“bozor iqtisodiyoti nazariyasi-rivojlangan mamlakatlar bozor tajribasi”



Download 5,01 Kb.
Pdf ko'rish
bet66/195
Sana18.04.2023
Hajmi5,01 Kb.
#929538
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   195
Bog'liq
portal.guldu.uz-« BOZOR IQTISODIYOTINAZARIYASI »

Nарх-nаvоni sаqlаsh mаqsаdidа
dаvlаt bir qism pulni muоmаlаdаn оlib, 
muvаzаnаtni 
tаminlаsh 
chоrаlаrini 
qo`llаdi. Lеkin bu ikkinchi tоmоndаn 
sаnоаt o`sishigа sаlbiy tаsir etа bоshlаdi, 
chуnki хаrijliк dаrаjаsini pаsаytiрish bilаn 
bоg`liq edi. 


109 
kengaytirilgan takror ishlab chiqarishni ta’minlashda qiyinchiliklarga duch 
keladilar. Eng muhimi shuki, bu tarmoqlarning xalq xo`jaligidagi ahamiyati 
kattadir.
Fransiyada tarixan uch xil davlat korxonalari mavjud. Birinchisi, bevosita 
davlat korxonalariga kirmaydi, biroq odatiy ma’muriy tartibda boshqariladi va 
davlat huquqiyligi asosida faoliyat ko`rsatadilar. Bular pochta va aloqa, milliy 
nashriyot, kasalxonalar, depozit kassalar kabilardir. 
Ikkinchi xili, kapitallari to`la davlat ihtiyorida bo`lib, faoliyati xususiylik 
huquqiy harakat asosida bo`ladi. Bularga neft axtarish va uni olish, Parij 
aeroportlarini boshqarish, dengiz portlarini va boshqa shu kabilarni boshqarish 
kiradi. 
Uchinchi xili, aralash iqtisodiyotga qarashli bo`lib, nazorat paketi davlat 
qo`lida bo`ladi. Davlat sektoriga qarashli korxonalarning yarmidan ko`pi shunday 
korxonalardir. 
Davlat iqtisodiyotidagi ikkinchi tomon davlat iqtisodiy tartiblashtirish bilan 
bog`liq faoliyatdir. Bu asosan diversifikatsiya tarzidagi amaliyotdir va indikativ 
rejalashtirishni ham o`z ichiga oladi. Davlatning iqtisodiyotga aralashuvi bir necha 
o`n yillardan beri davom etib, bu to`xtovsiz kuchayib borgan. Agar davlatning 
xarajatlari YAIMga nisbatan XX – asr boshida 10-15 foizni tashkil etgan bo`lsa, 
90 – yillarga kelib 45 foizdan ortiq bo`lgan. Bu sohadagi asosiy vazifalar 
Iqtisodiyot vazirligiga yuklatiladi. Shu bilan birga moliya va byudjet orqali amalga 
oshirilib, Fransiya iqtisodiy siyosatini bir-biriga bog`laydi. Bozorga ta’sir 
ko`rsatishda iqtisodiyotda byudjet tartibga solish qurolidan hisoblanadi. Chunki u 
muayyan soliq siyosati va ma’qul maqsadli dasturlarni amalga oshirishni bajaradi. 
Soliqqa kelsak, davlat buning amalga oshuvi tufayli mamlakat byudjetining 
daromad qismini amalga oshirish bilan birga milliy iqtisodiyotning rivojlanishdagi 
rasmiy ustuvorlikni amalga oshirish amaliyotini ham ifodalaydi. Davlat 
byudjetining daromad qismining 90 foizini soliq yig`imi tashkil etadi. Shu bilan 
qurol-aslaxalar sotish kabilar ham ma’lum o`rin egallaydi.
Byudjet xarajatlarida ta’minot va madaniyat, tibbiyot va sog`liqni saqlash, 
ish joylari yaratish, mudofaa, ijtimoiy to`lovlar asosiy o`rin egallaydi. Bundan 
tashqari 
davlat 
yirik 
ilmiy-tadqiqot 
ishlarini, 
iqtisodiy 
dasturlarni 
moliyalashtirishni amalga oshiradi. Asosan bunda eng ilg`or istiqbolli dastur va 
loyihalar o`rin egallaydi. Bular Fransiya firmalarining yaqin orada robototexnikasi, 
aloqa 
vositalari, 
yangi 
materiallar 
yaratish, 
biotexnologiya, 
axborot, 
miroelektronikalar bo`yicha yyetakchi mamlakatlar qatorida bo`lish imkonini 
tug`diradi. 
Davlat faoliyatida, uni iqtisodiy tartiblashtirish sohasida tashqi savdo ham 
aloxida o`rin olib, bunda ham eng ilg`or o`rinlarni egallash choralarini 
qo`llanilmoqda. Avvalo bu eksportga qaratilgandir. Tartiblashtirishda fransuz 
tovarlari raqobatbardoshlik darajasini ko`tarish eng muhim bo`lib, bu kompleks 
asosda amalga oshirilmoqda. U tovarlarni sotish jarayonidan tashqari ishlab 
chiqarishni ham o`z ichiga oladi. Bundagi davlat harakati selektiv va maqsadli 
yo`nalishli bo`lib, uning asosiy o`qi moliya-kredit va ma’muriy sohalarni o`z 


110 
ichiga oladi. Davlatning iqtisodiyotdagi o`rni uning yalpi mahsulotga va daromad 
taqsimotidagi ishtiroki, davlat sektorida bandlikni yuqoriligi ham tasdiqlaydi. 
YAIMning 54 foizi davlat tomonidan taqsimlanadi. Davlatdagi bandlik darajasi 24 
foizga yetadi. Kadrlar tayyorlashda ham o`rni katta bo`lib, oliy o`quv yurtlarida 
faqat davlatga qarashli korxona, tashkilotlarda ishlash uchun kadrlar tayyorlanadi.
Davlatning aholi ijtimoiy hisobidagi o`rni juda katta bo`lib, asosiy ishlar 
davlat tomonidan bajariladi va xarajatlar ham davlat orqali amalga oshiriladi. 
Ijtimoiy to`lovlar YAIMning 19,3 foizini tashkil etadi. Bu dunyoda eng yuqori 
ko`rsatkichlardan hisoblanadi.
Fransiya davlatining iqtisodiyotdagi o`rni ayniqsa milliylashtirish va 
xususiylashtirish jarayonlarida juda ahamiyatlidir. Bu jarayonlar iqtisodiy va uning 
talablariga qarab Fransiyada juda faol yondoshuv amalga oshiriladi. Bunday 
holatlar ayniqsa 80-90 yilarda yaqqol ko`zga tashlanadi. Aytaylik, 80 – yillar 
boshlarida Yevropa rivojlangan mamlakatlariga AQSHning valyuta-moliyaviy 
siyosati katta ta’sir ko`rsatdi. Dollarning kursi shiddatli ravishda ko`tarilib, 
Fransiyaning savdo yetishmovchiligini o`sishiga olib keldi. Chunki taxminan 1/3 
fransuz importi dollar bilan to`lanar edi, bu esa 1981 – yilni o`zidayoq 92 mlrd. 
franka teng edi. Buning ta’siri ishsizlikni o`sishi, iste’mol tovarlari narxining 
o`sishi va bir qancha ijtimoiy keskinliklarga olib keldi. 
Fransiya davlati iqtisodiy keskinlikning oldini olish uchun bir qancha chora-
tadbirlar bilan birga korxonalarni milliylashtirishni amalga oshirdi. Bu jarayon 
asosan beshta yirik sanoat guruhlarini o`z ichiga oldi. Davlat sektori keskin 
ko`tarilib, bandlik 25 foizga yetdi. Eksportda esa 1/4 ni tashkil etdi va 1/3 sanoat 
mahsulotini qamrab oldi. Buning hissasiga aviatsiya va kosmik sanoatning 85 foiz, 
qora va rangli metallurgiyaning 70 foiz, Kime sanoatining deyarli yarmi to`g`ri 
keladi. 
Kreditni tarqatishga katta e’tibor qaratilib, 36 ta tijoriy va biznes banklar 
davlat ihtiyoriga o`tdi. Shu bilan birga ikkita eng yirik moliyaviy guruh davlat 
qo`liga o`tadi. Bular juda yirik sanoat-moliya guruhi bo`lib, yuzlab yirik 
kompanyailarni birlashtirar edi. Shunday qilib, moliyalashtirish va kredit 
sohasining 95 foizi davlat ihtiyoriga o`tadi. 
Bank vositasi bilan sanoatga yordamlashuv siyosati qo`llanildi va bir qancha 
tarmoqlarga imtiyozli kreditlar qo`llanildi. Milliylashtirilgan korxonalarning ba’zi 
qismlarga imtiyozlar konkret holatda amalga oshirildi. Sanoat tarkibiy tuzumini 
o`zgartirish xususiy korxonalarda ham amalga oshirilib, bularning xatarliligini 
banklar o`z bo`yniga olishi kerak edi. 
Narx-navoni saqlash maqsadida davlat bir qism pulni muomaladan olib, 
muvazanatni ta’minlash choralarini qo`lladi. Lekin bu ikkinchi tomondan sanoat 
o`sishiga salbiy ta’sir eta boshladi, chunki xaridlik darajasini pasaytirish bilan 
bog`liq edi. 
Davlat shu bilan birga “Delyur rejasi” deb atalmish dasturni qo`llab, “qattiq 
tejamlik” chorasini qo`llay boshladi. Bu avvalo tashqi savdo kamomadining oldini 
olishga qaratilgan edi.Soliqlar orttirilishi, majburiy zayom, shuningdek transport, 
davolash, kommunal xizmatlar narxlari ko`tarildi. Natijada zararli ish yurituvchi 


111 
korxonalar soni kamaydi va davlat sektorini moliyalashtirishga xususiy sektor ham 
jalb etila boshladi. 
Bularning 
hammasi 
tushkunlikni 
oldini 
olish 
va 
iqtisodiyotni 
mustahkamlashga yordamlasha boshladi. 90 – yillarga kelib iqtisodiy muhit 
o`zgarib, asosiy masalalarga yondoshuv boshqa talablarni qo`yib, korxona va 
tashkilotlarning xususiylashtirish siyosatini talab eta boshladi va bunda ham davlat 
keskin tadbirlar qo`llab, iqtisodiyot rivoji uchun zarur choralar amalga oshirildi. 
Bunda firmalar strategiyasi manfaatlarini e’tiborga olib, davlat aralashuvini 
qisqartirish hamda bozor kon’yunkturasini e’tiborga olib, moslashuvchanlikni 
qo`llash, xo`jalik faoliyatini baynalminallashtirishda xususiylikning ustunligini 
e’tiborga olish hamda mayda aksionerlarni ko`paytirish va bunga aholini jalb etish, 
asos bo`lib hisoblangan. 
90 – yillarning birinchi besh yili ichida 65 davlat va yarim davlat 
korxonalari xususiylashtirilib, buning ichida yirik, eng yiriklari ham mavjud edi. 
Bular sanoat, banklar, sug`urta guruhlari edi. Xususiylashtirish zarur bo`lgan 
aktivlar qiymati 200 mlrd. frankka teng edi. Lekin elektroenergiya, gaz ta’minoti, 
telekommunikatsiya sohalari faqat davlat egaligida qolishi qat’iy edi. 
Xo`jalik mexanizmini takomillashtirishdagi ikkinchi yo`nalish soliq 
to`lovlarini kamaytirish edi. Daromadning asosiy qismini xo`jaliklar ihtiyorida 
qoldirib, tadbirkorlar erkinligini kengaytirish va shaxsiy tashabbusni ko`tarish 
kerak edi. 
Bundagi davlat siyosatining uchinchi yo`nalishi turli iqtisodiy faoliyat 
sohalaridagi chegaralashni kamaytirishdan iborat bo`ldi. 1987 – yildan boshlab 
barcha sanoat va xizmat ko`rsatish sohalaridagi korxonalar o`z mahsulotlari narxini 
bozor sharoitlaridan kelib chiqgan xolda erkin belgilash huquqiga ega bo`ladilar. 
Faqat bundan kitob, medikamentlar, gaz temir yo`l istisno edi. Kredit tizimi 
faoliyatiga davlat aralashuvi keskin kamaytirilib, kredit muassasalari asta-sekin 
xususiylashtiriladi va kreditdan foydalnishdagi imtiyozlar bekor qilinib, erkin 
bozor foiz normalari kiritiladi. 
Bunday davlat siyosati qisqa vaqt ichida o`zining ijobiy Yakunlarini bera 
boshladi. Iqtisodiy ko`tarilish yuz berib, bu 3-4 foizga yetdi. Kapital xarajatlar 
deyarli 50 foizga ko`tarildi va asosiy an’anaviy tarmoqlarda o`sish yuz bera 
boshladi. 
Lekin 90 – yillar boshiga kelib iqtisodiyotda axvol yana keskinlasha 
boshladi. Buning asosiy sababi jahon bozorida narx-navoning eksport tovarlarga 
pasayishi bo`ldi. Milliy kompaniyalarda o`z sarmoyalarining yetishmasligi, kredit 
foizlarining yuqoriligi, yirik qarzlar paydo bo`lishi yuzaga keladi. Bular 
hukumatdan keskin chorlaar qo`llashni talab etadi. Iqtisodiyotni jonlantirish dasturi 
tuzilib, bunda ijtimoiy ishlarni ko`paytirish, turar joy qurilishini kengaytirish, 
ishlab chiqarish o`sishini rag`batlantirish hamda ishsizlikning o`sishini 
to`xtatishlar ko`zda tutiladi. Shu bilan birga pul-kredit va valyuta siyosatlariga 
o`zgartirishlar kiritiladi. Bu tezda o`z natijalarini berib, frank mustahkamligini 
ta’minlash, qarzlardan qutilishlar yuz berdi. Shu bilan birga davlat bu sohada 
o`zining yangi siyosatini e’lon qildi. Bundagi eng muhimi baho mustahkamligini 


112 
e’lon qilish edi. Chet valyutalar kursiga frankni tenglashtirish, muomalada pul 
miqdorini kamaytirishlar yuz bera boshladi.
90 – yillar boshida ishsizlikning oldini olishga qaratilgan choralardan biri 
davlat zayomi chiqarish bo`ldi. Byudjetdagi qo`llanilgan choralar yangi ish 
joylarini paydo qilish, vaqtincha ish bilan ta’minlash va yoshlarni o`qitish 
jarayondlarini moliyalashtirish imkonini tug`dirdi. 
80 – yillar oxiri va 90 – yillar boshida yirik xajmda xususiylashtirish amalga 
oshirildi. Bu xatto raqobatbardosh davlat korxonalarini ham o`z ichiga oladi. Bu 
yuqori rentabelli va yirik korxonalarga ham taaalluqli edi. Bunda moliyaviy 
byudjetga xos fikrlashuv asos qilinib, davlat mulki to`g`risida yyetakchi 
partiyalarning strategik masalalari bo`yicha yaqinlashuvi natijasi ustunlik qildi. 

Download 5,01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   195




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish