Inflyatsion kutilish
. Inflyatsion kutilish kishilarning joriy iste‘molidan
ortiqcha tovarlarni xarid qilishiga olib keladi. Ishlab chiqaruvchilar ham tez orada
xomashyo, materiallar va butlovchi qismlar yanada qimmatlashishini kutib,
mahsulotlariga yuqori narxlarni o‘rnatib boradi. Inflyatsion kutilish natijasida joriy
talabning kengayishi narxlarning yanada o‘sishini rag‘batlantiradi. Bir vaqtda
jamg‘armalar qisqaradi va kredit resurslar kamayadi, bu ishlab chiqarish
maqsadidagi investitsiyalar o‘sishini, tovar va xizmatlar taklifini kamaytiradi. Bun-
day iqtisodiy vaziyat yalpi taklif sekin va yalpi talab tez o‘sishi bilan tavsiflanadi.
Natijasi, narxlarning umumiy o‘sishi ro‘y beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |