institutni shakllantirish, shuningdek, yerni xususiylashtirish jarayonini boshlash juda muhim. Bu jarayonlar O‘zbekistonda o‘z huquq va manfaatlarini himoya qilishga tayyor mulkdorlarning kuchli va katta sinfi paydo bo‘lishiga turtki bo‘ladi. 



To‘rtinchi sabab. Tiyib turish va qarama-qarshi turish mexanizmlari ishining yomonligi yoki mutlaqo yo‘qligi, mulk va bitimlarning sud orqali himoya qilish tizimining samarasizligi. Yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan muammolar hokimiyatlarning (qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud) mavjud bo‘linish mexanizmlarining samarasizligiga, qarorlar qabul qilishning markazlashtirilish darajasi juda yuqoriligiga, fuqarolik jamiyati institutlarining, mustaqil OAVning kuchsizligi va rivojlanmaganiga judayam bog‘liq. Mustaqil va samarali qonun chiqaruvchi va sud hokimiyati organlari, fuqarolik jamiyati, OAV mulk huquqini himoyalashning ta'sirchan qoidalari yaratilishiga qayg‘urishi, fuqarolar va biznesni mansabdorlarning zo‘ravonligidan himoyalashi kerak. Lekin amaliyotda bunday bo‘lmayapti, bo‘lsa ham ahyon-ahyonda, istisno tarzida ro‘y bermoqda.

Biz mavjud demokratik institutlarni (hozircha ular ko‘proq imitatsion institutlar) real mohiyat bilan to‘ldirish ustida katta ishlarni amalga oshirishimiz kerak. Buning uchun quyidagilar zarur:



  • Yuqorida tilga olib o‘tilgan ma'muriy islohot va unga qo‘shimcha ravishda qarorlar qabul qilishning markazlashtirilishidan xalos etish;

  • Sud islohoti;

  • Siyosiy islohot (vakillik va ijro etuvchi hokimiyatlar o‘rtasida funksiyalar va vakolatlarning aniq-tiniq taqsimlanishi va qayta taqsimlanishi, partiyaviy qurilish, saylovlar, mahalliy hokimiyat organlarining aholiga bo‘ysunishi va h.k);

  • Fuqarolik jamiyati institutlari va mustaqil ommaviy axborot vositalarini rivojlantirish.

Shunday qilib, mulk huquqini himoya qilish va uni mustahkamlash borasida oldimizda juda katta ishlar turibdi. Biz hali bu yo‘lning eng boshidamiz. 

Xususiy mulkka bo‘lgan huquqning kafolati
So‘ngi yillarda fuqarolarning xususiy mulkka bo‘lgan huquqlarini himoya qilish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylandi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev taʼbiri bilan aytganda, “Biz jismoniy va yuridik shaxslarning mulk huquqi kafolatlarini taʼminlash maqsadida xalqaro andozalarga javob beradigan islohotlarimizni bundan buyon ham qatʼiy davom ettiramiz”. Har qanday inson uchun eng muhim mulk, avvalo bu uning uy-joyidir. Fuqarolarning uy-joyga bo‘lgan huquqlari, Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasida, Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro paktda, Bola huquqlari to‘g‘risidagi konvensiyada, shuningdek, boshqa xalqaro hujjatlarda ham begilangan bo‘lib, ushbu xalqaro hujjatlarda belgilangan qoidalar O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida ham o‘z aksini topgan.

Xususan, Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasining


12-moddasida “Hech kimning shaxsiy va oilaviy hayotiga o‘zboshimchalik bilan aralashish, uy-joyi daxlsizligiga, uning yozishmalaridagi sirlarga yoki uning nomus va shaʼniga o‘zboshimchalik bilan tajovuz qilinishi mumkin emas. Har bir inson xuddi shunday aralashuv yoki tajovuzdan qonun orqali himoya qilinish huquqiga ega”ligi belgilangan.

Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro paktning 11-moddasida “Ishtirok etuvchi davlatlar har bir kishi o‘zi va oilasi uchun yetarlicha oziq-ovqat, kiyim-kechak va uy-joy hamda turmush sharoiti to‘xtovsiz yaxshilanib borishini o‘z ichiga oladigan yetarli turmush darajasi bo‘lish huquqini eʼtirof etadi. Mazkur ishtirokchi davlatlar ushbu huquqlar amalga oshirilishini taʼminlash uchun zarur choralarni ko‘radi, ayni paytda erkin kelishuvga asoslangan xalqaro hamkorlikning bu boradagi muhim ahamiyatini eʼtirof etadi.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 53-moddasida “Xususiy mulk boshqa mulk shakllari kabi daxlsiz va davlat himoyasidadir. Mulkdor faqat qonunda nazarda tutilgan hollarda va tartibdagina mulkidan mahrum etilishi mumkin” ligi, 54-moddasida esa “Mulkdor mulkiga o‘z xohishicha egalik qiladi, undan foydalanadi va uni tasarruf etadi. Mulkdan foydalanish ekologik muhitga zarar yetkazmasligi, fuqarolar, yuridik shaxslar va davlatning huquqlarini hamda qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini buzmasligi shart”ligi belgilangan.

Mamlakatimizda xususiy mulkni himoya qilishning huquqiy asoslari mavjud. Xususan:



  • “Xususiy mulkni himoya qilish va mulkdorlar huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni (24.09.2012y.);

  • “Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish tizimini yana-da takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni (27.07.2018y., PF-5490);

  • “O‘zbekiston Respublikasida investitsiya muhitini tubdan yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni (01.08.2018y., PF-5495);

  • “Fuqarolar va tadbirkorlik subyektlarining mulk huquqi kafolatlanishini so‘zsiz taʼminlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoyishi (03.08.2019y., PF-5491);

  • “Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tizimini yana-da takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori (05.04.2019y.) va yana bir qator boshqa normativ huquqiy hujjatlar mavjud.

Bir so‘z bilan aytganda mamlakatimizda xususiy mulkni himoya qilish bilan bog‘liq normativ huquqiy hujjatlar so‘ngi yillarda jiddiy takomillashdi. Shu bilan birga mazkur huquqlarni amalda himoya qilish borasida baʼzi muammolar ham mavjud.

Xususan, Ombudsman manziliga joriy yilning 9 oyi davomida fuqarolarning xususiy mulkka bo‘lgan huquqlarini himoya qilish bilan bog‘liq 385 ta murojaati kelib tushdi. Unda davlat va jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yilishi munosabati bilan fuqarolarning 236 ta turar va 149 ta noturar joylariga bo‘lgan huquqlari buzilganligi taʼkidlab o‘tilgan.

Fuqarolarning xususiy mulkini davlat va jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yilganligi bilan bog‘liq murojaatlarning aksariyati Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek va Shayxontoxur tumanlari, Toshkent viloyatining Oxangaron va Yangiyo‘l tumanlari, Qashqadaryo viloyatining Qarshi shahri va Chiroqchi tumani hamda Samarqand viloyatining Samarqand shahri va Samarqand tumanlari hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) tomonidan bino-inshooti buzilib, yer uchastkasi olib qo‘yilgan jismoniy va yuridik shaxslarning buzilgan yoki olib qo‘yilgan mulklari uchun 4 mlrd. so‘mdan ortiq kompensatsiya pullarini to‘lab berilishida, 14 ta fuqaroga uy joy qurish uchun yer uchastkasi ajratib berilishida5 ta fuqaroga uy joy ajratib berilishida, 3 ta fuqaroga buzilgan savdo do‘koni buzilganligi uchun yer maydoni ajratilishida yordam berildi hamda ularning huquqlari taʼminlandi.




Download 34,11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish