4
KIRISH
Bozor iqtisodiyoti bo‘lg‘usi iqtisodchilardan iqtisodiy voqeliklarni, iqtisodiy
hodisa va jarayonlarni tahlil qilish bilan birga, iqtisodiyotning barqaror o‘sishini
ta‘minlash, ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, iste‘molchi sifatida
tanlovning eng optimal variantlarini amalda ro‘yobga chiqarish bo‘yicha o‘zining
mustaqil qarashlariga ega bo‘lish hamda o‘z sohasidan ilmiy-tadqiqot yo‘llarini
amalga oshirishga layoqatli bo‘lishi talab qilinadi.
Talabalarning mustaqil fikr yuritishi, turli iqtisodiy hodisa va jarayonlarning
mohiyatiga o‘z nuqtai-nazarini bayon qilish layoqatiga va real voqeiylik to‘g‘risida
amaliy ko‘nikmaga ega bo‘lishi hozirgi zamon talabidir.
Shu sababli darslikda jamiyat iqtisodiy hayotining turli tomonlariga har xil
iqtisodiy maktab vakillarining turfa qarashlari keltiriladi.
Ko‘pchilik iqtisodiy kategoriyalar mohiyati klassik maktab vakillari va
hozirgi zamon iqtisodiy oqimlar qarashlarini sintezlashtirish orqali ochib beriladi.
Bu talabalarning hozirgi zamon iqtisodiyoti va uning istiqbolda rivojlanish
tamoyillariga fikrlar xilma-xilligi orqali baho berishlarida muhim ahamiyat kasb
etadi.
Darslikda asosiy e‘tibor qo‘yilgan muammoga turli darajada qarash qoidasiga
asoslanadi. Bunda so‘z mikroiqtisodiyot, makroiqtisodiyot, undagi davlat sektori
va jahon iqtisodiyoti darajasida ro‘y beradigan munosabatlar to‘g‘risida ketadi.
Darslikda hozirgi davrda iqtisodiy hayotda ro‘y berayotgan tub o‘zgarishlar
fan-texnika taraqqiyoti, innovatsion rivojlanish va globallashuv jarayonining
kuchayishi bilan bog‘liqlikda yoritib beriladi.
Taraqqiyotning o‘zi bir tomondan, fanni chuqur o‘zlashtirishni zarur qilib
qo‘ysa, ikkinchi tomondan, turli-tuman yangi usullarni qo‘llash, ko‘rgazmalilikni
oshirish, texnik vositalardan foydalanish, ularni qo‘llashni takomillashtirish orqali
bilim olishni osonlashtiribgina qolmasdan, uni qiziqarli jarayonga ham aylantiradi .
Shu sababli, mazkur darslikda bayon qilingan iqtisodiy voqelik, ko‘rgazmali
vositalar bilan to‘ldiriladi va boyitiladi.
5
Iqtisodiy fanlarning boshqa ijtimoiy-gumanitar fanlardan ajralib turadigan
tomoni ham shundaki, u dalillar rasmiy yoki shartli ma‘lumotlar bilan ish ko‘radi.
Iqtisodchidan ular bilan ishlay bilish, qo‘ygan maqsadga erishish uchun hisob-
kitoblarni amalga oshirishi, ularning dinamikasini o‘rganish asosida zaruriy
xulosalar chiqarish, ―Tegishli qaror qabul qilish‖ ko‘nikmasiga ega bo‘lish talab
qilinadi.
Bu o‘z navbatida nazariy-iqtisodiy fanlarni amaliy jihatlari bilan chuqur
o‘rganish, imkon qadar real voqelikka yaqin tajribalar o‘tkazish, nazariy qonun-
qoidalarni sinab ko‘rishni zarur qilib qo‘yadi.
Shu sababli, darslikda o‘quv materiallarini bayon qilish usul va uslublari
takomillashtiriladi, nazariy va amaliy muammolar jabhasi kengaytiriladi.
Iqtisodiyot nazariyasi bo‘yicha mazkur o‘quv darslikda, iqtisodiyotning
umumiy asoslari, bozor iqtisodiyoti va ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot nazariyasiga
oid masalalar mantiqiy ketma-ketlikda o‘rin olgan. Ayniqsa, iqtisodiyotning asosiy
muammosi va uning amal qilish yo‘llarini, hozirgi zamon rivojlangan bozor
iqtisodiyoti, uning qonun-qoidalari va tartibga solish mexanizmlari rolini
yoritishga alohida e‘tibor qaratilgan.
Darslikda «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi», ―Ta‘lim to‘g‘risida‖gi qonun
va oliy o‘quv yurtlarida bakalavrlar tayyorlash davlat andozasining talablari
hisobga olingan. Har bir mavzu mazmunini yoritishda respublika qonunlari,
boshqa me‘yoriy hujjatlardan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Prezidenti
Sh.Mirziyoev asarlaridan hamda 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini
rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha ishlab chiqilgan harakatlar
strategiyasidan keng foydalanilgan.
Darslikda shu fandan mavjud horijiy adabiyotlar bilan birga respublikada
―Iqtisodiyot nazariyasi‖ bo‘yicha chop qilingan darslik va o‘quv qo‘llanmalardan,
mamlakatimiz iqtisodiy hayotiga tegishli rasmiy statistik ma‘lumotlardan keng
foydalanilgan.
Darslik oddiy va ravon tilda yozilgan bo‘lib, bu talabalarga fanni oson
o‘zlashtirishlari uchun imkon beradi.
6
Darslikda o‘qitishning yangi texnologik hususiyatlari hisobga olinib, har bir
mavzudan keyin asosiy tayanch tushunchalar va atamalar, takrorlash va munozara
uchun savollar berildi, kitobning oxirida asosiy va qo‘shimcha adabiyotlar ro‘yxati
keltirildi.
Iqtisodiyot nazariyasi bo‘yicha mazkur darslik Oliy o‘quv yurtlarining –baka-
lavr yo‘nalishi talabalariga mo‘ljallangan. Undan barcha iqtisodiy yo‘nalishdagi
bakalavrlar, o‘rta mahsus o‘quv yurtlari o‘quvchilari, doktorantlar va iqtisodiyot
nazariyasi sohasidagi bilimlarga qiziquvchi kitobxonlar ham foydalanishlari
mumkin.
Muallif kursning tuzilishi, mazmuni, muammolarning bayon qilinishi tartibi
va uslubi bo‘yicha bildirilgan har qanday taklif-mulohazalarni minnatdorchilik
bilan qabul qiladi va keyingi o‘quv adabiyotlari tayyorlashda hisobga oladi.
Muallif ushbu darslikni tayyorlashda qimmatli maslahatlari va amaliy
yordamlarini bergan Toshkent Moliya instituti ―Iqtisodiyot nazariyasi‖
kafedrasi professor-o‘qituvchisi Z.G.Allaberganovga, dizayner-sahifalovchi
M.R.Usanovaga samimiy minnatdorchiligini bildiradi.