“bozor iqtisodiyoti nazariyasi-rivojlangan mamlakatlar bozor tajribasi”


 Davlat mulkini xususiylashtirish



Download 5,01 Kb.
Pdf ko'rish
bet21/195
Sana18.04.2023
Hajmi5,01 Kb.
#929538
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   195
Bog'liq
portal.guldu.uz-« BOZOR IQTISODIYOTINAZARIYASI »

2.6. Davlat mulkini xususiylashtirish 
 
Bozor iqtisodiyotining shakllanishi va rivojlanishida mulk shakllarining 
turliligi 
va 
xususiy 
mulkning 
asosiyligini 
ta’minlash davlat mulkini 
xususiylashtirish, uning monopol holatini bartaraf etishni muhim masala qilib 
qo‘yadi. Chunki bozorga o‘tish, nobozorcha boshqarish usuli o‘rniga bozorcha 
xo‘jalik yuritishni o‘rnatish, davlat iqtisodiyotini parchalash, raqobatbop xo‘jalik 
turlarini yaratish asosiy muammolardandir.
Davlat mulkini xususiylashtirish (privatizatsiya) umumiqtisodiy voqelik 
bo‘lib, bozor iqtisodiyoti shakllanishi va rivojining zarur shartidir. Privatizatsiya 
davlat mulkidan boshqa mulk shakllariga o‘tishni anglatadi. Privatizatsiya lug‘aviy 
mazmuni xususiylashtirish bo‘lgani uchun bu iqtisodiy jarayonni davlat mulkini 
xususiylashtirish, 
deb 
ataydilar. 
Lekin 
mazmunan 
xususiylashtirish 
privatizatsiyaga 
nisbatan 
kengroqdir. 

yana 
umuman 
iqtisodiyotni 
liberallashtirish, davlat mulkiga xususiylik munosabatlarini singdirish kabi erkin, 
iqtisodiy sharoitga bog‘liq chora-tadbirlarni ham o‘z ichiga oladi.
Xususiylashtirish davlat iqtisodiy monopollligini bitirish va o‘rniga 
bozorga xos bo‘lgan mulk erkinligini ta’minlashga qaratilgan. Chunki bunda davlat 
mulki hukmronligi o‘rniga asta-sekinlik bilan nodavlat, birinchi navbatda xususiy 
mulk shakllarini yaratish va bozorga o‘tish sharoitilarini paydo etish uchun davlat 
mulkini xususiylashtirilayotgan bo‘lsak, rivoj topgan mamlakatlarda bozor iqtisodi 
rivoji sohasida katta tajriba orttirib, bozor taraqqiyotini takomillashtirish vash u 
sohada davlat va bozor tizimlari o‘rtasidagi muvozanatni zamonaviylashtirish 
amalga oshmoqda. Bu ham tub mazmuni bilan monopollashuvga qarshi kurash, 
raqobatli bozorin kuchaytirish bilan bog‘langandir. Shuning uchun bizdagi va 
G‘arbdagi xususiylashtirishni bir xil deb bo‘lmaydi. Bizning sharoitimizdagi bu 
jarayon o‘tish vazifasini bajarish va bozor iqtisodiga asos solish bilan bog‘langan 
bo‘lsa, G‘arbdagisi bozor iqtisodiyoti taraqqiyotini ta’minlash hamda navbatdagi 
davlat va raqobat bozori o‘rtasidagi yangi balansni ta’minlashdan iborat.
Mulkiy munosabatlarning umumiy va xususiy tomonlari mavjud 
bo‘lganidek, xususiylashtirishning ham umumiy qonuniyat va talablari hamda 
shuningdek, milliy, ommaviy xususiyatlari ham mavjuddir. Keyingi yillarda 
iqtisodiyotni 
nodavlatlashtirish 
jarayoni 
sharoitida 
nog‘oyaviylashtirish 
kuchaymoqda. Chunki faqat xususiylik tarafdorlari bo‘lganlar yoki davlat 
iqtisodiyoti tarafdorlari bo‘lganlar kamayib, o‘z ahamiyatlarini yoqotmoqdalar. 
Aytaylik, Buyuk Britaniyaning yirik neft kompaniyasi bo‘lgan “British 
petrolium”ni konservatorlar emas, balki leyborist demokratlar xususiylashtirishdi. 
Shvetsiyada ham sotsial-demokratlar xuddi shunday qilishdi. Bunday misollarni 
ko‘plab keltirish mumkin.


45 
Nodavlatlashtirish faqat xususiylashtirishdan iborat emas. Buning yol va 
usullari ko‘p bo‘lib, iqtisodiy ahvol, kuchlar muvozanati, hozirgi holat kabilarni 
hisobga olgan holda qulay usullardan foydalanish talab etiladi. 
G‘arb davlatlari tajribasiga ko‘ra iqtisodiyotning nodavlatlashtirish 
usullaridan to‘rt xilini samarali deb tanlasa bo‘ladi. Albatta bu usulni O‘zbekiston 
uchun to‘g‘ri keladi deb bo‘lmaydi. Lekin ulardan foydalanish mumkin. Shunga 
ko‘ra bularni tahlil etish foydadan holi emas deb o‘ylaymiz.
1.
Bozorni liberallashtirish
– bu baholar erkinligiga o‘tish bilan birga, 
raqiblarni bozorda ko‘paytirish choralarini qo‘llash, kichik biznesni kuchaytirish, 
chet tovarlarni ko‘proq keltirish sharoitlarini kengaytirish kabilar bozorni o‘zidan-
o‘zi privatizatsiyasiz nodavlatlashtirib, kengaytiradi va talabni qondirish darajasini 
ko‘taradi. 
2.
Aksionerli davlat – shaxsiy korxonalarini yaratish
, ularning faoliyat 
sohasini kengaytirish. Bunda davlatning aksiyali kapitaldagi hissasini pasaytirib 
borishga qaratilgan soliq, kredit kabi mexanizmlar mavjud. 
3.
Davlat iqtisodiyotiga xos nobozor muhitni ketma-ket yoq qiluvchi 
nodavlatlashtirish usullari. 
Bular byudjet hisobiga korxonalarning ishini 
yaxshilash, davlat buyurtmasini qisqartirish, kredit qarzlardan voz kechmaslik, 
xususiy investitsiya sharoitlarini davlat korxonalariga tadbiq etishlardan iboratdir. 
Bu bozor munosabatlariga yol ochadi.
4.
Xususiylashtirishni amalga oshirish
. Agar xususiylashtirish keng 
qo‘llanilsa ayrim shaxslar, sotiladigan korxonalar, bank, yangi aksioner jamiyatlar, 
chet firmalarning jamoa a’zolari mulkdorlar qatoriga qo‘shilib boradilar. 
Quyidagi jadvalda iqtisodiyotning nodavlatlashtirishga xos usullarini 
ko‘rsatuvchi tomonlarni umumlashtirilgan holda ko‘rstatishga harakat qildik. 
Bularni alohida-alohida qo‘llaniladi, deb bo‘lmaydi. Bu, albatta taraqqiy etgan 
g‘arb mamlakatlar tajribasi aosisda tuzilgan. Lekin respublika sharoitlarini hisobga 
olgan holda bulardan muvaffaqiyatli foydalanish va bu bizning shakllanayotgan 
bozor iqtisodiyotimiz uchun katta foyda keltirishi mumkin. Bu to‘rt usul bozor 
usuliga o‘tgan mamlakatlarga xos bo‘lib, ularda xususiylashtirish oldindan hal 
qilingan. O‘zbekiston uchun esa hozirgi asosiy vazifa – xususiylashtirishni to‘la 
amalga oshirishdir. 

Download 5,01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   195




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish