“bozor iqtisodiyoti nazariyasi-rivojlangan mamlakatlar bozor tajribasi”


-BOB. YAPONIYA BOZOR IQTISODIYOTI TAJRIBASI



Download 5,01 Kb.
Pdf ko'rish
bet156/195
Sana18.04.2023
Hajmi5,01 Kb.
#929538
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   195
Bog'liq
portal.guldu.uz-« BOZOR IQTISODIYOTINAZARIYASI »

7-BOB. YAPONIYA BOZOR IQTISODIYOTI TAJRIBASI 
Quyidagi atamalarga izoh bering:
Meydzi inqilobi, yyetakchi, bandlik, malakali ishchi, xizmatchi, chakana 
savdo, inson kapitali
 
MUSTAQIL ISH MAVZULARI 
1.Yaponiyaning jahon iqtisodiyotidagi mavqei 
2.Iqtisodiy “mo‘jizada” milliy xususiylik ahamiyati 
3.Demokratik kapitalizm modeli 
4.YAponcha ishlab chiqarishning boshqarilishi xususiyatlari 
5.Ilmiy-texnik progress va iqtisodiy taraqqiyot 
Keys stadi 
Yaponcha ishlab chiqarishning boshqarilishi xususiyatlari 
Yaponiya iqtisodiy taraqqiyotida va raqobatbardoshlilikni yuzaga 
keltirishda ishlab chiqarish menejmenti va o‘zgi xos rahbarlik uslubining 
yaratilishi muhim o‘rin egallaydi. 70 – yillargacha uzoq davom etgan arzon ish 
kuchi va yonilg‘i – xomashyo past baholi importga asoslangan raqobatbardoshlik 
mavjud edi. Dollarga nisbatan iena pas kursda bo‘lib, yapon mahsulotlari eksporti 
ham boshqa rivojlangan mamlakatlarga nisbatan past edi. Yonilg‘i – xomashyo 
narxining, ayniqsa neftning narxini baland bo‘lib ketilishi, katta o‘zgarishlarga olib 
keldi. Yaponiya sanoati o‘zida tezda o‘zgarishlar yasab, kam resurs sig‘imli 
tarmoqlarga o‘tishni ta’minlay oldi va resurs tejamli, mehnat tejamli 
texnologiyalarni ishlab chiqib, sanoatda qo‘llay boshladi. 
Yaponiya kompaniyalarining turg‘unlik xususiyatini yaponcha yollanma 
mehnat tizimi bilan bog‘laydilar. Bu tizimning uch tomoni mavjud: 1) 
ishchilarning umr bo‘yi yollanishi. Bunda ishchilarning to nafaqaga chiqquncha ish 
bilan ta’minlanishi kafolatlib, ish joyining doimiyligi ta’minlanadi. 2) Maxsus ish 
haqi tizimi. Bunda yoshiga va kompaniyadagi ish stajiga qarab maosh ortib boradi. 
3) Kasaba uyushmalari tarmoq bo‘yicha emas, balki firma bo‘yicha tuziladi va 
muayyan korxona ichida faoliyat ko‘rsatadi. 
“Umr bo‘yi yollanish” asosan yirik korporatsiyalarda va qisman o‘rta 
korxonalarda qo‘laniladi. Umuman taxminan sanoat ishlab chiqarishidagi 
bandlikning 15-20 foizini tashkil etadi. Bu tizim yuridik asossiz bo‘lib,, kelishuv 
bo‘yicha amalga oshiriladi. Yaponiyada ikki xil mehnat bozori mavjud bo‘lib, 
birinchisi “tashqi mehnat bozori” deyiladi. Bu boshqa mamlakatlardan deyarli 
farqlanmaydi. Ikkinchisi “ichki mehnat bozori” bu korporatsiya yoki “Keyretsu” 
sanoat guruhida qo‘llaniladi. Bunda firma ichida past samarali joydan boshqasiga 
o‘tkazilib, yuqori malakali ishchilarni saqlab qolishga erishiladi. SHu bilan birga 
ishga qabul qilish ma’lum mutaxassisligi, malakaga egaligi asosida bo‘lmay, 


