55
mavjud, degan so`z respublikaning o`z maxsus
bozor iqtisodiy qonunlari,
ya’ni milliy iqtisodiy qonunlar bor, degan xulosa emas. Bu, biz yuqorida ko`rib
o`tgan umumiylik, xususiylik va mamlakatlar tajribalari birligidir va shu bilan
birga hamkorlikda, birgalikda amalga oshiriladigan vazifalar, degan ma’noni
bildiradi.
O`zbekiston milliy modeli bozor iqtisodiyotini
izchillik bilan tiklab borish,
unga bosqichma-bosqich va sharoitlar yaratilishi bilan asta-sekin o`tish, aholini
ijtimoiy himoyalashni keng qo`llagan holda ijtimoiy barqarorlikni ta’minlab borish
yo`li blian o`tishni taqozo etadi. Milliy modelda o`z aksini topgan O`zbekistonning
bozorga o`tishdagi o`z yo`li bozor iqtisodiyoti shakllanishi uchun uch tomonni,
ya’ni ichki va tashqi sharoitlarni yaratish, bozor iqtisodiyoti maqsadlariga erishish
va umuman, bu jarayonlar shakllarini yaratish kabilarni o`z ichiga oladi.
Bozor iqtisodiyotiga o`tishdagi milliy modelning amaldagi harakati real
sharoitga asoslangan holda, mavjud va ro`y berishi mumkin bo`lgan barcha
iqtisodiy hodisalarni e’tiborga olgan tarzda bo`lishi, juda ehtiyotkorlik, hamkorlik
va tadbirkorlik asosida bo`lishini talab qiladi.
Bozor iqtisodiyoti
shakllanishining
ichki sharoitlari
deganimizda, avvalo
mulkni xususiylashtirish, davlat monopoliyasining oldini olish, xususiy mulkning
turli
shakllarini yaratish, shuningdek, ishbilarmonlikni rivojlantirish, barcha mulk
shakllari tengligini ta’minlash, xalq xo`jaligi va ishlab chiqarishning zamonaviy
samarali tuzulishini yaratish va bular asosida xalq farovonligi hamda istiqbol
ishonchini yaratish, aholining ijtimoiy himoyalanishi kabilarni tushunamiz.
Bu jarayonning
tashqi sharoitlari
deganimizda jahon iqtisodiyotiga qo`shila
borish usullarini qo`llash, xalqaro iqtisodiy munosabatlarda
faol qatnasha borish,
jahon mehnat taqsimotida o`z o`rnini yarata borish, jahon bozorida kengroq
ishtirok etish yo`l va usullarini qo`llab borish kabilarni tushunamiz.
Bozor iqtisodiyotiga o`tish shakllarini yaratib borish
deganimizda iqtisodiy
erkin faoliyat, bozor ishtirokchilarining erkin raqobatlashuvi, xo`jaliklarning
turliligi, ijtimoiy hamkorlik munosabatlarini o`rnatish kabi iqtisodiy voqeliklarga
o`tish o`zining
shakllarini talab etib, bular mavjud sharoitlariga qarab paydo
bo`lishi, o`zgarishi va takomillashuvini tushunish kerak. Masalan, xo`jalik yuritish
shakllarining turliligi, mulk shakllari tengligi va raqobat rivoji bizning
sharoitimizda, birinchi navbatda, davlat mulk monopoliyasiga barham berish va
uning xususiylashtirish shakllariga bog`liq. Bu hech qachon bir xil bo`lmaydi va
oldindan ma’lum andoza bo`yicha ro`y bermaydi.
Bu jarayon davlat mulkini
tekinga berish, imtiyozli bahoda berish, kim oshdi savdosi asosida
xususiylashtirish kabilar bilan bir qatorda ijara, oilaviy pudrat, hissadorlik kabi
shakllarni yuzaga keltirmoqda va buni belgilaydigan ko`p
miqdordagi omillar
e’tiborga olinmoqda. Zero, bozorning turli tomonlariga taalluqli jarayonga xos
shakllarni e’tiborga olish, ulardan o`z joyida va vaqtida iqtisodiy sharoitga mos
holda foydalanish va ularni takomillashtirish bozor iqtisodi shakllanishini
tezlashtiradi.
O`zbekiston milliy modelidagi muhim tomonlardan yana biri shuki, bozor
iqtisodiga o`tish silliq, osonlik bilan ro`y
beradi deb hisoblamay, bu og`ir,
56
mashaqqatli va ma’lum iqtisodiy buzilish, beqarorlik kabi salbiy hodisalar bo`lib
turishi, e’tibor susayganda bunday salbiy oqibatlarning chuqurlashuvi ro`y berishi
mumkin. Chunki bu bir iqtisodiy tizimdan ikkinchisiga o`tishdan iborat bo`lib,
ko`pchilik iqtisodiy voqelik bir-biriga qarshidir. Bunday o`zgarish milliy
modelning har tomonlama mukammal bo`lishi va umumiylik, xususiylik hamda
jahon tajribasini o`z sharoitlarini to`la hisobga olib qo`llash kabilarni o`z ichiga
olishni talab qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: