85
5.1.1.-jadval
Malakatlarning YAIM yaratish bo`yicha reyting tablitsasi
(2009 yil)
O`rni
Iqtisodiyoti
Xajmi (mln.)
Barcha
mamlakatlar
60,587,016
1
AQSH
14,204,322
2
Yaponiya
4,909,272
3
Xitoy
4,326,187
4
Germaniya
3,652,824
5
Fransiya
2,853,062
Germaniya keyinroq industriya yo`liga o`tgan bo`lsa
ham juda tez birinchilar
qatoriga yetdi. Hozir u o`rta industriyalashtirilgan mamlakat hisoblanadi. Milliy
xo`jalikda boshqa mamlakatlarga nisbatan sanoat hissasi katta – u YAIMda 39
foizga teng. U juda tez tuzumiy o`zgarishlarni amalga oshiradi. Sanoatda yyetakchi
sohalar asosni tashkil etadi. Ilm sig`imli tarmoqlar, an’anaviy tarmoqlarni yangi
texnologiya asosida qayta yangilash, texnik rivojlantirishda raqobatdan keng
foydalanish Germaniya sanoati uchun xos xususiyatdir.
Hozirgi vaqtda investitsiya yo`nalishi asosan texnologik yangilanish va
jixozlarni
yangilashga qaratilib, deyarli 80 foizni tashkil etadi va 20 foizginasi
ishlab chiqarish quvvatini oshirishga ishlatiladi.
O`tkir raqobat sharoitida Germaniya oldida ishlab chiqarish xarajatlarini
pasaytirish muammosi turibdi. Germaniya raqobatbardoshligining muhim
tomonlaridan biri – mahsulotning yangilanib turishidir. Bu sohada ham Germaniya
ilg`or o`rinlarni egallaydi. Umuman olganda Germaniya sanoati: ishlab
chiqarishning yuqori sifatli darajadaligi va keng assortimentli buyumlar ishlab
chiqarishi; xalqaro standartlardan foydalanish va ayni vaqtda individual,
unikal
buyurtmalarni bajarishi; mahsulot yetkazib berishni o`z vaqtida bajarish;
mahsulotlar sotishning keng tarmog`iga egaligi va savdodan keyin xizmat
ko`rsatish, umuman yuqori darajali raqobat talablariga mos kelish xususiyatlariga
to`la ega.
Germaniya qishloq xo`jaligi ham ilg`orligi bilan tavsiflanadi. Bunda
industrial usullarni keng qo`llash, qishloq xo`jalik amaliyotida ilmiy-texnik
rivojning qo`llanilishi
yuqori darajadaligi, intensivlikni yuqorilashuvi, agrosanoat
kompleksining shakllanishi katta o`rin egallaydi. Bunda ham YAIMda qishloq
mahsuloti ko`p emas, faqat 1,5 foizga teng. Lekin xalq iste’molini to`la
ta’minlaydi. Ammo chorvachilik ustunlik qiladi.
Qishloq xo`jaligi texnik ta’minlanganligi bilan farqlanadi. Shu bilan birga
zamonaviy, yuqori unumli texnika ortib bormoqda. Kimyoviy usullar, mineral
o`g`itlar ishlata olish kengaymoqda. Qishloq xo`jaligida yiriklashuv tezlashmoqda.
Shuning uchun ham xo`jaliklar son jixatidan kamaymoqda.
86
Germaniya o`rta industrial davlat bo`lishiga qaramay,
keyingi yillarda
xizmat ko`rsatish kengayib, uning YAIMdagi hissasi ortib bormoqda va bu
sohadagi bandlik ham ko`paymoqda. YAIMda xizmat ko`rsatish 37 foizga yetgan.
Bunga texnik taraqqiyot tezlashuvi va xizmat ko`rsatishga talabning ortishi sabab
bo`lsa, shu bilan birga davlatning ijtimoiy siyosatini ham ta’siri katta. Hozir
bandlikning 53 foizi xizmat ko`rsatish sohasiga to`g`ri keladi.
Germaniya bozor iqtisodiyotida kichik biznesning o`rni katta. Mayda biznes
10 kishigacha bandlik bilan belgilansa, o`rta biznes 500 kishigacha belgilanadi.
Hozir Germaniyada firmalar umumiy sonining 99,8 foizi shu mayda biznesga
to`g`ri keladi. YAIMda esa bularning hissasi 46 foizga to`g`ri keladi. Sanoatda esa
mahsulotning ½ qismi, yalpi investitsiyaning 44 foiz va tovar eksportining 40 foizi
shu kichik biznesnikidir.
Kichik biznes davlat tomonidan har tomonlama qo`llab-quvvatlanadi. Bu
yiriklarning raqobat ta’siri, xo`jalik
qiyinchiliklarini yengish, kredit qo`llash,
soliqdagi rag`batlantirish, davlat buyurtmalarini joylashtirish, axborot xizmatlarini
tashkil etish, marketing xizmati ko`rsatish, kadrlar bilan ta’minlash kabilarda o`z
ifodasini topadi. Bu innovatsiya sohasida ham qo`llaniladi.
Davlat qo`llashi kichik va katta, yirik ishlab chiqarishlar o`rtasidagi
mutanosiblikda ham katta ahamiyatga ega.
Moliya bozorining ishlab chiqarish ustidan nazorati mavjudligi Germaniyaga
xos xususiyatlardan hisoblanadi. Bu banklarning aksiyaga egaliklari orqali amalga
oshiriladi va muhim moliyaviy yechim va innovatsiya qarorlariga taalluqlidir.
Bank nazorati mexanizmi firmalar ichki ma’lumoti, ishlab chiqarish, moliyaviy,
innovatsion faoliyatlariga to`g`ridan-to`g`ri qatnashuvga asoslangan.
Mamlakat ichida chet tadbirkorlik kapitalining hissasi katta. Ayniqsa AQSH
TMK (trans milliy korporatsiyalar)ining ta’siri sezilarli. Hozir qo`shni mamlakatlar
va Yaponiya kapitali qatnashuvi ham salmog`li bo`lib bormoqda.
Germaniya iqtisodiyotida sanoat, bank va boshqa kompaniyalar
birlashuvidan iborat moliya kapitalining o`rni katta. Bunda biznes strategiyasini
aniqlash muhimdir. Tadbirkor Ittifoqi mavjud bo`lib,
ularning boshida yirik
konsern va banklar turadi. Nemis ish beruvchilar Federal birlashmasi tashkil
etilgan, bu xususiy ish beruvchilar – tadbirkorlarning bosh tashkiloti bo`lib, muhim
ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni xal qilish asosiy vazifa hisoblanadi. Buning
miqyosi tarmoq, federal yerlar chegarasidan chiqib ketadi va mamlakatga taalluqli
tadbirkorlar manfaatini ko`zlab, hukumat, parlament, siyosiy partiya, jamoatchilik
oldida himoyalaydi.
Germaniya iqtisodiyotida bank tizimining o`rni katta. Iqtisodiy samaradorlik
pul mustahkamligi va valyuta tizimiga asoslangandir. Mamlakat ijtimoiy tuzumida
kredit muassasalari juda mustaxkam o`rinni egallaydi. Hammasi bo`lib 49 mingga
yaqin bank bo`limlari mavjud bo`lib, buning ichida 4 mingi mustaqil ish yuritadi.
Bank xizmatchilari barcha bandlikning 3 foizini tashkil etadi. Bank tizimi ikki
pog`onali bo`lib, bir tomonda Markaziy Bank va ikkinchi tomonda, xususiy
banklardir. Bularning vazifalari qat’iy chegaralangan. Markaziy Bank hududiy
bo`limlarga ega va bular 200 dan ortiqdir. Markaziy Bank (Bundesbank)
Federal
87
hukumatga qaraydi va faoliyatida hukumat qatnashadi. Bank direktorlar Kengashi
a’zolari hukumat tavsiyasi bo`yicha Prezident tomonidan tasdiqlanadi.
Bundesbankning eng muhim vazifalaridan biri pul siyosatini amalga
oshirishdir, avvalo uning qadrini saqlash, qiymatini ta’minlashdir. Bu haqiqatdan
ham banklar banki, davlat bankidir. Bunda pul massasini tartiblashtirish va buning
iqtisodiy salohiyatdan kelib chiqishini ta’minlashdir. Xalqaro taqqoslashda nemis
markasi eng mustaxkam valyutalardan bo`lib, jahonda o`z mohiyati bilan 2 – pul
rezervi hisoblanadi.
Bank tizimining ikkinchi darajadagilari tijorat banklaridir. Bular asosan
universal kredit muassasalaridir. Banklar markazlashuvi davom etib, yirik banklar
qo`lida kapital ko`payib bormoqda.
Germaniya hukumatining iqtisodiy siyosatida tashqi aloqaga alohida e’tibor
qaratiladi. Asosiy tashqi iqtisodiy aloqada yeI, AQSH va Yaponiyaning o`rni katta.
Shu bilan birga boshqa hudud va mamlakatlar bilan aloqa olib borishga harakat
qilinadi. Albatta asosiy diqqat yeI mamlakatlariga qaratiladi.
Tashqi savdo
Germaniya iqtisodiyotining stimulyatori hisoblanadi. Shuning uchun ham YAIMda
katta o`rin egallaydi va 90 – yillarga kelib, 33 foizga yaqin bo`ladi. Lekin
konsolidatsiya natijasida bu ko`rsatkich biroz pasaydi.
Germaniya tashqi savdoda doimo ijobiy balansga ega bo`lib keladi.
Eksportda sanoat mahsulotlari asos bo`lib, mashina va jihozlar ko`pchilikni tashkil
etadi, ya’ni ½ qismdan iborat, sanoat xomashyosi, yarimfabrikatlar ¼ ni tashkil
etadi. Iste’mol buyumlari esa 1/10 atrofidadir. Kimyo mahsulotlari va avtomobil
bo`yicha dunyoda liderlik qiladi. Qishloq xo`jalik tovarlari eksporti bo`yicha
AQSH, Fransiya va Niderlandiyadan keyin 4-o`rinda turadi.
Germaniya eksportini rivojlangan moliyalashtirish
va tashqi iqtisodiy
faoliyatni sug`urtalash tizimi rag`batlantiradi. Importda esa asosiy qism tayyor
sanoat mahsulotlari va yarimfabrikatga to`g`ri keladi. Bunda asosiy o`rinni yeI
egallaydi – 55 foiz.
Kapital eksportida ham Germaniya eng yyetakchilardan hisoblanadi va
dunyoda uchinchi o`rinda turadi. 90 – yillarda chet nemis investitsiyasi 1564 mlrd.
markani tashkil etgan. Kapital importi xajmi katta emas. Bu soliqning yuqoriligi,
mehnat haqi yuqoriligi kabilar bilan bog`langan.
Germaniyaning investitsiya sheriklari AQSH va Yevropa mamlakatlaridir.
Lekin boshqa mamlakatlar, ayniqsa Janubiy-Osiyodagilarning hissasi ham ortib
bormoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: