“bozor iqtisodiyoti nazariyasi-rivojlangan mamlakatlar bozor tajribasi”


-BOB. MARKAZIY VA SHARQIY YEVROPA MAMLAKATLARINING



Download 5,01 Kb.
Pdf ko'rish
bet159/195
Sana18.04.2023
Hajmi5,01 Kb.
#929538
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   195
Bog'liq
portal.guldu.uz-« BOZOR IQTISODIYOTINAZARIYASI »

10-BOB. MARKAZIY VA SHARQIY YEVROPA MAMLAKATLARINING 
BOZOR IQTISODIYOTIGA O`TISH TAJRIBASI 
 
Quyidagi atamalarga izoh bering:
Bozor iqtisodiyoti, xarajat, rivojlanayotgan mamlakatlar, ishsizlik, 
industriya.
 
MUSTAQIL ISH MAVZULARI 
1.Markaziy va Sharqiy Yevropa mamlakatlari iqtisodiyoti 
2. Markaziy va Sharqiy Yevropa mamlakatlarining bozor munosabatlariga 
o‘tishining o’ziga xosligi 
3.Davlat mulkini xususiylashtirish 
4. Markaziy va Sharqiy Yevropa mamlakatlarining iqtisodiy taraqqiyoti qay 
darajada. 
5. Markaziy va Sharqiy Yevropa mamlakatlarining Yevropa Ittifoqiga qo‘shilishi 
KEYS STADI 
Muammoli topshiriq 
 
1. Muammo.
Markaziy va Sharqiy Yevropa mamlakatlarida iqtisodiyotdagi 
tuzumiy o‘zgarishlari deganda nimani tushunasiz?
 
2. Qo‘shimcha axborot 
Markaziy-Sharqiy Yevropa mamlakatlarining iqtisodiy tuzumiy o‘zgarishi 
ikki tomonlama zaruriyatga aylanadi. Birinchidan, bozor iqtisodiyotiga o‘tish bilan 
belgilansa, ikkinchidan O‘zaro iqtisodiy yordam kengashidan chiqish bilan 
belgilanadi. Bu mamlakatlar ilgari sobiq SSSR boshliq iqtisodiy birlashmada 
bo‘lib, ishlab chiqarish Sharqiy mamlakatlarda, sobiq sotsialistik iqtisodiy 
mamlakatlar bilan birlashgan xolda va ularning talabi asosida shakllanar edi. 
Bundan tashqari ishlab chiqarishning texnik-texnologik darajasi nisbatan past 
darajada edi. Bozor munosabatlariga o‘tish esa bunga qo‘shimcha ravishda 
tuzumiy o‘zgarishlarni talab etadi. 
Tuzumiy o‘zgarish va bozor xo‘jaligiga o‘tish avvalo Yangi texnologiyaga 
asoslanish, progressiv tarmoqlarni yaratish, raqobatbardoshlikni ta’minlash, 
zamonaviy ilmiy-texnik taraqqiyotga moslashuvlar bilan ifodalanadi. Bozorga 
o‘tishdan oldin bu mamlakatlar uchun og‘ir sanoat va mashinasozlik asos bo‘lib 
hisoblanib, sanoat ishlab chiqarishining YAIMdagi hissasi yuqori bo‘lgan. 
Masalan, Ruminiyada – 61, Bolgariyada – 58, CHexoslvovakiyada – 57, Polshda – 
52, Vengriyada – 36 foizga to‘g‘ri kelgan. 90 – yillar oxiriga kelib esa, 25 dan 33,2 
foizga, qishloq xo‘jalik 6,6 dan 12 foizgacha, qurilish 7 dan 11 foizgacha to‘g‘ri 
keladi.


265 
Sanoatning YAIMdagi qisqarishi birinchi navbatda og‘ir sanoat 
tarmoqlariga to‘g‘ri keladi. Buning sababi avvalo norentabel korxonalar hisobiga 
bo‘lsa, so‘ngra talabning kamayishidir. Chunki mahsulot ishlab chiqarish sobiq 
SSSR va boshqa O‘zaro iqtisodiy yordam kengashi mamlakatlariga qaratilgan 
bo‘lsa, endi bu tub o‘zgaradi. SHu bilan birga xomashyo manbaalari ham o‘zgarib, 
davlat dotatsiyalari to‘xtaydi. 
Ayniqsa yuqori texnologiyali elektronika kabi tarmoqlar katta zarbaga duch 
keladi. Bundagi asosiy sabab G‘arbiy mahsulotlarning ancha arzonligi va 
raqobatbardosh 
bo‘ladi. 
Sanoatda 
eng 
raqobatbardoshli 
tarmoqlar 
to‘qimachilik,oziq-ovqat, yog‘ochga ishlov berish, bosmaxona kabilar hisoblanib, 
bular talabli iste’molga ega bo‘ladilar. Bundan tashqari bu tarmoqlar katta 
investitsiya talab etmaydi va arzon ishchi kuchi mavjudligi bilan G‘arb 
mahsulotlariga raqobatbardosh bo‘la oladi. Lekin baribir bu tarmoqlar ham 
kengaya olmagan va boshqalarga nisbatan kamroq qisqargan, xolos. 
SHu bilan birga bir necha tuzumiy o‘zgarishlar yuz berishi sezilib, tuzumiy 
tarmoqlarning bir-biriga yaqinlashuvi, tenglashuvi kabi xodisalar amalga oshadi. 
Qo‘llanilayotgan texnika asta-sekin muntazam energiya tejamli bo‘lib boradi. 
Yangi xil ishlab chiqarishlar yuzaga keladi va buning hisobiga ishlab chiqarishning 
to‘xtovsiz tabaqalashishi yuz beradi. Sanoatning diversifikatsiyalashuvi kuchayib, 
ishlab chiqarishlar o‘rtasida o‘zaro ayriboshlash rivojlanadi. 
Avvalo mashinasozlikda tuzumiy o‘zgarishlar amalga oshirilib, umuman 
investitsiya o‘sadi va ayniqsa ITKTI (ilmiy-tadqiqot va konstruktorlik-tajriba 
ishlari)ga kapital xarajatlar ko‘proq sarf etiladi. Texnika va texnologiyaning o‘sishi 
sababli an’anaviy sanoat tarmoqlari asoslari va tuzumlari o‘zgaradi. Yangi ilm 
sig‘imli tarmoqlar paydo bo‘ladi. Masalan, avtomatika ishlab chiqarish, 
radioelektronika, EHM, robot texnika kosmik va lazer texnikasi kabilar shular 
jumlasidandir. 
Metallurgiyada sifat o‘zgarishi yuz berib, sifatli po‘lat chiqarish, ijara 
buyumlarining tejamlilarini ishlab chiqarish o‘sadi. Bu sohada ayniqsa Chexiya va 
Polsha ko‘p samarali ishlarni amalga oshiradi. Sanoatning ba’zi tarmoqlarida tub 
o‘zgarishlar yuz beradi. Masalan, Polshada 1995 – yildan boshlab ko‘mir qazish 
sanoatida keskin o‘zgarishlar berib, qoloqlikdan chiqariladi. Chunki u ancha 
yillardan beri tushkunlikda davom etar edi.
Qishloq xo‘jaligini olsak, agrar siyosatning bu mamlakatlardagi eng muhim 
vazifalari mahsulot yetishtirishning muntazam o‘sib borishini amalga oshirgan 
xolda aholini ular bilan to‘la ta’minlashdan iboratdir. Qishloq xo‘jaligida bandlik 
25 foizni tashkil etib, u YAIMning 8 foizini ta’minlaydi. Bu mamlakatlar 
agrosanoat kompleksida asosiy ishlab chiqarish fondlari va mehnat resurslarining 
20-30 foizgachasi banddir. Ijtimoiy yalpi mahsulotning 25-40 foizgachasi shu 
tarmoqqa to‘g‘ri keladi. 
Hozirgi vaqtda bu mamlaktalar qishoq xo‘jaligida agrar ishlab 
chiqarishning tuzumida faol ravishda o‘zgarishlar davom etmoqda. Narx-navoni 
to‘la va qisman erkinlashtirish, tovar ishlab chiqaruvchilarning to‘la erkinligini 


266 
ta’minlash asosida bozor munosabatlari muntazam ravishda rivojlanmoqda. Erga 
bo‘lgan egalik, xo‘ajiklar tuzumi o‘zgarib bormoqda.
Qishloq xo‘jaligida bozor munosabatlariga o‘tish bu mamlakatlarda deyarli 
o‘z asosi bo‘yicha bir xilda davom etmoqda. Ammo tezligi, nodavlatlashtirish 
xajmi, xususiylashtirish shakllarini tanlashda farqlar mavjud va ba’zi xollarda bu 
farqlar ancha kattadir. 
Aytaylik, Vengriyada yerga egalikni xususiylashtirish bilan birga dehqon-
fermer xo‘jaliklarining shakllanishi qo‘llanilmoqda. Ammo ayni vaqtda ularni 
qo‘llash va kooperativ mahsulotlarini xarid qilish, norentabel ishlayotgan 
xo‘jaliklarni o‘zgartirish, faoliyatini to‘xtatish kabilarga e’tibor susaymoqda.
Polshada oilaviy va individual shaklli xo‘jalik qishloqda asos bo‘lib kelgan 
va mahsulot xosil qilishning 75-80 foizi shunga to‘g‘ri kelgan. Agrar siyosatda 
norentabel xo‘jaliklar faoliyatini to‘xtatish, yer bozorini jonlantirish, qishloq 
xo‘jalik infratuzilma va servisga e’tibor berish, ayniqsa mahsulotni qayta ishlash 
va qishloq xo‘jaligiga xizmat ko‘rsatish kabilarga doimo e’tibor qaratiladi.
Chexiya va Slovakiyada esa vaqtincha foydalanilmayotgan erlarni ishga 
solish, fermer xo‘jaliklarini soliqdan ozod qilish tufayli qo‘llash kabilardan 
foydalaniladi. Umuman yirik xo‘jaliklar asos bo‘lib qolmoqda. Qishloq jlylarda 
xo‘jalik turlarini ko‘paytirish taqdirlanadi. 
Bu mamlakatlarda islohotlarning boshidanoq iqtisodiy o‘sishga xos soha 
xizmat ko‘rsatishdir. Bu asosan moliya va aholiga maishiy xizmat ko‘rsatish 
tarmoqlariga xosdir.
Bu mamlakatlarda aholiga ijtimoiy xizmat ko‘rsatishning YAIMdagi 
hissasi rivojlangan mamlakatlar darajasida bo‘lib, 1993 – yildayoq Polshada – 21, 
Vengriyada – 22,5, Chexiyada – 14,6 foizga teng bo‘lgan. Ijtimoiy ta’minotga 
bo‘lgan ajratma bu mamlakatlarda dunyo bo‘yicha eng yuqori darajadagilardir. 
Markaziy va Sharqiy Yevropa mamlakatlarida ijtimoiy xarajatlar darajasi 
diqqatga sazovorligi juda ahamiyatlidir.


267 

Download 5,01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   195




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish