“bozor iqtisodiyoti nazariyasi-rivojlangan mamlakatlar bozor tajribasi”



Download 8,11 Mb.
bet17/166
Sana27.02.2022
Hajmi8,11 Mb.
#473608
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   166
Bog'liq
Bozor iqtisodiyoti nazariyasi

Oila mulki ham individual xususiy mulkdan ajrab chiqib, alohidalashadi.
Korporativ mulk shakli hissadorlikka asoslanadi, ya’ni bunda birgalikda ish ko‘rish uchun guruhlarga qo‘shilish yuz beradi. Korporativ mulk faqat xususiy mulkdan tarkib topadi. Bunda, albatta mulkdor boylikni yakka o‘zlashtirish huquqiga ega bo‘ladiyu, lekin bu ma’lum guruhlarga birlashuv sharoitida yuz beradi. Korporativ xususiy mulkning tub mazmuni individual mablag‘larni birlashtirish tufayli paydo bo‘luvchi jamiyatlarning korporativ mulkidan iboratdir. Korporativ xususiy mulk xo‘jalik yuritish zaruriyatidan kelib chiqib, katta mablag‘lar ishlatish va kapitallarni birlashtirish orqali yuzaga keladi. SHu bilan birga mayda xususiy mulk mas’uliyati o‘rniga korporativ mas’uliyat paydo bo‘ladi.
Korporativ xususiy mulk monopolistik mulkni ham yuzaga keltiradi. Bular korporativ mazmundagi yirik xususiy mulk birlashmalaridan iborat va ular juda katta hajmdagi boylik, bu boylik esa ozchilik ihtiyorida bo‘ladi.
Tub xususiy mulkdan keyin miqdor jihatdan ko‘p shaklli turi hisoblangan birlashma mulki turadi. Bu bir necha mustaqil mulk shakllaridan, ya’ni aksionerlik, jamoa, korporativ, qo‘shma tashkilotlar mulki kabilardan iborat bo‘ladi. SHu bilan birga korporativ xususiy mulkdan farqli o‘laroq bunda davlat va chet mamlakatlar mulklari ham ishtirok etadi. Bundagi ko‘p tarqalgan bu mulk shakli avvalo jamoa mulkidir. Bu mayda xususiy mulkchilarning birlashmasi sifatida yuzaga kelib, bir qancha ustunliklarga ega. Bundagi muhim tomon asosan sarmoyalarni kuchaytirish imkoniga ega bo‘lish, mulkchilarning monopollik harakatiga bardosh bera olish imkonini yaratishdir. Bu xil jamoa mulki turli tarmoqlarda harakatda bo‘ladi, ya’ni bu mulkchilik ishlab chiqarish, muomala sohalari, infrastrukturalarda faol qatnashishi mumkin.
Bizning sharoitimizda asosan qishloq xo‘jaligida bu mulk shakli keng quloch yoygan. Bular asosan jamoa, guruh mulki asosida harakatdagi xo‘jaliklardir. Bundan tashqari savdoda, qishloq mahsulotlarini xarid qilish va qayta ishlashda ham bu xil mulk keng tarqalgan bo‘lib, ular matlubot jamiyatlari, xarid-savdo birlashmalaridir.
Jamoa mulki, ayniqsa bevosita iste’mol buyumlari ishlab chiqarish va iste’mol qilish tarmoqlarida katta o‘rin egallaydi. Oziq-ovqat, kiyim-kechak, ta’minlash, qurilish kabilarda uning ta’siri juda ktata. Ovro‘pa mamlakatlarida, ayniqsa Yaponiyada bevosita iste’mol va umuman, inson hayoti sharoitida bu mulk shaklining o‘rni katta. U erda minglab jamoa korxonlari faoliyat ko‘rsatmoqda.
Jamoa mulki mayda mulkchilar faoliyatida ahamiyatlidir. Chunki alohida holda mayda mulk samara keltirishi u yoqda tursin, hatto raqobatga bardosh bera olmasligi va arzigulik ish ko‘ra olmasligi mumkin, mayda mulkdorlar esa o‘zaro birlashib, kattaroq xajmda tijorat ishlarini amalga oshirish imkonini tug‘diradi. Shuning uchun ham haqiqiy demokratik asosda yuzaga kelgan jamoa mulki va bu asosdagi xo‘jalik juda ahamiyatlidir. Har bir bunday birlashma ma’lum darajada erkin harakatni chegaralashi sababli birlashuv faqat ixtiyoriylikni talab etadi. Shuni e’tirof etish zarurki, jamoa mulkiga davlatchilikni singdirish faqat zarar keltiradi: jamoa mulkidan kutilgan samara bo‘lmaydi
Jamoa mulkining qo‘llanishidagi yana bir xususiyat shundan iboratki, boylikning o‘zlashtirilishi uchun ish faoliyatida birgalikda qatnashish talab etiladi, chunki jamoa mulki mehnatsiz o‘zlashtirishni inkor etadi va korporativ mulkdan farqlanib, ham mulkka, ham mehnatga hissa qo‘shishi zarur hisoblanadi. Bu asosda tashkil etilgan xo‘jalikdagi asosiy kuchi shu mulk egalarining o‘zidir. SHu bilan birga zaruriyat talabi bilan yollanma mehnat jalb etilishi xollari ham mavjud bo‘ladi. Mayda mulk bozorda ta’sirli kuchga ega bo‘la olmasa, uning birlashuvi natijasida yuzaga keladigan jamoa mulki katta o‘rin egallaydi va bozor iqtisodiyotining muhim ishtirokchisiga aylanadi, uning rivojida faol qatnashish imkonini tug‘diradi.
Kooperativ mulk jamoa mulkining ko‘p uchraydigan shaklidir. Kooperativ xillari ko‘p, ular shu xil mulkka asoslangan va keng tarqalgan korxonalardir. Kooperativlarga birlashganlarning mulki umumiy va daromadi asosan sarf etilgan mehnati bilan belgilanadi. Bu guruh asosidagi birlashma bo‘lib, hissadorlik mazmunida tashkil topadi. Kooperativlarga qo‘shilgan mulk bilan bir qatorda shaxsiy qatnashuv hal qiluvchi rol o‘ynaydi. Har bir kooperativ bozorda mustaqil ishtirokchi sifatida faoliyat ko‘rasata oladi.
Qo‘shma mulk – bu mulklarning bir-biriga qo‘shilishi tufayli yuzaga keladi. Ikki usulda barpo bo‘lishi mumkin bo‘lgan bu xil mulk mamlakatlarning ichki va tashqi imkoniyatlariga bog‘liqdir. Chunki qo‘shma mulk ichki yirik mamlakatlarning bir-birlari bilan qo‘shilib ish ko‘rishga asoslansa, shu bilan birga mamlakatlararo qo‘shilish tufayli ham shakllanadi. Shuning uchun ham boshqa xil mulk shakllaridan farqli o‘laroq, bu mulk xalqaro ahamiyat kasb etadi.
Ma’lumki, bozor munosabatlariga o‘tishda chet sarmoyalarni jalb etish bu jarayonni tezlashtirishda juda qo‘l keladi. Mulk nuqtai nazaridan olsak, bu chet kapitalini jalb etgan xolda qo‘shma mulkni avj oldirishdir. Mamlakatimizda, ayniqsa Turkiya, Korea Respublikasi va Germaniya Federativ Respublikasi, AQSH kapitallari qatnashuvida qo‘shma mulklar ko‘paymoqda.
Chetki kapital asosidagi qo‘shma korxonalarning ahamiyati investitsiyani kuchaytirish, milliy iqtisodiyotni bozor munosabatlari asosida shalklantirishda ortib boradi. Katta mablag‘lar zaruriyati sharoitida qo‘shma mulk orqali chet kapitalini jalb etish zaruriyatdir. Zero, yuqorida aytib o‘tganimizdek, Respublikamiz oldida xalq xo‘jaligi tuzilishini tubdan o‘zgartirish, yangi tarmoqlar yaratish, zamonaviy texnologiyani o‘zlashtirish kabi yirik iqtisodiy vazifalar o‘z-o‘zidan katta-katta sarmoyalarni talab etadi. Qo‘shma mulk esa bu muammoni yechishda katta rol o‘ynashi turgan gap.
Qo‘shma mulk tufayli jalb etiladigan chet kapitali yangi texnologiyani olib kirmoqda. CHunonchi, Korea Respublikasi, Germaniya Federativ hukumati kapitallari asosida yuzaga kelgan qo‘shma korxonalar Respublikamiz uchun yangi avtomobil sanoatini zamonaviy darajada yuzaga keltirish imkonini bermoqda.
Xomashyoviylik yo’nalishini bartaraf etib, tayyor mahsulot yaratishni o‘zlashtirishdan paxtadan kiyim-kechak tayyorlashgacha bo‘lgan texnologik ishlab chiqarishni yaratishda Turkiya, Korea Respublikasi kabilar bilan yuzaga kelayotgan qo‘shma mulk juda ahamiyatlidir. Bunday jarayonlar kundan-kunga rivojlanib, turli mamlakatlar ishtirokida qo‘shma mulkni kengaytirish tufayli avj olmoqda. Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad qo‘shma mulkning shakllanish jarayoniga chetdan yirik kapitallarni jalb etish, uni miqdoriy va hajmiy kengaytirish yoli bilan yangi tarmoqlar barpo etish, zamonaviy texnologiyani qo‘llash kabi hajmli sarmoyalarga bog‘liq masalalarni muvaffaqiyatli bajarilishni tezlashtirishdir.
Diniy tashkilotlar mulki – bu faqat diniy bino va inshootlar bilan chegaralanmay, balki xo‘jalik faoliyati imkon tug‘dirgan jamg‘armalar, turli marosimlardan tushadigan mablag‘lar hisobiga ortib boradi. Ular oddiy xo‘jalik faoliyati bilan birga katta qurilish ishlari va boshqa kapital xarajatlarni bajarib boradilar. Bu mulk faqat diniy yolda qo‘llaniladi va ishlatiladi.
Aksioner mulk – bu turkumdagi eng salmog‘li va ta’sirli shakl bo‘lib, keng tarqalgandir. Bu ham aslida birlashgan mulk bo‘lib, aksiya chiqarishga asoslangandir. Bu aksiyalar erkin harakatda bo‘ladi, qimmatbaho qog‘ozlar qatorida savdoda ishtirok etadi va sotiladi, sotib olinadi. Aksiyaga ega bo‘lganlar shu asosdagi mulkning qatnashchilari hisoblanadilar. Korxonalarning faoliyatida ishtirok etish huquqiga ega bo‘ladilar. Aksiyalar uchun korxonalar faoliyatlari natijasiga qarab daromad oladilar Bu mulkda ishtirok etish juda ixtiyoriydir. Chunki istagan vaqtda aksiyani sotib olish yoki sotib yuborish mumkin.
Xalq korxona mulki – bu shakldagi mulk aksioner mulkdan kelib chiqadi. Chunki aksiyalar egalari korxonada ishlaydilar. Shuning uchun ular ayni vaqtda korxonaning mulkdori huquqiga ega bo‘ladilar. Bu korxona faoliyatiga aksiyaga ega bo‘lgan xodimlar ham qatnashuv huquqini qo‘lga kiritadilar. Natijada aksioner korxona daromadidan shu aksionerlar manfaatdor bo‘ladilar. Masalan, AQSHni xalq kapitali mamlakati deydilar. Chunki aksiyaga ega bo‘lgan xodimlar korxonalarda ko‘pchilikni tashkil etadi. 1994 – yilda xalq korxonalarida 11 mln.dan ortiq kishi ishlagan va aksiyalarning 20-50 foizgachasi ishlovchilarning birgalikdagi mulkidan iborat bo‘lgan. U erda xalq korxonalari deb ataluvchi xo‘jaliklar miqdori ortib bormoqda. Bunday holatda, albatta, ekspluatatsiya mazmuni o‘zgaradi va mehnatga erkli munosabat asos bo‘lib hisoblanadi.
Mulk shakllarining mohiyati va mazmuni bilan tanishish shuni ko‘rsatadiki, bozor iqtisodiyoti uchun barcha mulk shakllari ahamiyatli bo‘lib, har biri o‘ziga xos ustunlikka egadir. Aytish mumkinki, har bir mulk shakli bozor iqtisodiyoti uchun zaruriy bo‘lib, ular umumiy taraqqiyot jarayonida bir-birini to‘ldirib boradi. Shuning uchun ham bozor munosabatlari sharoitida mulk shakllarining turliligi va har bir mavjud shaklining taraqqiy etib borishi talab etiladi. Bu jarayon erkin raqobat sharoitida amalga oshishi kerak.



Download 8,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   166




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish