“bozor iqtisodiyoti nazariyasi-rivojlangan mamlakatlar bozor tajribasi”



Download 5,01 Kb.
Pdf ko'rish
bet155/195
Sana18.04.2023
Hajmi5,01 Kb.
#929538
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   195
Bog'liq
portal.guldu.uz-« BOZOR IQTISODIYOTINAZARIYASI »

6-BOB

FRANSIYADA IJTIMOIYLASHTIRILGAN BOZOR 
IQTISODIYOTI 
Quyidagi atamalarga izoh bering:
Atom energetikasi, agrar siyosati, tadbirkor, farmasevtika, moliya-kredit, 
markaziy bank, kooperativ. 
MUSTAQIL ISH MAVZULARI 
1.Fransiya iqtisodiy salohiyati va uning jahon miqyosidagi ahamiyati. 
2.Fransiyaning Yevropa iqtisodiyotidagi o‘rni nimalar bilan belgilanadi. 
4.Fransiya qishloq xo‘jaligi xususiyatlari nimalar bilan belgilanadi. 
5.Fransiya hozirgi zamon bozor iqtisodiyoti rivoji nimalarda o‘z aks etadi. 
Keys stadi 
O‘zbekiston tashqi siyosatining Yevropa yo‘nalishi qat’iyatlik bilan 
rivojlantirilmoqda. O‘zbekiston Prezidentining Germaniyada 1993 yil 28 aprel 
kuni boshlangan va besh kun davom etgan rasmiy tashrifi O‘zbekiston bilan 
Germaniya o‘rtasidagi munosabatlarni yo‘lga qo‘yishda muhim ahamiyatga egadir. 
Ayni paytda bu safar natijasida respublikamiz uchun Yevropa sari katta yo‘l 
ochildi.
I. Karimov GFR Federal kansleri Gelmug Kol bilan samimiy, o‘zaro tenglik 
asosida, ishonch va qat’iyat bilan suhbatlashdi. Ikki davlat o‘rtasida madaniy 
hamkorlik to‘g‘risida, sarmoyalar qo‘yishni amalga oshirish va o‘zaro himoya 
qilishga
 
ko‘maklashish to‘g‘risida, ilmiy tadqiqotlar va mutaxassislar fondini 
tashkil etish to‘g‘risida bitimlar imzolandi.
O‘zbekiston delegatsiyasi Germaniya sanoatini o‘rganishga katta e’tibor 
berdi. "Doyche bank", "Mersedes-Bens" va "Simens" kompaniyalarining rahbarlari 
bilan uchrashuvlar bo‘ldi, ular bilan hamkorlik qilish haqida kelishib olindi. 
Jumladan, Xorazmda "Mersedes-Bens" kompaniyasi ishtirokida yuk mashinalari 
yig‘adigan zavod qurish haqida ahdlashildi. Safar natijalariga ko‘ra o‘zbek-nemis 
hamkorligi masalalari bo‘yicha hukumatlararo komissiya tuzildi. Toshkentda ikki-
tomonlama savdo-iqtisodiy palata tashkil etildi, GFRning elchixonasi ochildi. 
"Toshkent-Frankfurt" havo yo‘lida samolyotlar qatnay boshladi. "Doyche 
bank"ning bo‘limi faoliyat ko‘rsatmoqda.
1994 yil 9-12 iyun kunlari O‘zbekiston davlat delegatsiyasi Niderlandiya 
(Gollandiya)da bo‘ldi, qirolicha Veatriks va hukumat boshlig‘i - Bosh vazir Rudolf 
Lyubbers bilan ikki tomonlama hamkorlik to‘g‘risida suhbat bo‘ldi. Safar 
natajasida O‘zbekiston va Gollandiya o‘rtasida davlatlararo munosabatlar 
prinsiplari haqida bayonot va savdo-iqtisodiy hamkorlik haqida protokol 
imzolandi. Gollandiya agrar xo‘jaligining texnologiyasi, urug‘ va nasllari, mehnat 


252 
usullaridan O‘zbekistonda foydalanishga kelishildi. Bugungi kunda O‘zbekistonda 
Gollandiya kartoshka urug‘lari ekilib mo‘l hosil etishtirilmoqda.
O‘zbekiston bilan Fransiya o‘rtasidagi munosabatlarni o‘rnatish va 
rivojlantirish muhim ahamiyatga ega. 1993 yil 28-30 oktyabr kunlari O‘zbekiston 
delegatsiyasining Fransiyaga rasmiy tashrifi ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlikka 
asos soldi. Prezident I.Karimov Fransiya Prezidenti F.Mitteran, Fransiyanint 
boshqa rahbarlari hamda jamoatchilik vaqillari bilan do‘stona suhbat va samarali 
muzokaralar yuritdi. Safar natijasida Parijda O‘zbekiston Respublikasi va Fransiya 
Respublikasi o‘rtasida do‘stlik va hamkorlik to‘g‘risida shartnoma, madaniyat, 
ilmiy-texnikaviy va maorif sohasida hamkorlik qilish to‘g‘risida bitim, 
sarmoyalarni o‘zaro rag‘batlantirish va himoyalash to‘g‘risida bitim imzolandi.
O‘zbekiston bilan Fransiya o‘rtasida iqtisodiy, ilmiy, madaniy aloqalar 
kengayib bormoqda. Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini qayta ishlash, oziq-ovqat, neft 
va gaz sanoati, qurilish va boshqa sohalarda hamkorlik qilinmoqda.
O‘zbekiston xalqaro ishlarda katta tajriba va nufuzga ega bo‘lgan Buyuk 
Britaniya bilan ham hamkorlik qilmoqda. 1993 yil 17-19 iyun kunlari Buyuk 
Britaniya qirolichasining qizi malika Anna O‘zbekistonda bo‘lib, mamlakatimiz 
bilan, xalqimizning turmush tarzi bilan tanishib, Samarqand shahrining o‘lmas 
tarixiy yodgorliklarini ziyorat qilib ketdi. 1993 yil 15 oktyabr kuni Buyuk 
Britaniya tashqi ishlar va hamdo‘stlik ishlari bo‘yicha davlat vaziri Daglas 
Xognint O‘zbekistonga safari chog‘ida ikki davlat o‘rtasida madaniyat va ta’lim 
sohasidagi hamkorlik bitimi, ikki yoqlama soliq solmaslik to‘g‘risida bitimlar 
imzolandi.
O‘zbekiston Finlyandiya, Avstriya, Belgiya, Shvetsariya, Italiya, Ispaniya, 
Gretsiya, Polsha, Vengriya, Chexiya, Slovakiya, Xorvatiya, Bolgariya kabi 
Yevropa mamlakatlari bilan siyosiy, diplomatik, iqtisodiy va madaniy aloqalar 
o‘rnatdi va kengayib bormoqda.
Xulosa qilib aytganda, O‘zbekistonda tarixiy jihatdan qisqa bir davrda 
xalqaro munosabatlarni yo‘lga qo‘yish
 
va rivojlantirish bobida bir necha o‘n 
yilliklarga arziydigan ishlar amalga oshirildi. O‘zbekiston o‘zining tinchliksevar, 
yaxshi qo‘shnichilik, o‘zaro foydali hamkorlikka qaratilgan siyosati va faoliyati 
bilan butun dunyoga tanildi, jahon hamjamiyatida o‘zining munosib o‘rnini 
egalladi, uning mavqei yildan-yilga mustahkamlanib bormoqda. 
Yuqori keltirilgan ma’lumotlar bir tarafdan albatta Yangi respublika uchun 
qisqa vaqtda erishgan katta yutuqlardir. Lekin, masalaning ikkinchi tomoni 
o‘rnatilgan bu hamkorliklarning hozirda rivoji va yurtimiz uchun foydasi qanday 
darajada ekanligidir. Asosan tuzilgan shartnomalar o‘z faoliyatini yaxshi olib 
bormoqda, lekin, shu bilan bir qatorda muammolar ham yo‘q emas. Muammolar 
albatta asosan tashqi iqtisod bilan, xususan mamlakat eksport salohiyatini oshirish 
bilan bog‘liqdir. Boshqacha aytganda, tashqi iqtisodiy aloqalarimizda import 
ulushini kamaytirish va eksportni kengaytirish tomon burilish yasalishi muhim 
ahamiyatga ega.
Prezident I.Karimov o‘zining "O‘zbekistonning yetti zafarli yili" asarida 
«O‘zbekiston tarixdan qisqa bir davrda jahon hamjamiyatiga qo‘shildi, uning teng 


253 
huquqli sub’ektiga aylandi. Nufuzli xorijiy davlatlar bilan siyosiy, diplomatik, 
iqtisodiy, madaniy-ma’rifiy aloqalarni yo‘lga qo‘ydi. Bu jonajon Vatanimiz 
xavfsizligining muhim sharti va taraqqiyotimizning kafolatidir", - deb yozadi. 
Darhaqiqat, O‘zbekiston xalqaro munosabatlarning to‘laqonli sub’ektiga aylanishi 
uchun barcha imkoniyatlarga egadir. SHu bilan birga dunyo xo‘jalik va siyosiy 
tizimida o‘ziga xos mavqega ega bo‘lish uchun xalqaro jarayonlarda faol ishtirok 
etish va Osiyo, Yevropa va Amerikaning yetakchi davlatlari bilan hushyorlik bilan 
munosabatlar olib borish talab etiladi. Buning uchun esa uzoqni ko‘ra biladigan, 
bilimli kadrlarni tarbiyalash zaruriyati hamisha saqlanib qoladi.
2001 yil 11 sentyabr voqealaridan keyin Yevropa Ittifoqi davlatlari ham 
xalqaro terrorizmga qarshi tuzilgan xalqaro koalitsiyaga qo‘shilgan holda o‘z 
qo‘shinlarini Afg‘onistonga yuborishdi. Ayrim davlatlar, shu jumladan, Germaniya 
o‘z harbiy kontingentini Afg‘onistonning shimolida, bir qismini esa O‘zbekiston 
janubida Termez shahrida joylashtirdi. O‘zbekistonning Yevropa Ittifoqi bilan 
aloqalari iqtisodiyot sohasida ham yildan-yilga kengayib bormoqda. Yevropa 
Ittifoqining faol a’zolaridan bo‘lgan Germaniya O‘zbekistonning Yevropa 
Ittifoqidagi eng yaqin hamkori hisoblanadi. Germaniya Markaziy Osiyoda ro‘y 
berayotgan o‘zgarishlarga doimo nemislarga xos xolislik bilan yondoshgan va 
doimo qo‘llab-quvvatlagan. 2005 yil Andijonda ro‘y bergan may voqealaridan 
keyin O‘zbekistonga qarshi olib borilgan axborot xuruji davrida, Yevropa Ittifoqi 
tarafidan qo‘llanilgan jazo choralari davrida Germaniya bizni doimo qo‘llab-
quvvatlab keldi. 2006 yilda Germaniya rasmiy doiralari O‘zbekiston vakillari bilan 
bir necha marta uchrashdilar va EIning bugungi kundagi raisi Germaniya 2007 
yilda ushbu jazo choralarini bekor qilishga alohida ahamiyat bermoqda.


254 

Download 5,01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   195




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish