Bog'liq EK-50 guruhi talabasi Erkayev Sobirjon Quvondiq oʻgʻli
2-rasm. Bank tizimi daromad va xarajatlarining joriy ko'rinishi9 O‘zbekiston bank tizimida 33 ta bank, jumladan, 12 ta davlat ulushiga ega, shuningdek, 15 ta xususiy va 5 ta xorijiy banklar mavjud. 1 noyabr holatiga ko‘ra, banklar aktivlari 39 mlrd dollarni (419 trln so‘m) tashkil etib, ularning 82 foizi davlat banklariga tegishli. Banklarning majburiyatlari 33 mlrd dollarga (352,6 trln so‘m) yetdi, shundan 40 foizini depozitlar tashkil etadi.
O’zbekiston bozor iqtisodiyotiga o’tishning bosqichma-bosqich yo’lini tanlagani bois bank tizimi taraqqiyoti ham quyidagi bosqichlarga ega:
- Birinchi bosqich milliy valyutani muomilaga kiritish uchun asos yaratilgan va ikki pog’onali bank tizimining poydevori qurilgan. Bu davrda mamlakatimizning mustaqil bank tizimini yaratish bo’yicha olib boriladigan tadbirlar O’zbekiston Respublikasining «Banklar va bank faoliyati to’g’risida»gi Qonuni asosida amalga oshirildi.
O’zbekiston bank tizimini shakllantirishning uchinchi bosqichni o’z ichiga olib u bosqichning asosiy xususiyati banklarni xususiylashtirish va aksiyador – tijorat banklarida boshqaruvning sifatini oshirish, banklar faoliyatida nazoratni ko’chaytirishdan iborat.
Bank tizimiga chet el sarmoyasi keng jalb qilina boshlandi va 5 ta bank chet el kapitali ishtirokida faoliyat kursatmokda. Bulardan tashqari xalq xo’jaligiga 3 ta bank davlat mulki asosida. 12 ta aksiyador-tijorat va 9 ta xususiy bank xizmat ko’rsatmokda.
Shu bosqichda bank tizimini islox qilish respublika komissisiyasi to’zildi, mijozlarga xizmat kursatish sifati oshirildi, kichik va o’rta biznesni yanada rivojlantirishga, ichki nazorat ta’sirchanligini oshirishga e’tibor qaratildi.
Bu borada O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «Bank tizimini yanada isloh qilish va erkinlashtirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi qarori muhim ahamiyatga ega.10 Xozirgi vaqtda jahonda umum qabul qilingan bank tizimi ikki pog’onali bank tizimi bo’lib u markaziy bank va tijorat banklari tarmog’ini o’z ichiga oladi.
Bank tizimini bozor iqtisodiyoti talablaridan kelib chiqib qayta tashkil etish quyidagi tamoyillarga asoslangan holda olib boriladi:
- Xorijiy va mahalliy investorlarning ishonchini qozonish maqsadida bank-moliya tizimi barqarorligiga erishish
- bank tizimidagi islohatlar umumiqtisodiy islohatlarning o’tkazilishi bilan mos kelishi
- bank-moliya tizimini bosqichma-bosqich takomillashtirish yo’li bilan jahon banki tizimiga yaqinlashtirish
- pul-kredit siyosatini olib borishda mamlakatning ichki ehtiyojini va uning iqtisodining xususiyatini hisobga olish
- banklar faoliyatida mijozlar manfaatini ustun quyish va boshqalar.
Bank tizimi rivojlanishining birinchi davri quyidagi bosqichlarni o’z ichiga oladi:
- Birinchi bosqich XIX-asrning oxiridan 1930-32 yillargacha bo’lgan davrni o’z ichiga olib bunda oldingi mavjud bo’lgan banklar zaminida sobiq ittifoqning kredit tizimi tashkil qilindi. Bu davrda shu vaqtdagi iqtisodiyotning rivojlanishiga mos keluvchi tarmoq banklari, o’lka banklari, tijorat banklari, maxsus banklar, davlat banklari kabi banklar faoliyat ko’rsatgan.
- Ikkinchi bosqich 1932 yildan 1959 yillargacha bo’lgan davrni o’z ichiga oladi. Bu davrda banklar korxonalarni veksel orqali kreditlashdan (egri kreditlash) to’g’ridan-to’g’ri kreditlashga o’tdi. Bunda banklar xalq xo’jaligi sohalari bo’yicha tashkil qilindi va ular shu sohalarga muddatli kreditlash va moliyalashtirish bilan shug’ullangan. Davlat banki asosan qisqa muddatli kreditlashni olib borgan.
- Uchinchi bosqich 1959 yildan 1988 yilgacha bo’lgan davrni o’z ichiga oladi. Bunda mavjud tarmok banklari qayta tashkil qilinib mamlakatdagi barcha kredit munosabatlarni olib borish maqsadida uchta yirik bank - Davlat banki, qurilish banki, tashqi savdo banki tashkil qilindi. Davlat banki xalq xo’jaligining barcha sohalariga (qishloq xo’jaligiga o’zoq muddatli kredit ham) qisqa muddatli kredit bergan. Šurilish banki kapital quyilmalar bilan boglik operasiyalarni bajargan. Tashki savdo banki mamlakatning eksport-import operasiyalarini bajargan.
- Turtinchi bosqich bank tizimini qayta tashkil qilish bosqichi bo’lib, u 1988 yildan 1990 yilgacha bo’lgan davrni o’z ichiga oladi. Bu davrda davlat banki bilan bir qatorda ko’plab maxsus tarmoq banklari tashkil etildi.