Bozor iqtisodiyotining mazmuni va amal qilishi


-jadval Iqtisodiy islohotlar



Download 2,95 Mb.
bet5/12
Sana29.04.2022
Hajmi2,95 Mb.
#590612
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
EK-50 guruhi talabasi Erkayev Sobirjon Quvondiq oʻgʻli

3-jadval


Iqtisodiy islohotlar


1) milliy mustaqillikni iqtisodiy jihatdan taʼminlashni koʻzlagan islohotlar;



2) rejali iqtisodiyotdan bozor tizimiga oʻtishga qaratilgan islohotlar;


3-Jadval Iqtisodiy islohotlarning yo’nalishlari.5
Iqtisodiy islohotlar 2 yoʻnalishda bordi: 1) milliy mustaqillikni iqtisodiy jihatdan taʼminlashni koʻzlagan islohotlar; 2) rejali iqtisodiyotdan bozor tizimiga oʻtishga qaratilgan, yaʼni bozor islohotlari yoʻnalishlarida amalga oshirildi. Birinchi yoʻnalish boʻyicha milliy pulni muomalaga kiritish, mustaqil bank, byudjet va soliq ti-zimlarini joriy etish, bojxona xizmatini tashkil qilish va milliy iqtisodiy chegaralarni oʻrnatish, i.ch. tuzilmasini oʻzgartirish kabilar amalga oshirildi. Ikkinchi yoʻnalish boʻyicha mulkni xususiylashtirish va davlat tasarrufidan chiqarish, bozor in-fratuzilmasini yaratish, rejali davlat narxlaridan erkin bozor narxlarga oʻtish, agrar sohadagi oʻzgarishlar, tashki iqtisodiy faoliyatni bozor talablariga mos ravishda qayta qurish, monopoliyalarni cheklash, chetdan kapital kiritishni ragʻbatlantirish kabi choratadbirlar joriy etildi.
Iqtisodiy islohotlar bosqichma-bosqich amalga oshiriladi va davom etadi, iqtisodiyotni erkinlashtirishni taʼminlaydi. Iqtisodiy islohotlarga umumiylik va milliylik xos. Ularning umumiyligi — iqtisodiy islohotlar yoʻnalishlarining bir xil boʻlishi va yagona bozor tizimining karor topishidir. Milliylik har bir mamlakatning oʻziga xos sharoitini hisobga olish va shunga qarab islohot tamoyillarini qoʻllashdan iborat. Oʻzbekistonda amalga oshirilgan iqtisodiy islohotlar tanlangan milliy modelga binoan oʻtka-zildi va bu jarayon davom etmoqda (qarang Bozor iqtisodiyoti, Bozor islohotlari, Bozor shtisodiyotiga oʻtish).
Vazirlar Mahkamasi qayd etadiki, iqtisodiyotda va ijtimoiy sohada qayta o‘zgartirishlar chuqurlashdi, bozor sari qaratilgan yo‘l aniq belgilab olindi, bozor munosabatlarining konstitutsion-huquqiy va tashkiliy asoslari yaratildi.
Ko‘p ukladli iqtisodiyot shakllanmoqda, tovarlar, mehnat, sarmoya va qiymatli qog‘ozlar bozori faoliyat ko‘rsata boshladi. Respublika barcha korxonalarining 67 foizi, ishlab chiqarilgan ijtimoiy mahsulot va xalq xo‘jaligida ish bilan band bo‘lgan xodimlarning salkam yarmi nodavlat sektorning ulushiga to‘g‘ri keladi.
Milliy valyutaning joriy etilishi respublikani yaqin yillarda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning strategiyasini belgilab berdi. Milliy valyuta kursining barqarorligini ta’minlash maqsadida maxsus dasturlar ishlab chiqilgan va amalga oshirilmoqda.
Davlatning moliya-kredit bilan qo‘llab-quvvatlash natijasida yoqilg‘i-energetika, yengil va oziq-ovqat sanoati barqaror rivojlanadi. Bazaviy tarmoqlarni rivojlantirish uchun respublikaning va chet el investitsiya kompaniyalari hamda banklari valyuta mablag‘larining salmoqli qismi yo‘naltirildi.
Narxlar erkinlashtirilishi sharoitida yil oxiriga kelib inflatsiyaning o‘rtacha oylik darajasi ikki baravar kamaydi. Respublika yig‘ma budjetining taqchilligi yalpi ichki mahsulotning 3,3 foizini tashkil etdi. Naqd pul emissiyasi keskin qisqardi.
Iqtisodiyot tuzilmasida ijobiy o‘zgarishlar yuz berdi. Pirovard iste’molga tayyor mahsulot salmog‘i 28,8 foizdan 33,2 foizga o‘sdi. O‘zimizda don yetishtirish va neft ishlab chiqarishning ko‘payishi hisobiga oziq-ovqat va energetika mustaqilligi sezilarli darajada oshdi. Chetdan keltirilayotgan don, go‘sht va sut sezilarli darajada qisqardi.6
Tashqi iqtisodiy aloqalar mustahkamlandi. Yangi tashqi savdo oboroti 5,5 foizga o‘sdi. MDH mamlakatlari bilan iqtisodiy aloqalarda sifat jihatidan yangi rivojlanishga va ular bilan o‘zaro savdoda birinchi marta ijobiy saldoga erishildi.
Aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashning prinsipial jihatidan yangi tizimi shakllanmoqda, uning aniq mo‘ljalli yo‘nalishi kuchaydi, bolalarga yagona nafaqa joriy etildi. Iste’mol bozorini oziq-ovqat mahsulotlari va tovarlarning eng muhim turlari bilan ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlar majmui amalga oshirildi, ularning kafolatli zaxirasini yaratish tartibi amalga oshirilmoqda.
Shu bilan birga ayrim sohalarda islohotlar jarayoni miqdoriy jihatlar bilan cheklanib qolib, rasmiyatchilik bilan amalga oshirilmoqda. Uyushmalar, korporatsiyalar va hokimliklarning ayrim rahbarlari davlat tasarrufidan chiqarish va chuqurlashtirilishini, tadbirkorlik faol qo‘llab-quvvatlanishini, xususiy sektor shakllanishi va respublika iqtisodiyotini mustahkamlashda uning ahamiyatini oshirishni ta’minlamayaptilar. Ular vujudga kelgan tarkibiy nomutanosiblikni bartaraf etishga, xo‘jalik yuritish mexanizmini o‘zgartirishga, zamonaviy raqobatga bardoshli mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirishga yetarlicha e’tibor bermayaptilar.
Bozor infrastrukturasi, ko‘chmas mulk va qiymatli qog‘ozlar bozori zarur darajada rivojlanmadi, bu hol ayniqsa Farg‘ona, Xorazm va Qashqadaryo viloyatlarida kuzatildi.
Qishloq xo‘jaligida mulkchilikning yangi shakllari qaror topishi chinakamiga ta’minlamayapti, bu sohada islohotlarni chuqurlashtirish, xususiylashtirish, bozor infrastrukturasini shakllantirish, qishloq aholisining mehnatga layoqatli, ish bilan band bo‘lmagan qismini ish bilan ta’minlaydigan kichik va xususiy korxonalarni rivojlantirish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar ko‘rilmayapti.
Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosarlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari, vazirliklar, idoralar, uyushmalar, korporatsiyalar va konsernlarning rahbarlari 1994-yilda amalga oshirilgan iqtisodiy islohotlarning yakunlarini, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarning sabablarini puxta tahlil qilsinlar va ularni bartaraf etish yuzasidan aniq tadbirlarni belgilasinlar va amalga oshirsinlar.
2. Xususiylashtirish jarayonlarini chuqurlashtirish, iqtisodiy va moliyaviy barqarorlikni ta’minlash, milliy valyutani mustahkamlash, Respublikaning tekis sur’atda rivojlanishi uchun mustahkam asoslar yaratish bosh vazifalari deb hisoblansin.
O‘zbekiston Respublikasida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishning ustuvorliklari va asosiy yo‘nalishlari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Vazirlar Mahkamasi bo‘limlari, vazirliklar, idoralar, korporatsiyalar, konsernlar, uyushmalar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari yuqorida qayd etilgan tadbirlarning so‘zsiz amalga oshirilishini ta’minlasinlar.
3. O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda shu yilning 15-martiga qadar:fond birjalarining mintaqalararo bo‘limlarini ochish va ularni zarur infrastruktura bilan ta’minlash;davlat tasarrufidan chiqarilgan va xususiylashtirilgan korxonalarni, xususiy tadbirkorlik faoliyatini xalqaro moliya tashkilotlarining valyuta mablag‘larni jalb etish hisobiga qo‘llab-quvvatlash va investitsiya fondlari tashkil etilishini rag‘batlantirish bo‘yicha takliflar kiritsin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi yig‘ma budjet taqchilligini ichki (banklardan tashqari) mablag‘ bilan ta’minlash miqdori ko‘paytirilishini qiymatli qog‘ozlar bozorini kengaytirish hisobidan ta’minlasin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankiga:Inflatsiyaning shakllanayotgan darajasini hisobga olgan holda mablag‘ bilan qayta ta’minlash stavkasiga har oyda tuzatish kiritish tavsiya qilinsin.
6. “O‘zulgurjibirjasavdo” uyushmasi, konsernlar, korporatsiyalar va uyushmalar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari shu yilning birinchi choragi mobaynida mintaqalarda ishlab chiqarish-texnika maqsadlaridagi mahsulotlarni sotadigan mayda ulgurji do‘konlar tarmog‘i tashkil etilishini ta’minlasinlar.7
7. Vazirliklar, idoralar, uyushmalar, korporatsiyalar va konsernlar rahbarlari O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi va “O‘zistiqbolstat” davlat qo‘mitasi bilan birgalikda bir oy muddatda mahsulotlar (ishlar, xizmatlar)ni eksport qilish hajmlari o‘sishini rag‘batlantirishga oid takliflarni kiritsinlar.
8. Bosh vazirning birinchi o‘rinbosari I. H. Jo‘rabekov, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, “O‘zqishloqxo‘jalikta’minottuzatish”davlat-kooperativ qo‘mitasi, “O‘zistiqbolstat” davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi fanlari akademiyasi shu yilning 1-martigacha, dehqon (fermer) xo‘jaliklarini rivojlantirishga, va servis xizmati ko‘rsatishni har tomonlama kengaytirishga alohida e’tiborni qaratgan holda, va ularning samaradorligini oshirish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasini kiritsinlar.

Download 2,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish