Bozor iqtisodiyotining mazmuni va amal qilishi



Download 2,95 Mb.
bet2/12
Sana29.04.2022
Hajmi2,95 Mb.
#590612
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
EK-50 guruhi talabasi Erkayev Sobirjon Quvondiq oʻgʻli

Kurs ishining maqsadi: Iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish va tashkil etish, O’zbekiston Respublikasida so’nggi yillarni shu sohada olib borilgan islohotlar xususiyatlarini ochib berishdan iborat.
Kurs ishining ob’bekti: Bank tizimi tushunchasi va mohiyati, O’zbekiston Respublikasida so’nggi yillarni shu sohada olib borilgan islohotlarini o’rganish ob’ekti hisoblanadi.
Kurs ishining predmeti: Iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish va tashkil etish, O’zbekiston Respublikasida bank tizimi rivojlanish bosqichlari mavzuning predmeti hisoblanadi.
Kurs ishining vazifalari:

  • Bank tizimi tushunchasi va mohiyati

  • Iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish va tashkil etish

  • O’zbekiston Respublikasida bank tizimi rivojlanish bosqichlari

  • O’zbekiston Respublikasida so’nggi yillarni shu sohada olib borilgan islohotlar

Kurs ishing tarkibi: Kurs ishi tarkibiy jihatdan kirish, rejasi 4 ta savol, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat.
1. Bank tizimi tushunchasi va mohiyati
Bank deb, pul mablaglarini yig’uvchi, saqlab beruvchi, kredit-xisob va boshqa vositachilik operasiyalarini bajaruvchi muassasalarga aytiladi.
Banklar paydo bo’lishining asosi bo’lib tovar-pul munosabatlarining rivojlanishi xisoblanadi. Tovar-pul munosabatlarinig bo’lishi va ularning rivojlanib borishi barcha ijtimoiy-iqtisodiy tizimlarda banklarning ham bo’lishini taqazo etadi.
Banklar o’rta asrlarda puldorlar tomonidan pulni qabul qilish va boshqa davlat, shaxar puliga almashtirib berish asosida kelib chiqqan. Keyinchalik puldorlar o’z bo’sh turgan mablag’laridan foyda olish maqsadida ularni vaqtincha foydalanishga mablag’ zarur bo’lgan subyektlarga ssudalar berishgan. Bu hol pul almashtiruvchi puldorlarning bankirlarga aylanishiga olib kelgan.
Bank so’zi italyancha «banka» so’zidan olingan bo’lib, «stol», «pullik stol» degan ma’noni anglatadi, chunki o’rta asrlarda italiyalik puldorlar hamyonlaridagi, idishlaridagi tangalarni stol ustiga qo’yib xisob-kitob qilganlar.
XII asrlarda Genuyada pul almashtiruvchilarni «bancheri» deb atalib, agar puldorlarning qaysi biri ishonchni oqlamasa va ishiga ma’suliyatsizlik qilsa, u o’tirgan stol sindirib tashlangan va uni «Bancorotto», ya’ni bankrot deb atashgan. Banklar paydo bo’lishining boshlang’ich nuqtasi bo’lib XVI asrda Florensiya va Venesiyada tashkil qilingan kichik jiro-banklar xisoblanadi. Keyinchalik bunday banklar Amsterdamda (1605), Gamburgda (1618), Milanda, Nyurenbergda, Genuyada vujudga kelgan. Bu banklar asosan o’z mijozlari – savdogarlarga xizmat qilgan, ular o’rtasida naqd pulsiz xisob-kitoblarni olib borgan.
Angliya bank tizimi (XVI asr) yuzaga kelgan va rivojlangan birinchi davlat hisoblanadi. Angliya bankirlari oltinni saqlab beruvchilar va savdogarlardan kelib chiqqan.
Tarixda birinchi yuzaga kelgan bank Angliya banki hisoblanadi, u 1694 yilda aksioner bank sifatida tashkil bo’lgan. Keyinchalik sanoat rivojlanishi natijasida banklar boshqa mamlakatlarda ham tashkil bo’lgan.
Natural xujalik munosabatlarining tugashi, savdo-sotik munosabatlarining rivojlanishi pullik xisob-kitoblar olib borishga, kredit tizimini rivojlanishiga yo’l ochdi.
Ssuda kapitalisti asosan o’z bo’sh mablag’ini karzga berib ssuda foizi sifatida daromadga ega bo’lsa, bankirlar asosan chetdan jalb qilingan mablag’larni kreditga berib foydaga ega buladi. Banklar korxona, tashkilot, davlat muassasalari, aholi bo’sh pul mablag’larini jalb qilish orqali katta hajmdagi mablag’ni jamlab uni xarakatini boshqaradi. Banklarni yiriklashuvi va ular faoliyatini takomillashuvi ularni maxsus korxonalar – kredit muassasalariga aylanishiga olib keldi.2
Bozor munosabatlari sharoitida banklar iqtisodiyotni samarali boshqarishning muhim subyekti hisoblanadi. Banklar bozor munosabatining boshqa subyektlaridan farq qilib pul bilan ishlovchi, vaqtincha bo’sh turgan pul mablag’larini yig’uvchi, uni unga ehtiyoj sezgan subyektlarga vaqtincha foydalanishga berib turuvchi va pul mablag’larini samarali ishlatish asosida o’z faoliyatini olib boruvchi muassasa hisoblanadi.
Banklar bozor iqtisodiyoti sharoitida iqtisodiyotni xarakatga keltiruvchi subyekt hisoblanib moddiy ishlab chiqarishni tashkil qilish va olib borishda vositachi sifatida kapital aylanishining uzluksizligini ta’minlab jamiyatning ravnaq topishiga, iqtisodiyotning rivojlanishiga, jamiyat a’zolari farovonligiga zamin yaratadi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida tovar-pul munosabatlarining keng miqyosda rivojlanishi banklar oldida yangidan-yangi operasiyalar bajarishga imkoniyat ochib beradi.
Shuning uchun ham respublikamizda bozor iqtisodiyoti talablariga mos keluvchi zamonaviy bank tizimi yaratish zaruriyati tug’ildi.
O’zbekiston Respublikasi «Bank siri to’g’risia»gi qonunning 3-moddasiga binoan quyidagilar bank siri hisoblanadi:
- o’z mijozlarining (vakillarining) operasiyalari, hisob varaqlari, va omonatlariga doir ma’lumotlar;
- bank o’z mijoziga (vakiliga) bank xizmatlari ko’rsatishi munosabati bilan mazkur mijoz (vakil) to’g’risida olgan ma’lumotlar;
- mijozning (vakilning) bank seyflari va binolarida saqlab turilgan mol-mulki, uning xususiyati va qiymati haqidagi ma’lumotlar;
- mijoz (vakil) topshirigiga binoan yoki uning foydasini ko’zlab amalga oshirilgan banklararo operasiyalar va bitimlar to’g’risidagi ma’lumotlar;
- bank sirini tashkil etuvchi ma’lumotlarning banklar o’rtasida muomilada bo’lishi natijasida ma’lum bo’lib qolgan boshqa bankning mijoziga (vakiliga) doir ma’lumotlar.
Bank sirini tashkil etuvchi ma’lumotlar mijozning (vakilning) o’ziga, u vakolat bergan vakillarga, shuningdek hisob palatasiga (uni zimmasidagi vazifaga kirsa), tergov, prokuratura va surushturuv organlariga (tergovchi va surushtiruvchining asoslangan karoriga kura ko’zatilgan jinoyat ishi mavjud bo’lganda) taqdim etiladi.
Dunyoning bank tizimini turlari qanday o'rganishga etishdan oldin, juda ta'rifi bilan shug'ullanish kerak. Bu termin bankdan kredit muassasalari majmuini va shu yuridik va moliya-kredit mexanizmi doirasida faoliyat banklar tasvirlash uchun ishlatiladi.
Ushbu tizim Milliy banki va turli kredit va hisob-kitob markazlaridan jumladan xususiy shaxslar, ham amal qiladi. Milliy bankning asosiy vazifasi davlat pul-kredit siyosati va emissiyasini amalga oshirish hisoblanadi. U mamlakat zaxira tizimining markazi.
Bank tizimi tegishli bo'lishi va kredit tashkilotlari faoliyatini ko'rsatuvchi ixtisoslashgan kompaniyalari mumkin.
Kredit tizimi -mamlakatda mavjud bo'lgan kredit munosabatlarining to'plami, kredit berish shakllari va usullari, banklar va boshqa kredit tashkilotlariushbu turdagi munosabatlarni tashkil etish va amalga oshirish.
Bank tizimi - har xil to'plam milliy banklarning turlariumumiy pul mexanizmi doirasida harakat qilish. Bank tizimiga markaziy bank, tijorat banklari tarmog'i kiradi. Markaziy bank davlat emissiyasi va valyuta siyosatini olib boradi, zaxira tizimining asosiy qismidir. Tijorat banklari barcha turdagi bank operatsiyalarini amalga oshiradilar.
Bozor iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda, ikki darajali bank tizimlari... Tizimning yuqori darajasi quyidagicha ifodalanadi markaziy (chiqaruvchi) bank... Quyi darajada mavjud tijorat banklari, universal va ixtisoslashgan banklarga bo'lingan ( investitsiya banklari, omonat kassalari, ipoteka banklari, iste'mol kreditlari banklari, sanoat banklari, ichki sanoat banklari). Banklar bilan bir qatorda, kredit tizimiga ham kiradi bank bo'lmagan kredit-moliya institutlari (investitsiya kompaniyalari, investitsiya fondlari, sug'urta kompaniyalari, pensiya jamg'armalari, lombardlar, ishonchli kompaniyalar).

Download 2,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish