Kooperativ mulk
jamoa mulkining ko‘p uchraydigan shaklidir. Kooperativ
xillari ko‘p, ular shu xil mulkka asoslangan va keng tarqalgan korxonalardir.
Kooperativlarga birlashganlarning mulki umumiy va daromadi asosan sarf etilgan
mehnati bilan belgilanadi. Bu guruh asosidagi birlashma bo‘lib, hissadorlik
mazmunida tashkil topadi. Kooperativlarga qo‘shilgan mulk bilan bir qatorda
shaxsiy qatnashuv hal qiluvchi rol o‘ynaydi. Har bir kooperativ bozorda mustaqil
ishtirokchi sifatida faoliyat ko‘rasata oladi.
Qo‘shma mulk
– bu mulklarning bir-biriga qo‘shilishi tufayli yuzaga
keladi. Ikki usulda barpo bo‘lishi mumkin bo‘lgan bu xil mulk mamlakatlarning
ichki va tashqi imkoniyatlariga bog‘liqdir. Chunki qo‘shma mulk ichki yirik
mamlakatlarning bir-birlari bilan qo‘shilib ish ko‘rishga asoslansa, shu bilan birga
mamlakatlararo qo‘shilish tufayli ham shakllanadi. Shuning uchun ham boshqa xil
mulk shakllaridan farqli o‘laroq, bu mulk xalqaro ahamiyat kasb etadi.
Ma’lumki, bozor munosabatlariga o‘tishda chet sarmoyalarni jalb etish bu
jarayonni tezlashtirishda juda qo‘l keladi. Mulk nuqtai nazaridan olsak, bu chet
kapitalini jalb etgan xolda qo‘shma mulkni avj oldirishdir. Mamlakatimizda,
ayniqsa Turkiya, Korea Respublikasi va Germaniya Federativ Respublikasi, AQSH
kapitallari qatnashuvida qo‘shma mulklar ko‘paymoqda.
Chetki kapital asosidagi qo‘shma korxonalarning ahamiyati investitsiyani
kuchaytirish, milliy iqtisodiyotni bozor munosabatlari asosida shalklantirishda
ortib boradi. Katta mablag‘lar zaruriyati sharoitida qo‘shma mulk orqali chet
kapitalini jalb etish zaruriyatdir. Zero, yuqorida aytib o‘tganimizdek,
Respublikamiz oldida xalq xo‘jaligi tuzilishini tubdan o‘zgartirish, yangi tarmoqlar
yaratish, zamonaviy texnologiyani o‘zlashtirish kabi yirik iqtisodiy vazifalar o‘z-
43
o‘zidan katta-katta sarmoyalarni talab etadi. Qo‘shma mulk esa bu muammoni
yechishda katta rol o‘ynashi turgan gap.
Qo‘shma mulk tufayli jalb etiladigan chet kapitali yangi texnologiyani olib
kirmoqda. CHunonchi, Korea Respublikasi, Germaniya Federativ hukumati
kapitallari asosida yuzaga kelgan qo‘shma korxonalar Respublikamiz uchun yangi
avtomobil sanoatini zamonaviy darajada yuzaga keltirish imkonini bermoqda.
Xomashyoviylik yo’nalishini bartaraf etib, tayyor mahsulot yaratishni
o‘zlashtirishdan paxtadan kiyim-kechak tayyorlashgacha bo‘lgan texnologik ishlab
chiqarishni yaratishda Turkiya, Korea Respublikasi kabilar bilan yuzaga
kelayotgan qo‘shma mulk juda ahamiyatlidir. Bunday jarayonlar kundan-kunga
rivojlanib, turli mamlakatlar ishtirokida qo‘shma mulkni kengaytirish tufayli avj
olmoqda. Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad qo‘shma mulkning shakllanish
jarayoniga chetdan yirik kapitallarni jalb etish, uni miqdoriy va hajmiy
kengaytirish yoli bilan yangi tarmoqlar barpo etish, zamonaviy texnologiyani
qo‘llash kabi hajmli sarmoyalarga bog‘liq masalalarni muvaffaqiyatli bajarilishni
tezlashtirishdir.
Diniy tashkilotlar mulki –
bu faqat diniy bino va inshootlar bilan
chegaralanmay, balki xo‘jalik faoliyati imkon tug‘dirgan jamg‘armalar, turli
marosimlardan tushadigan mablag‘lar hisobiga ortib boradi. Ular oddiy xo‘jalik
faoliyati bilan birga katta qurilish ishlari va boshqa kapital xarajatlarni bajarib
boradilar. Bu mulk faqat diniy yolda qo‘llaniladi va ishlatiladi.
Aksioner mulk
– bu turkumdagi eng salmog‘li va ta’sirli shakl bo‘lib, keng
tarqalgandir. Bu ham aslida birlashgan mulk bo‘lib, aksiya chiqarishga
asoslangandir. Bu aksiyalar erkin harakatda bo‘ladi, qimmatbaho qog‘ozlar
qatorida savdoda ishtirok etadi va sotiladi, sotib olinadi. Aksiyaga ega bo‘lganlar
shu asosdagi mulkning qatnashchilari hisoblanadilar. Korxonalarning faoliyatida
ishtirok etish huquqiga ega bo‘ladilar. Aksiyalar uchun korxonalar faoliyatlari
natijasiga qarab daromad oladilar Bu mulkda ishtirok etish juda ixtiyoriydir.
Chunki istagan vaqtda aksiyani sotib olish yoki sotib yuborish mumkin.
Xalq korxona mulki
– bu shakldagi mulk aksioner mulkdan kelib chiqadi.
Chunki aksiyalar egalari korxonada ishlaydilar. Shuning uchun ular ayni vaqtda
korxonaning mulkdori huquqiga ega bo‘ladilar. Bu korxona faoliyatiga aksiyaga
ega bo‘lgan xodimlar ham qatnashuv huquqini qo‘lga kiritadilar. Natijada aksioner
korxona daromadidan shu aksionerlar manfaatdor bo‘ladilar. Masalan, AQSHni
xalq kapitali mamlakati deydilar. Chunki aksiyaga ega bo‘lgan xodimlar
korxonalarda ko‘pchilikni tashkil etadi. 1994 – yilda xalq korxonalarida 11
mln.dan ortiq kishi ishlagan va aksiyalarning 20-50 foizgachasi ishlovchilarning
birgalikdagi mulkidan iborat bo‘lgan. U erda xalq korxonalari deb ataluvchi
xo‘jaliklar miqdori ortib bormoqda. Bunday holatda, albatta, ekspluatatsiya
mazmuni o‘zgaradi va mehnatga erkli munosabat asos bo‘lib hisoblanadi.
Mulk shakllarining mohiyati va mazmuni bilan tanishish shuni ko‘rsatadiki,
bozor iqtisodiyoti uchun barcha mulk shakllari ahamiyatli bo‘lib, har biri o‘ziga
xos ustunlikka egadir. Aytish mumkinki, har bir mulk shakli bozor iqtisodiyoti
uchun zaruriy bo‘lib, ular umumiy taraqqiyot jarayonida bir-birini to‘ldirib boradi.
44
Shuning uchun ham bozor munosabatlari sharoitida mulk shakllarining turliligi va
har bir mavjud shaklining taraqqiy etib borishi talab etiladi. Bu jarayon erkin
raqobat sharoitida amalga oshishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |