“bozor iqtisodiyoti nazariyasi-rivojlangan mamlakatlar bozor tajribasi”


-chizma Bozor iqtisodiyotiga o`tishning tarkibiy qismi



Download 5,01 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/195
Sana18.04.2023
Hajmi5,01 Kb.
#929538
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   195
Bog'liq
portal.guldu.uz-« BOZOR IQTISODIYOTINAZARIYASI »

1.1.1.-chizma Bozor iqtisodiyotiga o`tishning tarkibiy qismi
Bozor iqtisodiyotiga o`tishning tarkibiy 
qismi 
Bozor 
iqtisodiyoti 
shakllanishi va 
taraqqiy etishi 
bilan bogliq 
rivojlangan 
mamlakat-lar 
tajribasidan 
foydalanish 
Jahon iqtisodi-
yotiga 
qo`shilish 
maqsadida 
mamlakat-lar 
bozor rivoji 
tajribasini 
o`rganish
Jahon 
standartlari 
darajasida 
bo`lishlik uchun 
ilg`or
mamlakat-lar 
bozor
tajribasini 
qo`llash 



Bozor iqtisodiyotiga o‘tishni uch tomoni mavjud bo‘lib, bu umumiylik, 
xususiylik va jahon tajribasidir. Umumiylik bozor iqtisodiga o‘tishda barcha 
mamlakat, hudud va xalqlar uchun bir xildir. Aytaylik, uning umumiy darajalari 
(kategoriya), 
mexanizmlari, 
munosabatlarimavjudki, 
ular 
milliy 
davlat 
chegaralarini tan olmaydi, barchaga taalluqli va zarurdir, bularsiz bozor umuman 
o‘z mazmuniga ega bo‘lmaydi. Lekin hech vaqt bozor munosabatlari-ning 
shakllanishi mamla-katlarda bir xilda yuz bermaydi. Chunki, bozor iqtisodiga 
o‘tishda mamlakatlarda o‘ziga xos xususiyatlar mavjud bo‘lib, bunga ta’sir 
ko‘rsatuvchi tomonlar, omillar ko‘pdir. Har bir mamlakatda bozor 
iqtisodiyotining barpo etilishi umumiy qonuniyatlarning aniq sharoitda amalga 
oshishi va barcha mavjud xususiyatlarni, aniq shart-sharoitlarni e’tiborga olgan 
xolda reallashuvi mumkin. Bu jarayonda har bir mamlakatning iqtisodiy taraqqiyot 
darajasi, intellektual holati, moddiy boyliklar, ayniqsa tabiiy boyliklar, mehnat 
resurslari kabi imkoniyatlar xal qiluvchi ahamiyat kasb etadi. Agar bularga 
geografik joylashuv, milliylik, urf-odat, xalq birligi kabilarni qo‘shsak, umumiy 
sharoit yana ham oydinlashadi. 
Bozor iqtisodiga o‘tishdagi eng muhim tomonlardan yana biri jahon 
tajribasi, mamlakatlar hamkorligidir va bu bozor iqtisodiyotining zarur doimiy 
qismidir. Chunki bozor iqtisodiga o‘tish jarayonining faqat mamlakatning o‘z yoli 
bilan chegaralanish doimo muvaffaqiyatli yakunlanmaydi. Jarayonni tez 
rejalashtirish rivojlangan mamlakatlar tajribasini o‘rganish, ularni o‘zlashtirish va 
tadbiq qilishni talab etadi. Bu bozor iqtisodiga o‘tish muammolarini tez xal qilish, 
ortiqcha urunishlarni oldini olish, sinovdan o‘tgan usul va yollarni qo‘llash 
imkonini beradi.
Bundan tashqari rivojlangan mamlakatlar bozor tajribasi jahon iqtisodiyotiga 
qo‘shilish, jahon standartlarini o‘zlashtirish imkoniyatlaridan foydalanish uchun 
ham yol ochadi. Chunki jahonga yuz tutish, xalqaro iqtisodiy munosabatlarda 
ishtirok etish, har bir mamlakat iqtisodiyotida faoliyat ko‘rsatish avvalo uni 
o‘rganish, bilish va o‘z joyini topa bilishni talab etadi. Buning uchun mavjud 
yig‘ilgan iqtisodiy faoliyat tajribalari, iqtisodiy sharoitlar, xususiyatlarni 
anglashgina bunga yo’l ochishi mumkin. Jahon standartlarini olsak, bu yuqori 
darajali talab asosi bo‘lib, avvalo bunday standartlar, buni yaratuvchi texnologiya 
va erishilgan tajribaning o‘zlashtirilishi talab etiladi. 
Shunday qilib bozor iqtisodiyotiga o‘tishning tarkibiy qismi bo‘lgan jahon 
tajribasi uch tomonlama ahamiyat kasb etadi:
-
bozor iqtisodiyoti shakllanishi va taraqqiy etishi bilan bog‘liq rivojlangan 
mamlakatlar tajribasidan foydalanish; 
-
jahon iqtisodiyotiga qo‘shilish maqsadida mamlakatlar bozor rivoji 
tajribasini o‘rganish; 
-
jahon standartlari darajasida bo‘lishlik uchun ilg‘or mamlakatlar bozor 
tajribasini qo‘llash. 
Ko‘rinib 
turibdiki 
bozor 
iqtisodiyoti 
shakllanishi 
va 
uning 
mustahkamlanishi, taraqqiyotini rivojlangan mamlakatlar tajribasisiz tasavvur etib 
bo‘lmaydi. Bu jarayon axborot uchungina bo‘lmay, bozor amaliyoti uchun zarurdir 



