M=1/MPS yoki M=1/1-MPC
Multiplikativ effekt har bir qo‘shimcha mablag‘ tovarlarga bo‘lgan talabning ortishiga, u ham, ravshanki, (ishlab chiqarish omillaridan to‘la foydalanilmayotgan sharoitda) o‘ziga teng ravishda daromad ortishiga olib kelishini ko‘rsatadi. Ammo daromadning ortishi, o‘z navbatida, daromadi oshgan kishilar tomonidan iste’molning kengayishiga olib keladi:
MPC = ΔC/ ΔY ΔS= MPC x ΔY
Agar ΔY= 50, MPC = 0,5, ΔI = 50 bo‘lsa, u holda ΔC= 25.
Bu yerda agar iste’mol orsa, u holda jami talab ham va demak, daromad ham ortishini ta’kidlab o‘tish joiz.
Inqirozlarni bartaraf etish uchun Keyns «samarali talab» ni shakllantirish, ya’ni kapital mablag‘larini va iste’molni eng ko‘p darajada rag‘batlantirish zarur ekanligini taklif qildi. Uning fikriga ko‘ra, sarmoyalar orttirish bandlikning o‘sishiga va daromadning ortishiga olib keladi. Daromad ortishi jam- g‘armalar shaklida emas, balki investitsiya sifatida sarflanishi uchun buyuk iqtisodchi olim qarz foizi me’yorini pasaytirishni taklif qildi. U davlat aralashuvini «samarali talab»ga, va, de- mak, to‘la bandlikka erishish vositasi, deb bildi. «Davlat, - deb yozgan edi J.Keyns, - iste’molga bo‘lgan moyillikka nisbatan o‘zining rahbarlik ta’sirini qisman mos tizim yo‘li bilan, qisman foiz me’yorini belgilash bilan va qisman, ehtimol, yana boshqa usullar bilan ro‘yobga chiqarishi lozim boladi»2.
U past foiz me’yori orqali yuqori foyda olishni ta’minlaydi, tadbirkorlarda optimistik kayfiyatni kuchaytiradi, ularning sarmoya solishga bo‘lgan moyilligini qo‘llab- quwatlaydi va yuksalish holatini ushlab turadi, deb hisobladi.Keyns davlat budjeti orqali budjet kamomadi paydo boMishidan hayiqmagan holda katta xarajatlar qilish taklifi bilan chiqdi. Bunda u budjet kamomadi qog‘oz pullarni qo‘shimcha muomalaga chiqarish yo'li bilan qoplanishini nazarda tutadi. Uning fikricha, davlat kapital mablag‘lari foiz me’yorini pasaytirib, yuksalish holatini uzaytiradi. Bularning barchasi inqirozning oldini olishga xizmat qiladi.Zamonaviy keynschilar soliqlar, davlat xarajatlari, budjet kamomadi, davlat qarzi davlat yo‘li bilan boshqarishning asosiy vositalari, deb hisoblaydilar. Ularning ta’kidlashicha, sanoat yuksalishi davrida daromadlar ortgan sari soliq tushumlari ham ko‘payib boradi.
Bu esa ortiqcha talab va ortiqcha ishlab chiqarishning paydo bo‘lishiga to‘sqinlik qiladi. Inqirozning boshlanishi ishsizlikning ortib borishi davlat budjetidan ishsizlik bo‘yicha nafaqa to‘lovlarining ortib borishiga olib keladi. Bu esa to‘lovga qobiliyatli talabning kamayishiga qarshilik qiladi. Shuning uchun ular tomonidan moliyaviy kompensatsiya o’rnini qoplash siyosati va kamomadli moliyaviy ta’minlash nazariyalari olg‘a surilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |