“bozor iqtisodiyoti nazariyasi-rivojlangan mamlakatlar bozor tajribasi”


 Mulk shakllarining bozorga ta’siri



Download 5,01 Kb.
Pdf ko'rish
bet17/195
Sana18.04.2023
Hajmi5,01 Kb.
#929538
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   195
Bog'liq
portal.guldu.uz-« BOZOR IQTISODIYOTINAZARIYASI »

 
2.5. Mulk shakllarining bozorga ta’siri 
Har qanday iqtisodiy tizimda bo‘lganidek, bozor iqtisodiyotida ham mulk 
muammosi hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi va harakatdagi mavjud mulk 
shakllarining bozor talabiga, uning xususiyatlariga mos kelishi talab etiladi. 
Yuqorida qayd qilganimizdek, erkin iqtisodiy taraqqiyot, xo‘jalik xillarining 
turliligi, iqtisodiy tashabbuskorlik, raqobat holati bozorning mohiyatini belgilovchi 
asoslardir. Bular avvalo mavjud mulk shakllariga bog‘liq bo‘lib, ularning ifodasini 
tashkil etgan xolda asosan mulk mohiyatidan kelib chiqadi. 
Iqtisodiy tizimlar mulk shakllarining aksi bo‘lganidek, bozor munosabatlari 
ham o‘zlariga xos va mos mulk shakllarini talab etadi. 
Tarixda turli mulkchilik va yakka mulkchilik shakllari mavjud bo‘lgan. 
Jamiyat turli xil mulkchilik asoslarida ham doimo rivojlanib kelgan. XX – asrga 
kelib yakka mulkchilik tizimi ham barpo bo‘ldi. Bozor munosabatlari, bozor 
iqtisodiyotining mulk shakllariga bog‘liqligi ijtimoiy mulkchilik sharoitida, 
ayniqsa juda ayon bo‘ldi. 
Xo‘jaliklarning turliligi, darajalarining har xilligi kurashga da’vat etadi, 
ya’ni raqobatga olib keladi. Ijtimoiy mulk esa, aksincha tenglik, bir xillilik 
xususiyatini yaratadi. Bundan tashqari u xo‘jalik yuritishda markazlashuvga olib 
kelib, mustaqil harakat qilish, tashabbus ko‘rsatish imkonlarini yoq qiladiki
bunday sharoit bozorcha taraqqiyotni inkor etadi. 
Eng muhim narsa shuki, ijtimoiy mulk bir xillilik bo‘lsa, xususiylik 
turlilikdan iboratdir. 
2.5.1. -jadval
 
Xususiylashtirishning yo’nalishlari 
 
№ 
Yondashuvlar 
Ch u n k i 
1. 
Chek 
vositasida 
xususiylashtirish 
g‘oyasidan voz 
kechildi. 
* bir necha avlodlar mehnati bilan yaratilgan ishlab 
chiqarish salohiyatiga respublikada yashaydigan har 
bir kishining qo‘shgan xaqiqiy ulushini xolisona 
baholab bo‘lmaydi; 
* mol-mulkning qiymatini baholab, uning miqdorida 
cheklar, vaucherlar va boshqa shunga o‘xshash 
qimmatli qogozlar chiqarish hamda bu qogozlarini 
butun aholi o‘rtasida taqsimlash - bu ijtimoiy adolat 
tamoyiliga rioya qilish emas, balki sotsialistik sun’iy 
ravishda tenglashtirishning buzilgan bir shaklidir, 
xolos; 


38 
*cheklarni bepul taqsimlash va shundan keyin ularga 
korxonalarning aksiyalarini sotib olish mulkdorlar 
guruhini vujudga keltirmaydi, balki, aksincha, 
boyligimizni qadrsizlantiradi. Tekin narsaning qadri 
ham bo‘lmaydi. 
* aholining ko‘pchilik qismi qimmatli qog’ozlar bilan 
muomala qilish ko‘nikmasiga ega emas, hali chek 
bozori samarali ishlashi uchun qimmatli qoYOozlar 
bozori shakllanmagan edi. Bu narsa ijtimoiy 
vaziyatining keskinlashuvchiga olib kelar edi. 
2. 
Davlat 
mol-mulkini 
faqat 
yangi 
mulkdorlarga 
sotish 
yoli bilan 
xususiylashtirish 
ma’qul deb topildi. 
* bepul qo‘lga kirgan mol-mulkki uning bir qismi 
chinakamiga asrab-avaylanmaydi, ehtiyot qilinmaydi; 
* xususiylashtirilayotgan ob’ektni bunyod qilishga 
ilgari sarflangan xarajatlarni qoplash zarur. Bu esa 
xususiylashtirish, ob’ektlarini tanlov bo‘yicha va kim 
oshdi savdosiga qo‘yib sotishni taqoza etadi. 
3. 
Xususiylashtirishga 
dasturiy yondoshuvni 
ta’minlash va uni 
bosqichma-bosqich 
amalga oshirish zarur 
deb topildi. 
* bunday yondoshish har bir boshich uchun 
xususiylashtirish sohasidagi asosiy ustivorliklarni 
aniqlash 
ikonini 
beradi. 
Dastlabki, 
bosqichda 
xususiylashtirish jarayoni: 
- umumiy uy-joy fondini, 
- savdo shaxobchalarini, 
- mahalliy sanoat korxonalarini, 
- maishiy xizmat ko‘rsatish shaxobchalarini, 
- qishloq xo‘jalik mahsulotlarini tayyorlash tizimini, 
xullas, "kichik xususiylashtirish"ni qamrab oladi. 
* engil va mahalliy sanoatga, transport va qurilishga, 
boshqa tarmoqlarga qarashli ayrim o‘rta va yirik 
korxonalar keyinchalik sotib olishi huquqi bilan 
ko‘proq: 
- ijara korxonalariga, 
- jamoa korxonalariga, 
- yopiq turdagi aksionerlik jamiyatlarga aylantirildi. 
* Paylar (aksiyalar)ning nazorat paketi davlat 
ixtiyorida saqlab qolindi. 
4. 
Xususiylashtirish 
choYOida aholi uchun 
kuchli 
sotsial 
kafolatlarini yaratish 
va 
uni 
ta’minlash 
vazifasi qo‘yildi. 
* fuqarolarning mulkdan ulush olishda teng huquqqa 
egaligi hamda ularning ijtimoiy himoyalanishi 
qoidasiga amal qilmasdan turib xususiylashtirishni 
adolatli bajarib bo‘lmaydi. Shu sababli: 

xususiylashtirilayotgan 
korxona 
xodimlariga 
aksiyalarni imtiyozli shartlar bilan sotib olishlariga 
imkon yaratildi; 


39 
- yangi mulkdorga ancha eskirgan asosiy fondlar 
hamda ijtimoiy infrastruktura ob’ektlari bepul 
topshirildi; 
- davlat xo‘jaliklarining mol-mulki, fermalar, bog‘lar 
va 
uzumzorlar 
imtiyozli 
shartlar 
asosida 
xususiylashtirilaboshlandi; 
- xususiylashtirilgan korxonalarga ularni qo‘llab-
quvvatlash 
maqsadida 
soliq 
to‘lashda ayrim 
imtiyozlar belgilandi. 
Mulk moddiy va boshqa boyliklardan foydalanish sharoitlari, munosabatlari, 
egalik qilish, o‘zlashtirish mazmunini o‘z ichiga oladi. Mulkka egalik esa ko‘proq 
boylikka ega bo‘lish va u bilan bog‘liq barcha sharoitlarni qo‘lga kiritishdir. 
Shunga ko‘ra u iqtisodiy mazmunga ega iqtisodiyot asosidir. Iqtisodiy faoliyatda 
mulkning hal qiluvchi ahamiyat kasb etishi unga egalik darajasini kuchaytirish va 
boyliklarga nisbatan erkin munosabatga bo‘lishga erishishda ifodalanadi. 
Ma’lumki, ishlab chiqarish sharoiti, taqsimot va iste’mol holati, miqdori va 
darajasi albatta mulk munosabatlariga bog‘liq va u bilan belgilanadi. Undan 
foydalanish, unga egalik qilishda umumiylik va xususiylik mavjuddir, boshqacha 
qilib aytganda, uning qatnashchilari tenglik va tengsizlik hamda itoatkorlik 
holatida bo‘lishi mumkin. Bunda albatta mulkiy munosabatlar bir xilda bo‘lmay, 
balki turli xilda va turli ta’sirda bo‘ladi.
Mulkdagi xususiylikning ijobiy tomonlari ko‘p, u ijtimoiylikka nisbatan bir 
qancha ustunliklarga ega. U, avvalo, umumiylikning teskarisi bo‘lgan turlilik, 
xilma-xillik, tengsizlik sharoitlari bilan bog‘liqdir. Bunda egalik darajasi yuqori 
bo‘lib, javobgarlik hissiyoti kuchli bo‘ladi. Eng muhimi shaxsiy manfaatdorlik 
to‘la yoki to‘laroq ifodalanadi. Mulkdan foydalanishning shaxsga bevosita 
bog‘liqlik 
darajasi 
yuqori 
bo‘ladi.
Mulk xususiyligi xo‘jalik 
yuritishdagi turlilik, xilma-xillik 
va erkinlik sharoitlarini yaratish 
tufayli bozor munosabatlariga 
mos keladi va raqobatga asos 
soladi. Bozor munosabati bilan 
mulk 
muammosi, 
uning 
harakatdagi shakllariga e’tibor 
berar ekanmiz, uning bozor 
iqtisodiyoti 
rivojidagi 
o‘rni, 
ahamiyati, bozor uchun uning 
ma’qul va zarur ko‘rinishlari, 
bozor iqtisodi rivoji maqsadida 
mulk 
munosabatlarining 
taraqqiyotiga e’tibor berishimiz 
zarur.

Download 5,01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   195




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish