Bozor iqtisodiyotining mazmuni va amal qilishi


-rasm.Tijorat banklari jamlanma balansi



Download 2,95 Mb.
bet10/12
Sana29.04.2022
Hajmi2,95 Mb.
#590612
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
EK-50 guruhi talabasi Erkayev Sobirjon Quvondiq oʻgʻli

4-rasm.Tijorat banklari jamlanma balansi15

Ipoteka-bank, O‘zsanoatqurilishbank, Asaka bank, Aloqabank, Qishloq qurilish bank va Turonbankdagi davlat ulushlarini bosqichma-bosqich xususiylashtirish, bunda birinchi bosqichda banklar faoliyatini xalqaro moliya institutlari ko‘magida transformatsiya qilish, ikkinchi bosqichda esa davlat aksiyalari paketini strategik investorlarga sotish nazarda tutilgan.


Mazkur Strategiyani amalga oshirish doirasida Xalq banki va Aziya alyans bank davlat aksiyalari paketini xorijiy strategik investorlarga sotish rejalashtirilgan.
Shunga muvofiq, Xalq bankini xususiylashtirishga tayyorlash jarayonida jamg‘arib boriladigan pensiya tizimi mablag‘larini boshqarish Moliya vazirligiga o‘tkaziladi.
Bundan tashqari, O‘zagroeksportbank va Poytaxt bankning faoliyati qayta ko‘rib chiqiladi.
Shu nuqtai nazardan Markaziy bank tomonidan Jahon banki bilan hamkorlikda tijorat banklari faoliyati prudensial nazorati mexanizmlari va jarayonlarining Bazel qo‘mitasining Samarali bank nazoratining asosiy tamoyillariga muvofiqligini o‘rganish maqsadida baholash o‘tkazilib, aniqlangan kamchilik va zaif jihatlarni bartaraf etishga qaratilgan Harakatlar rejasi ishlab chiqildi.
Strategiyani amalga oshirish doirasida mazkur Harakatlar rejasida nazarda tutilgan banklarni tartibga solish normalari va nazorat qilish jarayonlarini takomillashtirishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish ko‘zda tutilmoqda.
Bank tizimini isloh qilish davrida barcha aholi qatlamlarining moliyaviy xizmatlarga bo‘lgan talabini qondirish, bank xizmatlarining hududiy qamrovini ta’minlash va davlatning ijtimoiy-iqtisodiy siyosatini amalga oshirish maqsadida davlat ishtiroki uchta bankda – Milliy bank, Agrobank va Mikrokreditbankda saqlab qolinadi.
Milliy bank faoliyati ustuvor ravishda strategik korxonalar va investitsion loyihalarga bozor shartlarida xizmat ko‘rsatuvchi, shuningdek keng qamrovli bank mahsulotlarini taqdim etuvchi tizimli ahamiyatga molik bank sifatida belgilandi.


Xulosa
Xulosa qilib aytganimizda, banklar bozor iqtisodiyoti sharoitida iqtisodiyotni xarakatga keltiruvchi subyekt hisoblanib moddiy ishlab chiqarishni tashkil qilish va olib borishda vositachi sifatida kapital aylanishining uzluksizligini ta’minlab jamiyatning ravnaq topishiga, iqtisodiyotning rivojlanishiga, jamiyat a’zolari farovonligiga zamin yaratadi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida tovar-pul munosabatlarining keng miqyosda rivojlanishi banklar oldida yangidan-yangi operasiyalar bajarishga imkoniyat ochib beradi.
Xozirgi vaqtda jahonda umum qabul qilingan bank tizimi ikki pog’onali bank tizimi bo’lib u markaziy bank va tijorat banklari tarmog’ini o’z ichiga oladi.
Bank tizimini bozor iqtisodiyoti talablaridan kelib chiqib qayta tashkil etish quyidagi tamoyillarga asoslangan holda olib boriladi: Bank (lotincha: ansa — sarrof peshtaxtasi) — kredit-moliya muassasasi; asosan, vaqtincha boʻsh pul mablagʻlarini toʻplash, korxonalarga va umuman pulga muhtojlarga kredit, ssuda berish, naqd pulsiz hisob-kitoblarini amalga oshirish, pul va turli qimmatbaho qogʻozlar chiqarish, oltin va chet el valutalari bilan bogʻliq operatsiyalarni bajarish va boshqa faoliyatlar bilan shugʻullanadi.
Iqtisodiy islohotlar - xoʻjalik yuritish tizimida, iqtisodiyotni boshqarishda, iqtisodiy siyosatni amalga oshirish yoʻllari va usullarida yirik qayta qurishlar, oʻzgartirishlar samaradorligi past muayyan iqtisodiy tizimni takomillashtirish yoki eski tizimdan yangisiga oʻtish maqsadlarida amalga oshiriladi. Iqtisodiy tizimning samaradorligi qoniqarsiz boʻlgan, iqtisodiy tangliklar yuz bergan, iqtisodiyot kishilarning ehtiyojlarini yetarli qondirmagan hollarda, mamlakat oʻz taraqqiyotida boshqa mamlakatlardan orqada qolgan sharoitlarda oʻtkaziladi.
Aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashning prinsipial jihatidan yangi tizimi shakllanmoqda, uning aniq mo‘ljalli yo‘nalishi kuchaydi, bolalarga yagona nafaqa joriy etildi. Iste’mol bozorini oziq-ovqat mahsulotlari va tovarlarning eng muhim turlari bilan ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlar majmui amalga oshirildi, ularning kafolatli zaxirasini yaratish tartibi amalga oshirilmoqda.
Respublikamiz mustaqilligining e’lon qilinishi butun dunyo mamlakatlari tomonidan tan olingan bozor iqtisodiyoti dastaklarini bizning respublikamizga ham kirib kelishiga zamin yaratdi. Shuning uchun ham respublikamizda bozor iqtisodiyoti talablariga mos keluvchi zamonaviy bank tizimini yaratish zaruriyati tug’ildi.
Bank tizimini qayta qurish:
- ikki pog’onali bank tizimini vujudga keltirish. Markaziy imission bank va bevosita xo’jalik subyektlariga xizmat ko’rsatuvchi ixtisoslashgan davlat banklari;
- ixtisoslashtirilgan banklarni to’laligicha xo’jalik hisobiga va o’z-o’zini moliyalashga utkazish;
- iqtisodiy tizim doirasida yuridik va jismoniy shaxslar bilan bo’ladigan kredit munosabatlari, uslublari va shakllarini takomillashtirish va boshqalarni o’z ichiga oladi.
2020 yil 12 mayda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF–5992-sonli “2020-2025 yillarga mo‘ljallangan O‘zbekiston Respublikasining bank tizimini isloh qilish strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmoni qabul qilindi.
Farmon bilan 2020-2025 yillarga mo‘ljallangan O‘zbekiston Respublikasining bank tizimini isloh qilish strategiyasi, O‘zbekiston Respublikasi bank tizimini isloh qilish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” hamda strategiyani amalga oshirishning maqsadli ko‘rsatkichlari tasdiqlandi.
Mazkur Strategiya Markaziy bank va Moliya vazirligi tomonidan Jahon banki bilan hamkorlikda mamlakat bank tizimining joriy holatini o‘rganish natijalari bo‘yicha asosiy xulosalar va tavsiyalar, shuningdek xorijiy davlatlarning moliya sektorini transformatsiya qilish tajribasi hamda moliya sohasidagi xalqaro tendensiyalarni inobatga olgan holda ishlab chiqildi.
Bank tizimini isloh qilish va xususiylashtirishga tayyorlashda Markaziy bankning bank tizimining regulyatori sifatidagi rolini kuchaytirish orqali lozim darajadagi prudensial nazoratning amalga oshirilishi moliya tizimi barqarorligini ta’minlashning muhim komponenti hisoblanadi.

Download 2,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish