“bozor iqtisodiyoti nazariyasi-rivojlangan mamlakatlar bozor tajribasi”



Download 5,01 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/195
Sana18.04.2023
Hajmi5,01 Kb.
#929538
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   195
Bog'liq
portal.guldu.uz-« BOZOR IQTISODIYOTINAZARIYASI »

,
Yevropa Ittifoqi 
iqtisodiyoti
,
Xalqaro 
iqtisodiy 
birlashmalarning 
bozor 
iqtisodiyotini 
rivojlantirishdagi o‘rni kabi masalalarini qamrab oladi. 
«Rivojlangan mamlakatlar bozor tajribasi» fanining maqsadi talabalarni 
jahonning yyetakchi mamlakatlari iqtisodiy rivojlanishining o‘ziga xos 
xususiyatlari bilan tanishtirish, milliy xo‘jaliklar taraqqiyoti hususiyatlari va 
makroiqtisodiy modellar taxlili, O‘zbekiston Respublikasi va xorijiy mamlakatlar 
iqtisodiyotini taqqoslash kabilar hisoblanib. Bunda har bir talaba xorijiy 
mamalakatlar tajribalalarini bevosita bir – birlari bilan taqqoslash imkoniyatiga ega 
bo’lib, bu esa mamalakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko’lamli ishlarning 
samaradorligini yanada yaxshilash hamda mamalakatimizni jahon mamlakatlari 
bilan integratsiyalashuvida katta xizmat qiladi. 



I

O’QUV MATERIALLARI 
1.1. MA’RUZA MATNLARI 
 
1-MAVZU. RIVOJLANGAN MAMLAKATLARNING BOZOR TAJRIBASI 
VA UNI O‘RGANISHNING AHAMIYATI 
 
REJA

1.1. Rivojlangan mamlakatlarning bozor tajribasini o‘rganish zaruriyati. 
1.2. Rivojlangan mamlakatlar bozor tajribasining magistrlar faoliyatidagi 
ahamiyati. 
1.3. Rivojlangan mamlakatlar tushunchasi. 
1.4. Rivojlangan mamlakatlar belgilari. 
1.5. “Rivojlangan mamlakatlar bozor tajribasi” fani predmeti va usullari. 
Tayanch so’z va iboralar:
Resurslar taqchilligi, ehtiyoj, sivilizatsiya, talab, taklif, raqobat, bozor 
bahosi

1.1. Rivojlangan mamlakatlarning bozor tajribasini o‘rganish zaruriyati. 
Iqtisodiyotning bozor usuli jahon uzra keng quloch yozmoqda. Iqtisodiy 
munosabatlarni samarali tashkil etish va resurslarni oqilona joylashtirish avvaldan 
insoniyat diqqatini, ayniqsa iqtisod ilmi ahlini, o‘ziga jalb etib kelgan. Bunda 
ishlab chiqarish omillaridan samarali foydalanish imkoniyatini tug‘diruvchi har 
qanday ijtimoiy shakl tan olingan. “Resurslar taqchilligi – ehtiyojning 
poyonsizligi” muammosi insoniyatni doimo o‘ylantirib, buni xal qilishda inson 
bozor usulini tanlagan va uni eng ma’qul usul deb bilgan. 
Ma’lumki, jamiyat ixtiyoridagi ishlab chiqarish imkoniyatlari, iqtisodiy 
resurslar, mehnat resurslari, turli mablag‘lar, tabiiy boyliklar, yer kabilar poyonsiz 
emas, ya’ni bu resurslar chegaralangan bo‘lib, ulardan foydalanish, ularni 
joylashtirish oqilona yondoshuvni talab etadi. 
Basharti ma’lum tarmoqlar tezroq taraqqiy etib, bir xildagi tovarlar ishlab 
chiqarish ko‘paytirilsa, demak bunga ko‘proq resurslar jalb etiladi hamda shunga 
ko‘ra qolganlariga kamroq resurslar sarf etish zaruriyati tug‘iladi. Bunday 
alternativ (ya’ni ikki yoldan birini) tanlash muammosi tug‘iladi.
Iqtisodiy taraqqiyot amaliyoti shuni isbotlab bormoqdaki, hozirgi vaqt bozor 
iqtisodiyoti hukmronligi resurslarni samarali taqsimlab joylashtirish va iqtisodiy 
o‘sishni tezlashtirish, mahsulot sifatini yaxshilash va yuqori turmush darajasini 
ta’minlash imkonini tug‘diradi. Bunday tizim mehnatni rag‘batlantirish va shaxsiy 
boylikni, pirovardida esa milliy boylikning ortib borishini tezlashtiradi. 



Bozor tizimi barcha mamlakatlar iqtisodiga xos bo‘lib, u o‘z doirasini 
to‘xtovsiz kengaytirib bormoqda. Bu ayniqsa, sivilizatsiya darajasiga bog‘liq 
bo‘lib, u o‘z taraqqiyot jarayonini tezlashtirib bormoqda. Eng taraqqiy etgan va 
qudratli iqtisodiyot salohiyatiga ega bo‘lgan mamlakatlar asosan erkin bozor 
sharoiti tufayli xalq farovonligini yuqori ko‘rsatkichlariga erishmoqdalar. Bular 
avvalo yuqori darajali industrial mamlakatlardir. Bularning ketidan borayotgan va 
bozor munosabatlariga o‘tishda yaxshi natijalarga erishayotgan mamlakatlarning 
soni ortib bormoqda. 
Sivilizatsiyali iqtisodiyot (madaniylashgan iqtisodiyot) bozor mexanizmini, 
bozor munosabatlarini takomillashtirib, bozor iqtisodiyotiga, umuman iqtisodiy 
taraqqiyotga katta o‘zgarishlar kiritmoqda. Bu iqtisodiyotning ijtimoiy yo’nalishi, 
davlatning iqtisodiyot voqeligiga ishtirokining kengayishi, aralash iqtisodiyotning 
ahamiyatli bo‘lib borishi kabilarda o‘z aksini topmoqda. 
O‘zbekiston ham o‘z iqtisodiy taraqqiyotida bozor yo’lini tanladi. Zero, 
O‘zbekiston faqat bozorgina inson manfaatlariga mos mehnatni rag‘batlantiruvchi 
mexanizmga ega bo‘lgani, jahon hamjamiyati rivojlanishining hozirgi bosqichiga 
juda mosligi, tashabbuskorlik va ishbilarmonlikni rivojlantira olishi, ishlab 
chiqarishni iste’molchilar manfaatiga bo‘ysundirishi, tejamli xo‘jalik yuritishning 
kuchli, oqilona jixatlarini yaratishi, yangiliklarga sezgirlikni oshirishi va fan-
texnika yutuqlarini dadil joriy etish sharoitlariga ega bo‘lishi kabilarni e’tiborga 
olgan xolda uzil-kesil bozor munosabatlariga o‘tishni tan olib, bozor iqtisodiyoti 
sari dadil qadamlar qo‘ymoqda. 
Bozorni asosan talab, taklif, raqobat va bozor bahosi kabilar shakllantiradi. 
Umuman olganda bahoning tashkil topish usuliga qarab xo‘jaliklarni bozor yoki 
nobozor xo‘jaliklar qatoriga qo‘shish mumkin. 

Download 5,01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   195




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish