“bozor iqtisodiyoti nazariyasi-rivojlangan mamlakatlar bozor tajribasi”


Франция иқтисодиётининг ривожланган



Download 5,01 Kb.
Pdf ko'rish
bet64/195
Sana18.04.2023
Hajmi5,01 Kb.
#929538
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   195
Bog'liq
portal.guldu.uz-« BOZOR IQTISODIYOTINAZARIYASI »

Франция иқтисодиётининг ривожланган 
соҳалари 
автомобил
созлик 
қора 
металлурги
я 
авиакосмос 
электрон 
кимё 
нефт газ
 
7.1.2.-чизма 
Франция иқтисодиётининг ривожланган соҳалари 
6.1.1- chizma 
Fransiya iqtisodiyodining rivojlangan 
sohalari
Fransiya iqtisodiyodining rivojlangan sohalari
avtomobil-
sozlik 
qora 
metallurgiya 
aviyakosmos 
elektron 
kimyo 
neft gaz 


106 
Fransiya davlat banki Markaziy bank hisoblanadi. Uning eng muhim 
vazifasi kaznacheylikni kreditlashdan iborat. Shu bilan birga hukumatning hisobli 
operatsiyalarini bajaradi. Banklar ikki yirik bo`lakdan iborat: kredit-moliya 
muassasalari va xalq banki kabilardir. “Soste Jeneral”, “Pariba” banklari 
Fransiyada eng yirik va Yevropada uchinchi o`ringa ega. 20 ga yaqin savdo 
banklari mavjud bo`lib, bular asosan kapital va kapital joylash bozori bilan 
bog`langan. Bundan tashqari yirik kompaniyalar banklari faoliyat ko`rsatadi. 
Kooperativ banklarning faoliyati ham keng va operasion bo`limlarning 60 foiz va 
joriy quyilmlarning 30 foizi shularga to`g`ri keladi. Bularning ayniqsa agrar 
sektordagi faoliyati xajmlidir.
Moliya kapitali bilan sanoat kapitallarining bir-biriga qo`shilib ketishi 
natijasida yirik moliyaviy sanoat guruhlari paydo bo`lib, bularning mamlakat 
iqtisodiy siyosatining shakllanishida va uni xalqaro aloqalarida ta’siri kattadir. 
Fransiya iqtisodiyoti bir necha moliya guruhlari bilan o`ralgan bo`lib, bularni 
ichida “Pariba”, “Syue”, “Rotshild va Ampen-Shneyder” guruhlari eng 
yyetakchilaridir. Yirik kompaniyalarning manfaatlarini esa fransuz tadbirkorlari 
milliy Kengashi (Patronat), shuningdek tarmoqlar, tarmoqlararo tadbirkorlar 
tashkilotlari qo`llab-quvvatlaydilar.
Eng tavsifligi moliyaviy guruhlar bilan konsernlarning Yevropa Ittifoqi 
yagona ichki bozori ichidagi aloqalaridir. Fransiyada xatto Parij-Lill-Strasburg uch 
burchagi paydo bo`lib, bunda bir qancha Franko-Belgiya, Franko-Gollandiya va 
boshqa mamlakatlarning aralash korxonalari yuzaga kelgan. Yagona Yevropa 
loyixalari muvaffaqiyatli ravishda amalga oshirilgan bo`lib, yeI energottizimli 
qo`rilishi, Marsel-Strasburg-Bonn, Lamansh tagida qurilgan temir yo`l toneliga 
o`xshaganlar shular jumlasidandir.
Fransiya iqtisodiyotida yuz berayotgan tarkibiy-tuzumiy o`zgarishlarda 
tashqi iqtisodiy aloqalar aloxida o`rin egallaydi. Buning ichida eng ahamiyatlisi 
albatta tashqi savdodir. Chunki bu eng yirik o`zgaruvchan va xalqaro 
munosabatlarda qatnashuvning eng muhim shaklidir. Keyingi o`n yillilkar ichida 
tashqi savdo umumiy iqtisodiy o`sishga nisbatan tezroq kengayib bormoqda va 
milliy iqtisodiyotning jahon iqtisodiyotiga qaramlik darajasi ko`tarilmoqda.
Fransiya iqtisodiyoti tashqi aloqalar uchun doimo ochiq hisoblanadi. Agar 
aholi jon boshiga hisoblasak, Fransiyada yiliga 8700 dollarga to`g`ri keladi. Buni 
taqqoslamoqchi bo`lsak, AQSHda – 4800, Germaniyada – 11000, Buyuk 
Britaniyada – 7200 dollarga to`g`ri kelishini ko`ramiz. Demak, bu ko`rsatkich 
bo`yicha Fransiya Germaniyadan keyingi ikkinchi o`rinni egallaydi. Tovarlar va 
xizmatlar importi YAIMga nisbatan 23,5 foiz, eksport esa 23 foizga teng keladi. 90 
– yillarga kelib import eksportga nisbatan ortib ketdi. Bu esa taqchillik balansini 
yuzaga keltirdi. Natijada Fransiya iqtisodiyotidagi muammoga aylandi. 
Fransiya iqtisodiyotining oqiqligi yyetakchi tarmoqlarda eksportning 
ko`payishida o`z aksini topadi. Fransiya jahon eksportida quyidagi sanoat tovarlari 
bo`yicha sezilarli hisoblanadi: elektrotexnika jixozlari (9 foiz), rangli metal va 
organik kimyo mahsulotlari (9 foiz), nozik kimyo va qora metallurgiya (10 foiz), 
formasevtika tovarlari (12 foiz), kauchuk va plasmassa buyumlari (13 foiz), oynak 


107 
(14 foiz) kabilardir. Lekin keyingi yillarda tovarlar sifati va xavfsizligi darajasi, o`z 
vaqtida ta’minlash, sotuvdan keyingi xizmatlarni uyushtirish, eksport 
egiluvchanligi, reklama xarajatlari kabilar bo`yicha eng yyetakchi AQSH, 
Germaniya, Yaponiya, Italiya va Buyuk Britaniya mamlakatlaridan orqada 
qolaboshladi. Raqobatbardoshligi past tovarlar ko`payaboshladi. Shuning uchun 
ham davlat tartiblashtirish mexanizmlarida o`zgarishlar yuz berib, bu avvalo 
eksportga qaratila boshladi. 
Tashqi iqtisodiy aloqalar bo`yicha Fransiyaning eng muhim sheriklari yerik 
mamlakatlaridir. Mamlakat tovar aylanishining 60 foizi shularga to`g`ri keladi. 
Shuningdek eksport ham – 60 foiz, qishloq xo`jalik mahsulotlari bo`yicha esa 78 
foizgachadir. Avtomobilsozlik bo`yicha bu ko`rsatkich 70 foizga teng. Bunda 
qo`shni Germaniya asos bo`lib, eksport bo`yicha 16 foiz va import bo`yicha 20 
foizga to`g`ri keladi. Ikkinchi o`rinda Italiya turadi va bunga 12 foizga to`g`ri 
keladi. Buyuk Britaniya ham aloxida o`rin egallab, unga atom elektr 
stansiyalaridan elektr quvvati eksport qilish ortib bormoqda. Investitsiyada ham bu 
mamlakatlar asos bo`lib, bularga Fransiya kapital chiqarilishini 70 foizi to`g`ri 
keladi.
Keyingi muhim sherik AQSH bo`lib, buning hissasi 6,1 foizdan iborat. 
Asosan AQSHga metallurgiya mahsulotlari va yuqori sifatli vino, pishloq kabi 
tovarlar eksport qilinadi. AQSHdan asosan energetik, kimyo ishlab chiqarishi, 
kompyuterlar, aviadetallar va shaxsiy iste’mol tovarlari import qilinadi. AQSH 
bilan aloqa tashqi savdoga nisbatan ancha kengdir. Bunda investorlik ham katta 
o`rin egallaydi va asosan AQSHning metallurgiya, kimyo, ko`mir va neft 
sanoatlariga qaratiladi. 
Fransiya yirik kapital importeri hisoblanadi. Bu sohada Fransiya hukumati 
erkinlashtirish siyosatini qo`llab, milliy iqtisodiyotda modernizatsiyani keng 
qo`llash, ilm sig`imli, ilg`or texnikani qo`llash, eksportni kengaytirish, yangi ish 
joylarini tashkil qilish, sanoati qoloq hududlarda uni rivojlantirishni tezlashtirish 
kabilarga chet kapitalini jalb qilishga harakatni kuchaytirmoqda. Hozirga kelib 
Fransiyada ilg`or tarmoqlar korxonalarining yarmidan ko`pi chet kapital 
nazoratidadir. Umuman hozir jami tovar aylanishining 1/4 qismi va eksportining 
1/3 qismi chet firmalari hisasiga to`g`ri keladi.

Download 5,01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   195




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish