“bozor iqtisodiyoti nazariyasi-rivojlangan mamlakatlar bozor tajribasi”



Download 8,11 Mb.
bet19/166
Sana27.02.2022
Hajmi8,11 Mb.
#473608
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   166
Bog'liq
Bozor iqtisodiyoti nazariyasi

2.6.1.-jadval
Iqtisodiyotni nodavlatlashtirish usullari





Usullar

Usulning mazmuni

Usulning maxanizmlari

Ijobiy tomonlari

Salbiy tomonlari

1.

Bozorni liberallash-tirish

Erkin baxolar kiritilishi, raqobatga yol ochish, bozor qatnashchilarini ko‘paytirish

Baho, raqobat, privatizatsi-yasiz nodavlatlashuv

Mayda korxo nalar ko‘payishi, bozorda taklifning o‘sishi, bozor tuzilishinino‘zgarishi

Bahoning ko‘tarilib borishi

2.

Davlat shax- siy aktsio nerli kor xonalarni yaratish

Aksioner ka pitalda dav lat hissasini kamaytirish

Soliq, kredit

Mulkchilar ko‘payadi, er kin iqtiso diy faoliyat o‘sadi

Tabakalanish kuchayadi

3.

Davlat iqtisodiЄtiga xos nobozor usullarni ketma-ket yoq qilish

Davlat korxonalarida bozor munosabatlarini qo‘llash

Byudjet, kredit, xususiy investitsiyalardan foydalanish

Davlat buyurtmalarini qisqartirish, korxonalar faoliyatini yaxshilash

O‘tish bilan bog‘liq, ishlab chiqarishning vaqtincha qisqarishi

4.

Xususiylash tirish ­

Davlat mulkini xususiylashtirish

Auksion, aksiyalar sotilishi, tekinga mulkni tarqatish

Mulk egasini topadi, uning samaradorligi oshadi

Ta’siri ma’lum vaqt o‘tganda kuchga kiradi, katta o‘zgarishlarni talab etadi

Amalda yuqorida keltirilgan to‘rt usul birgalikda olib boriladi. Lekin iqtisodiyotning nodavlatlashtirishda liberallashtirish va xususiylashtirish bir-birini to‘ldirib keladi. Chunki bularning o‘ziga xos katta ustuvorliklari mavjud. Liberallashtirishni olsak, u bozor eshiklarini keng ochib qo‘yadi. Bunda bozorning ichki tuzilishi o‘zgarib boradi va iqtisodiyotning nodavlatlashuviga yordam qiladi hamda monopolashuvni zaiflashtiradi. Xususiylashtirish esa birdaniga bunday o‘zgarishlarga olib kelmaydi, chunki faqat mulk shakli o‘zgaradi, bozorda darrov o‘zgarishlar yuz bermaydi va o‘sha tovar taqchilligi, monopoliya mavjudligi, tovar sifatining pastligi saqlanib qolaveradi.


Lekin xususiylashtirishning ijobiy tomoni shuki, u mulkning real – haqiqiy egasini topadi. Bilamizki, mulk egasini topmaguncha samaradorlik bo‘lmaydi. Demak, bozor mexanizmlari ishga tusha boshlaydi, ishlab chiqraish o‘sib, taklif kuchaya boradi.
Rivoj topgan mamlakatlarda xususiylashtirish moliya bozoriga ta’sir etadi, natijada sotiladigan aksiyalar ko‘payishi bilan taklif ortadi. Bu hech qanday xarajatlar bilan bog‘liq bo‘lmaydi va iste’mol buyumlariga bo‘lgan talabning qisqarishiga olib keladi. Foydali bo‘lgani uchun fuqarolar xursandlik bilan davlat mulkining sotilishida faol qatnashadilar. Inflyatsiyaga qarshi ta’sir kuchli bo‘ladi. Daromadlarning bir qismi aksiyalar sotib olishga sarflanganligi sababli tovar va xizmatlar bozorida talab pasayadi. Angliya, Fransiyaga o‘xshagan mamlakatlarda xususiylashtirish jarayonida xuddi shunday voqelik yuz bergan.
Rossiyada ahvol boshqacha bo‘lib, xususiylashtirish cheklari chiqariladi, bu ijtimoiy-siyosiy muvozanatga ancha yordam berdi.
Xususiylashtirishning muvaffaqiyati uchun bir nechta shartlarni bajarish talab etiladi:
1.Mulkning taqdirini belgilashda, imkoni bo‘lsa xususiylashtiriladi. Bunday nohaqlik, nazoratsizlik yuz bermasligi uchun, avvalo davlat mulki sub’ektlarining to‘la aniqligi talab etiladi.
2.Xususiylashtirish iqtisodiyotning bozor potensiallarini tezda ishga solishi uchun kapitallar harakatini ta’minlash, ularning tarmoqlararo va sohalararo siljish yollarini ochish talab etiladi.
3.Sotiladigan aksiyalarning oldindan ma’lum bo‘lishi. Rivojlangan mamlakatlarda bu jarayon haqiqiy bozor usulida erkin tarzda bo‘lmaydi. Masalan, Fransiyada sotiladigan korxonalar aksiyalarining 10 foizi chet elliklarga, 50 foizi Fransiya fuqarolariga va bank, yirik moliya institutlariga sotiladi. Germaniyada esa davlat o‘ziga 51 yoki 25 foizini qoldiradi.
4.Xususiylashtirishning oxirigacha amalga oshishini ta’minlash uchun mulkning biri xususiylashtirilib, ikkinchisini byurokrat apparat qo‘lida qolishiga yol qo‘yilmaslik kerak.
Yuqoridagi shartlar bajarilsa, xususiylashtirish muvaffaqiyatli o‘tadi. Masalan, Germaniyada bu qiyinchilik bilan ko‘chdi. Chunki mahalliy hokimiyatlarning huquqlari katta. Angliyada “British Genekom”ni xususiylashtirish natijasida 2,25 mln. kishi sherik mulkdor bo‘lishdi. Bu, korporatsiyaning 96 foizi xodimlariga teng, deng so‘z.
Davlat xususiylashtirishni kengaytirar ekan, demak u o‘z faoliyatini bozor iqtisodiyoti talabiga moslashtirish, uning rivojlini kuchaytirish va talab tomon to‘la harakatda bo‘lish, iste’molchilar uchun zarur tovarlar bilan bozorni to‘ldirishni ko‘zda tutadi. Privatizatsiya ishlab chiqarish samaradorligi va aholining yuqori darajali turmushini ta’minlash uchun bo‘lgan harakatdan iboratdir.
O‘zbekistonda raqobat bozoriga xos erkin iqtisodiyotni shakllantirishda albatta xususiylashtirish muhim asos bo‘lib, u tezlashtirilishi kerak. Ammo yuqoridagi shartlarni e’tiborga olish va sharoitga qarab yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan usullardan foydalanishni esdan chiqarmaslik shart. Xususiylashtirishni iqtisodni liberallashtirish bilan bog‘liq holda olib borish maqsadga muvofiqdir. Chunki liberallashtirish bevosita bozorni kengaytiradi, ya’ni bu jarayonga hoziroq ta’sir ko‘rsatib, tezda samara bera boshlaydi.
Respublikamizda baho liberalligi amalga oshdi va o‘z samarasini bermoqda, boj sohasidagi amaliy ishlar chet tovarlarining ichki bozorimizda o‘z o‘rnini kengaytirmoqda. Pul-kredit sohasidagi ishlar, milliy pulning mustahkamlanishi kabilar bozor munosabatlariga o‘tishni tezlashtirmoqda.
Lekin xususiylashtirish sohasida ham bir qancha ishlar bajarilib, bunda davlat katta tashabbuskorlik qilmoqda. Puli, pulsiz va imtiyozli usullar keng qo‘llanilmoqda. Aytaylik, turar joylarni xususiylashtirish juda tez vaqt ichida keng miqyosda o‘tkazildi. Bunda imtiyozli usul qo‘llanilib, uy-joylar arzon bahoda kam pul hisobiga O‘zbekiston fuqarolarining xususiy mulkiga aylantirildi. Maishiy xizmat ko‘rsatish korxonalari, avvalo mayda va o‘rta, so‘ngra katta savdo korxonalari ham xususiylashtirildi. Bunda xizmatchilarga imtiyozli sharoitlar yaratib berildi.
Auksion yoli bilan kim oshdi savdosi orqali nodavlatlashtirish ham qo‘llanilib, bu asosan viloyat va tumanlar hududlarida o‘tkazilmoqda. Tez vaqt ichida davlat sanoat, qurilish, transport korxonalarini aksionerlashtirish tufayli mulkchilarning soni ancha ko‘paytirildi. Bunda korxona xizmatchi va ishchilariga ustuvorlik huquqi berilib, avvalo ular cheklangan aksionerlik korxonalariga aylantira boshlandi.
O‘zbekistonda ham xususiylashtirishda chet el kapitali qatnashib, mulk sotib olishi mumkin. Bu mulk turliligi sharoitini yaratishda ahamiyatlidir. Xususiylashtirishning tezlik bilan olib borilishi shuni ko‘rsatadiki, O‘zbekistonda ming-minglab xususiy korxonalar mavjud bo‘lmoqda. Ularning soni hozirgi kunda ko‘payib bormoqda.
Xususiylashtirish natijasida davlat monopoliyasiga barham berilmoqda, nodavlat mulkining barcha shakllari rivojlanmoqda. Xususiy mulkchi ishlab chiqaruvchilarning miqdori borgan sari ko‘payib, erkin iqtisodiy harakat sharoitini yaratuvchi sog‘lom raqobat uchun qadam tashlanmoqda. Natijada mulk egasini topib, undan foydalanish samaradorligini to‘xtovsiz oshirib borish sari siljish tezlashmoqda.

Download 8,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   166




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish