Savol va topshiriqlar
Adabiyot o‘qitish metodikasi ko‘proq qaysi fanlar bilan aloqadorlikda o‘rganiladi?
Adabiyot o‘qitish metodikasining ijtimoiy fanlar bilan aloqasini qanday izohlaysiz?
Adabiyot o‘qitish metodikasining davriy matbuot bilan aloqasi deganda nimalarni tushunasiz?
-
4-MAVZU |
Badiiy asar tahlilida kitobxon javobi nazariyasi
| (amaliy – 2 soat) 1.1. Amaliy mashg’ulotni olib borish modeli -
Mashg‘ulot shakli | Axborotli Talabalar soni – 5 ta | Ma’ruza rejasi |
Badiiy asar tahlili
Badiiy asar va kitobxon
Kitobxon javobi nazariyasi haqida tushuncha
| O‘quv mashg‘ulotining maqsadi. Maxsus fanlarni o‘qitish mеtodikasi fani bo‘yicha umumiy tushuncha berish. | Pedagogik vazifalar: | o‘quv faoliyati natijalari: | Maxsus fanlarni o‘qitish mеtodikasi fanining o‘rni, ahamiyati va mohiyatini tushuntirish. | Maxsus fanlarni o‘qitish mеtodikasi fanining o‘rni, ahamiyati va mohiyatini tushuntirib bera oladilar. | Fan haqida umumiy tushuncha berish. | Fan haqida umumiy tushunchasini aytib bera oladilar. | Maxsus fanlarni o‘qitish mеtodikasi fanining rivojlanishi va muammolarini tushuntirish. | Maxsus fanlarni o‘qitish mеtodikasi fanining rivojlanishi va muammolarini tushuntirib bera oladilar. | O‘qitish vositalari | O‘UM, ma’ruza matni, kompyuter slaydlari, doska | | blits-so‘rov, Pinbord texnikasi, aqliy xujum | O‘qitish shakllari | | O‘qitish sharoiti | kompyuter, proektor | Monitoring va baholash | Og‘zaki savollar, blits-so‘rov | Amaliy mashg‘ulotini olib borish texnologiyasi -
Ish bosqich-lari | O‘qituvchi faoliyatining mazmuni | Tinglovchi faoliyatining mazmuni | 1-bosqich. Mavzuga kirish (20 min) | O‘quv mashg‘uloti mavzusi, 4 savollarni va o‘quv faoliyati natijalarini aytadi. Baholash mezonlari (2 – ilova). Pindbord usulida mavzu bo‘yicha ma’lum bo‘lgan tushunchalarni faollashtiradi. Pindbord usuli natijasiga ko‘ra tinglovchilarning nimalarda adashishlari, xato qilishlari mumkinligining tashxizini amalga oshiradi (1-ilova ). 1.3. Mavzuni jonlashtirish uchun savollar beradi. (3-ilova). | Tinglaydilar. Tinglaydilar. | 2 -bosqich. Asosiy bo‘lim (50 min) | 2.1.1 savol yuzasidan qisqa ma’ruza qiladi. 2.2.amaliy mashg’ulot rejasining hamma savollari bo‘yicha tushuncha beradi. (berilgan savollar yuzasidan umumlashtiruvchi xulosa beradi. 2.3.Tayanch iboralarga qaytiladi. Talabalar ishtirokida ular yana bir bor takrorlanadi. | Tinglaydilar. Tinglaydilar. UMKga qaraydilar UMKga qaraydilar Har bir tayanch tushuncha va iboralarni muhokama qiladilar. | 3- bosqich. Yakunlovchi (10 min) | Mashg‘ulot bo‘yicha yakunlovchi xulosalar qiladi. Mavzu bo‘yicha olingan bilimlarni qaerda ishlatish mumkinligi ma’lum qiladi. 3.2.Mavzu bo‘yicha bilimlarni chuqurlashtirish uchun adabiyotlar ro‘yxatini beradi. 3.3.Keyingi mazvu bo‘yicha tayyorlanib kelish uchun savollar beradi. | Savollar beradilar. UMKga qaraydilar. UMKga qaraydilar. |
O‘qituvchining o‘zi o‘qitayotgan fan asoslarini mukammal bilishi, bil-ganlarini o‘quvchilariga etkaza olish darajasigina emas, hatto uning o‘zini tutishi, nutqi ham o‘ziga xos ahamiyat kasb etadi. M.V.Klarin bu haqda shunday deydi: «o‘qituvchi tomonidan qo‘llanadigan pauzaning davomiyligi singari «mayda narsa» o‘quv dialogining, sinfdagi o‘zaro hamkorlikning xarakteriga sezilarli ta’sir o‘tkazadi»14. Xuddi shu fikrlarni davom ettirib boshqa bir psixolog-metodist E.V.Korotaeva shuvday yozadi: «Agar «javobni kutuvchi pauza» o‘qituvchi tomonidan uch sekunddan besh sekundgacha cho‘zilsa, mulohazalar soni ortadi, javoblarning davomiyligi ko‘payadi, o‘quvchilarning o‘zlariga bo‘lgan ishonchlari ko‘tariladi, ularning mulohazalarida dalillar kuchayadi, muhokamaga o‘qish darajalari unchalik yuqori bo‘lmagan o‘quvchilar ham qo‘shila boshlaydi, bolalar orasidagi o‘zaro hamkorlik kuchayadi va boshqalar»15.
Yirik metodist olim A.Zunnunov ta’kidlaganiday: «Adabiyot o‘qituvchisi har bir inson badiiy adabiyotsiz kamolotga erisha olmasligini o‘z o‘quvchilari ongiga, qalbiga singdirishi lozim. O‘qituvchilik kasbi har bir adabiyot o‘quvchisidan o‘zini doimiy suratda kamol toptirib, o‘zida badiiylikka moyillikni va ijodkorlikni o‘stirib borishni talab etadi. U egallagan kasb jamiyatdagi ijtimoiy tuzum, ideologiya va madaniy hayotga bog‘liq holda yangi ma’noga ega bo‘lib boradi»16.
Adabiyot o‘quvchisining asosiy kasbiy-pedagogik faoliyati qirralarini alohida o‘rgangan R.Keldiyorov bu soha egalarida badiiy ijrochilik mahoratining mavjudligiga alohida e’tibor qaratadi17. «Badiiy ijrochilik o‘quvchiga hayot lavhalarida, adabiy asarning sirli manzaralarida go‘zallikni ko‘rsatishdan iborat. Bu borada har bir dars qayta takrorlanmaydigan o‘ziga xos ijodiy jarayon bo‘lib, o‘qituvchi uning muallifi, ijrochisi, rejissyori sifatida o‘z mahoratini namoyon etadi». Bu esa «o‘quvchilarning estetik zavqini oshiradi, ularning tafakkurini, his-tuyg‘ularini rivojlantiradi, ma’naviyatini shakllantiradi».
Do'stlaringiz bilan baham: |