255 
“inson yollanishi” tarzida amalga oshadi. Chunki o‘qitish, hunarga o‘rgatish butun 
ish va amal davrida davom etadi. Halollik va mehnat bilan bog‘langan insof, 
xatarlikka qattiq e’tibor beriladi va bunda mehnat bilan menejment o‘rtasilagi to‘la 
kelishuvlik katta ahamiyat kasb etadi. Malakali ishchilar va boshqaruv 
xodimlarining ish haqi farqi juda kam bo‘ladi. Injener-texnik xodimlar va 
ishchilarning bir-biriga yaqin bo‘lishi va farqning kamligi rag‘batlantiriladi. 
Bu tizim hozirgacha ham Yaponiyada asos bo‘lib hisoblanadi. Tadqiqotlar 
bo‘yicha 1000 kishiga nisbatan sanoat kompaniyalarida universitetlardan to‘g‘ri 
yollanganlar ichida 30 yoshgachasi – 78,9 foiz, 40 yoshgachasi – 70 foiz, 50 
yoshgachasi – 66,2 foiz, 60 yoshgacha – 33,6 foizni saqlab qolgan. Bu raqamlar 
“umr bo‘yi” tizimining amalda ekanligini ko‘rsatadi.
Malakali xodimlarni saqlab qolish uchun kompaniyalar Yangi usullar 
qo‘llashni lozim topadilar. Aytaylik, o‘rta va yuqori menejerlar uchun aksiyalarni 
imtiyozli baholarda sotish. Bu avvalo AQSHda qo‘llanilgan bo‘lib, hozir 
Yaponiyada ham keng qo‘llanila boshladi.
Yaponiya ishchilari dunyoda eng yuqori ish haqiga ega. Bu mehnat bilan 
menejment o‘rtasida to‘la kelishuvning katta asosi bo‘lib hisoblanadi. Masalan, ish 
kunining yo‘qotilishi bo‘yicha yetakchi rivojlangan mamlakatlar ichida Yaponiya 
eng past o‘rinda turadi. Ma’lumki, ish kunlarini yo‘qotish avvalo mehnat bo‘yicha 
kelishmovchilik sababi bilan yuz beradiki, ishchilar o‘z boshliqlariga qarshi 
norozilik bildirishini natijasi hisoblanadi. 
Yaponiya korxonalarida texnika xavfsizligi darajasi juda yuqori. Bularning 
barchasi ish kuchi sifatining yuqoriligi va buning raqobatbardoshlikka ta’siri 
kattaligini ko‘rsatadi. 
Keyingi yillarda Yaponiya ishlab chiqarish menejmenti tizimi va 
boshqarishda bir qancha takomillashuv amalga oshmoqda. Bunda “Toyotizm” 
Yangi modeli ahamiyatlidir. Buni ishlab chiqqan Toyota firmasidir. Yangi tizim 
standartlikning ustuvorligini saqlagan xolda diversifikatsiyalashgan mahsulotlar 
sifatini ko‘tarish va moslashuv darajasini ko‘tarish imkonini beradi. Ma’lumki, 
fordcha ommaviy mahsulot ishlab chiqarish modeli vaqtlarida bir qancha 
qiyinchiliklarga duch kelib, o‘zgarish talab etgan xolda Yangi texnologiyalarni 
yuzaga keltiradi.
Yangi tizimda “albatta o‘z muhlatida” va “sifatni total nazorati” usulari 
ishlab chiqarilib, bular kompaniyalar bilan ta’mineotchlar o‘rtaisda jips aloqani 
talab etadi. Ishlab chiqarishni ilmiy asosda olib borish, dizayn, injiniring va sanoat 
ishlab chiqarishini integratsiyalashuvi hamda yagona ishlab chiqarish jarayoni 
sikliga aylantirish yuz beradi. Iste’molchilar va talab me’yoriga katta e’tibor 
beriladi. Bunday sharoitda inson resursi menejmenti Yangi talablarni yuzaga 
keltiradi. SHu bilan birga ishchilarning malakasi, mutaxassisligi to‘xtovsiz 
takomillashib borishi zarur bo‘ladi.
Pravodgi “Toyotizm”dan kelib chiqadigan natija zarur mahsulotlarning 
zarur miqdorda va zarur vaqtda ishlab chiqarilishini ta’minlashga to‘la erishuvdan 
iboratdir. Bu tizimda avtomatlashuv, Ya’ni aqlli mashinalar yaratish va defektni 
avtomatikaning o‘zi boshqarishi, bir vaqtda bir necha modellarni yig‘ish, 


256 
buyurtmachilar bilan ta’minotchilar o‘rtasida axborot doimiyligini ta’minlash 
kabilar asos hisoblanadi.
Toyota avtomobil kompaniyasida qo‘llanilgan bu ishlab chiqarish 
menejmenti tizimi boshqa mamlakatlarga ham tarqalgan va sanoatda inqilobiy 
o‘zgarishlarga olib keldi. 
Yaponiya kompaniyalaridagi boshqaruv usuli qisqa vaqtda foyda olishga 
emas, balki foyda olishning doimiyligini ta’minlashga qaratilgandir. Shuning 
uchun Yaponiya menejmenti G‘arbiy menejmentdan ko‘p tomonlama farqlanadi. 
Yaponiya menejmenti dunyoda eng ilg‘or hisoblanadi va u to‘xtovsiz 
takomillashib boradi, og‘ir holatlarga moslashuvchan bo‘lib, Yaponiya 
kompaniyalarining raqobatdoshligini ta’minlashda katta o‘rin egallaydi. Shuning 
uchun ham bozor iqtisodiyotini rivojlantirishda Yaponiya iqtisodiyoti boshqaruvi 
tajribalarini o‘rganib borish va foydalanish usullarini belgilab borish ahamiyatlidir.


257 

Download 5,01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   195




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish