MPC = C/Y yoki MPC =dC/dY
Iste’mol va umumiy daromad o‘rtasidagi nisbatni esa u iste’molga bo'lgan o‘rtacha moyillik, deb atadi:
APC =C/Y.
Keyns tomonidan ochilgan asosiy psixologik qonunga muvofiq iste’molga bo‘lgan chekli moyillikning miqdori О dan 1 gacha bo‘lgan oraliqda yotadi:
О< dC/dY < 1.
Keyns o‘z konsepsiyasini asoslash uchun «iste’molga bo‘lgan moyillik» tushunchasi bilan bir qatorda «jamg‘arishga bo‘lgan moyillik» tushunchasini kiritdi. Jamg‘arishga bo‘lgan moyillik - bu jamg‘arma (S) miqdori o‘zgarishi bilan uni o‘zgartirgan daromad o‘zgarishi o‘rtasidagi nisbatdir:
Do'stlaringiz bilan baham: |