va buni o‘rganish, qo‘llash, foydalanish texnologiyasi bilan mustahkamlanishi 
talab etiladi. Tajribalardan foydalanish esa xususiylik sharoitlari, milliylik, 
mahalliylik bilan mustahkamlanishi mavjud qo‘llash sharoitlariga to‘la ob’ektiv 
xolda moslashtirilishi talab etiladi. 
Bozor tajribalarini axborot uchun o‘rganish o‘z yoliga ega bo‘lib, asosiy 
maqsad ularni to‘la singdirib, bevosita qo‘llash darajasiga olib kelishgina samara 
berishi va iqtisodiy jarayonni tezlashtirishi mumkin. Rivojlangan mamlakatlar 
tajribalarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri qo‘llash mumkin emas va ularni mavjud sharoitlarga 
to‘la moslashtirgan xolda o‘zgartirish, mahalliy talablar, usullaridan to‘la 
foydalanilgan xolda qo‘llash yaxshi samaralar beradi. 
Rivojlangan mamlakatlar bozor tajribasi bozor iqtisodiyoti asoslariga kirib, 
bunga aloxida ahamiyat berish talab etiladi. Buni fan sifatida tan olish, 
shakllantirish, predmet va usullarini belgilash muhim bo‘lib, bozor iqtisodiyoti 
nazariyasi va amaliyoti uchun zarur shartdir. 
Rivojlangan mamlakatlar tajribasiga jahon iqtisodiyoti rivoji tufayli 
yondoshuv ham muhimdir. Bozor iqtisodiyoti rivoji bilan jahon iqtisodiyoti 
shakllanishi o‘sib boradi. Mamlakatlarning jahon iqtisodiyotidagi o‘rni ikki 
tomonlama o‘z aksini topadi: 
-
iqtisodiy resurslar joylanishi; 
-
jahon mehnat taqsimoti. 
Ma’lumki resurslar, ishlab chiqarish omillari yer yuzida bir xil joylashgan 
bo‘lmay, juda turlichadir. Bir xil mamlakatlarda tabiiy boyliklar xillari va miqdori 
ko‘p bo‘lsa, boshqa xili kam yoki miqdori oz bo‘lishi mumkin. Shuningdek, tabiiy 
iqlim ham bunda asosiy rol o‘ynashi mumkin. Ishlab chiqarish mavjud resurslar 
asosida bo‘lib, mahsulot yetishtirish shunga bog‘liq bo‘lishi mumkin. Bu 
maxsuslashuvga olib kelib, ma’lum mahsulotlar ko‘p miqdorda ishlab chiqarilishi 
va buning miqdori ichki iste’mol xajmidan katta bo‘lishi hamda chetga chiqarish 
zaruriyati tug‘ilishi mumkin. Bu bilan jahon savdosi, mamlakatlarning tashqi 
savdosi avj olishi yuz berishi mumkin.
Tashqi iqtisodiy munosabatlarda avvalo tabiiy omillar, so‘ngra mahsulotlar 
ishtirok etadi. So‘ngra mahsuslashuv orqali kapital, ish kuchi va texnologiya 
almashuvi yuzaga keladi.
Eksport va import ortiqchalik tufayli amalga oshsa, so‘ngra zaruriyatga 
aylanib, oddiy iqtisodiy harakatga aylanadi. Bu barcha xalqaro iqtisodiy 
munosabatlarni o‘z ichiga oladi.
Tashqi iqtisodiy munosabatlar rivoji jahon iqtisodiyotining shaklanishiga 
olib kelib, uning rivojlanishi, kengayishiga olib keladi va o‘z navbatida tajribalar 
almashuvini kuchaytiradi. Demak, rivojlangan mamlakatlar bozor tajribasining 
ahamiyati jahon iqtisodiyoti rivoji tufayli o‘sib boradi, ta’sir doirasini kengaytirib 
o‘z tarkibiy qismiga aylantirib boradi. 
Jahon iqtisodiyoti rivojlanishi bilan rivojlangan mamlakatlar bozor 
tajribasining zaruriyatini kuchaytirib, bozor iqtisodiga o‘tuvchi mamlakatlarga 
ta’sirini orttiradi va bozor iqtisodiga o‘tishni tezroq boshidan kechirish taraqqiyot 
yoliga o‘tishni tezlashtiradi. 




Download 5,01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   195




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish