“bozor iqtisodiyoti nazariyasi-rivojlangan mamlakatlar bozor tajribasi”



Download 5,01 Kb.
Pdf ko'rish
bet14/195
Sana18.04.2023
Hajmi5,01 Kb.
#929538
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   195
Bog'liq
portal.guldu.uz-« BOZOR IQTISODIYOTINAZARIYASI »

2.2.1.-jadval
Bozor iqtisodiyotiga o‘tish bosqichlari
Bosqichlar 
Tadbirlar 
1-bosqich "Huquqiy asoslarni 
yaratish" 
* mulk to‘grisida; 
* banklar to‘grisida; 
* bandlik to‘grisida; 
* investitsiya haqida; 
* tadbirkorlik to‘grisida; 
* tashqi iqtisodiy faoliyat haqida; 
* xususiylashtirish to‘grisidagi qonunlarni qabul 
qilish. 
2-Bosqich 
"Moliya-kredit 
tizimini soYOlomlashtirish" 
* narx nazoratini cheklash; 
* inflyatsiyani jilovlash; 
* byudjet taqchilligini qisqartirish; 
* daromadlarni ideksatsiyalash va boshq. 
3-Bosqich 
"Bozor 
munosabatlarini shakllantirish" 
* ish haqini isloh qilish; 
* chet el investitsiyasiga sharoit yaratish; 
* birjalar faoliyatini tashkil qilish; 
* monopoliyaga chek qo‘yish; 


32 
* valyuta bozorini rivojlantirish; 
* tashqi va ichki narx nisbatiga sharoit tugdirish; 
* xususiylashtirishga sharoit yaratish va boshq. 
4-Bosqich 
"Bozor 
munosabatlarini rivojlantirish" 
* Soyolom bozor raqobatiga o‘tish; 
* o‘z-o‘zini tartibga soluvchi bozor strukturasini 
rivojlantirish; 
* bank-kredit tizimini takomillashtirish; 
* davlat soliq tizimini soYOlomlashtirish; 
* kon’yunkturani jonlashtirish va boshq. 
Demak, bozor iqtisodiyotining shakllanishi qonun hokimiyatining 
yaratilishi bilan chambarchas bog‘langan holatdirki, bular kuchli jamiyatning 
kuchli iqtisodiyotini yaratishda asos bo‘lib xizmat qiladi. Aytish mumkinki, bozor 
huquqiy muhitining yaratilishi aloxida jarayon bo‘lmay, qonuniy hokimiyat 
yaratilishi zarur bo‘lgan kuchli jamiyat shakllanishining tarkibiy qismiga kiradi. 
Qonuniy hokimiyatning yaratilishi ayni vaqtda bozor huquqiy muhitining barpo 
etilishini taqozo etadi. 
Bozor iqtisodiyoti huquqiy muhitini yaratilishining boshlanishiga 
O‘zbekiston Konstituttsiyasida asos solingan, uning 53-moddasida iqtisodiyotning 
bozor munosabatlarini rivojlantirishi tasdiqlanadi. Bozor iqtisodiyoti huquqiy 
muhitining yaratilishi asosida qonunchilik yotadi va qonunlar negizida ularni ijro 
yol va usullarini belgilovchi farmon, qaror va qoidalar yuzaga keladi.
Bunga xos qonunlar ichida harakatdagi O‘zbekiston Respublikasida 
“Korxonalar to‘g‘risida”, Xususiy mulk to‘g‘risida”, “Xususiylashtirish va davlat 
tasarrufidan chiqarish to‘g‘risida”, “O‘zbekiston Respublikasining tadbirkorlik 
to‘g‘risida”ga kabi bir muncha qonunlarni ko‘rsatish mumkin. Bu kabi qonunlar 
ijrosiga qaratilgan qaror, farmonlar tufaylm huquqiy muhit yuzaga keltirilmoqda. 
Huquqiy muhitning ikki tomoni mavjud: erkin va majburiylik. Erkinlik 
bozor ishtirokchilarining bozor iqtisodidagi erkin faoliyatini ta’minlash, jamiyat 
a’zolari o‘rtasidagi va jamiyat bilan bo‘lgan iqtisodiy mazmun harakatining ijro 
etilishini ta’minlash bilan bog‘langandir. Tijoriy erkinlik va faoliyat sohasi tanlovi 
erkinligi qonunlar va ularning ijrosi tufayli ta’minlanadi. Shu bilan birga daromad 
oshishining chegaralanmasligi, resurslardan foydalanish, ish kuchini yollash 
erkinligi juda muhimdir. Iqtisodiy faoliyat erkinligining asosini tashkil etuvchi 
mulk shakllarining mavjudligi muhim bo‘lib, mulk munosabatlarining bozor 
munosabatlari asosida bo‘lishi, xususiy mulk va sarmoyalar xajmining 
chegaralanmasligidagi erkinliklar huquqiy muhitda ahamiyatlidir. Qonunlarda 
bozor munosabatlari asosidagi harakatlar to‘la kafolatlanadi va to‘la himoyalanadi. 
Bozor iqtisodiyoti huquqiy muhitining ikkinchi tomoni jamiyat oldidagi va 
inson huquqlari hamda turmush sharoitlari bilan bog‘langan majburiyatlardan 
iborat. Bu sohada salbiy oqibatlarning oldini olish asos hisoblanadi. Ma’lumki, har 
bir bozor munosabatlari bilan bog‘liq shaxs ijtimoiy xarajatlarda ma’lum o‘rin 
egallaydi va bu majburiyat soliq qonunlarida o‘z aksini topadi. Bundan tashqari 
ekologiyani saqlash, tabiatga zarar keltirmaslik sohasida javobgarliklar mavjud 


33 
bo‘lib, tabiiy boyliklardan to‘g‘ri va samarali foydalanish, havo, suv, er, havoni sof 
saqlash sohasida katta javobgarliklar mavjud. Mehnat huquqi, ishga yollash, 
mehnatni muhofaza qilish, ishlovchilarning daromadlarini kafillash, inson 
huquqlari, uning manfaatini ta’minlash kabilar bilan bog‘langan majburiyatlar 
mavjud.
Shunday qilib, huquqiy muhit deganda bozor munosabatlari asosidagi 
faoliyat uchun huquqlar va majburiyatlarni tushunamiz. Bu sohadagi erkinlik 
jamiyat, davlat va inson oldidagi majburiyatlar muvozanatining doimo ta’minlanib 
borishi uchun zarur shartdir.

Download 5,01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   195




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish